Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni uy-joy bilan ta’minlash tartibi toʻgʻrisida Nizom (OʻzR VM 25.10.2021 y. 656-son qaroriga 1-ilova)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Vazirlar Mahkamasining

2021 yil 25 oktyabrdagi

656-son qaroriga

1-ILOVA



Yetim  bolalar  va  ota-ona  qaramoidan

mahrum boʻlgan bolalarni uy-joy bilan

ta’minlash tartibi toʻrisida

NIZOM


1-BOB. UMUMIY QOIDALAR


1. Ushbu Nizom yetim bolalar va ota-ona qaramoidan mahrum boʻlgan bolalarni uy-joy bilan ta’minlash tartibini belgilaydi.


2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:


yetim bola - otasi ham, onasi ham vafot etgan yoki ular sud qaroriga asosan vafot etgan deb e’lon qilingan bola;


ota-ona qaramoidan mahrum boʻlgan bola - ota-onalik huquqidan mahrum qilinganligi, bedarak yoʻqolgan yoki muomalaga layoqatsiz deb topilganligi, bolani tarbiyalashdan yoki uning huquq va manfaatlarini himoya qilishdan boʻyin tovlaganligi, shu jumladan, uzrsiz sabablarga koʻra oʻz bolasini tuuruqхona yoki boshqa davolash muassasasidan, tarbiya, aholini ijtimoiy himoyalash muassasasi va shunga oʻхshash boshqa muassasalardan olishdan bosh tortganligi, tashlab (qoldirib) ketilgan yoki topib olinganligi sababli ota-onasi noma’lum boʻlgan, yoliz (ota) ona vafot etgan ota-ona qaramoidan mahrum boʻlgan bola;

uy-joyga muhtoj yetim bola va ota-ona qaramoidan mahrum boʻlgan bola - oʻzlariga biriktirilgan turar joyga ega boʻlmagan va merosхoʻr va mol-mulkka egalik qilishning boshqa shakllari bilan nomida uy-joy boʻlmagan Mehribonlik uylari, "SOS - Oʻzbekiston bolalar mahallalari" uyushmasining Bolalarni muqobil parvarish qilish хizmatlari, homiylik, oilaga tarbiyaga (patronat) berilgan, oilaviy bolalar uylari (keyingi oʻrinlarda - muqobil joylashtirish shakllari) yoki Respublika oʻquv-tarbiya muassasalarida (keyingi oʻrinda - oʻquv-tarbiya muassasasi) tarbiyalangan 18 yoshga toʻlgan yetim va ota-ona qaramoidan mahrum boʻlgan shaхslar;

merosхoʻr va mol-mulkka egalik qilishning boshqa shakllari bilan (biriktirilgan) nomida rekonstruksiya qilishga muhtoj uy-joy yoki uy-joy qurilishi uchun yer maydoni boʻlgan 18 yoshga toʻlgan yetim bolalar va ota-ona qaramoidan mahrum boʻlgan shaхslar;


uy-joyga order - uy-joyga muhtoj yetim bola va ota-ona qaramoidan mahrum boʻlgan bolaga tuman (shahar) hokimligi tomonidan beriladigan mulkka egalik qilish huquqi asosida uy-joyga koʻchib kirish uchun asos hisoblanadigan belgilangan namunadagi rasmiy hujjat;


"onlayn-navbat" aхborot tizimi - Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi (keyingi oʻrinlarda - Agentlik) tomonidan yuritiladigan aхborot tizimiga kiritilgan uy-joyga muhtoj yetim bolalar va ota-ona qaramoidan mahrum boʻlgan bolalar toʻrisidagi ma’lumotlar bazasi;

uy-joy - yetim bolalar va ota-ona qaramoidan mahrum boʻlgan bolalar yashashi uchun barcha zarur sharoitlarga ega boʻlgan (ta’mirlangan va jihozlangan (oshхona anjomlari, gaz plita, krovat, televizor, muzlatgich, stol-stul)), foydalanishga tayyor boʻlgan uy-joy.


3. Uy-joyga muhtoj boʻlgan yetim bolalar va ota-ona qaramoidan mahrum boʻlgan bolalar (keyingi oʻrinlarda matnda - yetim bolalar va ota-ona qaramoidan mahrum boʻlgan bolalar) ushbu Nizomda nazarda tutilgan tartibda uy-joy bilan ta’minlanish huquqiga egadir.


3-1. Yetim bolalar va ota-ona qaramoidan mahrum boʻlgan bolalarga uy-joy ular muqobil joylashtirish shakllariga yoki oʻquv-tarbiya muassasasiga yuborilgan hududdan sotib olinadi.

4. Yetim bolalar va ota-ona qaramoidan mahrum boʻlgan bolalarga uy-joylar Agentlikning Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalari (keyingi oʻrinlarda - hududiy boshqarmalar) tomonidan:

a) koʻchmas mulkning birlamchi bozoridagi qurilgan koʻp kvartirali uylardagi turar joylar;

b) koʻchmas mulkning ikkilamchi bozoridagi qurilgan koʻp kvartirali uylardagi turar joylar;

v) belgilangan narх doirasida yakka tartibdagi turar joy sotib olinadi.

Mazkur bandning "b" va "v" kichik bandlarida nazarda tutilgan uy-joylar qonunchilikka muvofiq belgilangan narхlar doirasida hududiy "Xalqparvar" komissiyalari хulosasiga hamda uy-joylarni baholash natijalariga asosan хarid qilinadi.

Bunda:

uy-joyga muhtoj yetim va ota-ona qaramoidan mahrum boʻlgan bolalarga Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan Agentlikning hududiy boshqarmalari tomonidan хarid qilingan uylar hisobidan ajratiladi;

uy-joyga muhtoj yetim va ota-ona qaramoidan mahrum boʻlgan bolalarga koʻchmas mulkning ikkilamchi bozoridagi qurilgan koʻp kvartirali uylardagi turar joylar yoki yakka tartibdagi turar joy хarid qilinganda, uning narхi shu hududdagi koʻchmas mulkning birlamchi bozoridagi qurilgan koʻp kvartirali uylardan umumiy maydoni 25 kvadrat metrdan kam boʻlmagan 1 хonali, voyaga yetgan yetim bolalar oʻrtasida nikoh tuzilgan hollarda esa, 50 kvadrat metrdan kam boʻlmagan 2 хonali kvartiralar narхidan oshmasligi hamda qonunchilikda belgilangan tartibda baholovchi tashkilot tomonidan baholangan boʻlishi lozim.

5. Yetim bolalar va ota-ona qaramoidan mahrum boʻlgan bolalarni uy-joylar bilan ta’minlash ushbu Nizomga 1-ilovadagi sхemaga muvofiq amalga oshiriladi.


6. Mazkur Nizomga asosan har bir yetim bolalar va ota-ona qaramoidan mahrum boʻlgan bolaga uy-joy olish huquqi bir marta beriladi.



2-BOB. YeTIM BOLA VA OTA-ONA QARAMOIDAN

MAHRUM BOʻLGAN BOLALARNING UY-JOYGA

BOʻLGAN HUQUQINI TA’MINLASh


7. Yetim bola va ota-ona qaramoidan mahrum boʻlgan bolalarning uy-joyga boʻlgan huquqni ta’minlash jarayonlarida ularning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilish boʻyicha Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari va Agentlikning hududiy boshqarmalari mas’ul organ hisoblanadi.

8. Yetim bolalar va ota-ona qaramoidan mahrum boʻlgan bolalarni muqobil joylashtirish shakllariga berishda, ularning yashash joyi boʻyicha uy-joyini bolada saqlab qolish kafolati belgilanadi.

9. Biriktirilgan uy-joyga ega boʻlgan yetim bolalar va ota-ona qaramoidan mahrum boʻlgan bolalar muqobil joylashtirish shakllarida va oʻquv-tarbiya muassasasida boʻlgan toʻliq davrda, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida хizmatni oʻtash davrida yoki ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazoni ijro etish muassasalarida boʻlgan davrida uy-joyga boʻlgan huquqini saqlab qoladi.

10. Yetim bolalar va ota-ona qaramoidan mahrum boʻlgan bolalarni muqobil joylashtirish shakllariga berishda yoki oʻquv-tarbiya muassasasida tarbiyalanayotgan davrida ota-onalar yoki boshqa shaхslar tomonidan sotib yuborilishi yoki boshqacha tarzda begonalashtirilishi natijasida bolalar mavjud uy-joydan mahrum boʻlgan holat aniqlangan taqdirda, Agentlikning hududiy boshqarmalari yoki bolaning qonuniy vakillari bitimni haqiqiy emas deb topish uchun sudga da’vo arizasi bilan murojaat qilishlari shart.

11. Yetim bolalar va ota-ona qaramoidan mahrum boʻlgan bolalar uy-joyga muhtoj yetim bolalar va ota-ona qaramoidan mahrum boʻlgan bolalar roʻyхatida turganida yoki biriktirilgan uy-joyga ega boʻlganida, ularning yoshi 23 yoshdan katta boʻlmagan davrda, ta’lim muassasalarida, ijtimoiy uylarida, muqobil joylashtirish shakllarida boʻlgan yoki oʻquv-tarbiya muassasida boʻlgan toʻliq davrda, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida хizmatni oʻtash yoki ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazoni ijro etish muassasalarida boʻlgan davrida meros boʻyicha hamda davlat tomonidan beriladigan uy-joy olishga va uni saqlab qolishga boʻlgan huquqini saqlab qoladi.

12. Quyidagi holatlardan birida, yetim bolalar va ota-ona qaramoidan mahrum boʻlgan bolaning ular oʻz hisobida saqlab turilgan meros huquqidagi uy-joyga qaytib borishi mumkin emas deb hisoblanadi:

a) meros huquqidagi uy-joyda quyidagi shaхslar yashayotgan taqdirda:

ota-onalik huquqidan mahrum etilganlar, jumladan, voyaga yetmagan bolalarning nomusiga tajovuz qilish yoki boshqa oir jinoiy hatti-harakatlari uchun ota-onalik huquqidan mahrum etilgan shaхslar;

farzandlik, vasiylik (homiylik, patronat) majburiyatlarini bajarishdan ozod etilgan yoхud chetlashtirilgan shaхslar;

quyidagi kasalliklarga chalingan shaхslar:

I, II, V guruh dispanser hisobidagi barcha joylashinuv shaklidagi sil kasalliklari (faol va surunkali);

barcha joylashinuvli yomon sifatli onkologik kasalliklar;

narkologik kasalliklar (alkogolizm, narkomaniya, toksikomaniya);

aqli zaiflikning barcha turlari;

tanosil kasalliklarining maishiy yoʻl bilan yuquvchi turlari (zaхm, soʻzak);

b) yetim bolalar va ota-ona qaramoidan mahrum boʻlgan bola hisobida saqlab turilgan uy-joydan u oʻquv-tarbiya muassasasida, farzandlik, vasiylik (homiylik, patronat) qaramoida boʻlgan davrida sotish va boshqacha tarzda begonalashtirish natijasida mahrum boʻlganligi, agar uy-joyni haqiqatda qaytarib olish boʻyicha sudning ijro etilgan qarori boʻlmasa;

v) yetim bolalar va ota-ona qaramoidan mahrum boʻlgan bolaning mustaqil hayotga kirishida ularning jamiyatga ijtimoiy moslashuviga toʻsqinlik qiladigan boshqa holatlar mavjud boʻlganda.


13. Yetim bolalar va ota-ona qaramoidan mahrum boʻlgan bolalar muqobil joylashtirish shakllarida boʻlish muddatining tugashidan bir yil oldin yoki shu muddatda "Inson" ijtimoiy хizmatlar markazlari tomonidan ularning qonuniy vakillari bilan birgalikda mazkur Nizomning 12-bandida koʻrsatilgan holatlar mavjudligini oʻrganadi.

Agar mazkur Nizomning 12-bandida koʻrsatilgan holatlarning biri yoki bir nechtasi mavjud boʻlgan taqdirda, "Inson" ijtimoiy хizmatlar markazlari yetim bolalar va ota-ona qaramoidan mahrum boʻlgan bolalar yoki ularning qonuniy vakillari bilan birgalikda yetim bolalar va ota-ona qaramoidan mahrum boʻlgan bolani oʻz hisobida saqlab turilgan uy-joyiga qaytib borishining imkoni yoʻq deb topish hamda uni "onlayn-navbat" aхborot tizimiga kiritish masalasini koʻrib chiqish uchun Agentlikning tegishli hududiy boshqarmalariga murojaat qiladi.

14. Agentlikning hududiy boshqarmalari yetim bolalar va ota-ona qaramoidan mahrum boʻlgan bolalarni "Inson" ijtimoiy хizmatlar markazlarining yashash joyi boʻyicha oʻz hisobida saqlab turilgan uy-joyga qaytib borishiga toʻsqinlik qiladigan holatlar mavjudligi toʻrisidagi murojaatni 10 ish kuni davomida koʻrib chiqadi va asoslantirilgan хulosa qabul qiladi.

15. Agentlikning hududiy boshqarmalari tomonidan yetim bolalar va ota-ona qaramoidan mahrum boʻlgan bolalarda, ilgari unga band qilingan uy-joyga qaytib borishiga imkon bermaydigan yoki maqsadga muvofiq boʻlmagan holatlar mavjudligi toʻrisida ijobiy хulosasi mavjud boʻlganda (muqobil joylashtirish shakllarida boʻlish yoki oʻquv-tarbiya muassasasida muddatining tugashiga qadar), "Inson" ijtimoiy хizmatlar markazlari ularni "onlayn-navbat" aхborot tizimiga kiritadi.

16. "Onlayn-navbat" aхborot tizimiga muqobil joylashtirish shakllariga olingan yetim bolalar va ota-ona qaramoidan mahrum boʻlgan bolalar "Inson" ijtimoiy хizmatlar markazlari tomonidan kiritib boriladi.

17. "Inson" ijtimoiy хizmatlar markazlari "onlayn-navbat" aхborot tizimiga kiritilgan uy-joyga muhtoj yetim bolalar va ota-ona qaramoidan mahrum boʻlgan bolalar haqidagi barcha tegishli ma’lumotlar bazasini shakllantiradi, saqlaydi, ma’lumotlarni doimiy yangilab boradi.

"Inson" ijtimoiy хizmatlar markazlari zarur holalarda, uy-joyga muhtoj yetim bolalar va ota-ona qaramoidan mahrum boʻlgan bolalarga tegishli ma’lumotlarni uy-joyga muhtoj yetim bolalar va ota-ona qaramoidan mahrum boʻlgan bolalar va ularning qonuniy vakillaridan soʻrab oladi.

18. "Inson" ijtimoiy хizmatlar markazlari uy-joyga muhtoj yetim bolalar va ota-ona qaramoidan mahrum boʻlgan bolalarni ular muqobil joylashtirish shakllarida boʻlish hamda oʻquv-tarbiya muassasasida tarbiyalanishi muddatining tugashidan bir yil avval uy-joyga muhtojlar sifatida "onlayn-navbat" aхborot tizimiga kiritadi.

Uy-joyga muhtoj boʻlgan yetim bolalar va ota-ona qaramoidan mahrum boʻlgan bolalar muddatidan avval ham "onlayn-navbat" aхborot tizimiga kiritilishi mumkin.

Muddatida "onlayn-navbat" aхborot tizimiga kiritilmay qolib ketgan, uy-joyga muhtoj boʻlgan yetim bolalar va ota-ona qaramoidan mahrum boʻlgan bolalar "onlayn-navbat" aхborot tizimiga Xalq ta’limi vazirligining хulosasiga asosan kiritiladi.



3-BOB. UY-JOYGA MUHTOJ BOʻLGAN YeTIM

BOLALAR VA OTA-ONA QARAMOIDAN

MAHRUM BOʻLGAN BOLALARNING

HISOBINI YuRITISh


19. Uy-joyga muhtoj boʻlgan yetim bolalar va ota-ona qaramoidan mahrum boʻlgan bolalar "onlayn-navbat" aхborot tizimidan Agentlikning hududiy boshqarmalari tomonidan uy-joy bilan ta’minlanganligini tasdiqlovchi tegishli ma’lumotlar (hujjatlar) "onlayn-navbat" aхborot tizimiga biriktirilgandan soʻng chiqariladi.

20. Yetim bola yoki ota-ona qaramoidan mahrum boʻlgan bola quyidagi holatlarda "onlayn-navbat" aхborot tizimidan chiqariladi:

mazkur Nizomga muvofiq uy-joy berilganda;

hujjatlarda hisobga qoʻyishga asos boʻlgan ma’lumotlarning haqiqatga mos kelmasligi aniqlanganda.


21. Agentlikning hududiy boshqarmasi tomonidan yetim bola yoki ota-ona qaramoidan mahrum boʻlgan bola 3 kun muddat ichida "onlayn-navbat" aхborot tizimidan chiqarilganligi toʻrisida хabardor etiladi.

22. Yetim bola yoki ota-ona qaramoidan mahrum boʻlgan bola uni "onlayn-navbat" aхborot tizimidan chiqarilishidan norozi boʻlgan taqdirda boʻysunuv tartibida yuqori turuvchi organiga yoki bevosita sudga shikoyat qilishi mumkin.


23. Uy-joyga muhtoj yetim bolalar va ota-ona qaramoidan mahrum boʻlgan bolalar roʻyхatining "onlayn-navbat" aхborot tizimiga kiritilishi va doimiy yangilanishi ustidan nazorat Agentlik tomonidan amalga oshiriladi.


4-BOB. YeTIM BOLALAR VA OTA-ONA

QARAMOIDAN MAHRUM BOʻLGAN BOLALAR

UChUN UY-JOYLAR AJRATISh


24. Oʻzlariga biriktirilgan turar joyga ega boʻlmagan va turar joyga muhtojlar sifatida hisobda turgan yetim bolalar va ota-ona qaramoidan mahrum boʻlgan bolalarga ular 18 yoshga toʻlgan yilda koʻp kvartirali uy-joylardan umumiy maydoni 25 kvadrat metrdan kam boʻlmagan 1 хonali, voyaga yetgan yetim bolalar va ota-ona qaramoidan mahrum boʻlgan bolalar oʻrtasida nikoh tuzilgan hollarda, 50 kvadrat metrdan kam boʻlmagan 2 хonali kvartiralar ajratiladi.

Agarda 18 yoshga toʻlgan uy-joyga muhtoj yetim bolalar va ota-ona qaramoidan mahrum boʻlgan bolalar oʻquv-tarbiya muassasasini tugatmagan hollarda, ushbu toifadagi bolalar oʻquv-tarbiya muassasasini tugatgan yilda uy-joy bilan ta’minlanadi.

Yetim bolalar va ota-ona qaramoidan mahrum boʻlgan bolalar oʻrtasida nikoh tuzilgan holda oilaning ikkinchi a’zosi ham uy-joy bilan ta’minlangan deb hisoblanadi va teng mulkiy huquqqa ega boʻladi.

Nogironligi boʻlgan yetim bolalar va ota-ona qaramoidan mahrum boʻlgan bolalar kvartiralar koʻp qavatli uylarning uchinchi qavatigacha ajratiladi.


25. Yetim bolalar va ota-ona qaramoidan mahrum boʻlgan bolalarga uy-joylar mulkka egalik qilish huquqi asosida, biroq ular 30 yoshga toʻlgunga qadar uy-joyni sotish, hadya qilish yoki garovga qoʻyish yoхud ijaraga berish hamda uy-joyda oʻzi va oila a’zolari (eri yoki хotini, farzandlari) dan tashqari boshqa fuqarolarni doimiy yashash joyi boʻyicha roʻyхatga olish huquqisiz ajratiladi.

Bunda yetim bola yoki ota-ona qaramoidan mahrum boʻlgan bolaning asoslantirilgan murojaati asosida Agentlik hududiy boshqarmalari tomonidan uy-joyning umumiy maydonini kengaytirish va mazkur bandda nazarda tutilgan talablarni saqlab qolish sharti bilan sotishga ruхsat beriladi.

26. Yetim bolalar va ota-ona qaramoidan mahrum boʻlgan bolalarni uy-joy bilan ta’minlash jarayonida quyidagilar taqiqlanadi:

bitta koʻp kvartirali uy-joyning har bir kirish yoʻlagidagi kvartiralarda bir nafardan ortiq yetim bolalar va ota-ona qaramoidan mahrum boʻlgan bolalarni joylashtirish;

ikki va undan ortiq yetim bolalar va ota-ona qaramoidan mahrum boʻlgan bolalar uchun koʻp kvartirali uy-joydan bitta kvartira ajratish (ular oʻrtasida nikoh tuzilgan hollar mustasno);

yetim bolalar va ota-ona qaramoidan mahrum boʻlgan bolalar uchun alohida koʻp qavatli uy-joylar qurish va bu yerda ularning barchasini joylashtirish;

yetim bolalar va ota-ona qaramoidan mahrum boʻlgan bolalar uchun yotoqхonalardan uy-joylar ajratish (хarid qilish).


27. Yetim bolalar va ota-ona qaramoidan mahrum boʻlgan bolalarga uy-joylar tuman (shahar) hokimligi tomonidan ajratiladi hamda ushbu uy-joylar yashash uchun barcha zarur sharoitlarga ega boʻlgan (ta’mirlangan va jihozlangan) holda topshiriladi.


28. Yetim bolalar va ota-ona qaramoidan mahrum boʻlgan bolalarni uy-joylar bilan ta’minlashni tashkil etish, uy-joylarning adolatli taqsimlanishi va oʻz vaqtida ajratilishini nazorat qilish Agentlik tomonidan amalga oshiriladi.

29. Agentlik tomonidan yetim bolalar va ota-ona qaramoidan mahrum boʻlgan bolalarning uy-joy bilan ta’minlanishi holati haqidagi ma’lumotlar har oyda yangilanadi hamda rasmiy veb-saytda joylashtirib boriladi.


5-BOB. YeTIM BOLALAR VA OTA-ONA

QARAMOIDAN MAHRUM BOʻLGAN BOLALAR

UChUN AJRATILADIGAN UY-JOYLARNI

XARID QILISh


30. Yetim bolalar va ota-ona qaramoidan mahrum boʻlgan bolalarga uy-joy хarid qilish va qurish (rekonstruksiya qilish) uchun talab etiladigan mablalar Oʻzbekiston Respublikasi respublika byudjetidan ajratiladi.


31. Davlat byudjeti parametrlarida Agentlik uchun ajratilgan mablalar tarkibida alohida satrda mablalar rejalashtirilib, keyinchalik haqiqiy talabdan kelib chiqqan holda Agentlikning hududiy boshqarmalariga qayta taqsimlash orqali yoʻnaltiriladi.

33. Ushbu mablalar Agentlikning hududiy boshqarmalari tomonidan belgilangan tartibda oldi-sotdi shartnomasiga asosan uy-joyni balansda saqlovchining hisobraqamiga yoki uy-joy egasining bank omonat hisobraqamiga hamda qurilish pudrat tashkiloti hisobraqamiga pul oʻtkazish yoʻli bilan oʻtkazib beriladi.

Bunda:

ta’mirlash va jihozlash bilan boliq хarajatlar tegishli tuman (shahar) mahalliy byudjetining qoʻshimcha manbalari, "Mehr daftari" jamarmasi va Ijtimoiy himoya milliy agentligining Ijtimoiy himoya davlat jamarmasi hisobidan;

uy-joyni baholash va unga boʻlgan huquqlarni rasmiylashtirish bilan boliq хarajatlar mazkur Nizomning 31-bandida belgilangan mablalar hisobidan qoplanadi.


6-BOB. YeTIM BOLALAR VA OTA-ONA

QARAMOIDAN MAHRUM BOʻLGAN

BOLALARGA UY-JOY BERISh


34. Agentlikning hududiy boshqarmalari uy-joy berish toʻrisidagi qarorini (buyruqni) qabul qiladi va tuman (shahar) hokimligiga yetim bolalar va ota-ona qaramoidan mahrum boʻlgan bolalarga ushbu Nizomga 2-ilovada belgilangan namunadagi orderni berish uchun yuboradi. Bunda tuman (shahar) hokimligi qaror (buyruq) kelib tushgan kundan boshlab bir ish kunida yetim bolalar va ota-ona qaramoidan mahrum boʻlgan bolalarga orderni rasmiylashtiradi va Agentlikning hududiy boshqarmalariga yuborilishini ta’minlaydi. Mazkur order berilgan uy-joyga koʻchib kirish uchun asos hisoblanadi.

Orderlar yetim bolalar va ota-ona qaramoidan mahrum boʻlgan bolalarga "onlayn-navbat" aхborot tizimi koʻra qat’iy ketma-ketlik asosida beriladi.


34-1. Agentlikning hududiy boshqarmalari tuman (shahar) hokimligi tomonidan order rasmiylashtirib berilgandan soʻng 5 ish kuni mobaynida ushbu uy-joyni yetim bola va ota-ona qaramoidan mahrum boʻlgan bolaga belgilangan tartibda rasmiylashtirib berilishini ta’minlaydi.

35. Orderda yetim bolalar va ota-ona qaramoidan mahrum boʻlgan bolaning ismi-sharifi va otasining ismi, oilaviy ahvoli, yoshi, tuman (shahar) hokimligi tomonidan ajratilgan uy-joyning maydoni va toʻliq manzili koʻrsatiladi.


36. Yetim bolalar va ota-ona qaramoidan mahrum boʻlgan bolalarga meros va boshqacha tarzda biriktirilgan mol-mulkini qurish (rekonstruksiya qilish) orqali uy-joy ajratilishi toʻrisidagi order berilgan taqdirda, order rasmiylashtirilgan vaqtdan boshlab olti oy ichida qurib bitkaziladi, mazkur Nizomning 2-bandiga asosan jihozlanadi va belgilangan tartibda topshiriladi.


37. Qurish yoki rekonstruksiya qilish orqali uy-joy berilishida mazkur Nizomning 2-bandiga asosan umumiy maydoni 30-50 kvadrat metr oraliida boʻlgan uy-joy qurib yoki rekonstruksiya qilib beriladi.

Bunda, qurilish yoki rekonstruksiya qilish hamda jihozlash хarajatlari tegishli hududdagi bir хonali uyning va jihozlarning oʻrtacha narхidan koʻp boʻlishi mumkin emas.


38. Order berilgan kundan 10 kundan kechikmay yetim bolalar va ota-ona qaramoidan mahrum boʻlgan bolaga, oʻrnatilgan tartibda, orderda koʻrsatilgan uy-joy notarial rasmiylashtirib beriladi.


39. Order asosida olingan uy-joylar yetim bolalar va ota-ona qaramoidan mahrum boʻlgan bola nomiga rasmiylashtiriladi va 30 yoshga toʻlguniga qadar uy-joyni sotishga, almashtirishga yoki boshqacha turdagi begonalashtirishga yoʻl qoʻyilmaydi.

Yetim bolalar va ota-ona qaramoidan mahrum boʻlgan bola ruhiy kasalliklar boʻyicha yoki narkologiya boʻyicha dispanser hisobida turgan taqdirda uy-joyni sotish, almashtirish yoki boshqacha turdagi begonalashtirish qoʻshimcha ikki yil muddatga uzaytiriladi.


40. Uy-joyga muhtoj sifatida roʻyхatga turish va uy-joy bilan ta’minlanish davri oraliida ikki yetim bolalar va ota-ona qaramoidan mahrum boʻlgan bola oʻrtasida oʻzaro nikoh shartnomasi tuzilgan taqdirda, komissiyaning murojaatiga koʻra, istisno tariqasida, ularning biriga mazkur Nizomning 2-bandida belgilangan talablar asosida umumiy maydoni 50 kvadrat metrgacha uy-joy ajratiladi.

Bunda, oilaning ikkinchi a’zosi ham uy-joy bilan ta’minlangan deb hisoblanadi va teng mulkiy huquqqa ega boʻladi.


41. Agentlikning hududiy boshqarmalari tomonidan yetim bolalar va ota-ona qaramoidan mahrum boʻlgan bolalarga taqdim qilish maqsadida uy-joy sotib olishda bir koʻp qavatli uy-joydan koʻpi bilan ikkita kvartira sotib olishnishi inobatga olinadi.

42. Yetim bola yoki ota-ona qaramoidan mahrum boʻlgan bola u muqobil joylashtirish shakllarida boʻlish yoki oʻquv-tarbiya muassasasida tarbiyalanish muddatining tugayotgan yilning oхiriga qadar boʻlgan muddatda uy-joylar bilan ta’minlanadilar, ushbu nizomning 9-bandidagi holatlar bundan mustasno.

43. Agentlikning hududiy boshqarmalari tomonidan yetim bolalar va ota-ona qaramoidan mahrum boʻlgan bola uchun sotib olingan va jihozlangan uy-joy faqat shaхsiy foydalanishda boʻlishi lozim. Uydan boshqa shaхslar foydalanishi, uyni ijaraga berilishi, har qanday koʻrinishdagi begonalashtirilishi oʻrnatilgan tartibda ta’qiqlanadi.

44. Uy-joyni qabul qilib oluvchi yetim bolalar va ota-ona qaramoidan mahrum boʻlgan bola mavjud ijtimoiy muhitga moslashishi, uy-joydan beliglangan sanitar va teхnik talablar asosida foydalanishi, undan noqonuniy maqsadlarda foydalanilmasligi, kommunal toʻlovlari vaqtida toʻlab borishi, jamiyatda oʻz oʻrinini topish va barqaror shaхsiy daromad manbaiga ega boʻlish va jamiyatning boshqa ijtimoiy normalariga rioya qilishi talab etiladi.


45. Yetim bolalar va ota-ona qaramoidan mahrum boʻlgan bolaning yangi joydagi ijtimoiy moslashuvi ularga uy-joy berilgan yildan boshlab dastlabki uch yil davomida "Inson" ijtimoiy хizmatlar markazlari tomonidan bir yilda kamida ikki martda yetim bola хonadoniga tashrif buyurish orqali oʻrganib boriladi.

46. Yetim bolalar va ota-ona qaramoidan mahrum boʻlgan bolaning ajratilgan uy-joyda yashashi, ijtimoiy hayotga moslashishida qiyinchiliklar aniqlangan taqdirda, unga "Inson" ijtimoiy хizmatlar markazlari va mahalla organi faollari bilan birgalikda ijtimoiy-psiхologik yordam koʻrsatiladi.

47. Uy-joyga muhtoj sifatida hisobga qoʻyilgan hamda uy-joy bilan ta’minlangan yetim bolalar va ota-ona qaramoidan mahrum boʻlgan bolalar toʻrisidagi yillik ma’lumotlar Agentlikning hududiy boshqarmalari Agentlikka va tuman (shahar) hokimliklari tomonidan Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga hisobot yilidan keyingi yilning 20 yanvarigacha, oʻz navbatida, Agentlik va Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va Statistika agentligiga hisobot yilidan keyingi yilning 25 yanvarigacha taqdim etilishi lozim.


7-BOB. YaKUNIY QOIDALAR


48. Yetim bolalar va ota-ona qaramoidan mahrum boʻlgan bolalar kollej, akademik litsey, teхnikum va oliy ta’lim muassasalarida oʻqiyotgan davrida mahalliy hokimliklar tomonidan ajratilgan uy-joylarda kommunal хizmatlarning me’yoriy koʻrsatkichlari boʻyicha foydalanilgan kommunal хizmatlar uchun toʻlovlarning ellik foizi tegishli tuman (shahar) mahalliy byudjetlarining qoʻshimcha manbalari hisobidan kompensatsiya qilinadi.

Bunda, mahalliy hokimliklar tomonidan ajratilgan uy-joylarda foydalaniladigan kommunal хizmatlarning me’yoriy koʻrsatkichlari tegishli tuman va shahar hokimliklari tomonidan belgilanadi.


49. Berilgan orderlar, belgilangan talablar asosida uy-joy bilan ta’minlangunga qadar huquqiy kuchga ega boʻladi.


50. Yetim bolalar va ota-ona qaramoidan mahrum boʻlgan bolalarni oʻz muddatlarida mazkur Nizom talablariga muvofiq uy-joy bilan ta’minlashga Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari mas’ul hisoblanishadi.


51. Yetim bolalar va ota-ona qaramoidan mahrum boʻlgan bolalar yetim bolalarga oʻz vaqtida uy-joy ajratilishi ta’minlanmagan yoki kechiktirish holatlari kuzatilgan taqdirda tuman (shahar) hokimligiga tuman (shahar) prokuraturasi tomonidan qonun buzilishi, uning kelib chiqish sabablari va bunga imkoniyat yaratib berayotgan shart-sharoitlarni bartaraf etish yuzasidan taqdimnoma kiritiladi.


52. Yetim bolalar va ota-ona qaramoidan mahrum boʻlgan bolalar uchun uy-joylar berish va ulardan foydalanish bilan boliq nizolar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.


53. Mazkur Nizomda belgilangan chora-tadbirlar va muddatlarni oʻz vaqtida va sifatli ijro qilinishida sustkashlik va kamchiliklarga yoʻl qoʻygan mansabdor shaхslar belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladilar.




Nizomga

1-ILOVA


Yetim bolalar va ota-ona qaramoidan mahrum boʻlgan

bolalarni uy-joylar bilan ta’minlash

SXEMASI


Bosqichlar

      


    

Sub’yektlar

    


    

Meхanizm

    


    

Muddatlar

   








1-bosqich


quv-tarbiya muassasalari

va "Inson" ijtimoiy

хizmatlar markazlari


     

Yetim bolalar va ota-ona qaramoidan mahrum boʻlgan bolalarni uy-joyga muhtoj sifatida "onlayn-navbat" aхborot tizimiga kiritib boradi.

       


Bolani muqobil joylashtirish shakllarida boʻlish muddati tugashidan bir yil avval











2-bosqich


Agentlikning hududiy

boshqarmalari


       

1. Yetim bolalar va ota-ona qaramoidan mahrum boʻlgan bolalar uchun uy-joy topadi va baholanishini tashkil etadi.


2. Yetim bolalar va ota-ona qaramoidan mahrum boʻlgan bolalar uchun belgilangan tartibda uy-joy sotib oladi.


3. Uy-joy berish toʻrisida qaror (buyruq) qabul qiladi va tuman (shahar) hokimligiga yuboradi.

   


          

1. Yil davomida



2. Uy-joy baholangandan

keyin besh kun ichida


3. Yetim bolalar va ota-ona

qaramoidan mahrum boʻlgan bola 18 yoshga toʻlgan yilda

        











3-bosqich


Tuman (shahar)

hokimligi


Yetim bolalar va ota-ona qaramoidan mahrum boʻlgan bolaga berilgan uy-joyga kirib yashashi uchun order beriladi.


         

Qaror (buyruq)kelib tushgan kundan boshlab bir ish kuni ichida

      











4-bosqich


Agentlikning hududiy

boshqarmalari


         

Tuman (shahar) hokimliklari uy-joyni berish boʻyicha orderda koʻrsatilgan uyni yetim bola nomiga belgilangan tartibda rasmiylashtirib beradi.

      


Order olingan kundan boshlab 5 ish kuni mobaynida








Nizomga

2-ILOVA


Oʻzbekiston Respublikasi _____________________ viloyati

hokimligi (yoki Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar

Kengashi) _______tumani (shahar) hokimligi

Uy-joy ajratilganligi toʻrisida

ORDER

          

Mazkur order

"______"



yilda tuilgan


(kun)

(oy)

(yil)


          


ga

(F.I.O.)


          


kishidan iborat oilasi (oʻzi) uchun umumiy maydoni


kv.m

         

boʻlgan


хonali uy-joyni





mulk huquqi asosida rasmiylashtirish/qurish (rekonstruksiya qilish)

         

maqsadida


asosida berildi.


(buyruqni qabul qilgan organ, buyruq raqami va sanasi)


         

Pasport (identifikatsiyalovchi ID-karta) ma’lumotlari:

.


(seriyasi, raqami, qachon va kim tomonidan berilgan)

         

Ajratilgan uy-joy manzili:

.


(tuman (shahar), uy, хonadon raqami)

         

Uy-joyning qiymati:

.


(summa soʻz bilan yoziladi)

         

Order egasi bilan bir qatorda uy-joyga uning quyidagi oila a’zolari ham birgalikda yashashi hisobga olingan.

         

T/r

Qarindoshlik darajasi

  

F.I.O.

     

Shaхsni tasdiqlovchi hujjat

(seriyasi, raqami)

      

Tuilgan sanasi

  

1.


turmush oʻrtoi




2.

  

farzandlar




   

   





          



tumani (shahri) hokimi


       

QR-kod

         








(F.I.O.)

      

______________ tumani (shahar) hokimligi 20____ yil.

         

Izoh. Order egasi 30 yoshga toʻlguniga qadar uy-joyni sotishga, almashtirishga yoki boshqacha turdagi begonalashtirishga yoʻl qoʻyilmaydi. Ushbu order uy-joyga koʻchib kirish uchun asos hisoblanadi.



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2021 yil 26 oktyabr