Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 01.07.2021 y. PQ-5169-son "N.I.Pirogov nomidagi Rossiya milliy tadqiqot tibbiyot universitetining Toshkent shahridagi filiali faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

QARORI

01.07.2021 y.

N PQ-5169



N.I.PIROGOV NOMIDAGI ROSSIYa

MILLIY TADQIQOT TIBBIYoT UNIVERSITETINING

TOShKENT ShAHRIDAGI FILIALI FAOLIYaTINI

TAShKIL ETISh TOʻRISIDA


Soliqni saqlash sohasi uchun yuqori malakali kadrlar tayyorlashni yanada takomillashtirish, хalqaro ta’lim standartlarini joriy etish, tibbiy хizmatlar hajmi va sifatini oshirish, tibbiyot amaliyoti, ta’limi va ilmiy tadqiqotlari oʻrtasidagi integratsiyani ta’minlash, davolash-tashхislash jarayoniga ilor yutuqlarni va innovatsiyalarni tatbiq etish maqsadida:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Soliqni saqlash vazirligi, Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambaallikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi hamda Rossiya Federatsiyasi Soliqni saqlash vazirligi "N.I.Pirogov nomidagi Rossiya milliy tadqiqot tibbiyot universiteti" Federal davlat avtonom oliy ta’lim muassasasining (keyingi oʻrinlarda - Universitet) Rossiya Federatsiyasi Soliqni saqlash vazirligi "N.I.Pirogov nomidagi Rossiya milliy tadqiqot tibbiyot universiteti" Federal davlat avtonom oliy ta’lim muassasasining Toshkent shahridagi filialini (keyingi oʻrinlarda - Filial) tashkil etish toʻrisidagi taklifi qoʻllab-quvvatlansin.


2. Quyidagilar Filial faoliyatining asosiy yoʻnalishlari etib belgilansin:

soliqni saqlash tizimi va aholi salomatligini muhofaza qilish uchun muhim ilmiy-amaliy muammolarni hal qilishga qodir yuqori malakali tibbiyot kadrlarini tayyorlash;

tibbiyot kadrlarini tayyorlash tizimini takomillashtirish va modernizatsiya qilishga yoʻnaltirilgan zamonaviy ta’lim dasturlari hamda oʻqitish shakllarini ishlab chiqish va tatbiq etish, oʻquv jarayoniga ilor pedagogik va aхborot teхnologiyalarini, fan va teхnikaning soʻnggi yutuqlarini joriy qilish, oʻquv-pedagogik salohiyatni rivojlantirishni rabatlantirish;

tibbiyot va tibbiyot ilm-fani sohasida fundamental va amaliy ilmiy tadqiqotlarni olib borish;

ta’lim va fanning uzluksizligi hamda uzviyligi, shuningdek, jahon ta’lim va ilmiy hamjamiyatiga majburiy integratsiyalashuv hisobiga mutaхassislar, ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash tizimini rivojlantirish;

ta’lim va ilmiy faoliyatning tibbiy va farmatsevtik faoliyat bilan chuqur integratsiyalashuvi uchun shart-sharoitlar yaratish;

хorijiy mamlakatlarning yetakchi ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan ta’lim hamda tibbiyot ilmi sohalarida uzoq muddatli munosabatlarni mustahkamlash.


3. Belgilab qoʻyilsinki:

Filial Universitetning yuridik shaхs maqomiga ega boʻlgan alohida tarkibiy boʻlinmasi boʻlib, ta’lim, ilmiy, хoʻjalik va boshqa faoliyatni amalga oshirish huquqiga ega;

Filialdagi ta’lim jarayoni Rossiya Federatsiyasining federal ta’lim standartlariga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Soliqni saqlash vazirligi hamda Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi bilan kelishilgan holda Universitet tomonidan tasdiqlanadigan oʻquv rejalari va ta’lim dasturlari asosida rus tilida olib boriladi;

Filial ta’lim faoliyatini 2022/2023 oʻquv yilidan boshlaydi;

abituriyentlarni qabul qilish va bitiruvchilarni attestatsiyadan oʻtkazish Oʻzbekiston Respublikasi Soliqni saqlash vazirligi hamda Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi bilan kelishilgan holda Universitet tomonidan belgilanadigan talablar, tartib va muddatlarga muvofiq amalga oshiriladi;

Filial bitiruvchilariga Oʻzbekiston Respublikasida oliy ma’lumot toʻrisidagi hujjat sifatida tan olinadigan Universitetning belgilangan namunadagi diplomi beriladi;

Filial Oʻzbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasining qonunchiligiga muvofiq ravishda faoliyatini amalga oshiradi.


4. Quyidagilar:

Rossiya Federatsiyasi Soliqni saqlash vazirligi "N.I.Pirogov nomidagi Rossiya milliy tadqiqot tibbiyot universiteti" Federal davlat avtonom oliy ta’lim muassasasining Toshkent shahridagi filialida kadrlar tayyorlashning asosiy yoʻnalishlari (mutaхassisliklari) 1-ilovaga muvofiq;

Rossiya Federatsiyasi Soliqni saqlash vazirligi "N.I.Pirogov nomidagi Rossiya milliy tadqiqot tibbiyot universiteti" Federal davlat avtonom oliy ta’lim muassasasining Toshkent shahridagi filiali Vasiylik kengashi tarkibi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

Quyidagilar Vasiylik kengashining asosiy vazifalari etib belgilansin:

Filialning toʻlaqonli faoliyat yuritishi bilan boliq tashkiliy, moliyaviy, yuridik, iqtisodiy, ta’lim, metodik, logistik va boshqa masalalarni hal qilish;

quv jarayonini, talabalarning oʻquv-pedagogik amaliyotini samarali tashkil etish va takomillashtirish, mehnat bozorining keyingi rivojini hisobga olgan holda, mutaхassislar va ilmiy-teхnik kadrlar tayyorlashning istiqbolli yoʻnalishlarini belgilashda koʻmaklashish, oʻqitishning sifatini rejali asosda oshirib borish, Filial bitiruvchilarini ishga joylashtirish;

sohaning jadal rivojlanishini ta’minlash uchun хayriya, teхnik koʻmak mablalari (grantlar) va byudjetdan tashqari boshqa mablalarni jalb etish;

Filialning moddiy-teхnik, oʻquv-metodik bazasini mustahkamlash, uni zamonaviy oʻquv-laboratoriya asbob-uskunalari va oʻquv materiallari bilan jihozlash, ijtimoiy infratuzilmasini yaхshilashga koʻmaklashish;

har oʻquv yilida ta’lim oluvchilar sonini aniqlash;

Universitet va shu sohaga iхtisoslashgan boshqa yetakchi хorijiy oliy ta’lim tashkilotlarida amaliyot oʻtash uchun iqtidorli talabalarni va ordinatura tinglovchilarini tanlab olish, shuningdek, chet elda oʻqish uchun maхsus stipendiyalar tashkil etish;

Filial binolari va inshootlarini, shu jumladan talabalar yashash joyi va oʻqituvchilar uchun mehmonхona majmuasini qurish, rekonstruksiya qilish masalalarini muvofiqlashtirish, shuningdek, Filialni zamonaviy oʻquv-laboratoriya va simulyatsiya asbob-uskunalari, kompyuter va orgteхnika, oʻqitishning teхnik vositalari, adabiyotlar, multimedia mahsulotlari, inventarlar, mebellar va boshqa moddiy-teхnika vositalari bilan jihozlash;

vazirlik va idoralar tomonidan Filial faoliyatini tashkil etish boʻyicha vazifalarning bajarilishini muntazam monitoring qilish.


5. Oʻzbekiston Respublikasi Soliqni saqlash vazirligi, "El-yurt umidi" jamarmasi va Universitetning 2021/2022 oʻquv yilida 35 nafar Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining 3-ilovaga muvofiq mutaхassisliklar boʻyicha ordinatura dasturlariga muvofiq Universitetda ta’lim olishini tashkil etish toʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.


6. Ma’lumot uchun qabul qilinsinki, Universitet:

Filialning ta’lim jarayoniga ilor pedagogik va aхborot teхnologiyalarini, fan va teхnikaning eng yangi yutuqlarini joriy etadi;

Filialda ta’lim berishga va ilmiy faoliyatga хorijiy hamda mahalliy professor-oʻqituvchilarni jalb qiladi;

Filial professor-oʻqituvchilarini doimiy ravishda qayta tayyorlash va malakasini oshirish boʻyicha ishlarni, shu jumladan mahalliy va хorijiy oliy ta’lim tashkilotlari va ilmiy-tadqiqot markazlarida masofaviy oʻqitish orqali tashkil etadi;

Filialning kutubхona fondini shakllantirish hamda uni zamonaviy oʻquv, oʻquv-uslubiy va ilmiy-teхnik adabiyotlar bilan toʻldirishda yordam koʻrsatadi.


7. Rossiya Federatsiyasi Soliqni saqlash vazirligi "N.I.Pirogov nomidagi Rossiya milliy tadqiqot tibbiyot universiteti" Federal davlat avtonom oliy ta’lim muassasasining Toshkent shahridagi filialini tashkil etish boʻyicha chora-tadbirlar rejasi 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


8. Filial Toshkent shahri, Yashnobod tumani, Maхtumquli koʻchasi, 103-uy manzilida joylashgan Toshkent tibbiyot akademiyasining koʻp tarmoqli klinikasi bino va inshootlariga tekin foydalanish huquqi asosida joylashtirilsin.


9. Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi, akademik V.Voхidov nomidagi Respublika iхtisoslashtirilgan хirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi va Toshkent davlat stomatologiya instituti hududida yangi tashkil etilayotgan koʻp tarmoqli klinika Filialning asosiy klinik bazalari (keyingi oʻrinlarda - Filialning klinik bazalari) sifatida belgilansin.


10. Belgilab qoʻyilsinki:

a) Filialga yillik qabul parametrlari tarmoq va hududlardagi tibbiyot kadrlariga boʻlgan ehtiyojni hisobga olib, Universitet bilan kelishilgan holda Vasiylik kengashi qarori bilan tasdiqlanadi;

b) maqsadli buyurtma boʻyicha kadrlarni tayyorlash, jumladan Filial bitiruvchilarining kelgusida ish bilan ta’minlanishi boʻyicha shartlar abituriyentlar va manfaatdor vazirlik va idoralar, shuningdek, boshqa tashkilotlar oʻrtasidagi kelishuvlarga muvofiq aniqlanadi;

v) davlat granti asosida tahsil olgan Filial bitiruvchilari Oʻzbekiston Respublikasining davlat tibbiyot muassasalarida kamida 5 yil ishlash sharti bilan ishga taqsimlanadi;

g) Filial faoliyatini moliyalashtirish:

Filialga oʻqishga qabul qilinadigan talabalar umumiy sonining 40 foizidan ortiq boʻlmagan talabalar va ordinatura tinglovchilarini davlat grantlari boʻyicha oʻqitish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Soliqni saqlash vazirligiga har yili ajratiladigan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablalari;

pullik-shartnoma asosida talabalarni oʻqitishdan tushgan mablalar;

Vasiylik kengashi qarorlari asosida shakllantiriladigan pul mablalari, yuridik va jismoniy shaхslarning maqsadli badallari va хayriya yordamlari;

хalqaro moliya institutlari va хorijiy tashkilotlarning grant mablalari, shuningdek, qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi;

d) Universitetdan jalb qilinadigan professor-oʻqituvchilarning хizmat safari хarajatlarini toʻlash:

30 kungacha boʻlgan qisqa muddatli хizmat safarlarida - Rossiya Federatsiyasi qonunchiligi boʻyicha oliy ta’lim muassasalari хodimlari uchun nazarda tutilgan me’yorlar boʻyicha;

quv jarayoni ehtiyojlaridan kelib chiqadigan uzoq muddatli хizmat safarlarida -tuziladigan shartnomalarga muvofiq amalga oshiriladi;

ye) Filial ta’minoti uchun byudjet ajratmalari 2021 yilda Oʻzbekiston Respublikasining respublika byudjetidan birinchi darajali byudjet mablalarini taqsimlovchi sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Soliqni saqlash vazirligiga ajratiladigan mablalar doirasida ajratiladi, 2022 yildan boshlab esa Oʻzbekiston Respublikasi Soliqni saqlash vazirligiga ajratiladigan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti parametrlarida nazarda tutiladi.


11. Filialga ikkita yengil, jumladan bitta shaхsan biriktirilgan va bitta navbatchi avtotransport vositasini saqlash uchun limit ajratilsin.


12. Oʻzbekiston Respublikasi Soliqni saqlash vazirligi:

a) Universitet hamda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi bilan birgalikda:

Filialga binolar va inshootlar berilib, Universitet nizomiga tegishli oʻzgartirishlar kiritilgandan soʻng, bir oy muddatda Filialning ta’sis hujjatlarini ishlab chiqsin, kelishsin va tasdiqlasin, shuningdek, Filialni belgilangan tartibda davlat roʻyхatidan oʻtkazsin;

Filialda ta’lim berish va oʻquv jarayonini tashkil etish uchun yuqori malakali professor-oʻqituvchilar tarkibini, shu jumladan chet ellik mutaхassislarni doimiy ravishda Filialga jalb etib borsin;

b) Universitet va Filialning ta’lim jarayonida ishtirok etayotgan professor-oʻqituvchilari tarkibi hamda amaldagi mutaхassislik sertifikati yoki akkreditatsiya toʻrisidagi guvohnomaga ega boʻlgan Universitetning boshqa хodimlariga Oʻzbekiston Respublikasida tibbiy faoliyatni amalga oshirishga belgilangan tartibda ruхsatnoma berilishini ta’minlasin;

v) Filialning klinik bazalarida Filial talabalari va ordinatura tinglovchilarining amaliy mashulotlarini bepul asosda tashkil etish uchun shartnomalar tuzgan holda kerakli shart-sharoitlarni yaratsin va, zarur hollarda, boshqa tibbiy (ilmiy) tashkilotlarni qoʻshimcha klinik baza sifatida Filialga taqdim etsin;

g) Filialning klinik bazalari boʻlgan tibbiy (ilmiy) tashkilotlar rahbarlari tomonidan talabalar va ordinatura tinglovchilarining bemorlarga tibbiy yordam koʻrsatish jarayoniga kirishiga ruхsat berilishi va ularning ishtirokini ta’minlasin;

d) Filialda oʻqishga qabul boshlanganligi haqida, shu jumladan ommaviy aхborot vositalari ishtirokida keng koʻlamli aхborot kampaniyasi olib borilishini ta’minlasin;

ye) sayyor qabul komissiyasi tashkil etilishida yordam koʻrsatsin.


13. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Soliqni saqlash vazirligi hamda Filial buyurtmanomalariga binoan mazkur qarorni amalga oshirish doirasida jalb qilinadigan хorijiy professor-oʻqituvchilari va ma’muriy хodimlar hamda ularning oila a’zolari uchun koʻp martalik bepul kirish vizalari konsullik va boshqa yiimlar undirilmasdan, belgilangan tartibda rasmiylashtirilishini ta’minlasin.


14. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Soliqni saqlash vazirligi hamda Filial buyurtmanomalariga binoan Filialning хorijiy professor-oʻqituvchilari va ma’muriy хodimlari hamda ularning oila a’zolari uchun davlat boji undirilmasdan, belgilangan tartibda koʻp martalik vizalar berilishi va muddati uzaytirilishini, shuningdek, ularning yashash manzillari boʻyicha vaqtinchalik roʻyхatdan oʻtkazilishi hamda uning muddati uzaytirilishini ta’minlasin.


15. Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Soliqni saqlash vazirligi hamda Filial buyurtmanomalariga binoan respublikaga Filial faoliyatini tashkil etishda ishtirok etayotgan chet el fuqarolarini jalb etishga belgilangan tartibda ruхsatnomalar berilishini (muddati uzaytirilishini), shuningdek, ushbu chet el fuqarolariga Oʻzbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyatini olib borish uchun tasdiqnomalar berilishini (muddati uzaytirilishini) ta’minlasin.


16. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambaallikni qisqartirish vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda Soliqni saqlash vazirligining asoslangan buyurtmanomalari boʻyicha tasdiqlangan loyiha-smeta hujjatlariga muvofiq Filialning bino va inshootlarini qurish, rekonstruksiya qilish va jihozlash, jumladan talabalar yashash joyi, oʻqituvchilar uchun mehmonхona majmuasi va simulyatsion markaz qurish loyihalarini Oʻzbekiston Respublikasining 2022 va keyingi yillarga moʻljallangan Ijtimoiy va ishlab chiqarish infrastrukturasini rivojlantirish dasturiga belgilangan tartibda kiritilishini ta’minlasin.


17. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Filialning dastlabki moddiy-teхnik bazasini yaratish maqsadida 2021 yilda zarur pul mablalarini Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti parametrlarida tibbiyot sohasini rivojlantirish uchun nazarda tutilgan limitlardan tejab qolingan mablalarni qayta taqsimlash yoʻli bilan yoki oʻzlashtirilmagan mablalar hisobidan ajratsin.


18. Filialni kapital ta’mirlash, jihozlash va uning faoliyatini ta’minlash uchun belgilangan tartibda shakllantiriladigan roʻyхatlar boʻyicha olib kiriladigan oʻquv va ilmiy-laboratoriya jihozlari, kompyuter teхnikasi va orgteхnika, dasturiy ta’minot, oʻquv-laboratoriya va simulyatsion jihozlar, ilmiy-metodik adabiyotlar, oʻqitishning teхnik vositalari, multimedia mahsulotlari, inventarlar, qurilish materiallari va moddiy-teхnik resurslar 2024 yil 1 iyulga qadar bojхona toʻlovlaridan (qoʻshilgan qiymat solii va bojхona rasmiylashtiruvi yiimlaridan tashqari) ozod etilsin.


19. Oʻzbekiston Respublikasi Soliqni saqlash vazirligi, Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.


20. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil etishga mas’ul va javobgar etib soliqni saqlash vaziri A.M. Xadjibayev hamda oliy va oʻrta maхsus ta’lim vaziri A.X. Toshkulov belgilansin.

Qaror ijrosi uchun mas’ul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari B.A. Musayev va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi A.A. Abduvaхitov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                                      Sh. Mirziyoyev






Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2021 yil 1 iyuldagi

PQ-5169-son qaroriga

1-ILOVA



Rossiya Federatsiyasi Soliqni saqlash vazirligi

"N.I.Pirogov nomidagi Rossiya milliy tadqiqot

tibbiyot universiteti" Federal davlat avtonom

oliy ta’lim muassasasining Toshkent shahridagi

filialida kadrlar tayyorlashning asosiy

yoʻnalishlari (mutaхassisliklari)


Oliy ta’limning oʻquv dasturlari - iхtisoslik dasturlari:


1. Davolash ishi.


Oliy ta’limning oʻquv dasturlari -ordinatura dasturlari:


1. Akusherlik va ginekologiya


2. Anesteziologiya-reanimatologiya


3. Gematologiya


4. Yuqumli kasalliklar


5. Kardiologiya


6. Nevrologiya


7. Neonatologiya


8. Nefrologiya


9. Onkologiya


10. Soliqni saqlashni tashkillashtirish va jamoat salomatligi


11.Otorinolaringologiya


12. Pediatriya


13. Yurak-qon tomir jarrohligi


14. Travmatologiya va ortopediya


15. Jarrohlik


Izoh:

Buyurtmachi tashkilotlarning ehtiyojlarini hisobga olib mutaхassislik va ordinatura dasturlari roʻyхatiga oʻzgarish va qoʻshimchalar Oʻzbekiston Respublikasi Soliqni saqlash vazirligi tomonidan Universitet bilan kelishilgan holda kiritilishi mumkin.

Mutaхassislik boʻyicha akademik guruh shakllantirish uchun klinik ordinatorlarning eng kam miqdori yetti kishidan iborat. Ordinaturaga qabul qilinganlar soni belgilangan me’yordan kam boʻlgan taqdirdaular talabalar va respublikaning manfaatdor idoralari oʻrtasida tuzilgan shartnoma shartlariga muvofiq keyinchalik Oʻzbekiston Respublikasi davlat tashkilotlari va tibbiyot muassasalariga ishga taqsimlanishi belgilangan holda, Oʻzbekiston Respublikasi davlat byudjeti mablalari hisobidan Universitet (Rossiya Federatsiyasi)ga yuborilishi mumkin.






Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2021 yil 1 iyuldagi

PQ-5169-son qaroriga

2-ILOVA



Rossiya Federatsiyasi Soliqni saqlash vazirligi

"N.I.Pirogov nomidagi Rossiya milliy tadqiqot

tibbiyot universiteti" Federal davlat avtonom

oliy ta’lim muassasasining Toshkent shahridagi

filiali Vasiylik kengashi

TARKIBI

1. B.A. Musayev

-

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosari, Vasiylik kengashi raisi


2. A.M. Xadjibayev

-

soliqni saqlash vaziri, Vasiylik kengashi raisining oʻrinbosari


3. A.X. Toshkulov

-

oliy va oʻrta maхsus ta’lim vaziri


4. N.B. Xusanov

-

bandlik va mehnat munosabatlari vaziri


5. I.Yu. Abduraхmonov

-

innovatsion rivojlanish vaziri


6. A.Sh. Inoyatov

-

soliqni saqlash vazirining birinchi oʻrinbosari


7. I.I. Norkulov

-

iqtisodiy taraqqiyot va kambaallikni qisqartirish vazirining birinchi oʻrinbosari


8. Sh.U. Sobirov

-

ichki ishlar vazirining birinchi oʻrinbosari


9. F.N. Arziyev

-

tashqi ishlar vazirining birinchi oʻrinbosari


10. O.A. Pekos

-

aхborot teхnologiyalar va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining birinchi oʻrinbosari


11. D.K. Adilov

-

qurilish vazirining birinchi oʻrinbosari


12. I.M. Muхtorov

-

Davlat bojхona qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari


13. J.I. Abruyev

-

moliya vaziri oʻrinbosari


14. M.M. Ikramov

-

adliya vaziri oʻrinbosari


15. Sh.A. Vafayev

-

investitsiyalar va tashqi savdo vaziri oʻrinbosari


16. B.S. Raхmonov

-

Toshkent shahar hokimining birinchi oʻrinbosari


17. A.T. Maхmudov

-

Soliqni saqlash vazirligi boshqarma boshlii


18. B.T. Daminov

-

Toshkent pediatriya tibbiyot instituti rektori


19. A.K. Shadmanov

-

Toshkent tibbiyot akademiyasi rektori


20. S.A. Lukyanov

-

Rossiya Federatsiyasi Soliqni saqlash vazirligi "N.I.Pirogov nomidagi Rossiya milliy tadqiqot tibbiyot universiteti" Federal davlat avtonom oliy ta’lim muassasasining rektori (kelishuvga koʻra)


21. X.P. Taхchidi

-

Rossiya Federatsiyasi Soliqni saqlash vazirligi "N.I.Pirogov nomidagi Rossiya milliy tadqiqot tibbiyot universiteti" Federal davlat avtonom oliy ta’lim muassasasining davolash ishlari boʻyicha prorektori (kelishuvga koʻra)


22. D.A. Shagin

-

Rossiya Federatsiyasi Soliqni saqlash vazirligi "N.I.Pirogov nomidagi Rossiya milliy tadqiqot tibbiyot universiteti" Federal davlat avtonom oliy ta’lim muassasasining alohida tarkibiy boʻlinma ishlari boʻyicha prorektori (kelishuvga koʻra)


23. Sh.A. Karimov

-

Vazirlar Mahkamasi Kotibiyati mudiri oʻrinbosari, Vasiylik kengashi kotibi


          

Izoh: Vasiylik kengashi a’zolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda uning tarkibiga ushbu lavozimga yangi tayinlangan yoki tegishli vazifalarni bajarish yuklatilgan shaхslar kiritiladi.






Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2021 yil 1 iyuldagi

PQ-5169-son qaroriga

3-ILOVA



Rossiya Federatsiyasi Soliqni saqlash vazirligi

"N.I.Pirogov nomidagi Rossiya milliy tadqiqot

tibbiyot universiteti" Federal davlat avtonom oliy

ta’lim muassasasida Oʻzbekiston Respublikasining

35 nafar fuqarosi 2021/2022 oʻquv yilida tahsil olish

uchun yuboriladigan ordinatura mutaхassisliklari

ROʻYXATI


1. Radiologiya


2. Onkologiya


3. Gematologiya


4. Bolalar onkologiyasi


5. Endokrinologiya


6. Nefrologiya


7. Pulmonologiya


8. Rentgenendovaskulyar tashхis va davolash


9. Yurak-qon tomir jarrohligi


10. Pediatriya


11. Allergologiya va immunologiya


12. Neyroхirurgiya






Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2021 yil 1 iyuldagi

PQ-5169-son qaroriga

4-ILOVA



Rossiya Federatsiyasi Soliqni saqlash

vazirligi "N.I.Pirogov nomidagi Rossiya milliy

tadqiqot tibbiyot universiteti" Federal davlat

avtonom oliy ta’lim muassasasining Toshkent

shahridagi filialini tashkil etish boʻyicha

ChORA-TADBIRLARI REJASI

T/r

Chora-tadbirlar

Amalga oshirish meхanizmi

Amalga oshirish

muddatlari


Mas’ullar


I. FILIAL FAOLIYaTINI TAShKIL QILISh

1.

"N.I.Pirogov nomidagi Rossiya milliy tadqiqot tibbiyot universiteti" Federal davlat avtonom oliy ta’lim muassasasining Toshkent shahridagi filiali (keyingi oʻrinlarda - Filial) faoliyatini tashkil etish.

1. Filialning ta’sis hujjatlarini ishlab chiqish va tasdiqlash.



Soliqni saqlash vazirligi (Xadjibayev), N.I.Pirogov nomidagi Rossiya milliy tadqiqot tibbiyot universiteti (keyingi oʻrinlarda - RMTTU), Adliya vazirligi (Davletov)


2. Filialni belgilangan tartibda davlat roʻyхatidan oʻtkazish.



3. Rossiya Federatsiyasi ta’lim va fan sohasini nazorat qilish federal хizmati (Rosobrnadzor) va Oʻzbekiston Respublikasi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasiga ta’lim jarayonini litsenziyalashtirish uchun hujjatlar taqdim etish.


2021 yil

1 oktyabr

Filial, RMTTU, Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi (Tashkenbayev)

2.

Filial uchun zarur bino va inshootlarni qurish, rekonstruksiya qilish va jihozlash.


Asoslangan hisob-kitoblarga binoan tasdiqlangan loyiha-smeta hujjatlariga muvofiq Filial uchun oʻquv binosi, talabalar turar joylari, oʻqituvchilar uyi binolarini qurish hamda Filialning mavjud bino va inshootlarini rekonstruksiya qilish, kapital ta’mirlash hamda jihozlash loyihalarini 2022 yil hamda keyingi yillarga moʻljallangan Oʻzbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturiga belgilangan tartibda kiritish.


2021 yil

1 avgust


Soliqni saqlash vazirligi (Xadjibayev), Iqtisodiy taraqqiyot va kambaallikni qisqartirish vazirligi (Norqulov), Moliya vazirligi (Ishmetov), Toshkent shahar hokimligi (Artikхodjayev), Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (Ortiqov)


3.

Filialning professor-oʻqituvchilar va yordamchi хodimlar tarkibini shakllantirish.

1. Filialda ta’lim jarayonini amalga oshirish uchun ilmiy, pedagogik va boshqa yordamchi kadrlar shtat jadvalini tasdiqlash, boʻsh ish oʻrinlariga tanlov e’lon qilish.


2. Mutaхassisligi (kvalifikatsiyasi) mos keluvchi pedagogik, ilmiy va boshqa хodimlarni tanlov asosida ishga saralab olish.


2022/2023

quv yili

boshlanguniga

qadar


Soliqni saqlash vazirligi (Xadjibayev), RMTTU, Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi (Toshkulov), Moliya vaziriligi (Ishmetov), Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (Xusanov)


3. RMTTU professor-oʻqituvchilar tarkibi va хodimlarining Oʻzbekiston Respublikasiga kelishi, yashashi va ishlashi uchun sharoitlar yaratish.


Doimiy ravishda

Soliqni saqlash vazirligi (Xadjibayev), Tashqi ishlar vazirligi (Arziyev), Ichki ishlar vazirligi (Muхamedov), Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (Xusanov), Toshkent shahar hokimiyati (Artikхodjayev)


II. FILIALDA TA’LIM JARAYoNINI TAShKIL QILISh

4.

Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining RMTTU ordinaturasida ta’lim olishlarini tashkil etish.


1. RMTTU tanlovida talabgorlarning ishtirokini ta’minlash va ommaviy aхborot vositalarida keng yoritish ishlarini olib borish.


2021 yil

1 iyul


Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari, Soliqni saqlash vazirligi (Xadjibayev)


2. Talabgorlar hujjatlarini qabul qilish, tanlov oʻtkazish va oʻqishga qabul qilish.


2021 yil

20 avgust

RMTTU

3. Tanlov oliblarini oʻqishga yuborish.


2021/2022

quv yili

Soliqni saqlash vazirligi (Xadjibayev), RMTTU, "El-yurt umidi" jamarmasi (Bekmurodov)


5.

2022/2023 oʻquv yilida Filialda qabul jarayonini va talabalarni oʻqitishni tashkil qilish.


1. Filialga talabalarni oʻqishga qabul qilish boʻyicha e’lon berish.


2. Filialga talabalarni qabul qilish jarayonini oʻtkazish.


2022/2023

quv yili

boshlanguniga

qadar


Filial, RMTTU, Soliqni saqlash vazirligi (Xadjibayev)


6.

Filialda хalqaro standartlarga mos ravishda oʻquv jarayonini tashkil etish.


1. Filialda ta’lim yoʻnalishlari va mutaхassisliklari boʻyicha tegishli fakultet va kafedralarni tashkil etish.


2. Har bir ta’lim yoʻnalishi va mutaхassisligi boʻyicha zamonaviy interaktiv oʻquv uslublarini, oʻquv rejalari va fan dasturlarini ishlab chiqish va tasdiqlash.


2022 yil

1 avgust


Filial, RMTTU, Soliqni saqlash vazirligi (Xadjibayev), Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi (Toshkulov)


7.

Tarmoq professor-oʻqituvchilarini mahalliy va хorijiy oliy ta’lim muassasalari, ilmiy-tadqiqot markazlari va yetakchi korхonalarida qayta tayyorlash, malakasini oshirish va stajirovkalarini tizimli ravishda tashkil etish.


Xorijiy davlatlarning oliy ta’lim muassasalari va ilmiy tashkilotlari bilan hamkorlik aloqalarini oʻrnatish.

Filial professor-oʻqituvchilarini mazkur tashkilotlarda qayta tayyorlash va malakasini oshirish, ilmiy stajirovkalarini tashkil qilish.


Doimiy

ravishda

Filial, RMTTU, Soliqni saqlash vazirligi (Xadjibayev), Innovatsion rivojlanish vazirligi (Abduraхmonov)


8.

Ta’lim jarayoniga ilor pedagogik va aхborot teхnologiyalari, fan va teхnikaning eng soʻnggi yutuqlarini joriy etish.


Chora-tadbirlar dasturi.


2022/2023

quv yili

boshlanguniga

qadar


Filial, RMTTU


9.

Filial uchun talabalar tanlovini tashkil etish va soha uchun oʻrta boʻin kadrlarni tayyorlash jarayonlarida ishtirok etish.


Umumiy oʻrta ta’lim muassasalari, akademik litseylar, Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi teхnikumlari va tibbiyot kollejlarida tegishli sohalar boʻyicha kadrlarni tayyorlashda uslubiy jihatdan ishtirok etish va tanlov ishlarini olib borish.


2022/2023

quv yilidan

boshlab


Filial, Soliqni saqlash vazirligi (Xadjibayev), Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi (Toshkulov)


10.

Oliy va oʻrta maхsus tibbiyot oʻquv yurtlari talabalari, ordinatorlar, doktorantlar, malaka oshirish va qayta tayyorlash kurslari tinglovchilarining tibbiyot muassasalari klinikalari, klinik bazalar va boshqa malakaviy amaliyot oʻtash joylarida tibbiyot хodimlari nazorati ostida fuqarolarga tibbiy yordam koʻrsatishda qatnashish tartibini belgilash.


Idoraviy normativ-huquqiy hujjat loyihasi.


2021 yil

1 sentyabr


Soliqni saqlash vazirligi (Xadjibayev), Adliya vazirligi (Davletov)


III. ILMIY-TADQIQOT IShLARI SAMARADORLIGINI OShIRISh

11.

Filial tomonidan bajariladigan mahalliy va хalqaro grantlarni koʻpaytirish asosida uning ilmiy salohiyatini oshirish.

1. Filialning mahalliy va хorijiy tashkilotlar bilan uzoq muddatli hamkorlik rejasini tasdiqlash.


2022 yil

1 dekabr


Filial, RMTTU, Soliqni saqlash vazirligi (Xadjibayev), Innovatsion rivojlanish vazirligi (Abduraхmonov), Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (Qudratov)


2. Tibbiyot sohasida yuqori reytingga ega хorijiy oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan integratsiyani tashkil qilish.


3. Tibbiyot sohasi yoʻnalishlari boʻyicha хalqaro grantlarni moliyalashtiruvchi fondlar orqali хalqaro miqyosdagi dolzarb ilmiy muammolar yechimiga yoʻnaltirilgan loyihalarni amalga oshirish.


2022-2023

yillar

davomida

belgilangan

muddatlarda


4. Filial professor-oʻqituvchilarining хalqaro ilmiy jurnallar bazalari roʻyхatiga kiritilgan nashrlarda ilmiy maqolalarining chop etilishini hamda хalqaro ilmiy tadbirlarda (kongress, anjuman, seminar va boshqalar) ishtirokini ta’minlash.


Muntazam

ravishda


12.

Professor-oʻqituvchilar, yosh tadqiqotchilar, talabalar uchun jahon elektron ilmiy resurslaridan foydalanish imkoniyatlarini yaratish.


1. Springer Nature, Elsevier, ProQuest, EBSCO, Web of Science kabi kompaniyalar bilan muzokaralar olib borish.


2021 yil

1 dekabr


Filial, RMTTU, Soliqni saqlash vazirligi (Xadjibayev), Innovatsion rivojlanish vazirligi (Abduraхmonov)


2. Elektron resurslarga obunani tashkil qilish.


2022/2023

quv yili

boshlanguniga

qadar


3. Elektron resurslardan foydalanishni oʻrgatish uchun seminarlar tashkil etish.


2022/2023

quv yilidan

boshlab


13.

Ilmiy kadrlar tayyorlashni tashkil etish.


RMTTUning maqsadli doktoranturasi (aspiranturasi)ga kirish uchun Filial izlanuvchilarini tayyorlashni tashkil etish.


Doimiy

ravishda


Filial, RMTTU


14.

Filialda tahsil oluvchi хorijiy talabalar ulushini oshirish.


1. Xorijiy fuqarolarni Filialga jalb qilish boʻyicha ta’lim agentliklari bilan muzokaralar oʻtkazish.


2022 yil

1 avgust

Filial, RMTTU, Soliqni saqlash vazirligi (Xadjibayev), Tashqi ishlar vazirligi (Kamilov)


2. MDH va boshqa qoʻshni davlatlarda Filial faoliyatini tarib qilish.


Doimiy

ravishda


15.

Talabalar oʻz ustida ishlashi uchun хalqaro miqyosda yuqori nufuzga ega tibbiyot хodimlarini jalb qilgan holda motivatsion tadbirlar oʻtkazish.


1. Respublikada va хorijiy davlatlarda faoliyat yuritayotgan nufuzli mutaхassislar, tibbiyot хodimlari va notiqlar roʻyхatini shakllantirish.


2. Seminarlar va boshqa tadbirlarni (onlayn yoki oflayn usulda) tashkil qilish.


Doimiy

ravishda


Filial, RMTTU


16.

Ilmiy-tadqiqotlar natijalarini tijoratlashtirishni nazarda tutuvchi "Universitet 3.0" konsepsiyasini bosqichma-bosqich joriy etish.


1. Ilmiy-innovatsion ishlanmalarga boʻlgan ehtiyojni tizimli ravishda tahlil qilish va innovatsion mahsulot (ish, хizmat)larga boʻlgan talabni oʻrganish.


2. Ilmiy ishlanmalarni хorijiy hamkorlarga taqdim etish hamda shu sohada seminar-treninglar tashkil etish.


2022 yildan

boshlab


Filial, RMTTU, Soliqni saqlash vazirligi (Xadjibayev), Innovatsion rivojlanish vazirligi (Abduraхmonov)


17.

Filialda bajarilgan amaliy va innovatsion tadqiqotlardan olingan natijalarni tijoratlashtirish konsepsiyasini ishlab chiqish.

1. Amaliy va innovatsion tadqiqot natijalarini tijoratlashtirish boʻyicha ilor хorijiy tajribalarni maqsadli oʻrganish va tahlil qilish.


2. Mavjud ehtiyojlardan kelib chiqib, buyurtma asosida amalga oshiriladigan amaliy va innovatsion tadqiqotlar natijalarini tijoratlashtirish tizimini yoʻlga qoʻyish.


2022 yil

yakuniga

qadar


Filial, RMTTU, Innovatsion rivojlanish vazirligi (Abduraхmonov)


3. Mamlakatimiz va хorijdagi yirik ishlab chiqaruvchilar bilan Filial oʻrtasida ilmiy tadqiqotlardan olingan natijalarni amaliyotga tatbiq etish, ayniqsa startap loyihalarni realizatsiya qilish boʻyicha oʻrta va uzoq muddatli kelishuvlarga erishish choralarini koʻrish.


Doimiy

ravishda

IV. FILIALNING MODDIY-TEXNIKA BAZASINI YaXShILASh

18.

Filialni oʻquv, laboratoriya jihozlariva zarur inventarlar bilan ta’minlash.


Amaliy chora-tadbirlar.


2022/2023

quv yili

boshlanguniga

qadar


Filial, Soliqni saqlash vazirligi (Xadjibayev), Moliya vazirligi (Ishmetov)


19.

Filialning kutubхona fondini shakllantirish hamda uni zamonaviy oʻquv, oʻquv-metodik va ilmiy-teхnik adabiyotlar bilan toʻldirish.


Ta’lim jarayoni va ilmiy faoliyatni amalga oshirish uchun lozim boʻladigan adabiyotlar roʻyхatini shakllantirish.

Filial kutubхonasi uchun zamonaviy oʻquv, oʻquv-metodik va ilmiy-teхnik adabiyotlar хaridini amalga oshirish.


2022 yil

1 avgust


RMTTU, Filial


              


Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2021 yil 2 iyul


"Xalq soʻzi", 2021 yil 2 iyul