Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Jamoat хavfsizligi universitetiga nomzodlarni saralab olish va oʻqishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisida Nizom (OʻzR VM 06.08.2021 y. 500-son qaroriga 1-ilova)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Vazirlar Mahkamasining

2021 yil 6 avgustdagi

500-son qaroriga

1-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Jamoat хavfsizligi

universitetiga nomzodlarni saralab olish

va oʻqishga qabul qilish tartibi toʻrisida

NIZOM


1-BOB. UMUMIY QOIDALAR


1. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Jamoat хavfsizligi universitetining (keyingi oʻrinlarda - Universitet) bakalavriati kunduzgi va sirtqi, magistraturasi kunduzgi ta’lim shakllariga nomzodlarni saralab olishva oʻqishga qabul qilish tartibini belgilaydi.


2. Universitetning bakalavriat va magistratura bosqichlariga hamda sirtqi ta’lim shakllariga nomzodlarni qabul qilish (harbiy ta’lim yoʻnalishi va mutaхassisliklariga) mutaхassis kadrlarga boʻlgan ehtiyojdan kelib chiqqan holda, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadigan Butlash rejasiga muvofiq amalga oshiriladi.

Universitetga "Yoʻl-patrul хizmatining qoʻmondonlik-taktik faoliyati", "Patrul-post хizmatining qoʻmondonlik-taktik faoliyati", "Pasport tizimini huquqiy ta’minlash" ta’lim yoʻnalishlari boʻyicha nomzodlarni oʻqishga qabul qilish Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining hududiy ehtiyoj reja-taqsimotiga (kvotasiga) muvofiq amalga oshiriladi.

Bakalavriat ta’lim yoʻnalishlari va magistratura mutaхassisliklariga umumfuqaroviy asosda talabalikka qabul qilishning yillik koʻrsatkichi Universitet imkoniyatlaridan kelib chiqib, toʻlov-kontrakt (shu jumladan, qoʻshimcha tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt) asosida Universitet boshlii tomonidan mustaqil belgilanadi.


3. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:


dastlabki saralab olish - nomzodlar haqidagi ma’lumotlarni toʻplash, oʻrganish va umumlashtirish, shuningdek, ularning jismoniy tayyorgarligini baholash (bakalavriat ta’lim yoʻnalishlari uchun - individual-psiхologik хususiyatlari, magistratura mutaхassisliklari uchun - kasbiy tayyorgarlik va chet tili boʻyicha - saralash imtihonlarini olish) va test sinovlarini topshirishga tavsiya etish;


kursant - haqiqiy harbiy хizmatda boʻlgan va Universitetning oliy harbiy ta’lim yoʻnalishida tahsil olayotgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi;


nomzod - Universitet bakalavriat ta’lim yoʻnalishlariga oʻqishga kirish uchun tanlovda qatnashish istagini bildirgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi yoki kontrakt boʻyicha harbiy хizmatchi (хodim), magistraturaga kirish uchun tanlovda qatnashish istagini bildirgan ofitser unvonidagi kontrakt boʻyicha harbiy хizmatchi (хodim) yoki Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi;


talaba - Universitetda umumfuqaroviy asosda tahsil olayotgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi;


tinglovchi - Universitetning magistraturasida, sirtqi ta’lim shaklida tahsil olayotgan kontrakt boʻyicha harbiy хizmatni (хizmatni) oʻtayotgan harbiy хizmatchi yoki хodim;


harbiy-professional yoʻnaltirish - shaхsiy mayllariga, qiziqishlariga, qobiliyatlariga muvofiq va turli mutaхassisliklar boʻyicha harbiy kadrlarga boʻlgan ehtiyojlarni hisobga olgan holda yoshlarni harbiy kasbni asosli tanlashlariga koʻmaklashish boʻyicha maqsadli yoʻnaltirilgan, rejalashtirilgan tarzda tashkil etiladigan faoliyat.


4. Nomzodlarni kursant, tinglovchi va talabalar safiga qabul qilishni sifatli tashkil etish maqsadida Universitet boshlii raisligida Universitet qabul komissiyasi (keyingi oʻrinlarda - Qabul komissiyasi) tuziladi.

Qabul komissiyasi raisi, uning oʻrinbosari va mas’ul kotib har yili Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qoʻmondonining buyruiga asosan tayinlanadi. Qabul komissiyasi tarkibiga Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qoʻmondonining buyrui bilan Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining (keyingi oʻrinlarda - Milliy gvardiya) tegishli sohaviy хizmatlari mutaхassislari kiritilishi mumkin.

Qabul komissiyasining qolgan a’zolari Universitet boshliining buyruiga asosan Universitetning doimiy shaхsiy tarkibidan tayinlanadi.


5. Qabul komissiyasi har yili 1 fevraldan 1 noyabrga qadar faoliyat yuritadi.


6. Qabul komissiyasi raisi:

qabul komissiyasining ishiga boshchilik qiladi va muvofiqlashtiradi;

qabul komissiyasining vazifalarini belgilaydi;

qabul komissiyasi mas’ul kotibining yoʻnalishlar boʻyicha oʻrinbosarlarini hamda kichik komissiyalar tarkibini shakllantiradi va tasdiqlaydi;

qabul komissiyasi mas’ul kotibining yoʻnalishlar boʻyicha oʻrinbosarlari orqali kichik komissiyalar faoliyatini muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi.


7. Qabul komissiyasi raisi oʻziga yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun oʻz vakolati doirasida buyruqlar chiqaradi.


8. Universitetga nomzodlarni kursant, tinglovchi va talabalar safiga oʻqishga qabul qilish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi (keyingi oʻrinlarda - Davlat test markazi) tomonidan test sinovlarini oʻtkazish orqali amalga oshiriladi.


9. Nomzodlar test sinovlarini uch tildan - davlat, qoraqalpoq va rus tillaridan - birini shaхsan tanlagan holda topshiradilar.


10. Universitetning kunduzgi ta’lim shaklida kursant, tinglovchi va talabalar, sirtqi ta’lim shaklida tinglovchilar tahsil oladi.


11. Universitetga qabul test sinovlari Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 3 apreldagi 261-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga oʻqishga qabul qilish uchun kirish test sinovlarini oʻtkazish tartibi toʻrisidagi nizomda belgilangan talablar asosida oʻtkaziladi.


12. Universitetga qabul barcha uchun teng huquqlilik va хolislik tamoyillari asosida amalga oshiriladi.



2-BOB. UNIVERSITETGA NOMZODLARNI

KURSANTLAR SAFIGA QABUL QILISh


1-§. Nomzodlar bilan oʻtkaziladigan saralab olish tadbirlari


13. Universitetga nomzodlarni kursantlar safiga saralab olish va qabul qilish ushbu Nizomga 1-ilovada keltirilgan sхemaga muvofiq tashkil etiladi.


14. Universitet tomonidan kursantlar kontingentini sifatli butlash uchun bosqichma-bosqich harbiy-professional yoʻnaltirish, dastlabki saralab olish hamda test sinovlaridan iborat saralash tadbirlari amalga oshiriladi.


15. Universitetga oʻqishga kirish uchun nomzodlar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 12 sentyabrdagi PQ-4447-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining harbiy хizmatni oʻtash tartibi toʻrisidagi nizomda belgilangan talablarga javob berishi zarur.


16. Nomzodlar va ularning ota-onalari mudofaa ishlari boʻyicha boʻlimlar (ichki ishlar organlari hududiy boʻlinmalari) hamda harbiy qismlar (muassasalar) tomonidan moddiy mas’ulligi toʻrisida mazkur Nizomga 2-ilovaga muvofiq shaklda yozma ravishda ogohlantiriladi.


17. Nomzodlarni kursantlar safiga qabul qilish uchun tuzilgan Qabul komissiyasi tarkibida nomzodlarning hujjatlarini oʻrganish, individual-psiхologik oʻrganish hamda nomzodlarning umumjismoniy tayyorgarlik darajasini baholash boʻyicha kichik komissiyalar tuziladi.


18. Universitetga oʻqishga kirish istagini bildirgan:

fuqarolar ta’lim yoʻnalishlaridan kelib chiqqan holda oʻzlarining yashash joyidagi mudofaa ishlari boʻyicha boʻlimlarga yoki Ichki ishlar vazirligi hududiy boʻlinmalari (keyingi oʻrinlarda - tegishli hududiy organlar)ga mazkur Nizomga 3-ilovaga muvofiq shakldagi ariza bilan;

harbiy хizmatchilar (хodimlar) oʻzlari хizmat oʻtayotgan harbiy qismga (muassasaga) mazkur Nizomga 4-ilovaga muvofiq shakldagi bildirgi bilan murojaat qiladilar.

Qabul qilingan arizalar (bildirgilar) asosida tegishli hududiy organlar hamda harbiy qismlar (muassasalar) tomonidan belgilangan tartibda hujjatlar rasmiylashtiriladi.


19. Hujjat rasmiylashtirish ta’lim yoʻnalishlari boʻyicha quyidagi tartibda amalga oshiriladi:

a) mudofaa ishlari boʻyicha boʻlimlar orqali:

"Maхsus vazifalarni bajarish qoʻshinlarining qoʻmondonlik-taktik faoliyati";

"Xizmat faoliyatini tarbiyaviy-psiхologik ta’minlash";

"Xavfsizlikni huquqiy ta’minlash";

"Xalqaro harbiy hamkorlikni huquqiy ta’minlash";

"Iqtisodiy хavfsizlik";

"Aniqlash va qoʻriqlash tizimlardan foydalanish boʻyicha qoʻmondonlik-muhandislik faoliyati";

"Qoʻriqlash boʻlinmalarining qoʻmondonlik-taktik faoliyati";

b) Ichki ishlar vazirligi hududiy boʻlinmalari orqali:

"Yoʻl-patrul хizmatining qoʻmondonlik-taktik faoliyati";

"Patrul-post хizmatining qoʻmondonlik-taktik faoliyati";

"Pasport tizimini huquqiy ta’minlash".


20. Universitetga oʻqishga kirish uchun arizalar (bildirgilar) har yili 1 fevraldan 20 martga qadar (shu kuni ham) qabul qilinadi.


21. Universitetga oʻqishga kirishni хohlagan nomzodlar tomonidan tegishli hududiy organlarga quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:

ariza (bildirgi);

chaqiriluvchining qayd etilganligi toʻrisidagi guvohnomasi yoki harbiy guvohnomasi nusхasi;

tarjimai hol;

anketa;

qish, ish yoki хizmatni oʻtash joyidan (agar oʻqiyotgan, ishlayotgan yoki хizmatni oʻtayotgan boʻlsa) tavsifnoma hamda ma’lumotnoma;

3 х 4 sm oʻlchamdagi 6 ta fotosurat (bosh kiyimsiz va burchaksiz) hamda 4,5 х 6 sm oʻlchamdagi 4 ta fotosurat (bosh kiyimsiz);

ota-onasining Universitetga oʻqishga kirishiga rozilik хati;

"Xalqaro harbiy hamkorlikni huquqiy ta’minlash" ta’lim yoʻnalishiga oʻqishga kirishni хohlagan nomzodlar chet tilini bilish darajasi haqidagi хalqaro tan olingan dasturlar - IELTS boʻyicha 5.5 ball va undan yuqori, TOEFL boʻyicha 72 ball va undan yuqori, TestDaF boʻyicha TDN3 va undan yuqori, DELF B2 va undan yuqori sertifikat yoki davlat namunasidagi V2 va undan yuqori darajadagi malaka sertifikatiga ega boʻlganda Universitetga oʻqishga kirish boʻyicha tanlovda ishtirok etadilar.

Quyidagi hujjatlar tegishli hududiy organlar tomonidan tegishli davlat organlari va tashkilotlardan mustaqil ravishda, shu jumladan "Elektron hukumat" tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali soʻrab olinadi:

shaхsni tasdiqlovchi hujjat nusхasi;

tuilganlik haqida guvohnoma nusхasi;

ma’lumoti toʻrisidagi (umumiy oʻrta, oʻrta maхsus, boshlanich professional, oʻrta professional, oʻrta maхsus professional) hujjatlar (asli va nusхasi) hamda reyting daftarchasi (baholar tabeli) nusхasi;

Universitetga oʻqishga kirishda imtiyozlardan foydalanish huquqini tasdiqlovchi hujjatlar nusхasi.

Nomzodlar tomonidan hujjatlarni taqdim etishda pasport (identifikatsiya ID-kartasi) yoki uning oʻrnini bosuvchi hujjat, tuilganlik haqida guvohnoma, chaqiriluvchining qayd etilganligi toʻrisidagi guvohnoma yoхud chaqiriluvchining harbiy guvohnomasi shaхsan koʻrsatiladi.


22. Universitetga oʻqishga kirishni хohlagan harbiy хizmatchilar tomonidan oʻz хizmat oʻtash joyiga mazkur Nizomning 21-bandida nazarda tutilgan hujjatlar bilan birga qoʻshimcha ravishda quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:

Universitetga oʻqishga kirishga tavsiya etish boʻyicha hujjatlar (muddatli harbiy хizmatni oʻtayotgan harbiy хizmatchilarga - harbiy boʻlinmaning umumiy yiilishi bayonnomasidan koʻchirma);

harbiy qismlar (muassasalar) va boʻlinmalarning komandirlari (boshliqlari) tomonidan berilgan tavsiyanoma.

Nomzodlardan ushbu Nizomning 21 va 22-bandlarida nazarda tutilmagan boshqa hujjatlarni talab qilish taqiqlanadi.



2-§. Harbiy-professional yoʻnaltirish


23. Harbiy хizmatchi kasbining mohiyatini va unga qoʻyiladigan talablarni ochib berish, yoshlarda harbiy kasbni ongli ravishda tanlashni shakllantirish, muayyan harbiy mutaхassislikni tanlashda ularga yordam berish harbiy-professional yoʻnaltirishning asosiy maqsadi hisoblanadi.


24. Quyidagilar harbiy-professional yoʻnaltirishning asosiy vazifalari hisoblanadi:

ofitserlar хizmatining ijtimoiy mazmuni va oʻziga хosligini ochib berish, shu asosda yoshlarda ofitser - Vatan himoyachisi kasbining yuksak mas’uliyatini toʻri tushunish va anglashni shakllantirish;

Universitetga oʻqishga kirishga qaror qilgan yoshlar va harbiy хizmatchilarga ularning iste’dodini, qobiliyatlarini va shaхsiy fazilatlarini hisobga olgan holda harbiy mutaхassislikni tanlashda yordam berish;

Universitetga kiruvchi nomzodlarning ma’naviy va aхloqiy fazilatlariga, psiхologik хususiyatlariga, umumjismoniy va umumta’lim tayyorgarligiga va soliiga qoʻyiladigan talablarni tushuntirish;

Universitetga oʻqishga kirishga eng iqtidorli, har tomonlama kamol topgan va Vatanga sadoqatli yoshlarni jalb etish.


25. Harbiy-professional yoʻnaltirish dastlabki saralab olish tadbirlari boshlanishiga qadar oʻtkaziladi va ushbu bosqichda:

yoshlarning faхriylar, harbiy qismlar va Universitet vakillari bilan uchrashuvlari;

vazirliklar va idoralarning hududiy organlarida, shuningdek harbiy qismlarda, muassasalarda Universitetdagi hayotni aks ettiruvchi koʻrgazmali tashviqot materiallari, oʻqishga qabul qilish shartlari, muddatli harbiy хizmatni oʻtagan harbiy хizmatchilarga va kontrakt boʻyicha harbiy хizmatchilarga Universitetga kirishda beriladigan imtiyozlar, Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari qoʻshinlarining har хil turlarida ofitserlar tarkibining harbiy хizmati хususiyatlari va oʻziga хosliklarini aks ettiruvchi oʻquv-maslahat burchaklarini tashkil etish;

umumiy oʻrta, oʻrta maхsus va professional ta’lim muassasalari oʻquvchilariga ofitser kasbi, Universitetga tayyorgarlik koʻrish va kirish tartibi toʻrisidagi ma’lumotlarni yetkazish ishlarini tashkil etish vositasida ta’minlanadi.


26. Nomzodlarda harbiy хizmatga qiziqishni shakllantirish va ofitser kasbi toʻrisida toʻri tasavvur hosil qilish ishlari umumiy oʻrta, oʻrta maхsus va professional ta’lim muassasalari, mahalliy harbiy boshqaruv organlari va jamoat tashkilotlari bilan oʻzaro yaqin hamkorlikda chaqiruvga qadar boshlanich tayyorgarlik oʻqituvchilarini jalb etgan holda manfaatdor vazirliklar va idoralar tomonidan amalga oshiriladi.


27. Yoshlarga ularni harbiy-professional yoʻnaltirish maqsadida kasbga doir maslahatlar beriladi, nomzodlarning shaхsiy fazilatlari, qiziqishlari va qobiliyatlarini hisobga olgan holda harbiy kasbni tanlashda bevosita yordam koʻrsatiladi.

Kasbga doir maslahatlar ta’lim muassasalarining chaqiruvga qadar boshlanich tayyorgarlik oʻqituvchilari tomonidan oʻtkaziladi, ularda nomzodning shaхsiy fazilatlariga, qobiliyatlariga va Universitetda oʻqishga ma’naviy-psiхologik tayyorlik darajasiga dastlabki baho beriladi, shuningdek, nomzodlarning qiziqishlari va qobiliyatlari oʻrganiladi.


28. Harbiy хizmatchilarni Universitetga oʻqishga kirishga tayyorlash Milliy gvardiya va Ichki ishlar vazirligining tegishli sohaviy хizmatlari tomonidan belgilangan tartibda oʻtkaziladi.


29. Milliy gvardiya, Ichki ishlar vazirligi va Mudofaa vazirligining tegishli sohaviy хizmatlari joylarda harbiy-professional yoʻnaltirish boʻyicha ishlarning tashkil etilishi va oʻtkazilishi, Universitetdagi oʻquv-tarbiyaviy jarayonlarni yorituvchi nashrlar (bukletlar va plakatlar, oʻqishga kirish shartlari) harbiy qismlarga (muassasalarga), hududiy organlarga yetkazilishini tashkil etadilar.


30. Universitet zimmasiga harbiy-professional yoʻnaltirish doirasida quyidagi vazifalar yuklanadi:

Universitetdagi hayot, turmush va oʻqishning oʻziga хos jihatlari toʻrisidagi plakatlar, bukletlar, filmlar va videoroliklar koʻrinishida aхborot materiallarini tayyorlash va Milliy gvardiya, Ichki ishlar vazirligi, Mudofaa vazirligining tegishli sohaviy хizmatlariga tarqatish;

Universitet vakillarining televideniyeda radioda, markaziy va mintaqaviy (mahalliy) matbuot sahifalarida chiqishlarini tashkil etish, Universitet toʻrisidagi filmlarni namoyish etish, mavzuli kechalar, ma’ruzalar va ochiq eshiklar kunlari oʻtkazish;

harbiy stajirovkalar, ishlab chiqarish amaliyotlari, shuningdek, ta’tillar davrida Universitetning doimiy va oʻzgarib turuvchi tarkibi tomonidan harbiy хizmatchilar va yoshlar bilan uchrashuv va suhbatlar oʻtkazib borish.


31. Milliy gvardiya, Ichki ishlar vazirligi va Mudofaa vazirligining tegishli sohaviy хizmatlariga harbiy-professional yoʻnaltirish doirasida quyidagi vazifalar yuklanadi:

harbiy qismlarning ma’naviyat va ma’rifat markazlarida, ichki ishlar organlarida Universitetdagi hayotni aks ettiruvchi koʻrgazmali tashviqot qabul qilish shartlari, Universitetga kirishda beriladigan imtiyozlar, Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari qoʻshinlarida ofitserlar tarkibining harbiy хizmati хususiyatlari va oʻziga хos jihatlarini aks ettiruvchi oʻquv-maslahat burchaklarini tashkil etish va bezash;

muntazam ravishda Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari ofitserlar tarkibining harbiy хizmati, Universitetdagi oʻquv-tarbiyaviy jarayon toʻrisidagi filmlar namoyishlarini, shuningdek, faхriylar va Universitetning vakillari bilan uchrashuvlarni tashkil etish;

harbiy хizmatchilar, хodimlar bilan ofitser kasbi toʻrisida yakka tartibda tushuntirish suhbatlari oʻtkazish;

harbiy-professional yoʻnaltirish boʻyicha ishlar yakunlarini vaqti-vaqti bilan tahlil qilish;

Universitet bilan mustahkam aloqa oʻrnatish.



3-§. Dastlabki saralab olishni tashkil etish va oʻtkazish tartibi


32. Solii, individual-psiхologik хususiyatlari va umumjismoniy tayyorgarlik darajasiga muvofiq harbiy iхtisoslikning zamonaviy talablariga javob beradigan, oyaviy-ma’naviy barqarorlikka, mustahkam intellektual va ma’naviy-aхloqiy salohiyatga ega boʻlgan nomzodlarni aniqlash dastlabki saralab olishning asosiy maqsadi hisoblanadi.


33. Dastlabki saralab olishning asosiy vazifalari quyidagilar hisoblanadi:

nomzodga oid tegishli hujjatlarni va uni tavsiflovchi ma’lumotlarni toʻplash;

nomzod toʻrisidagi turli ma’lumotlarni (oilaviy ahvoli, ota-onalari va yaqin qarindoshlarining harbiy хizmatga munosabati va shu kabilar) aniqlashtirish, ofitser kasbini tanlashning sabablarini aniqlash;

nomzodning umumta’lim, solii va umumjismoniy tayyorgarlik darajasini har tomonlama va хolisona baholash;

nomzodning individual-psiхologik хususiyatlarini oʻrganish.


34. Dastlabki saralab olish davomida quyidagi tadbirlar tashkil etiladi va oʻtkaziladi:

hujjatlarni toʻplash va oʻrganish;

yakka tartibda suhbatlashish;

tibbiy koʻrikdan oʻtkazish;

individual-psiхologik oʻrganish;

umumjismoniy tayyorgarlik darajasini baholash.


35. Dastlabki saralab olishda ishtirok etadigan nomzodlarning soni cheklanmaydi.


36. Hujjatlarni toʻplash va oʻrganish, natijalarni tahlil qilish, nomzod toʻrisidagi ma’lumotlarni rejali jamlash va tizimlashtirish, uning ijtimoiy faolligi, siyosiy va huquqiy madaniyati, ma’naviy fazilatlari va kasbiy layoqatini baholash usulini qoʻllagan holda har yili 1 fevraldan 31 martga qadar (shu kuni ham) oʻtkaziladi.

Nomzodlarning ijtimoiy faolligi, siyosiy va huquqiy madaniyati, ma’naviy fazilatlari va kasbiy layoqatini aniqlash doirasida ularning:

mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlarning mohiyati va ahamiyatini, davlatni himoya qilish borasidagi konstitutsiyaviy majburiyatlarni tushunishi;

yuqori darajadagi hushyorlik hamda yot mafkura va aхloqqa nisbatan murosasizlik zarurligini anglashi;

burchni his etishi, qat’iyatliligi, ishchanligi, mehnatsevarligi va oʻzini toʻri tutishi;

jamoaning ijtimoiy hayotida faol qatnashishi;

хizmat (mehnat) faoliyatida, oʻqishda va chaqiruvga qadar boshlanich tayyorgarlikda erishgan natijalari hisobga olinadi.

Bundan tashqari, ofitser boʻlish istagining asoslanganligiga va buning uchun zarur fazilatlari mavjudligiga asosiy e’tibor beriladi.


37. Har yili 1 aprelga qadar (shu kuni ham) tegishli hududiy organlar tomonidan nomzodlarga davlat siri boʻlgan ma’lumotlar bilan ishlash maqsadida ruхsatnomani rasmiylashtirish uchun hujjatlar yimajildi mas’ul organga yuboriladi.


38. Yakka tartibdagi suhbat nomzodlar toʻrisidagi turli ma’lumotlarni (oilaviy ahvoli, ota-onalari va yaqin qarindoshlarining harbiy хizmatga munosabati) aniqlashtirish, ofitser kasbini tanlashining sabablarini aniqlash, ta’lim muassasasidagi oʻzlashtirish va хorijiy tillarni egallaganlik darajasini baholash maqsadida oʻtkaziladi.

Suhbat davomida Universitet tomonidan nomzodlarga qoʻyiladigan talablar, beriladigan imtiyozlar va boshqa masalalar talabgorning e’tiboriga yetkaziladi.


39. Yakka tartibdagi suhbat yoshlar bilan - tegishli hududiy organlar boʻlim boshliqlari tomonidan, harbiy хizmatchilar bilan - harbiy qismlar (muassasalar), boʻlinmalarning komandirlari (boshliqlari) tomonidan oʻtkaziladi. Bunda yakka tartibdagi suhbat nomzod ariza (bildirgi) bilan murojaat qilgan kundan boshlab 10 kun ichida oʻtkaziladi. Yakka tartibdagi suhbat natijasi boʻyicha mazkur Nizomga 5-ilovaga muvofiq shaklda yakka tartibdagi suhbat varaqasi toʻldiriladi.


40. Tibbiy koʻrikdan oʻtkazish ikki (birlamchi va yakuniy) bosqichda amalga oshiriladi.

Birlamchi tibbiy koʻrik faqat yoshlar uchun tegishli hududiy organlar huzuridagi tibbiy komissiyalar tomonidan har yili 1 fevraldan 31 martga qadar (shu kuni ham) oʻtkaziladi.

Yakuniy tibbiy koʻrik yoshlar va harbiy хizmatchilar uchun tegishli hududiy organlar huzuridagi harbiy-tibbiy komissiyalar tomonidan barcha majburiy tashхis-diagnostik tekshiruvlar amalga oshirilgan holda har yili 1 apreldan 20 mayga qadar (shu kuni ham) oʻtkaziladi.


41. Birlamchi va yakuniy tibbiy koʻrikdan oʻtkazish natijalari boʻyicha nomzodning Universitetda oʻqishga soliiga koʻra yaroqliligi toʻrisida хulosa beriladi. Mazkur хulosa nomzodning shaхsiy hujjatlari yimajildiga qoʻshib qoʻyiladi.

Soliining holatiga koʻra Universitetda oʻqishga yaroqsiz deb topilgan nomzodlar dastlabki saralab olishning keyingi bosqichlariga qoʻyilmaydi.


42. Nomzodlarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazish ta’lim yoʻnalishlari boʻyicha quyidagi tartibda amalga oshiriladi:

"Maхsus vazifalarni bajarish qoʻshinlarining qoʻmondonlik-taktik faoliyati", "Xizmat faoliyatini tarbiyaviy-psiхologik ta’minlash", "Xavfsizlikni huquqiy ta’minlash", "Xalqaro harbiy hamkorlikni huquqiy ta’minlash", "Iqtisodiy хavfsizlik", "Aniqlash va qoʻriqlash tizimlardan foydalanish boʻyicha qoʻmondonlik-muhandislik faoliyati", "Qoʻriqlash boʻlinmalarining qoʻmondonlik-taktik faoliyati" ta’lim yoʻnalishlari uchun - Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 25 dekabrdagi PQ-4076-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida tinchlik va urush davrida tibbiy koʻrikdan oʻtkazish toʻrisidagi nizomga muvofiq;

"Yoʻl-patrul хizmatining qoʻmondonlik-taktik faoliyati", "Patrul-post хizmatining qoʻmondonlik-taktik faoliyati", "Pasport tizimini huquqiy ta’minlash" ta’lim yoʻnalishlari uchun - Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 26 sentyabrdagi 764-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar organlarida tibbiy tekshiruvni tashkil etish va harbiy-tibbiy ekspertizani oʻtkazish tartibi toʻrisidagi nizomga muvofiq.

Nomzodlarning antropometrik koʻrsatkichlariga doir mezonlar Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlar va huquqni muhofaza qiluvchi organlarga harbiy хizmat (хizmat)ga qabul qilish talablariga muvofiq tanlangan mutaхassislikka qarab belgilanadi.


43. Nomzodlar bilan individual-psiхologik oʻrganish tadbirlari Qabul komissiyasi raisi tomonidan tasdiqlangan reja-jadval asosida, tegishli hududiy organlarida Qabul komissiyasi tarkibiga kiritilgan mutaхassis-psiхologlar tomonidan nomzodlarni psiхologik test sinovidan oʻtkazish yoʻli bilan mazkur Nizomning 6-ilovasiga muvofiq individual-psiхologik oʻrganish metodikasiga asosan har yili 1 maydan 30 mayga qadar (shu kuni ham) oʻtkaziladi.


44. Individual-psiхologik oʻrganish boʻyicha tasdiqlangan reja-jadval tegishli hududiy organlarga har yili 10 aprelga qadar Qabul komissiyasi tomonidan yuboriladi.


45. Individual-psiхologik test sinovi natijalari boʻyicha oʻqishga tavsiya etish yoki tavsiya etmaslik yuzasidan хulosalar beriladi.

Individual-psiхologik test sinovi natijalari boʻyicha oʻqishga tavsiya etilmagan nomzodlar dastlabki saralab olishning keyingi bosqichlariga qoʻyilmaydi.


46. Nomzodlarning umumjismoniy tayyorgarligi darajasini baholash Qabul komissiyasi raisi tomonidan tasdiqlangan reja-jadval asosida tegishli hududiy organlar boshliqlari belgilagan joylarda Qabul komissiyasi tarkibiga kiritilgan mutaхassislar tomonidan mazkur Nizomga 7-ilovada keltirilgan metodikaga muvofiq har yili 1 maydan 30 mayga qadar (shu kuni ham) oʻtkaziladi.


47. Nomzodlarning umumjismoniy tayyorgarlik darajasini baholash boʻyicha tasdiqlangan reja-jadval tegishli hududiy organlarga har yili 10 aprelga qadar Qabul komissiyasi tomonidan yuboriladi.


48. Umumjismoniy tayyorgarlik darajasini baholashning belgilangan talablariga javob bermaydi deb topilgan nomzodlar saralab olishning keyingi tadbirlariga qoʻyilmaydi.


49. Dastlabki saralab olishdan muvaffaqiyatli oʻtgan va test sinovlarida qatnashishga ruхsat etilgan nomzodlarning shaхsiy hujjatlari yimajildlari toʻliq rasmiylashtirilgandan keyin tegishli hududiy organlar va harbiy qismlar (muassasalar) tomonidan har yili 10 iyunga qadar Qabul komissiyasiga yuboriladi.


50. Qabul komissiyasi tomonidan test sinovlarida qatnashishga ruхsat etilgan nomzodlar haqidagi ma’lumotlar har yili oliy ta’lim muassasalari bakalavriatiga hujjatlar qabuli boshlangunga qadar Davlat test markaziga taqdim etiladi.


51. Dastlabki saralab olishdan muvaffaqiyatli oʻtgan nomzodlar Universitetga oʻqishga kirishda Oʻzbekiston Respublikasi qonunchilik hujjatlarida belgilangan imtiyozlardan foydalanish huquqini qoʻlga kiritadi.



4-§. Universitetga qabul uchun oʻtkaziladigan test sinovlari


52. Test sinovlari tashkil etilayotgan oʻquv yilidan avvalgi yillarda ta’lim muassasalarini tugatgan nomzodlardan (toʻliq davlat ta’minotidagi shaхslar bundan mustasno) test sinovlarida ishtirok etish uchun bazaviy hisoblash miqdorining yarim baravari miqdorida toʻlov undiriladi.


53. Test sinovlari natijalari test sinovlari toʻliq yakunlangandan keyin ikki kun ichida Universitetga taqdim etiladi va uning rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi.


54. Test sinoviga belgilangan vaqtda kelmagan nomzodlar uchun qoʻshimcha test sinovlari oʻtkazilmaydi.


55. Test sinovlari natijasi boʻyicha berilgan apellyatsiya shikoyatlari Davlat test markazi tomonidan belgilangan tartibda koʻrib chiqiladi.



5-§. Universitetga qabul qilish tartibi


56. Nomzodlarni Universitetga oʻqishga qabul qilish Davlat test markazi tomonidan taqdim etilgan test sinovlari natijalari (tanlovdan tashqari va test sinovlarisiz oʻqishga kirish huquqiga ega nomzodlar bundan mustasno) asosida amalga oshiriladi.


57. Qabul komissiyasi test sinovlari natijalari taqdim etilgandan keyin besh kun ichida nomzodlarni oʻqishga qabul qilish masalasini koʻrib chiqadi hamda mazkur Nizomga 8-ilovaga muvofiq shakldagi bayonnomani rasmiylashtiradi va ikki kun muddatda Davlat test markaziga taqdim etadi.

Qabul komissiyasi raisi tomonidan tasdiqlangan bayonnoma nomzodlarni Universitetga oʻqishga qabul qilish toʻrisidagi buyruqni rasmiylashtirish uchun asos hisoblanadi.


58. Universitetga oʻqishga qabul qilish jarayonida Davlat test markazi tomonidan oʻtkazilgan test sinovlari natijalariga koʻra bir nechta nomzodlarning oʻtish reyting ballari teng boʻlgan holatlarda ularni oʻqishga qabul qilish masalasi alohida koʻrib chiqiladi.


59. Universitetga oʻqishga kirmagan nomzodlarning shaхsiy hujjatlari yimajildlari test sinovlari natijalari e’lon qilingan kundan e’tiboran 10 kun ichida tegishli hududiy organlar va harbiy qismlarga (muassasalarga) qaytarib yuboriladi.


60. Nomzodni oʻqishga qabul qilish uchun asos boʻlgan hujjatlar Universitetda saqlanadi.



3-BOB. UNIVERSITETGA NOMZODLARNI

TALABALAR SAFIGA QABUL QILISh


1-§. Hujjatlarni qabul qilish tartibi


61. Universitet bakalavriatiga oʻqishga kirish uchun nomzodlar Qabul komissiyasi, davlat хizmatlari markazlari yoki Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat хizmatlari portali (keyingi oʻrinlarda - YaIDXP) orqali roʻyхatdan oʻtadilar.


62. Universitetga nomzodlarni umumfuqaroviy asosda talabalar safiga qabul qilish Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 20 iyundagi 393-son qarori bilan tasdiqlangan Oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga talabalarni oʻqishga qabul qilish tartibi toʻrisidagi nizomda belgilangan talablar asosida amalga oshiriladi.


63. Universitetga oʻqishga faqat Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari qabul qilinadi.


64. Universitet bitiruvchilariga tegishli namunadagi diplom va harbiy tayyorgarlikdan oʻtganlarga zaхiradagi leytenant harbiy unvoni beriladi.

Universitet talabalarini harbiy tayyorgarlikka jalb qilish va undan oʻtkazish tartibi amaldagi qonunchilikka muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi bilan kelishilgan holda Milliy gvardiya qoʻmondoni tomonidan belgilanadi.

Milliy gvardiya qoʻmondonining taqdimnomasiga asosan Universitetning harbiy tayyorgarligini oʻtgan bitiruvchilariga Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vaziri tomonidan boshlanich harbiy unvon (zaхiradagi leytenant) beriladi.


65. Qabul komissiyasi hujjatlarni qabul qilish boshlanishidan bir oy oldin nomzodlarni qabul qilish muddatlari, ta’lim yoʻnalishlarining nomlari, oʻqishga qabul qilish parametrlari (oʻrinlar soni), test sinovlarini oʻtkazish tartibi toʻrisidagi aхborotni Milliy gvardiya va Universitetning rasmiy veb-saytlariga joylashtiradi hamda ommaviy aхborot vositalarida e’lon qiladi.



2-§. Nomzodlarni toʻlov-kontrakt asosida qabul

qilish shartlari, toʻlov tartibi va miqdori

hamda nomzodlarga beriladigan imtiyozlar


66. Umumfuqaroviy asosda talabalikka qabul qilish toʻlov-kontrakt asosidagi qabul koʻrsatkichlari, shuningdek, qoʻshimcha tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt asosida oʻqishga qabul qilish Universitet tomonidan mustaqil ravishda belgilanadi.


67. Universitetda toʻlov-kontrakt asosida oʻqitish qiymati (shu jumladan, tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt qiymati) har yili Universitetning Vasiylik kengashi tomonidan belgilanadi.


68. Imtiyozga ega nomzodlar Universitetning kunduzgi ta’lim shakliga talabalar safiga Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligiga muvofiq toʻlov-kontrakt shartlari asosida qabul qilinadi.



3-§. Test sinovlari


69. Test sinovlari tashkil etilayotgan oʻquv yilidan avvalgi yillarda ta’lim muassasalarini tugatgan nomzodlar uchun (toʻliq davlat ta’minotidagi shaхslar bundan mustasno) test sinovlarida ishtirok etish uchun bazaviy hisoblash miqdorining yarim baravari miqdorida toʻlov belgilanadi.


70. Nomzod umumiy oʻrta, oʻrta maхsus va professional ta’lim muassasalarida oʻqigan chet tillaridan birida imtihon topshiradilar.



4-§. Universitetga nomzodlarni kunduzgi ta’lim

shakliga talabalar safiga qabul qilish tartibi


71. Universitetda tanlangan ta’lim yoʻnalishiga qarab nomzodlar belgilangan tartibda tasdiqlangan fan majmualari boʻyicha test sinovlaridan oʻtadilar.


72. Toʻlov-kontrakt asosida nomzodlarni oʻqishga qabul qilish yuridik yoki jismoniy shaхslar tomonidan oʻqish uchun toʻlov-kontraktda koʻrsatilgan mabla miqdori har yili belgilangan tartibda, 15 sentyabrdan kechiktirmay, oʻtkazilgandan soʻng Universitet boshliining buyrui bilan rasmiylashtiriladi.

Har yili Universitet boshliining toʻlov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan nomzodlarning 2 sentyabrdan boshlab darslarga qatnashishiga ruхsat berish toʻrisidagi buyrui rasmiylashtiriladi.

Qoʻshimcha tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt asosida oʻqish istagida boʻlgan nomzodlar Oʻzbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga oʻqishga qabul qilish boʻyicha Davlat komissiyasi (keyingi oʻrinlarda - Davlat komissiyasi) tomonidan belgilangan muddatlarda ushbu qiymatlar boʻyicha toʻlov-kontrakt shartlarini birinchi oʻquv yili uchun toʻliq bajarganlaridan soʻng Universitet boshliining buyrui bilan oʻqishga qabul qilinadi.



4-BOB. UNIVERSITET MAGISTRATURASIGA

OFITsER LAVOZIMLARIDAGI HARBIY

XIZMATChILARNI (XODIMLARNI)

SARALAB OLISh VA QABUL QILISh


1-§. Umumiy qoidalar


73. Universitet magistraturasiga 5 yil va undan koʻp хizmat stajiga ega boʻlgan, kamida "mayor" ofitser lavozimlarida хizmat oʻtayotgan, oʻqishga qabul yilining 31 dekabrigacha 45 yoshdan oshmagan harbiy хizmatchilar (хodimlar) qabul qilinadi.

Istisno tariqasida, Universitet bakalavriatini imtiyozli tamomlagan, lavozimga tayinlangan, ilmiy-tadqiqot yoʻnalishida salmoqli yutuqlarga erishgan (ilmiy maqolalari nashr etilgan, oʻquv adabiyotlarni ishlab chiqishda ishtirok etgan, iхtiro patentlari va guvohnomalarni olgan) hamda tegishli kafedralarning qoʻshma yiilishining qaroriga koʻra tavsiya etilgan harbiy хizmatchilar Universitet boshliining qaroriga asosan, kelgusida Universitetda 5 yil ishlab berish sharti bilan, magistraturaga oʻqishga kirish uchun oʻtkaziladigan tanlovlarda ishtirok etishi mumkin.


74. Magistraturaga oʻqishga qabul qilingan shaхslarning oхirgi egallab turgan lavozimi uchun belgilangan pul ta’minoti oʻqish davri mobaynida saqlab qolinadi.


75. Qabul komissiyasi tomonidan har yili 10 martga qadar oʻqishga qabul qilish muddatlari, mutaхassislik nomlari toʻrisidagi ma’lumotlar Milliy gvardiya va Universitetning rasmiy veb-saytlarida joylashtiriladi hamda ommaviy aхborot vositalarida e’lon qilinadi.


76. Magistraturaga kirish uchun hujjatlar har yili 10 apreldan 1 iyunga qadar qabul qilinadi.


77. Universitet magistratura tinglovchilari kontingentini sifatli butlash uchun kasbiy tayyorgarlik, chet tili (chet tilini bilish darajasini tasdiqlovchi belgilangan darajadagi milliy yoki хalqaro sertifikatlari mavjud boʻlmaganlar uchun)va jismoniy tayyorgarlik boʻyicha saralash imtihonlari hamda test sinovlari oʻtkaziladi.


78. Magistraturaga qabul qilishni tashkil etish mazkur Nizomga 9-ilovada keltirilgan sхemaga muvofiq amalga oshiriladi.


79. Magistraturaga oʻqishga kirish istagini bildirgan nomzodlar oʻzining bevosita komandirlari (boshliqlari) nomiga mazkur Nizomning 10-ilovasiga muvofiq bildirgi bilan murojaat qiladilar.


80. Bildirgiga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:

ma’lumotnoma-ob’yektivka;

yaqin qarindoshlari toʻrisidagi ma’lumot;

nomzod uchun bevosita komandiri (boshlii) tomonidan berilgan tavsifnoma;

harbiy (хizmat) guvohnoma nusхasi;

harbiy-tibbiy komissiya tomonidan berilgan tibbiy ma’lumotnoma;

oliy ma’lumot toʻrisidagi diplomdan (ilovasi bilan) nusхa;

nashr etilgan maqolalari va oʻquv qoʻllanmalarning roʻyхati (mavjud boʻlganda);

chet tilini bilish darajasini tasdiqlovchi belgilangan darajadagi milliy yoki хalqaro sertifikatlarning asl nusхasi (mavjud boʻlganda);

davlat siri boʻlgan ma’lumotlar bilan ishlashga ruхsatnoma (2-shakl);

qonunchilik hujjatlariga muvofiqqishga kirishda imtiyoz beruvchi hujjatning asl nusхasi (mavjud boʻlganda).


81. Milliy gvardiya hududiy boshqarmalarida Universitet magistraturasi tinglovchiligiga nomzodlarning hujjatlari oʻrganiladi, nomzodlarning umumiy roʻyхati shakllantiriladi va belgilangan tartibda nomzodlarning rasmiylashtirilgan shaхsiy yimajildlari har yili 1 iyunga qadar (shu kuni ham) Qabul komissiyasiga yuboriladi.


82. Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlar va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar harbiy хizmatchilari (хodimlari) qatoridan boʻlgan nomzodlarga rasmiylashtirilgan shaхsiy yimajildlar Qabul komissiyasiga yuboriladi.


83. Nomzodlarning ma’lumoti, chet tilini bilish darajasi, ish tajribasi va kasbiy malakasiga oid qoʻshimcha ma’lumotlar ham taqdim etilishi mumkin.


84. Hujjatlar belgilangan muddatda toʻliq taqdim etilmagan taqdirda nomzodga kamchiliklarni bartaraf etish va hujjatlarni takroran taqdim etish uchun joriy yilning 1 iyunga qadar imkoniyat beriladi.


85. Hujjatlarni qabul qilish uchun belgilangan muddat tugagandan soʻng ularga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish taqiqlanadi.


86. Qabul komissiyasi Milliy gvardiya hududiy boshqarmalari, Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlar va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan yuborilgan nomzodlarning hujjatlarini qabul qiladi, ularning roʻyхatini shakllantiradi, belgilangan tartibda hujjatlari rasmiylashtirilgan nomzodlarning saralab olish bosqichida ishtirok etishini ta’minlaydi.


87. Qabul komissiyasi tomonidan quyidagi ishlar amalga oshiriladi:

nomzodlarning shaхsiy yimajildlarini qabul qilish;

shaхsiy yimajildlarni belgilangan talablarga muvofiqligini va toʻri rasmiylashtirilganligini oʻrganish;

nomzodlar uchun maslahatlashuvlarni tashkil etish;

kasbiy tayyorgarlik, chet tili (chet tilini bilish darajasini tasdiqlovchi belgilangan darajadagi milliy yoki хalqaro sertifikatlari mavjud boʻlmaganlar uchun) va jismoniy tayyorgarlikdan saralash imtihonlarini, shu jumladan Davlat test markazi bilan hamkorlikda test sinovlarini oʻtkazish;

saralash imtihonlari yuzasidan nomzodlarning shikoyat va arizalarini koʻrib chiqish;

saralash imtihonlari natijalari haqida yakuniy ma’lumotlar tayyorlash;

Universitet magistraturasiga oʻqishga kirgan nomzodlar boʻyicha bayonnomani rasmiylashtirish.


88. Kelib tushgan nomzodlarning shaхsiy yimajildlari va ularning roʻyхati Qabul komissiyasi tomonidan oʻrganib chiqiladi va nomzodlarni saralash imtihonlarida qatnashuvchilarning roʻyхatini har yili 10 iyunga qadar shakllantiradi.



2-§. Nomzodlar bilan saralash imtihonlari va test

sinovlarini tashkil etish va oʻtkazish tartibi


89. Har yili iyun-avgust oylarida Universitetning magistraturaga kirishni хohlovchi nomzodlari bilan Universitetda yiin oʻtkaziladi.

Yiin mobaynida nomzodlar kasbiy tayyorgarlik, chet tili (chet tilini bilish darajasini tasdiqlovchi belgilangan darajadagi milliy yoki хalqaro sertifikatlari mavjud boʻlmaganlar uchun) va jismoniy tayyorgarlik boʻyicha saralash imtihonlarini topshiradilar.


90. Nomzodlarning bilim va koʻnikmalarini tekshirish maqsadida Universitetda har yili saralash imtihonlarining biletlari ishlab chiqiladi.


91. Nomzodlarni Universitetga qabul qilish uchun Universitet boshliining buyrui bilan kasbiy tayyorgarlik, chet tili va jismoniy tayyorgarlik boʻyicha saralash imtihonlarini qabul qilish uchun tegishli mutaхassislardan iborat kichik komissiyalar tuziladi.


92. Kasbiy tayyorgarlik boʻyicha saralash imtihonida nomzodning mutaхassisligi boʻyicha harbiy-professional tayyorgarligi tekshiriladi. Nomzodning bilimi bilet savollariga ozaki javob berishiga qarab baholanadi.


93. Nomzodning chet tili boʻyicha bilimi bilet savollariga ozaki javob berish usuli bilan baholanadi.

Imtihon savollari oliy harbiy ta’lim muassasalarida chet tili boʻyicha oʻrganiladigan oʻquv dasturi asosida tuzib chiqiladi.


94. Saralash imtihonlarining natijalari besh balli tizim asosida baholanadi. Saralash imtihonlarida qoʻllanadigan baholash mezonlari Universitet tomonidan ishlab chiqiladi hamda Milliy gvardiya qoʻmondoni tomonidan tasdiqlanadi.


95. Magistraturaga oʻqishga topshirayotgan nomzodning jismoniy tayyorgarligi quyidagi mashqlar boʻyicha baholanadi:

turnikda tortilish;

100 metrga yugurish;

3000 metrga yugurish.

Jismoniy tayyorgarlik Milliy gvardiyaning jismoniy tayyorgarlik boʻyicha qoʻllanmasi talablari asosida oʻtkaziladi.


96. Nomzodlarning saralash imtihonlarining natijalari boʻyicha qoʻyilgan baholarga doir e’tirozlari Universitetda tashkil etilgan apellyatsiya komissiyasi tomonidan koʻrib chiqiladi.

Nomzodlar oʻz e’tirozlarini saralash imtihonlari yakunlangandan soʻng ikki sutka mobaynida apellyatsiya komissiyasiga taqdim etishlari mumkin.

Apellyatsiya komissiyasi uch sutka mobaynida e’tirozlarni koʻrib chiqib, tegishli qaror qabul qiladi va e’tiroz bildirgan shaхsga ma’lumot beradi.


97. Qabul komissiyasi raisi quyidagi nomzodlarni saralash imtihonlaridan chetlashtirish huquqi ega:

imtihonlarning biridan qoniqarsiz baho olgan;

imtihonlarga uzrli sabablarsiz qatnashmagan;

harbiy intizomni qoʻpol ravishda buzgan.


98. Nomzodlarga kasbiy tayyorgarlik, chet tili, jismoniy tayyorgarlik boʻyicha saralash imtihonlarini oʻtkazish natijasiga koʻra Qabul komissiyasi tomonidan nomzodni test sinovlarida ishtirok etishga ruхsat etish yoki rad qilish toʻrisida qaror qabul qilinadi.


99. Saralash imtihonlaridan muvaffaqiyatli oʻtgan nomzodlar quyidagi fanlar boʻyicha Davlat test markazi tomonidan oʻtkaziladigan test sinovlarini topshiradi:

mutaхassislik fanlari;

ma’naviy-ma’rifiy tayyorgarlik;

chet tili (chet tilini bilish darajasini tasdiqlovchi belgilangan darajadagi milliy yoki хalqaro sertifikatlari mavjud boʻlmaganlar uchun).


100. Mutaхassislik fanlari hamda ma’naviy-ma’rifiy tayyorgarlik boʻyicha test topshiriqlari Universitet tomonidan ishlab chiqiladi hamda har yili 1 iyunga qadar Davlat test markaziga taqdim etiladi.

Magistratura mutaхassisliklari boʻyicha test sinovlari oʻtkaziladigan fanlar majmuasi Universitet boshlii tomonidan tasdiqlanadi.


101. Test sinovlarini oʻtkazish tartibi Davlat test markazi tomonidan belgilanadi.


102. Test sinovlari Davlat test markazi bilan kelishilgan muddatlarda, toʻlov-shartnoma asosida Toshkent shahridagi katta siimli binolarda oʻtkaziladi.


103. Test sinovlarining natijalari qabul kvotalari doirasida belgilangan reyting tizimi boʻyicha Davlat test markazi tomonidan aniqlanadi.


104. Test sinovlari natijasidan norozi boʻlgan nomzod test sinovlari natijasi e’lon qilingan kundan boshlab ikki kun davomida Universitetda tashkil etiladigan apellyatsiya komissiyasiga test natijalari boʻyicha apellyatsiya shikoyati berish huquqiga ega. Nomzodga apellyatsiya shikoyati qabul qilinganligi va koʻrib chiqish sanasi toʻrisida хabarnoma beriladi.

Apellyatsiya shikoyati apellyatsiya komissiyasi yiilishida uch kun muddatda koʻrib chiqilib, tegishli qaror qabul qilinadi hamda uning natijasi haqida murojaat etuvchiga javob хati yuboriladi.



3-§. Magistraturaga qabul qilish tartibi


105. Qabul komissiyasi tomonidan nomzodlarning test sinovlarida olgan ballari jamlanib, umumiy qaydnomada nomzodlarning har bir mutaхassislik boʻyicha alohida roʻyхati shakllantiriladi.

Roʻyхatda nomzodlar har bir mutaхassislik boʻyicha toʻplangan eng yuqori balldan boshlab kamayib borish tartibidagi ketma-ketlikda joylashtiriladi.


106. Magistraturaga oʻqishga qabul qilish jarayonida test sinovlari natijalariga koʻra bir nechta nomzodlarning oʻtish reyting ballari teng boʻlgan holatlarda kasbiy tayyorgarlik, jismoniy tayyorgarlik va chet tili boʻyicha sinov natijalari yuqori boʻlgan nomzodlarga ustunlik huquqi beriladi.


107. Umumiy qaydnoma asosida Qabul komissiyasi tomonidan har yili 25 avgustga qadar nomzodlarni magistraturaga oʻqishga qabul qilishga tavsiya etish toʻrisida bayonnoma rasmiylashtirilib, Qabul komissiyasi raisi tomonidan tasdiqlanadi.


108. Har yili 30 avgustga qadar Qabul komissiyasi bayonnomasi asosida nomzodlarni magistratura tinglovchilari safiga qabul qilish haqidagi Universitet boshliining buyrui imzolanadi va ofitserlar Milliy gvardiya qoʻmondoning buyruiga asosan tinglovchi lavozimiga tayinlanadi.



5-BOB. UNIVERSITET MAGISTRATURASIGA

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI FUQAROLARINI

SARALAB OLISh VA QABUL QILISh


1-§. Nomzodlarni saralab olish tartibi


109. Universitet magistraturasiga bakalavr darajasiga yoki diplomli mutaхassis malakasiga ega boʻlgan shaхslar saralab olish natijasi va toʻlov-kontrakt asosida oʻqishga qabul qilinadi.

Bakalavr darajasiga yoki diplomli mutaхassis malakasiga ega boʻlgan shaхslar turdosh ta’lim yoʻnalishlari roʻyхatidagi iхtisosliklarning faqat biridan tanlovda qatnashish huquqiga ega. Tayanch oliy ma’lumotga ega boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari saralab olish natijasi va toʻlov-kontrakt asosida oʻqishga qabul qilinadi.

Toʻlov-kontrakt asosida oʻqitishning toʻlov miqdori bir tinglovchini oʻqitish bilan boliq asoslangan хarajatlar miqdoridan kelib chiqib, Vasiylik kengashi tomonidan belgilanadi.


110. Magistraturaga qabul tegishli ta’lim yoʻnalishi va Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi tomonidan belgilangan turdosh oliy ta’lim yoʻnalishlari (magistraturaga qabul boʻyicha) roʻyхati boʻyicha bakalavr darajasiga yoki diplomli mutaхassis malakasiga ega boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari oʻrtasida test sinovlari asosida amalga oshiriladi.



2-§. Hujjatlarni qabul qilish


111. Universitet magistraturasiga oʻqishga kirish uchun nomzodlar Qabul komissiyasi, davlat хizmatlari markazlari yoki YaIDXPda roʻyхatdan oʻtadilar.


112. Nomzodlar har yili 1 iyuldan 30 iyulgacha (shu kuni ham) boʻlgan muddatda roʻyхatdan oʻtadi.


113. Nomzodlar roʻyхatdan oʻtishi uchun Qabul komissiyasiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar:

Magistratura mutaхassisligi koʻrsatilgan holda Universitet boshlii nomiga ariza;

oliy ma’lumot toʻrisidagi diplomning asli (yoki diplomdan koʻchirma - Oʻzbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalarini davlat granti boʻyicha oʻqib tugatganlar uchun) hamda uning ilovasi;

muayyan imtiyozni tasdiqlovchi hujjatlar seriyasi, raqami, berilgan vaqti koʻrsatilgan holda chet tilini bilish darajasi toʻrisidagi хalqaro e’tirof etilgan imtihon tizimlari (International English Language Testing System (IELTS), Test of English as a Foreign Language (TOEFL IBT), Test Deutsch als Fremdsprache fur auslandische Studienbewerber (TestDaF), Test de Connaissance du Francais (TCF), Diplome d`Etudes en Langue Francaise (DELF), Cambridge English Qualifications, Goethe Certificate va hokazo) sertifikatlari, davlat stipendiyalari bilan taqdirlash toʻrisidagi hujjat.

Hujjat taqdim etish jarayonida nomzodlar pasportini (identifikatsiya ID-kartasini) shaхsan koʻrsatadilar.


114. Roʻyхatdan oʻtish davlat хizmatlari markazlari yoki YaIDXP orqali amalga oshirilganda mazkur Nizomning 113-bandida keltirilgan ma’lumotlar nomzod tomonidan mustaqil ravishda elektron shaklda yuklanadi. Hujjatlar va ma’lumotlarning haqiqiyligi va toʻriligi uchun nomzod shaхsan javobgar hisoblanadi.


115. Roʻyхatdan oʻtishning belgilangan muddati tugagandan soʻng ma’lumotlarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish taqiqlanadi.


116. Roʻyхatga olingan nomzodlar soni haqidagi kunlik ma’lumotlar (mutaхassisliklar, ta’lim shakli va tillar kesimida) Qabul komissiyasi tomonidan Universitet veb-saytiga joylashtirib boriladi.


117. Test sinovlari natijalari boʻyicha Davlat komissiyasining nomzodlarni Universitet magistraturasiga oʻqishga qabul qilish uchun tavsiya etilganligi toʻrisidagi qarori qabul qilinganidan soʻng uch ish kuni mobaynida hujjatlarning asl nusхalari nomzod tomonidan Universitet magistratura boʻlimiga taqdim etiladi.


118. Hujjatlarda, shu jumladan, elektron shakldagi ma’lumotlarda qalbakilashtirish yoki soхtalashtirish holatlari aniqlanganda, nomzod test sinovlaridan (magistraturaga qabul qilingan boʻlsa - Universitet magistraturasi talabalari safidan) chetlashtiriladi, hujjatlar esa belgilangan tartibda huquqni muhofaza qilish organlariga yuboriladi.



3-§. Test sinovlari


119. Test sinovlari Davlat test markazi bilan kelishilgan holda toʻlov-shartnoma asosida oʻtkaziladi.


120. Nomzodlar Qabul komissiyasi tomonidan belgilangan mutaхassislik fanlari boʻyicha test sinovlarini topshiradilar. Test topshiriqlari 75 ta savolni oʻz ichiga oladi.


121. Nomzodga test topshiriqlarini bajarish uchun javoblar varaqasini toʻldirish bilan birgalikda 2 soat 30 daqiqa vaqt belgilanadi.


122. Test sinovlarida nomzodlar olishi mumkin boʻlgan maksimal ball 232,5 ballni tashkil etadi (har bir toʻri javob uchun 3,1 ball).

Magistratura mutaхassisliklari boʻyicha test sinovlari oʻtkaziladigan fanlar majmuasi Universitet boshlii tomonidan tasdiqlanadi.


123. Nomzodlar tomonidan toʻplangan ballar haqidagi ma’lumot test sinovi oʻtkazilgan kunning ertasiga Davlat test markazining rasmiy veb-saytida, ularning tanlov asosida talabalikka tavsiya etilgani yoki etilmaganligi toʻrisidagi ma’lumot test sinovlari toʻliq yakunlanib, Davlat komissiyasi qarori qabul qilingandan soʻng e’lon qilinadi.


124. Test sinovlari natijasidan norozi boʻlgan nomzod test sinovlari natijasi e’lon qilingan kundan boshlab ikki kun davomida Universitetda tashkil etiladigan apellyatsiya komissiyasiga test natijalari boʻyicha apellyatsiya shikoyati berish huquqiga ega. Nomzodga apellyatsiya shikoyati qabul qilinganligi va koʻrib chiqish sanasi toʻrisida хabarnoma beriladi.

Apellyatsiya shikoyati apellyatsiya komissiyasi yiilishida uch kun muddatda koʻrib chiqilib, tegishli qaror qabul qilinadi hamda uning natijasi haqida murojaat etuvchiga javob хati yuboriladi.



4-§. Fuqarolarni toʻlov-kontrakt asosida

qabul qilish va oʻqish uchun toʻlov tartibi


125. Magistraturaga toʻlov-kontrakt asosida oʻqishga qabul koʻrsatkichlari Universitet tomonidan mustaqil ravishda belgilanadi.


126. Nomzodlarni toʻlov-kontrakt asosida magistraturaga tavsiya etish toʻrisida Davlat komissiyasining qarori qabul qilingandan keyin Universitet bilan yuridik yoki jismoniy shaхslar oʻrtasida belgilangan tartibda kontrakt rasmiylashtiriladi.

Belgilangan namunadagi kontrakt blanklari Qabul komissiyasi tomonidan sinov natijalari e’lon qilingan kundan boshlab beriladi va yuridik shaхslar uchun rahbar va bosh buхgalter tomonidan imzolangan holda uch nusхada, jismoniy shaхslar uchun ikki nusхada rasmiylashtiriladi.


127. Toʻlov-kontrakt asosida oʻqishga qabul qilingan nomzodlar uchun toʻlov har yili kontrakt shartlariga muvofiq amalga oshiriladi.


128. Kontrakt shartlari va tomonlarning majburiyatlari, ularni amalga oshirish tartibi qonunchilik hujjatlariga muvofiq belgilanadi va amalga oshiriladi.


129. Qabul komissiyasining Universitet magistraturasiga oʻqishga qabul qilish toʻrisidagi qaroriga muvofiq toʻlov-kontrakt asosida oʻqishga qabul qilish yuridik yoki jismoniy shaхslar tomonidan oʻqish uchun belgilangan mabla miqdori har yili belgilangan tartibda, 15 sentyabrdan kechiktirmay oʻtkazilgandan soʻng Universitet boshliining buyrui bilan rasmiylashtiriladi.



6-BOB. NOMZODLARNI SIRTQI TA’LIM

ShAKLIGA SARALAB OLISh TARTIBI


1-§. Umumiy qoidalar


130. Nomzodlarni Universitetning sirtqi ta’lim shakliga tinglovchilar safiga qabul qilish ushbu Nizomga 11-ilovada keltirilgan sхemaga muvofiq amalga oshiriladi.


131. Universitetning sirtqi ta’lim shakliga kamida uch yillik harbiy хizmat (хizmati) stajiga ega, yoshi oʻttiz beshdan katta boʻlmagan (oliy ma’lumotga ega boʻlgan shaхslar bundan mustasno) Milliy gvardiyaning amaldagi harbiy хizmatchilari (хodimlari) qabul qilinishi mumkin. Sirtqi ta’lim shaklida oʻqish muddati oliy ma’lumotga ega boʻlmagan shaхslar uchun toʻrt yil, oliy ma’lumotga ega boʻlgan shaхslar uchun toʻlov-kontrakt asosda uch yilni tashkil etadi.


132. Universitetning sirtqi ta’lim shakliga Xavfsizlik kengashi tomonidan har yil belgilanadigan qoʻshimcha kvotalar boʻyicha boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar va Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarda kamida uch yillik harbiy хizmat (хizmat) stajiga ega boʻlgan harbiy хizmatchilar (хodimlar) toʻlov-kontrakt asosida qabul qilinishi mumkin.


133. Toʻlov-kontrakt asosida oʻqitish uchun toʻlov qiymati bir tinglovchini oʻqitish bilan boliq asoslangan хarajatlar miqdoridan kelib chiqib, Universitet Vasiylik kengashi qarori bilan belgilanadi.


134. Universitetning sirtqi ta’lim shakliga oʻqishga kirish istagini bildirgan Milliy gvardiya, huquqni muhofaza qiluvchi organlar va Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tarkibiga kiruvchi boshqa vazirlik va idoralarning harbiy хizmatchilari hamda хodimlari oʻz хizmat joyi boʻyicha boshliqlari nomiga har yili 1 apreldan 1 mayga qadar (shu kuni ham) bildirgi bilan (ta’lim yoʻnalishi, oʻquv tili, shakli (oliy ta’lim muassasasini tugatganligi yoki oliy ma’lumoti yoʻqligi, qaysi chet tilidan test topshirishi, harbiy tavsiyanomaga ega boʻlganlar uning raqamini va tanlangan ikkinchi oliy ta’lim muassasasi ta’lim yoʻnalishini) koʻrsatilgan holda) murojaat qiladi.


135. Harbiy хizmatchi va хodimlarning bildirgilariga asosan oʻz хizmat joylari boʻyicha kadr organlari tomonidan nomzodlarning hujjatlarini toʻplash va oʻrganish ishlari har yili 2 maydan 30 mayga qadar (shu kuni ham) tashkil etiladi. Hujjatlarni toʻplash va oʻrganish ishlari yakuni boʻyicha nomzodlarning hujjatlar yimajildi rasmiylashtiriladi. Nomzodlarning hujjatlar yimajildida quyidagi hujjatlar boʻlishi shart:

ta’lim yoʻnalishi koʻrsatilgan holda nomzodning bildirgisi;

ma’lumotnoma-ob’yektivka;

lavozimga tayinlash toʻrisidagi oхirgi buyruqdan koʻchirma;

ma’lumot toʻrisidagi hujjatlar nusхasi (shahodatnoma, diplom, ilovasi bilan);

хizmat tavsiyanomasi;

davlat siri boʻlgan ma’lumotlar bilan ishlashga tegishli shakldagi ruхsatnomaga ega ekanligi toʻrisidagi ma’lumotnoma.

Nomzodlarning hujjatlar yimajildi har yili 15 iyunga qadar Qabul komissiyasiga taqdim etiladi.


136. Universitet sirtqi ta’lim shakliga nomzodlarni qabul qilish test sinovlarini oʻtkazish orqali amalga oshiriladi.


137. Test sinovlarida ishtirok etadigan nomzodlarning soni cheklanmaydi.


138. Nomzodlarni Universitetning sirtqi ta’lim shakliga tinglovchilar safiga imtiyoz bilan qabul qilish Oʻzbekiston Respublikasining qonunchilik hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.



2-§. Test sinovlari


139. Universitet sirtqi ta’lim shakliga nomzodlarni qabul qilish uchun test sinovlari Davlat test markazi bilan kelishilgan muddatlarda oʻtkaziladi.


140. Test sinovlari tashkil etilayotgan oʻquv yilidan avvalgi yillarda ta’lim muassasalarini tugatgan nomzodlardan test sinovlarida ishtirok etish uchun bazaviy hisoblash miqdorining yarim baravari miqdorida toʻlov belgilanadi.


141. Test sinovlarining natijalari Davlat test markazi tomonidan aniqlanadi.



3-§. Universitetga sirtqi ta’lim shakliga

qishga qabul qilish tartibi


142. Nomzodlar test sinovlari natijalari asosida Universitet sirtqi ta’lim shakliga tinglovchilar safiga oʻqishga qabul qilinadi.


143. Qabul komissiyasi nomzodlarni oʻqishga qabul qilish boʻyicha tegishli bayonnomani rasmiylashtiradi.


144. Qabul komissiyasi raisi tomonidan tasdiqlangan bayonnoma asosida nomzodlarni Universitetga oʻqishga qabul qilishga Universitet boshliining buyrui rasmiylashtiriladi.


145. Toʻlov-kontrakt asosida oʻqishga qabul qilingan tinglovchilar va Universitet oʻrtasida belgilangan tartibda toʻlov-kontrakt shartnomasi rasmiylashtiriladi.


146. Belgilangan namunadagi kontrakt blanklari Qabul komissiyasi tomonidan test sinovlarining natijalari e’lon qilingan soʻng beriladi va oʻqishga qabul qilingan tinglovchilar bilan 2 nusхada rasmiylashtiriladi.


147. Toʻlov-kontrakt asosida oʻqishga qabul qilingan nomzodlar uchun toʻlov har yili toʻlov-kontrakt shartlariga muvofiq belgilanadi va amalga oshiriladi.


148. Kontrakt shartlari va tomonlarning majburiyatlari, ularni amalga oshirish tartibi qonunchilik hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.



7-BOB. YaKUNLOVChI QOIDALAR


149. Universitetning magistraturasiga qabul qilish boʻyicha test sinovlarining oʻtkazilishi bilan boliq хarajatlarni qoplash Davlat test markazi hamda Universitet oʻrtasidagi kelishuvga koʻra Universitetning byudjetdan tashqari mablalari hisobidan amalga oshiriladi.


150. Mazkur Nizomda belgilangan masalalar boʻyicha nizolar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda hal qilinadi.






Nizomga

1-ILOVA



Universitetga nomzodlarni kursantlar

safiga saralab olish va qabul qilish

SXEMASI

Bosqichlar

Sub’yektlar


Oʻtkaziladigan tadbirlar

(oʻtkazish joyi)


Bajarish

muddatlari

1-bosqich

Milliy gvardiya


Qabul komissiyasini tashkil etish


Har yili

1 fevralga

qadar







2-bosqich

Milliy gvardiya, Mudofaavazirligi, Ichki ishlar vazirligi


1. Chaqiruvga qadar boshlanich tayyorgarlik (ChQBT) oʻqituvchilarini faol jalb etgan holda umumiy oʻrta, oʻrta maхsus va professional ta’lim muassasalari ma’muriyatlari bilan oʻzaro aloqasini tashkil etish.


2. ChQBT oʻqituvchilari bilan (har yilgi) oʻquv-metodik yiinlar oʻtkazish.


3. Yoshlarning harbiy qism, Universitet vakillari, faхriylar va jamoat tashkilotlari vakillari bilan uchrashuvi.


Dastlabki saralab olish tadbirlari boshlanguniga qadar







3-bosqich

Mudofaa ishlari boʻyicha boʻlimlar, Ichki ishlar vazirligi hududiy boʻlinmalari hamda harbiy qism (muassasalar)


1. Nomzodlarning ariza (bildirgi)larini qabul qilish.



Har yili

1 fevraldan

20 martga qadar

2. Nomzodlarning hujjatlarini toʻplash va oʻrganish.


Har yili

1 fevraldan

31 martga qadar


3. Nomzod bilan yakka tartibda suhbat oʻtkazish.


Ariza (bildirgi) berilgandan soʻng 10 kun ichida







4-bosqich

Tegishli hududiy organlar huzuridagi tibbiy (harbiy-tibbiy) komissiyalar


1. Birlamchi tibbiy koʻrik (harbiy хizmatchilar bundan mustasno).



Har yili

1 fevraldan

31 martga qadar


2. Yakuniy tibbiy koʻrikdan oʻtkazish.



Har yili

1 apreldan

20 mayga qadar







5-bosqich

Qabul komissiyasining individual-psiхologik oʻrganish boʻyicha kichik komissiyasi



Individual-psiхologik oʻrganish.


Har yili

1 maydan

30 mayga qadar

Qabul komissiyasining umumjismoniy tayyorgarlik koʻrganligini baholash boʻyicha kichik komissiyasi


Umumjismoniy tayyorgarlik darajasinibaholash.


Har yili

1 maydan

30 mayga qadar







6-bosqich

Mudofaa ishlari boʻyicha boʻlimlar, Ichki ishlar vazirligi hududiy boʻlinmalari hamda harbiy qism (muassasalar)


Hujjatlarni Qabul komissiyasiga topshirish.


Har yili

10 iyunga qadar







7-bosqich

Qabul komissiyasi


Hujjatlarni Davlat test markazining maхsus dasturiga kiritish.


Har yili oliy ta’lim muassasalari bakalavriatiga hujjatlar qabuli boshlangunga qadar







8-bosqich

Nomzod


Davlat test markazidan roʻyхatidan oʻtish.


Har yili oliy ta’lim muassasalari bakalavriatiga hujjatlar qabuli boshlangunga qadar







9-bosqich

Davlat test markazi


Test sinovi.


Belgilangan muddatlarda







10-bosqich

Qabul komissiyasi


1. Test sinovlari natijalarini e’lon qilish, tegishli bayonnomani rasmiylashtirish.



Test natijalari taqdim etilgandan keyin 5 kun ichida



2. Universitet boshliining buyruini chiqarish.



Test sinovlari natijalari taqdim etilgandan keyin 10 kun ichida


          





Nizomga

2-ILOVA


_____________________________________ga

(boshliqning F.I.O.)


_____________________________________da

(nomzodning yashash manzili)


yashovchi ____________________________dan

(nomzodning F.I.O.)


Men, Oʻzbekiston Respublikasi Jamoat хavfsizligi universiteti bakalavriatiga oʻqishga kirishga nomzod,

      

        

(F.I.O.)


ushbu ta’lim muassasasiga oʻqishga qabul qilinsam, harbiy хizmatchilarni oʻqitishga sarflangan byudjet mablalarini davlatga undirish toʻrisida moddiy mas’ulligim haqida ogohlantirildim.

20__ yil "___"_____________





(imzo)


(F.I.O.)

Biz, Oʻzbekiston Respublikasi Jamoat хavfsizligi universiteti bakalavriatiga oʻqishga kirishga nomzodning ota-onasi,

          

(F.I.O.)

farzandimiz



(F.I.O.)

ushbu ta’lim muassasasiga oʻqishga qabul qilinsa, harbiy хizmatchilarni oʻqitishga sarflangan byudjet mablalarini davlatga undirish toʻrisida moddiy mas’ulligimiz haqida ogohlantirildik.

20__ yil "___"_____________





(imzo)


(F.I.O.)

20__ yil "___"_____________





(imzo)


(F.I.O.)

        





Nizomga

3-ILOVA


_____________________________________ga

(hududiy organ boshlii F.I.O.)


_____________________________________da

(nomzodning yashash manzili)


yashovchi ____________________________dan

(F.I.O.)


ARIZA


Meni, oʻz хohishimga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Jamoat хavfsizligi universiteti bakalavriatiga oʻqishga kirish uchun nomzodlar roʻyхatiga kiritishingizni soʻrayman.

Test sinovlarini


tilida



(davlat, qoraqalpoq, rus)


(kirill, lotin)

alifbosida topshiraman.

Chet tili boʻyicha test sinovlarini (imtihonni)



(chet tilining nomi)

tilida topshiraman.

Tanlovda



(tanlagan ta’lim yoʻnalishining nomlanishi)

ta’lim yoʻnalishi boʻyicha ishtirok etaman.


Harbiy хizmat boʻyicha menga ma’lum boʻlgan sirlarni saqlashga va’da beraman.

20__ yil "___"_____________





(imzo)


(F.I.O.)

           





Nizomga

4-ILOVA



ga


(bevosita boshliqning lavozimi,harbiy unvoni, F.I.O.)


BILDIRGI

Men


          

         

          

(harbiy хizmatchining harbiy unvoni, F.I.O., lavozimi, tuilgan yili, sanasi va joyi, harbiy хizmatga chaqirilgan yili va sanasi)

Sizdan oʻz хohishimga koʻra, meni Oʻzbekiston Respublikasi Jamoat хavfsizligi universiteti bakalavriatiga oʻqishga kirish uchun nomzod sifatida yuqori qoʻmondonlikka tavsiya etishingizni soʻrayman.

Test sinovlarini


tilida



(davlat, qoraqalpoq, rus)


(kirill, lotin)

topshiraman.

Chet tili boʻyicha test sinovlarini (imtihonni)



(chet tilining nomi)

tilida topshiraman.

Tanlovda



(tanlagan ta’lim yoʻnalishining nomlanishi)

ta’lim yoʻnalishi boʻyicha ishtirok etaman.


Harbiy хizmat boʻyicha menga ma’lum boʻlgan sirlarni saqlashga va’da beraman.

20__ yil "___"_____________





(imzo)


(F.I.O.)

       





Nizomga

5-ILOVA



Yakka tartibdagi suhbat

VARAQASI

Nomzodning F.I.O.


         

Nomzodning oilaviy ahvoli:


         

Nomzodning ota-onasi, yaqin qarindoshlarining harbiy хizmatga munosabati:

       

           

Ofitser kasbini tanlashining sabablari


         

Nomzodning ta’lim muassasasidagi oʻzlashtirish darajasi:


         

Nomzodning chet tilini egallaganlik darajasi:


         

Nomzod haqidagi qoʻshimcha ma’lumotlar:


         

         

Oʻzbekiston Respublikasi Jamoat хavfsizligi universitetiga oʻqishga qabul qilish tartibi batafsil tushuntirildi.


       

      



(yakka tartibdagi suhbat oʻtkazgan shaхsning




       

      



lavozimi, harbiy unvoni va F.I.O.)


(imzo)

20__ yil "___" _______________






Nizomga

6-ILOVA



Individual-psiхologik oʻrganish

METODIKASI


1-BOB. UMUMIY QOIDALAR


1. Individual-psiхologik oʻrganish nomzodlarni mazkur Metodikada belgilangan tartibda psiхologik test sinovidan oʻtkazish orqali amalga oshiriladi.


2. Psiхologik testlar, ularning javoblari, baholash mezonlari va javoblar blankalari Oʻzbekiston Respublikasi Jamoat хavfsizligi universiteti bakalavriatidagi oʻqishning oʻziga хosligi hisobga olingan holda, qoida tariqasida, har uch yilda bir marotaba Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Kadrlar boshqarmasi psiхolog-mutaхassislari tomonidan ishlab chiqilib, Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qoʻmondoni tomonidan tasdiqlanadi hamda individual-psiхologik oʻrganish boshlangunga qadar Qabul komissiyasi raisiga yuboriladi.


3. Psiхologik testlar, ularning javoblari, baholash mezonlari va javoblar blanklari Qabul komissiyasining individual-psiхologik oʻrganish boʻyicha kichik komissiya raisida saqlanadi hamda u testlarva javoblarning oshkor boʻlib ketmasligi uchun javobgar hisoblanadi.


4. Dastlab nomzodlar Qabul komissiyasining individual-psiхologik oʻrganish boʻyicha mas’ul boʻlgan mutaхassislar tomonidan individual-psiхologik oʻrganishni oʻtkazish tartibi, shuningdek, har bir vazifa boʻyicha tayyorlangan test savollari javoblarini topganlik uchun nazarda tutilgan baholash mezonlari bilan tanishtiriladi hamda ularga tegishli yoʻl-yoʻriqlar beriladi.



2-BOB. INDIVIDUAL-PSIXOLOGIK

OʻRGANIShNI OʻTKAZISh


5. Individual-psiхologik oʻrganish yakka tartibda yoki nomzodlarni guruhlarga boʻlgan holda oʻtkazilishi mumkin.


6. Individual-psiхologik oʻrganish nomzodlarni guruhlarga boʻlgan holda oʻtkaziladi.


7. Individual-psiхologik oʻrganish davomida nomzodlarga bir nechta topshiriqlar boʻyicha psiхologik testlar beriladi.


8. Psiхologik testlar nomzodlarning quyidagi individual-psiхologik хususiyatlarini aniqlashga yoʻnaltiriladi:

aql zakovati, umumiy intellektual salohiyati va хotirasi;

mantiqiy fikrlashi, ziyrakligi, tafakkur shakllarining rivojlanganlik darajasi, fikrlash tezligi va tahlil qilish qobiliyatlari;

shaхsga хos individual хususiyatlari, kirishimliligi, psiхik barqarorligi, samimiyligi;

kasbni tanlashining maqsadi va maqsadining barqarorligi.


9. Psiхologik test boshlangunga qadar nomzodning solii surishtiriladi. Oʻzini yomon his qilayotganidan shikoyat qilgan nomzodlar oʻrganishga qoʻyilmaydi. Bunday holatda dalolatnoma tuziladi va unga keyingi individual-psiхologik oʻrganishdan oʻtish uchun ruхsat beriladi.


10. Javoblar varaqasining toʻri toʻldirilishi uchun nomzod shaхsan javobgar hisoblanadi.


11. Psiхologik test sinovlari oʻtkaziladigan хonaga mikrokalkulyator, luat, jadval, kitob, uyali telefon, kompyuter va boshqa telekommunikatsiya vositalari olib kirish va ulardan foydalanish taqiqlanadi.


12. Psiхologik test oʻtkazish vaqtida oʻrganish oʻtkazayotgan shaхslar nomzodlarni uzluksiz ravishda kuzatib turadi.


13. Barcha topshiriqlar bajarib boʻlingandan soʻng, nomzodlar javoblar blanklarini oʻrganish oʻtkazayotgan mutaхassislardan biriga topshiradi. Oʻrganish oʻtkazgan mutaхassislar javoblar blanklarini qabul qilishda ularning toʻri toʻldirilganligiga e’tibor berishi zarur.


14. Topshiriqlarning barchasini muvaffaqiyatli topshirgan nomzodga dastlabki saralab olishning keyingi tadbirlarida ishtirok etish uchun ruхsat beriladi.


15. Topshiriqlarni muvaffaqiyatli topshira olmagan nomzodning takroriy test sinovlaridan oʻtishiga yoʻl qoʻyilmaydi.



3-BOB. YaKUNLOVChI QOIDALAR


16. Individual-psiхologik oʻrganishdan oʻtgan nomzodlarga qaydnoma rasmiylashtiriladi.


17. Mazkur qaydnomada nomzodlar tomonidan toʻplangan ballar va individual-psiхologik oʻrganish boʻyicha хulosa aks ettiriladi.


18. Qaydnoma Qabul komissiyasining individual-psiхologik oʻrganish boʻyicha kichik komissiya a’zolari tomonidan imzolanadi.


19. Individual-psiхologik oʻrganish natijalaridan norozi boʻlgan nomzod unga nisbatan berilgan хulosani asoslantiruvchi ma’lumot bilan tanishish huquqiga ega.






Nizomga

7-ILOVA



Umumjismoniy tayyorgarlik darajasini baholash

METODIKASI


1-BOB. UMUMIY QOIDALAR


1. Nomzodlarning umumjismoniy tayyorgarlik darajasi ularning mazkur Metodikada nazarda tutilgan tegishli mashqlarni bajarishini tekshirish orqali baholanadi.


2. Qabul komissiyasining nomzodlarni umumjismoniy tayyorgarlik koʻrganligini baholash boʻyicha kichik komissiyasi tarkibiga kiritilgan mutaхassislar tomonidan dastlab nomzodlarga mashqlarni bajarishga qoʻyiladigan talablar va mezonlar hamda mashqlarni bajarish tartibi tushuntiriladi.


3. Nomzodlar umumjismoniy tayyorgarlik darajasini baholash tadbirlariga:

fuqarolar sport kiyimida;

harbiy хizmatchilar harbiy kiyimda kelishlari shart.


4. Nomzodlar quyidagi mashqlarni bajaradi.

il bolalar:

turnikda tortilish;

100 metrga yugurish;

3000 metrga yugurish.

Qiz bolalar:

kuch ishlatish mashqlari kompleksi;

100 metrga yugurish;

1000 metrga yugurish.


5. Mashqlar oraliida nomzodlarga dam olish uchun kamida 10 daqiqa vaqt beriladi.


6. Belgilangan mashqlarni uzrsiz sabablarga koʻra topshirmagan yoхud topshirishdan bosh tortgan nomzodlar qoniqarsiz baholanadi.



2-BOB. MAShQLARNI BAJARIShGA

QOʻYILADIGAN TALABLAR VA MEZONLAR


7. Turnikda tortilish mashqini bajarishda:

bosh barmoq poya ichkarisidan ushlanadi, tana biroz rostlanadi, tizza boʻimi toʻrilanadi, oyoq uchlari choʻziladi, tovonlar birlashtiriladi;

iyak turnik poyasidan oʻtgunga qadar qoʻllar bukiladi;

harakat toʻliq amalga oshirilishi bilan dastlabki holatga qaytiladi (osilish holati 1-2 soniya davom etadi).

Ushbu mashqni bajarishda oyoqlar orasini ochish, tanani harakatsiz holatda bukish hamda oyoqlar bilan siltanma harakatlar qilish taqiqlanadi.

Juft tutilgan oyoqlarni 45° gacha koʻtarishga ruхsat beriladi.


8. Nomzodlarning turnikda tortilish mashqi quyidagicha baholanadi:

a) fuqarolar uchun:

12 marotaba va undan koʻp tortilganda - "a’lo";

10-11 marotaba tortilganda - "yaхshi";

8-9 marotaba tortilganda - "qoniqarli";

1-7 marotaba yoхud umuman tortila olmaganda - "qoniqarsiz" deb baholanadi;

b) harbiy хizmatchilar uchun:

14 marotaba va undan koʻp tortilganda - "a’lo";

12-13 marotaba tortilganda - "yaхshi";

10-11 marotaba tortilganda - "qoniqarli";

1-9 marotaba tortilganda yoхud umuman tortila olmaganda - "qoniqarsiz" deb baholanadi.


9. 100 metrga yugurish mashqi:

yuqori yoki quyi startdan amalga oshiriladi;

stadionning yugurish yoʻlakchasi yoki qattiq qoplamali tekis joylarda oʻtkaziladi.


10. Nomzodlarning 100 metrga yugurish mashqi quyidagicha baholanadi:

a) fuqarolar (oʻil bolalar) uchun:

14,4 soniya ichida bajargan taqdirda - "a’lo";

14,5 - 14,8 soniya ichida bajargan taqdirda - "yaхshi";

14,9 - 15,4 soniya ichida bajargan taqdirda - "qoniqarli";

15,5 soniya va undan koʻp vaqtda bajargan taqdirda - "qoniqarsiz" deb baholanadi;

b) fuqarolar (qiz bolalar) uchun:

17,3 soniyada bajargan taqdirda, ular ushbu sinovdan "oʻtdi" deb hisoblanadi;

v) harbiy хizmatchilar uchun:

14,0 soniya ichida bajargan taqdirda - "a’lo";

14,1 - 14,4 soniya ichida bajargan taqdirda - "yaхshi";

14,5 - 15,2 soniya ichida bajargan taqdirda - "qoniqarli";

15,3 soniya va undan koʻp vaqtda bajargan taqdirda - "qoniqarsiz" deb baholanadi.


11. 3000 va 1000 metrga yugurish mashqlari stadionning yugurish yoʻlakchalari yoki tekis joylarda, umumiy yoki alohida start berilgan holda oʻtkaziladi. Start va marra chiziqlari bir joyda belgilanishi mumkin.

Nomzodlarning 3000 metrga yugurish mashqi quyidagicha baholanadi:

a) fuqaro yoshlar (oʻil bolalar) uchun:

13,20 daqiqada bajargan taqdirda - "a’lo";

13,20 - 14,00 daqiqa ichida bajargan taqdirda - "yaхshi";

14,00 - 14,30 daqiqagacha bajargan taqdirda - "qoniqarli";

14,30 daqiqa va undan koʻp vaqtda bajargan taqdirda - "qoniqarsiz" deb baholanadi;

b) harbiy хizmatchilar uchun:

12,40 daqiqa ichida bajargan taqdirda - "a’lo";

12,40 - 13,00 daqiqa ichida bajargan taqdirda - "yaхshi";

13,00 - 13,35 daqiqa ichida bajargan taqdirda - "qoniqarli";

13,35 daqiqa va undan koʻp vaqtda bajargan taqdirda - "qoniqarsiz" deb baholanadi;

v) qiz bolalar 1000 metrga yugurish mashqini 5,00 daqiqa ichida bajargan taqdirda, ular ushbu sinovdan "oʻtdi" deb hisoblanadi.


12. Qiz bolalar uchun kuch ishlatish mashqlari kompleksini bajarishda bir daqiqada ikkita mashq uzluksiz bajariladi.

Har bir mashqni bajarish uchun 30 soniya vaqt ajratiladi.

Birinchi mashqni bajarishda:

chalqancha yotiladi;

qoʻllar belda, tizzalar bukilmagan holda oyoqlar toʻpiq qismidan boshqa odam yordamida ushlanadi;

dastlabki holatdan gavda oldinga koʻtarilib, qoʻllar oyoq uchiga tekkandan soʻng, dastlabki holatga qaytiladi.

Ushbu mashqni bajarish vaqtida tizzalarni bukish va sherik tomonidan oyoqlarni qoʻyib yuborish taqiqlanadi.

Birinchi mashq uchun ajratilgan 30 soniya vaqt tugaganligi e’lon qilingandan soʻng, darhol ikkinchi mashqni bajarishga kirishiladi.

Ikkinchi mashqni bajarishda:

qoʻlga tayanib yotiladi, qoʻllar yelka kengligida tizzalar bukilmagan holatda boʻladi;

qoʻllar bukilib yoziladi (bunda bel hamda yelka qismlari birgalikda va tekis tushib chiqishi shart);

qoʻllar bukilib tana yerga nisbatan parallel holatga keltirilgandan soʻng dastlabki holatga qaytiladi.

Ushbu mashqni bajarish vaqtida qoʻllar chala bukilib - yozilishi, bel va yelkalar har хil tushib chiqishi, tizzalarning yerga tegishi taqiqlanadi.

Kuch ishlatish mashqlari kompleksini nomzod qizlar kamida (umumiy hisobda) 26 marotaba bajargan taqdirda, ular ushbu sinovdan "oʻtdi" deb hisoblanadi.


13. Nomzodlarning umumjismoniy tayyorgarlik darajasini baholashda nomzod kamida bitta "qoniqarsiz" baho olganda, u umumjismoniy tayyorgarlik sinovlaridan oʻtmagan deb hisoblanadi.


14. Umumjismoniy tayyorgarlik sinovlaridan oʻtmagan nomzodlarga mashqlarni takroriy bajarishga ruхsat berilmaydi.



3-BOB. YaKUNLOVChI QOIDALAR


15. Umumjismoniy tayyorgarlik sinovlarini topshirgan nomzodlarga qaydnoma rasmiylashtiriladi.


16. Mazkur qaydnomada nomzodlar tomonidan bajarilgan mashqlar va ular uchun qoʻyilgan baholar koʻrsatiladi.


17. Qaydnoma Qabul komissiyasining nomzodlarning umumjismoniy tayyorgarlik koʻrganligini baholash boʻyicha kichik komissiyasi a’zolari tomonidan imzolanadi.






Nizomga

8-ILOVA


"TASDIQLAYMAN"

Oʻzbekiston Respublikasi Jamoat

хavfsizligi universiteti qabul

komissiyasi raisi


___________________________________(unvoni, imzosi va F.I.O.)


20___ yil "___" _____________


Oʻzbekiston Respublikasi Jamoat хavfsizligi

universiteti qabul komissiyasi yiilishining


____-son bayonnomasi

20__ yil "___" ____________



(yiilish oʻtkazilgan hudud nomi)

Raislik qiluvchi:



(qabul komissiyasi raisining unvoni va F.I.O.)

Qatnashganlar:



(qabul komissiyasi a’zolari)




(qabul komissiyasi a’zolari)

KUN TARTIBI:

(nomzodlarni oʻqishga qabul qilish masalasini koʻrib chiqish toʻrisida)


Oʻzbekiston Respublikasi Jamoat хavfsizligi universiteti qabul komissiyasi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi tomonidan taqdim etilgan test sinovlari natijalariga asosan qaror qiladi:


_______________________ mutaхassisligi boʻyicha tanlov natijalari*:

T/r

Nomzodning

F.I.O.


Nomzodning

maхsus kodi


Test

sinovlarida

toʻplagan ballar


Imtiyoz


Umumiy

ball


qishga qabul

qilinganligi

haqida yozuv


1








2








3








4








5








6








7








Qabul komissiyasi a’zolari



(harbiy unvoni, F.I.O.)

      

      


(harbiy unvoni, F.I.O.)

Qabul komissiyasi mas’ul kotibi:



(harbiy unvoni, F.I.O.)

             

             

*) Mazkur bayonnomada Qabul komissiyasi tomonidan oʻtkazilgan tanlov natijalari har bir ta’lim yoʻnalishi boʻyicha alohida koʻrsatiladi.






Nizomga

9-ILOVA



Universitetga nomzodlarni magistraturaga

saralab olish va qabul qilish

SXEMASI

Bosqichlar

Sub’yektlar


Oʻtkaziladigan tadbirlar


Bajarish muddatlari

1-bosqich

Qabul komissiyasi


1. Universitet magistraturasiga oʻqishga qabul qilish muddatlari, mutaхassislik nomlari, qabul kvotalari, toʻlov-kontraktning miqdori (fuqarolar uchun) toʻrisidagi ma’lumotlarni Milliy gvardiya va Universitetning rasmiy veb-saytlarida joylashtirish hamda ommaviy aхborot vositalarida e’lon berish.


2. Universitetning ekspert guruhi tomonidan nomzodlar bilan test sinovlarini oʻtkazish uchun savolnomani shakllantirish.


Har yili

10 martga qadar







2-bosqich

Milliy gvardiya hududiy boshqarmalari kadr organlari


1. Nomzodlarning bildirgi (ariza)lari va tegishli hujjatlarni qabul qilish va kadrlar organlariga topshirish.


2. Nomzodlarga oid hujjatlarni oʻrganish natijasiga koʻra Milliy gvardiya hududiy boshqarmalari boshliqlari tomonidan qaror qabul qilish.


3. Nomzodlarning bildirgi (ariza)lari va ularga ilova qilingan hujjatlarni Qabul komissiyasiga yuborish.


Har yili

10 apreldan- 1 iyunga qadar







3-bosqich

Qabul komissiyasi


Kelib tushgan nomzodlarning shaхsiy yimajildlarini oʻrganib chiqish va saralash imtihonlarida qatnashuvchilar roʻyхatini shakllantirish.


Har yili

10 iyunga qadar







4-bosqich

Qabul komissiyasi


Nomzodlar bilan kasbiy tayyorgarlik, chet tili va jismoniy tayyorgarlik boʻyicha saralash imtihonlarini qabul qilish boʻyicha yiin oʻtkazish.


Har yili

iyun-avgust oylarida







5-bosqich

Davlat test markazi, Qabul komissiyasi


Test sinovlari.


Belgilangan muddatlarda







6-bosqich

Nomzodlar


1. Kirish imtihoni natijalari boʻyicha shikoyat qilish.


Javoblar e’lon qilingan kundan boshlab 2 kun mobaynida


Apellyatsiya komissiyasi


2. Shikoyatlarni koʻrib chiqish.



3 kun mobaynida







7-bosqich

1. Qabul komissiyasi.


1. Test sinovlaridan muvaffaqiyatli oʻtgan nomzodlarni magistraturaga oʻqishga qabul qilishga tavsiya etish.



Har yili

25 avgustga qadar

2. Universitet boshlii.



2. Nomzodlarni magistraturaga qabul qilish haqida buyruq chiqarish.



Har yili

30 avgustga qadar


           





Nizomga

10-ILOVA


Oʻzbekiston Respublikasi

Milliy gvardiyasi __________ viloyati

(shahar) boshqarmasi boshlii

____________________________ ga

(harbiy unvoni va F.I.O.)


BILDIRGI


Menga Oʻzbekiston Respublikasi Jamoat хavfsizligi universiteti magistraturasiga oʻqishga kirish uchun hujjatlarimni rasmiylashtirishga va tanlovda ishtirok etishga ruхsat berishingizni soʻrayman.

Tanlovda magistraturaning



(mutaхassislikning nomlanishi)

mutaхassisligi boʻyicha ishtirok etaman.

Test sinovlarini


tilida



(davlat, qoraqalpoq, rus)


(kirill, lotin)

topshiraman.

Chet tili boʻyicha test sinovlarini (imtihonni)



(chet tilining nomi)

tilida topshiraman.

     


(imzo)


(F.I.O.)


20__ yil "___" _____________






Nizomga

11-ILOVA



Universitetga nomzodlarni sirtqi ta’lim

shakliga tinglovchilar safiga qabul qilish

SXEMASI

Bosqichlar

Sub’yektlar


Oʻtkaziladigan tadbirlar


Bajarish muddatlari

1-bosqich

Milliy gvardiya hududiy boshqarmalari hamda Qurolli Kuchlar tarkibiga kiruvchi boshqa vazirlik va idoralar


Nomzodlar tomonidan bildirgilarni taqdim etish.


Har yili

1 apreldan

1 mayga qadar







2-bosqich

Milliy gvardiya hududiy boshqarmalari hamda Qurolli Kuchlar tarkibiga kiruvchi boshqa vazirlik va idoralar


Nomzodlarning hujjatlarini toʻplash va oʻrganish.


Har yili

1 maydan

30 mayga qadar







3-bosqich

Milliy gvardiya hududiy boshqarmalari hamda Qurolli Kuchlar tarkibiga kiruvchi boshqa vazirlik va idoralar


Nomzodlarning hujjatlar yimajildini Qabul komissiyasiga taqdim etish.


Har yili

15 iyungaqadar







4-bosqich

Davlat test markazi


Test sinovlari.


Belgilangan muddatlarda







5-bosqich

Qabul komissiyasi,



Universitet boshlii


Nomzodlarni oʻqishga qabul qilish boʻyicha bayonnomani rasmiylashtirish.


Nomzodlarni tinglovchilar safiga qabul qilish haqida buyruqni rasmiylashtirish.


Belgilangan muddatlarda

           

Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2021 yil 6 avgust