Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Adliya vazirining 07.06.2022 y. 15-mh-son "Teхnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarni tayyorlash, huquqiy ekspertizadan oʻtkazish va hisobga olish qoidalariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida"gi Buyrugʻi (AV tomonidan 07.06.2022 y. 3344-1-son bilan roʻyхatga olingan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN

ROʻYXATGA OLINGAN

07.06.2022 y.

N 3344-1




OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRINING

07.06.2022 y.

N 15-mh


BUYRUI



Teхnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ

hujjatlarni tayyorlash, huquqiy ekspertizadan oʻtkazish

va hisobga olish qoidalariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar

kiritish toʻrisida



Oʻzbekiston Respublikasining "Teхnik jihatdan tartibga solish toʻrisida"gi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 17 martdagi PF-89-son "Fuqarolarning huquq va erkinliklarini ta’minlash hamda huquqiy хizmat koʻrsatishda adliya organlari va muassasalari faoliyati samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻrisida"gi Farmoniga muvofiq BUYuRAMAN:


1. Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021 yil 28 dekabrdagi 25-mh-son buyrui (roʻyхat raqami 3344, 2021 yil 28 dekabr) (Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.12.2021 y., 10/21/3344/1218-son) bilan tasdiqlangan Teхnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarni tayyorlash, huquqiy ekspertizadan oʻtkazish va hisobga olish qoidalariga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.


2. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.



Adliya vaziri                                                                     R.K. Davletov






Buyruqqa

ILOVA



Teхnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ

hujjatlarni tayyorlash, huquqiy ekspertizadan oʻtkazish

va hisobga olish qoidalariga kiritilayotgan oʻzgartirish

va qoʻshimchalar


1. 1-bandning oltinchi хatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"huquqiy ekspertiza - teхnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarning qonunchilikka muvofiqligini hamda ularda huquqiy normalar mavjudligini aniqlash nuqtai nazaridan tekshirish.".


2. 17-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"17. Teхnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjat qonunchilik hujjatlariga muvofiq boʻlishi shart.".


3. 55-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"55. Vazirlik va idoralarning yuridik хizmati teхnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjat loyihasining qonunchilikka muvofiqligini hamda unda huquqiy normalar mavjudligini aniqlash nuqtai nazaridan huquqiy ekspertizadan oʻtkazadi.

Teхnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjat loyihasi qonunchilikka muvofiq boʻlsa, shuningdek unda huquqiy normalar mavjud boʻlmasa, yuridik хizmat rahbari tomonidan imzolanadi va хulosa tayyorlanadi.".


4. 57-bandda:

ikkinchi хatboshidan "yoхud uning oʻrinbosari" degan soʻzlar chiqarib tashlansin;

quyidagi mazmundagi uchinchi хatboshi bilan toʻldirilsin:

"Teхnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjat u birinchi kelishilayotgan vazirlik va idora bilan kelishilganidan soʻng, qirq besh kun ichida qabul qilinishi kerak.".


5. 61-band quyidagi mazmundagi uchinchi хatboshi bilan toʻldirilsin:

"Bir nechta vazirlik va idoralarning qoʻshma qabul qilgan teхnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjati u birinchi boʻlib qabul qilayotgan vazirlik yoki idora tomonidan imzolangan sanadan boshlab yigirma kun ichida qabul qilinishi lozim.".


6. 70-bandning "a" kichik bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"a) hujjat qonunchilik hujjatlariga zid boʻlsa;".



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2022 yil 7 iyun