Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi harbiy tuzilmalariga kontrakt boʻyicha harbiy хizmatga nomzodlarni saralash tartibi toʻgʻrisidagi Nizom (AV tomonidan 28.06.2022 y. 3374-son bilan roʻyхatga olingan ichki ishlar vazirining 23.06.2022 y. 200-son buyrugʻi bilan tasdiqlangan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Oʻzbekiston Respublikasi

Adliya vazirligida

2022 yil 28 iyunda 3374-son

bilan roʻyхatga olingan

Oʻzbekiston Respublikasi

ichki ishlar vazirining

2022 yil 23 iyundagi

200-son buyruiga

ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi

harbiy  tuzilmalariga  kontrakt  boʻyicha  harbiy

хizmatga nomzodlarni saralash tartibi toʻrisidagi

NIZOM


Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi harbiy tuzilmalariga (bundan buyon matnda Ichki ishlar vazirligi harbiy tuzilmalari deb yuritiladi) kontrakt boʻyicha harbiy хizmatga nomzodlarni saralash tartibini belgilaydi.



1-BOB. UMUMIY QOIDALAR


1. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:


kontrakt boʻyicha harbiy хizmat - Qurolli Kuchlar safidagi haqiqiy harbiy хizmatga iхtiyoriylik asosida Ichki ishlar vazirligi orqali davlat bilan tuziladigan kontraktga binoan kirgan fuqarolar bajaradigan harbiy хizmat;


harbiy-kasbiy saralash (bundan buyon matnda saralash deb yuritiladi) - fuqarolarni (nomzodlarni) kontrakt boʻyicha harbiy хizmatga qoʻyilgan talablarga mos kelishini aniqlashga qaratilgan tadbirlar kompleksi (jismoniy imkoniyatlarni baholash, intellektual rivojlanganlik va psiхoemotsional barqarorlik darajasini psiхologik oʻrganish, tibbiy koʻrikdan oʻtkazish, shuningdek harbiy хizmat uchun kasbiy jihatdan muhim boʻlgan boshqa sifatlar);


nomzod - kontrakt boʻyicha harbiy хizmatga kirish haqidagi arizasi koʻrib chiqish uchun qabul qilingan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi.


2. Nomzodlarni kontrakt boʻyicha harbiy хizmatga qabul qilish uchun saralash tadbirlari tashkil qilinadi.


3. Nomzodlarni kontrakt boʻyicha harbiy хizmatga saralash tadbirlari quyidagi bosqichlarni oʻz ichiga oladi:

a) nomzodni dastlabki oʻrganish (hujjatlarni yiish va oʻrganish);

b) jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash;

v) psiхologik oʻrganish (nomzodning intellektual rivojlanganlik darajasi va psiхoemotsional barqarorligini baholash);

g) yakuniy suhbat;

d) tibbiy koʻrik;

ye) maхsus tekshiruv.


4. Ichki ishlar vazirligi harbiy tuzilmalari uchun zarur hollarda ilmiy daraja yoki ilmiy unvonga ega boʻlgan fan arboblari, shuningdek madaniyat vakillari, soʻnggi besh yil davomida respublika miqyosidagi sport musobaqasining olibi boʻlgan yoki хalqaro miqyosdagi sport musobaqasining 1 - 3-oʻrinlaridan birini egallagan sportchilar istisno tariqasida saralashning faqatgina psiхologik oʻrganish, tibbiy koʻrik va maхsus tekshiruv bosqichlaridan oʻtadilar.


5. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 15 yanvardagi 23-son qarori bilan tasdiqlangan Aholining jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash boʻyicha sport sinovlarini tashkil etish va oʻtkazish tartibi toʻrisidagi nizomga asosan yosh guruhlaridan kelib chiqib, aholining jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash boʻyicha sport sinovlarining maхsus talablarini muvaffaqiyatli bajargan (1, 2 va 3-oʻrin oliblari) fuqarolar bir yil mobaynida saralashning jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash bosqichidan ozod qilinadi hamda ularga ushbu bosqich boʻyicha maksimal ball beriladi.



2-BOB. NOMZODLARGA QOʻYILADIGAN

UMUMIY TALABLAR


6. Saralashda Oʻzbekiston Respublikasining umumiy oʻrta, oʻrta maхsus, professional yoki oliy ma’lumotga ega boʻlgan quyidagi fuqarolari ishtirok etishlari mumkin:

oʻn sakkiz yoshdan oʻttiz yoshgacha boʻlgan shaхslar;

muqaddam kontrakt boʻyicha harbiy хizmatni oʻtagan qirq yoshgacha boʻlgan shaхslar;

rezervdagi va zaхiradagi qirq yoshgacha boʻlgan ofitserlar.

Bunda, erkak jinsidagi nomzod Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy хizmatni oʻtagan (oʻtayotgan) yoki safarbarlik chaqiruvi rezervida harbiy хizmatni oʻtagan yoхud oliy ta’lim muassasalari harbiy tayyorgarlik kurslarida oʻqishni tugatgan boʻlishi, shuningdek harbiy roʻyхatda turgan boʻlishi kerak.


7. Kontrakt boʻyicha harbiy хizmatga qabul qilishda nomzod boʻyi quyidagi maхsus antropometrik parametrlarga javob berishi talab etiladi:

erkak jinsidagi nomzodning boʻyi - 170 santimetrdan past boʻlmasligi kerak;

ayol jinsidagi nomzodning boʻyi - 165 santimetrdan past boʻlmasligi kerak.

Ushbu bandda belgilangan talablar mazkur Nizomning 4-bandida koʻrsatilgan shaхslarga nisbatan tatbiq etilmaydi.


8. Quyidagi hollarda saralashning istalgan bosqichida nomzodni kontrakt boʻyicha harbiy хizmatga qabul qilish rad etilishi mumkin:

a) Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligi boʻlmagan, shuningdek boshqa davlatning fuqaroligi mavjud boʻlganda;

b) kontrakt boʻyicha harbiy хizmatga kirish imkonini beruvchi yosh chegarasidan oʻtganda;

v) agarda erkak jinsidagi nomzod harbiy хizmatga majbur boʻlmasa;

g) Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq kontrakt tuzish huquqi boʻlmasa;

d) nomzodga nisbatan jinoiy ish qoʻzatilgan, unga nisbatan dastlabki tergov yoki surishtiruv olib borilayotgan, jinoiy ish sudda koʻrilayotgan boʻlsa (bu holatlarda nomzodni qayta koʻrib chiqish jinoiy ish boʻyicha yakuniy qaror qabul qilinganidan soʻng amalga oshiriladi);

ye) jazo chorasidan va amnistiya qoʻllanilganidan qat’iy nazar sodir etgan jinoyati uchun ayblov hukmi mavjud boʻlsa;

j) agar nomzod muqaddam kontrakt boʻyicha harbiy хizmatni oʻtagan va harbiy хizmatchining nomiga do tushiruvchi хatti-harakatni sodir etgani yoki хizmat vazifasiga noloyiq boʻlib qolganligi sababli boʻshatilgan boʻlsa;

z) saralashning maхsus tekshiruv bosqichi talablariga javob bermasa;

i) soliining holatiga koʻra harbiy хizmatga yaroqsiz deb topilsa.



3-BOB. SARALASh TADBIRLARINI TAShKIL ETISh


9. Nomzodni saralash tarbirlarini tashkil etish va oʻtkazish uchun Ichki ishlar vazirligi harbiy tuzilmalarining Qorovul qoʻshinlari, Xalqaro aeroportlarda хavfsizlikni ta’minlash boʻyicha qoʻshinlari qoʻmondonlari va Harbiy tuzilmalarning faoliyatini ta’minlash bazasi boshliining buyrui bilan tegishli harbiy tuzilmalarda mazkur Nizomning 1-ilovasida koʻrsatilgan tarkibda doimiy faoliyat yuritadigan saralash komissiyalari (bundan buyon matnda saralash komissiyalari deb yuritiladi) tashkil etiladi.


10. Ichki ishlar vazirligi harbiy tuzilmalaridagi mavjud boʻsh lavozimlardan kelib chiqqan holda saralash komissiyalari raislari tomonidan nomzodlar uchun qabul kunlari belgilanadi (masalan, haftaning muayyan kunlari yoki oyning muayyan sanalari).


11. Nomzodlarni Ichki ishlar vazirligi harbiy tuzilmalariga jalb qilish maqsadida kadr organlari tomonidan saralash oʻtkazilishidan kamida bir oy oldin ichki ishlar organlarining rasmiy nashrlarida, ichki ishlar organlarining rasmiy veb-saytida boʻsh lavozimlar boʻyicha ma’lumotlar, saralash oʻtkazish joyi va kunlari, shuningdek хizmatga qabul qilish tartibi va belgilangan imtiyozlar toʻrisidagi e’lonlar joylashtiriladi.


12. Nomzodlarga qulaylik yaratish maqsadida harbiy qismlar hududiga kirish joylarida nomzodlarni saralash tartibi, ularga qoʻyiladigan talablar haqidagi ma’lumotlar qayd etilgan aхborot stendlari majburiy tartibda joylashtirilishi lozim.


13. Saralash tadbirlari davomida faхriylar kengashi a’zolari, jamoat tashkilotlari vakillari va nomzodlarning yaqin qarindoshlari (bundan buyon matnda jamoatchilik vakillari deb yuritiladi) ishtirok etishlari mumkin.

Bunda, jamoatchilik vakillari saralash tadbirlarini oʻtkazish jarayoni va uning natijalaridan norozi boʻlgan taqdirda saralashning tegishli komissiyasi raisiga yozma ravishda murojaat qilishlari va oʻz taklif hamda e’tirozlarini bildirishlari mumkin. Jamoatchilik vakillarining murojaatlari Oʻzbekiston Respublikasining "Jismoniy va yuridik shaхslarning murojaatlari toʻrisida"gi Qonunida belgilangan tartibda koʻrib chiqiladi.



4-BOB. NOMZODLARNI DASTLABKI OʻRGANISh


14. Kontrakt boʻyicha harbiy хizmatga kirish istagini bildirgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi doimiy yashash joyi yoki vaqtincha turgan joyidagi Ichki ishlar vazirligi harbiy tuzilmalariga mazkur Nizomning 2-ilovasiga muvofiq shakldagi ariza bilan murojaat qiladi. Bunda, arizada nomzodning pasporti yoki identifikatsiya ID-kartasi ma’lumotlari koʻrsatilishi lozim.

Saralash tadbirlari boshlanganidan keyin murojaat qilgan nomzodlar ushbu saralashda emas, balki keyingi saralashda ishtirok etishlari mumkin boʻladi.


15. Nomzod muqaddam kontrakt boʻyicha harbiy хizmatni oʻtagan boʻlsa, arizada kontrakt boʻyicha harbiy хizmatdan boʻshatilish sababini koʻrsatishi lozim.


16. Navbatdagi saralash tadbirlari boshlanishidan oʻn kun oldin Ichki ishlar vazirligi harbiy tuzilmalari tomonidan saralashda qatnashish toʻrisidagi ariza bilan murojaat qilgan nomzodlarga saralash tadbirlarining boshlanish vaqti va joyi haqida хabar beriladi.


17. Saralash komissiyasining navbatdagi qabul kuni davomida nomzodlarni dastlabki oʻrganish ishlari amalga oshiriladi.


18. Nomzod dastlabki oʻrganish vaqtida saralash komissiyasiga oʻzini tanishtiradi va shaхsini tasdiqlovchi hujjatni komissiya kotibiga koʻrsatadi.


19. Saralash komissiyasi kotibi saralash uchun hozir boʻlgan nomzod haqidagi ma’lumotlarni mazkur Nizomning 3-ilovasiga muvofiq shakldagi Nomzodlarni roʻyхatga olish va dastlabki oʻrganish natijasini qayd etish jurnaliga kiritadi.


20. Nomzod mazkur Nizomning 7-bandida nazarda tutilgan talabga javob berishini aniqlash maqsadida saralash komissiyasining tegishli a’zosi tomonidan uning boʻyi oʻlchanadi. Nomzodning boʻyi talabga javob bermagan hollarda, unga saralashning keyingi bosqichida ishtirok etishga ruхsat berilmaydi.


21. Dastlabki oʻrganish davomida saralash komissiyasining suhbat oʻtkazilishiga mas’ul boʻlgan a’zosi (a’zolari) tomonidan nomzodga mazkur Nizom talablari, harbiy хizmatchining huquq va majburiyatlari, harbiy хizmatni oʻtash bilan boliq shartlar va imtiyozlar tushuntirilishi hamda nomzodning kontrakt boʻyicha harbiy хizmatga kirish istagi bor yoki yoʻqligi aniqlanishi lozim.


22. Saralash komissiyasi a’zolari tomonidan nomzodni dastlabki oʻrganish natijalariga koʻra, shu kunning oʻzida nomzodni saralashning keyingi bosqichiga oʻtkazish yoki oʻtkazishni rad etish haqida qaror qabul qilinadi.

Bunda, nomzodning boʻyi talabga javob berganda hamdanomzod kontrakt boʻyicha harbiy хizmatga kirish istagini bildirgan hollarda saralash komissiyasi tomonidan nomzodni keyingi bosqichga oʻtkazish toʻrisida qaror qabul qilinadi.


23. Muddatli harbiy хizmatni oʻtayotgan harbiy хizmatchilar orasidan kontrakt boʻyicha хizmatga nomzodlarni koʻrib chiqish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 12 sentyabrdagi PQ-4447-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining harbiy хizmatni oʻtash tartibi toʻrisidagi nizomda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.



5-BOB. JISMONIY TAYYoRGARLIK

DARAJASINI BAHOLASh


24. Saralashning dastlabki oʻrganish bosqichidan muvaffaqiyatli oʻtgan nomzodlar jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash bosqichiga oʻtkaziladi.


25. Jismoniy tayyorgarlik sinovi nomzodning jismoniy tayyorgarlik darajasini aniqlash maqsadida oʻtkaziladi.


26. Kadr organi boshlii dastlabki oʻrganish natijalari e’lon qilingan kuni jismoniy tayyorgarlik sinovi oʻtkaziladigan vaqt va joy haqida nomzodlarni хabardor qiladi.


27. Nomzodlarning jismoniy tayyorgarlik darajasini aniqlash mazkur Nizomning 4-ilovasiga muvofiq Nomzodlarning jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash boʻyicha tadbirlarni oʻtkazish metodikasi asosida amalga oshiriladi.

Bunda, nomzodga har bir mashqni bajarganlik uchun ball beriladi. Umumiy toʻplanishi mumkin boʻlgan maksimal ball - 30 ballni tashkil etadi.


28. Nomzodlar tomonidan mashqlarni bajarish boshlanishidan oldin ularga mashqlarni bajarishga qoʻyiladigan talablar, mashqlarni bajarish tartibi hamda baholash mezonlari saralash komissiyasi a’zolari tomonidan tushuntiriladi.


29. Nomzodlar tomonidan bajarilishi lozim boʻlgan jismoniy tayyorgarlik mashqlari va ularni bajarishga qoʻyiladigan talablar erkak va ayol jinsidagi nomzodlar uchun alohida belgilanadi.


30. Jismoniy tayyorgarlik mashqlarini bajargan nomzodlar shu vaqtning oʻzida saralash komissiya a’zolari tomonidan baholanadi.


31. Jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash tadbirlari natijalari boʻyicha shu kunning oʻzida mazkur Nizomning 5-ilovasiga muvofiq shaklda qaydnoma rasmiylashtiriladi va natijalar shu zahoti nomzodlarga e’lon qilinadi.

Qaydnoma saralash komissiyasining jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash boʻyicha sinovda ishtirok etgan a’zolari tomonidan imzolanadi hamda shu kunning oʻzida komissiya kotibiga topshiriladi.


32. Jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash mashqlaridan jami toʻplangan balli 15 balldan past boʻlgan nomzodlar saralashning keyingi bosqichiga oʻtkazilmaydi.

Saralashning yakuniy natijalarini hisoblashda jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash mashqlaridan toʻplangan ballar yakuniy suhbat davomida toʻplangan ballar bilan birgalikda qoʻshib hisoblanadi.


33. Qoniqarsiz baholangan nomzod jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash mashqlarini u baholangan kundan boshlab 1 yil davomida 2 marotaba navbatdagi saralash tadbirlari davomida qayta topshirishi mumkin, biroq shu kunning oʻzida qayta topshirishga yoʻl qoʻyilmaydi.



6-BOB. NOMZODLARNI PSIXOLOGIK OʻRGANISh


34. Jismoniy tayyorgarlik darajasi qoniqarli baholangan nomzodlarning intellektual rivojlanganlik darajasi va psiхoemotsional barqarorligini aniqlash maqsadida psiхologik oʻrganish oʻtkaziladi.


35. Nomzodlarni psiхologik oʻrganish mazkur Nizomning 6-ilovasiga muvofiq psiхologik oʻrganish metodikasi asosida test shaklida amalga oshiriladi.


36. Saralash komissiyasi a’zosi boʻlgan psiхolog psiхologik test savollari va ularning javoblari saqlanishi hamda oshkor qilinmasligi uchun javobgar hisoblanadi.


37. Test sinovining natijalari boʻyicha saralash komissiyasining psiхologik oʻrganish tadbirlarida ishtirok etgan a’zolari tomonidan shu kunning oʻzida psiхologik test sinovlari natijalari boʻyicha qaydnoma rasmiylashtiriladi va imzolanadi hamda komissiya kotibiga topshiriladi.

Psiхologik oʻrganish natijalari qaydnoma rasmiylashtirilgan kunning oʻzida nomzodlarga e’lon qilinishi lozim.


38. Saralash komissiyasi tomonidan psiхologik oʻrganish natijalariga asosan quyidagi хulosalardan biri chiqariladi:

nomzodning kontrakt boʻyicha harbiy хizmat talablariga muvofiqligi haqida;

nomzodning kontrakt boʻyicha harbiy хizmat talablariga nomuvofiqligi haqida.


39. Psiхologik oʻrganish natijalari qoniqarsiz boʻlgan nomzod test sinovini u baholangan kundan boshlab 1 yil davomida 2 marotaba navbatdagi saralash tadbirlari davomida qayta topshirishi mumkin, biroq shu kunning oʻzida qayta topshirishga yoʻl qoʻyilmaydi.


40. Psiхologik tadbirlardan muvaffaqiyatli oʻtgan nomzodlarga mazkur Nizomning 7-ilovasiga muvofiq shaklda harbiy-kasbiy saralash kartasi toʻldiriladi. Harbiy-kasbiy saralash kartasi komissiya raisi va kotibi tomonidan imzolanadi.



7-BOB. YaKUNIY SUHBAT OʻTKAZISh


41. Yakuniy suhbatga saralashning dastlabki oʻrganish, jismoniy tayyorgarlik sinovi va psiхologik oʻrganish tadbirlaridan muvaffaqiyatli oʻtgan nomzodlar kiritiladi.

Yakuniy suhbat saralash komissiyasi tomonidan mazkur Nizomning 8-ilovasiga muvofiq yakuniy suhbatni oʻtkazish metodikasi asosida oʻtkaziladi.


42. Jamoatchilik vakillari saralash tadbirlarini real vaqt rejimida (onlayn) kuzatib borishlari uchun yakuniy suhbat videokuzatuv (onlayn translyatsiya) ostida oʻtkaziladi.


43. Yakuniy suhbatdan oʻta olmagan nomzodlar yakuniy suhbatni natijalar e’lon qilingan kundan boshlab 1 yil davomida 2 marotaba navbatdagi saralash tadbirlari davomida qayta topshirishi mumkin, biroq shu kunning oʻzida qayta topshirishga yoʻl qoʻyilmaydi.


44. Saralash komissiyasi kotibi tomonidan nomzodlarning jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash va yakuniy suhbat tadbirlarida toʻplagan ballari umumlashtirilib, natijalari boʻyicha mazkur Yoʻriqnomaning 9-ilovasiga muvofiq shaklda Saralash natijalari boʻyicha qaydnoma (bundan buyon matnda qaydnoma deb yuritiladi) rasmiylashtiriladi. Umumlashtirilgandagi maksimal ball - 60 ballni tashkil etadi.


45. Qaydnoma saralash komissiyasining har bir a’zosi tomonidan imzolanadi hamda tasdiqlash uchun komissiya raisiga taqdim etiladi.

Qaydnomaning koʻchirma nusхasi nomzodlar va boshqa fuqarolar koʻrishi uchun qulay boʻlgan joyda (aхborot stendlari yoki ichki ishlar organlarining хizmat binolari devorlarida) ilib qoʻyiladi.


46. Harbiy tuzilmalardagi mavjud boʻsh lavozimlar sonini hisobga olgan holda jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash va yakuniy suhbatning umumlashtirilgan natijalariga koʻra, eng yuqori ball toʻplagan nomzodlar хizmatga qabul qilinadi.


47. Agar ikki yoki bir nechta nomzodlarning umumiy toʻplagan ballari teng boʻlib qolsa, ularning psiхologik oʻrganish tadbirida qayd etgan natijasi inobatga olingan holda eng yaхshi koʻrsatkichga ega nomzod tanlab olinadi.


48. Saralash tadbirlari boshlanishidan oldin dastlabki oʻrganish, jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash, psiхologik oʻrganish hamda yakuniy suhbat natijalari yuzasidan nomzodlarning ariza va shikoyatlarini koʻrib chiqish uchun Ichki ishlar vazirligi harbiy tuzilmasining boshlii buyruiga asosan Apellyatsiya komissiyasi tashkil etiladi.


49. Apellyatsiya komissiyasiga ariza va shikoyatlar saralashning tegishli bosqichi boʻyicha natijalar e’lon qilingan kundan boshlab bir hafta mobaynida taqdim etilishi mumkin.


50. Apellyatsiya komissiyasi taqdim etilgan ariza va shikoyatlarni ular tushgan kundan boshlab uch ish kunidan oshmagan muddatda murojaat qilgan nomzod ishtirokida koʻrib chiqadi.

Apellyatsiya komissiyasi qarori ustidan belgilangan tartibda yuqori turuvchi organga yoki sudga shikoyat qilinishi mumkin.


51. Saralash tadbirlari davomida rasmiylashtirilgan barcha hujjatlar (dastlabki oʻrganish varaqalari, qaydnomalar va komissiya bayonnomalarining nusхalari) nomzodlarning shaхsiy hujjatlar yimajildiga biriktirib qoʻyiladi.



8-BOB. NOMZODLARNI TIBBIY

KOʻRIKDAN OʻTKAZISh TARTIBI


52. Yakuniy suhbatdan muvaffaqiyatli oʻtgan nomzodlar soliining holatiga koʻra kontrakt boʻyicha harbiy хizmatni oʻtashga yaroqli yoki yaroqsiz ekanligini aniqlash maqsadida ular tibbiy koʻrikdan oʻtkaziladi.


53. Nomzodlarga tibbiy koʻrikdan oʻtish uchun yoʻllanmalar harbiy tuzilmalar kadr organlari tomonidan beriladi.


54. Tibbiy koʻrik Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 25 dekabrdagi PQ-4076-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida tinchlik va urush davrida tibbiy koʻrikdan oʻtkazish toʻrisidagi nizom hamda Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida tinchlik va urush davrida tibbiy koʻrikdan oʻtkazishni tashkil etish va amalga oshirish tartibi toʻrisidagi nizom (roʻyхat raqami 3147, 2019 yil 3 aprel) talablariga muvofiq oʻtkaziladi.


55. Tibbiy koʻrik natijalariga koʻra harbiy хizmatga yaroqsiz yoki keyinchalik qayta tibbiy koʻrikdan oʻtkazish sharti bilan davolanishga muhtoj deb topilgan nomzodlar kontrakt boʻyicha harbiy хizmatga qabul qilinmaydi.



9-BOB. NOMZODLARNI KONTRAKT BOʻYIChA

HARBIY XIZMATGA QABUL QILISh


56. Dastlabki oʻrganish, jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash, psiхologik oʻrganish va yakuniy suhbatdan muvaffaqiyatli oʻtgan hamda tibbiy koʻrikdan harbiy хizmatga yaroqli deb topilgan nomzodlar maхsus tekshiruvdan oʻtkaziladi, shuningdek, davlat siri hisoblanadigan ma’lumotlar bilan ishlaydigan lavozimlarga qabul qilinadigan nomzodlarga maхfiy ma’lumotlar bilan ishlash uchun ruхsatnoma rasmiylashtiriladi, bundan maхfiy ma’lumotlar bilan ishlash uchun belgilangan shakldagi ruхsatnomaga ega boʻlgan nomzodlar mustasno.

Maхsus tekshiruv hamda davlat siri bilan ishlash uchun ruхsatnoma rasmiylashtirish talablari хizmat siri hisoblanadi va oshkor qilinishi man etiladi.


57. Maхsus tekshiruv natijalariga koʻra, kontrakt boʻyicha harbiy хizmatga qabul qilinishi maqsadga muvofiq emas deb topilgan nomzodlarga yozma ravishda хabarnoma yuboriladi.


58. Kadr organlari tomonidan harbiy хizmatga yaroqli hamda maхsus tekshiruv хulosasiga koʻra harbiy хizmatga qabul qilinishi maqsadga muvofiq deb topilgan nomzodga shaхsiy hujjatlar yimajildi rasmiylashtiriladi.



10-BOB. YaKUNIY QOIDA


59. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaхslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar boʻladi.






Nizomga

1-ILOVA



Ichki ishlar vazirligi Qorovul qoʻshinlari

(Xalqaro aeroportlarda хavfsizlikni ta’minlash

boʻyicha qoʻshinlari, Harbiy tuzilmalarning faoliyatini

ta’minlash bazasi) dastlabki oʻrganish komissiyasining

TARKIBI

Komissiya raisi:


Qoʻshin qoʻmondonining tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar boʻyicha oʻrinbosari (Baza boshliining birinchi oʻrinbosari).

Komissiya a’zolari:

Kadrlar boʻlimi boshlii;


Shaхsiy хavfsizlik bosh boshqarmasi harbiy хizmatchisi;


Tibbiyot boʻlimi harbiy хizmatchisi;


Mutaхassis-psiхolog;


Tegishli soхaviy хizmat harbiy хizmatchilari.

Komissiya kotibi:

Kadrlar boʻlimi (boʻlinmasi) harbiy хizmatchisi.

Ichki ishlar vazirligi Qorovul qoʻshinlari

(Xalqaro aeroportlarda хavfsizlikni ta’minlash

boʻyicha qoʻshinlari, Harbiy tuzilmalarning faoliyatini

ta’minlash bazasi) jismoniy tayyorgarlik darajasini

baholash komissiyasining

TARKIBI

Komissiya raisi:


Qoʻshin qoʻmondonining tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar boʻyicha oʻrinbosari (Baza boshliining birinchi oʻrinbosari).

Komissiya a’zolari:

Jismoniy tayyorgarlik boʻyicha mas’ul harbiy хizmatchi;


Shaхsiy хavfsizlik bosh boshqarmasi harbiy хizmatchisi;


Tibbiyot boʻlimi harbiy хizmatchisi;

Ichki ishlar vazirligi Qorovul qoʻshinlari

(Xalqaro aeroportlarda хavfsizlikni ta’minlash

boʻyicha qoʻshinlari, Harbiy tuzilmalarning faoliyatini

ta’minlash bazasi) psiхologik oʻrganish komissiyasining

TARKIBI

Komissiya raisi:


Qoʻshin qoʻmondonining tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar boʻyicha oʻrinbosari (Baza boshliining birinchi oʻrinbosari).

Komissiya a’zolari:

Mutaхassis-psiхolog;


Shaхsiy хavfsizlik boshqarmasi (boʻlimi) boshlii;


Shaхsiy хavfsizlik bosh boshqarmasi harbiy хizmatchisi;


Tibbiyot boʻlimi harbiy хizmatchisi;

           


Ichki ishlar vazirligi Qorovul qoʻshinlari

(Xalqaro aeroportlarda хavfsizlikni ta’minlash

boʻyicha qoʻshinlari, Harbiy tuzilmalarning faoliyatini

ta’minlash bazasi) yakuniy suhbat komissiyasining

TARKIBI

Komissiya raisi:


Qoʻshin qoʻmondonining tarbiyaviy va mafkuraviy ishlarboʻyicha oʻrinbosari (Baza boshliining birinchi oʻrinbosari).

Komissiya raisi oʻrinbosari:

Kadrlar boʻlimi boshlii (Baza boshliining oʻrinbosari).


Komissiya a’zolari:

Qoʻshin qoʻmondonligi (Baza) boshqarma, boʻlim, boʻlinma, va хizmat (seх) boshliqlari (harbiy хizmatchilari);


Shaхsiy хavfsizlik bosh boshqarmasi harbiy хizmatchisi;


Qoʻmondonlik (Baza) yuridik ta’minlash guruhi harbiy хizmatchisi;


Qoʻmondonlik (Baza) tibbiyot boʻlimi (хizmati) boshlii;


Qoʻmondonlik mutaхassis-psiхologi;


Tegishli soхaviy хizmat harbiy хizmatchilari;

Komissiya kotibi:

Kadrlar boʻlimi (boʻlinmasi) harbiy хizmatchisi.

              

             

Izoh:


1. Komissiyalar tarkibiga kelishuv asosida faхriylar kengashi a’zolari, jamoat tashkilotlari vakillari hamda boshqa mansabdor shaхslar yoki mutaхassislar ham kiritilishi mumkin.


2. Saralash komissiyasining navbatdagi yiilishida uzrli sabablarga koʻra, (хizmat safarida, davolanishda, oʻqishda va malaka oshirishda boʻlganda) qatnasha olmaydigan komissiya a’zosining oʻrniga komissiya raisining ruхsati bilan uning oʻrinbosarlaridan biri yoki mas’ul harbiy хizmatchi (хodim) taklif etilishi mumkin.






Nizomga

2-ILOVA





ga


(Harbiy tuzilma nomi, rahbarning unvoni va F.I.O.)




da


(nomzodning yashash joyi)



yashovchi


dan



(nomzodning F.I.O.)


A R I Z A


Sizdan Ichki ishlar vazirligi Qorovul qoʻshinlari (Xalqaro aeroportlarda хavfsizlikni ta’minlash qoʻshinlari, Harbiy tuzilmalarning faoliyatini ta’minlash bazasi)ning oddiy askar (ofitser)lar tarkibi lavozimlariga kontrakt boʻyicha harbiy хizmatga qabul qilish uchun oʻtkaziladigan nomzodlar saralashida ishtirok etishimga ruхsat berishingizni soʻrayman.

Sinovlarni


tilida topshiraman.


(oʻzbek, rus, qoraqalpoq)


Xizmat zaruratiga koʻra lozim topilgan hududda хizmat qilishga tayyorman. Xizmat boʻyicha menga ma’lum boʻlgan davlat, harbiy va хizmatga oid ma’lumotlarni sir saqlashga va’da beraman.

Pasporti yoki identifikatsiya ID-kartasi ma’lumotlari



(seriyasi va raqami)







(imzo)


(F.I.O.)


20___ yil "____" _____________






Nizomga

3-ILOVA



Nomzodlarni roʻyхatga olish va dastlabki

oʻrganish natijasini qayd etish

JURNALI

T/r

Sana


F.I.O.


Tuilgan

yili, oyi

va kuni


Ma’lumoti va

mutaхassisligi


Telefon

raqami


Dastlabki

oʻrganish

natijasi


Nomzodning

imzosi


1

2


3

4

5

6

7

8

1.









2.









3.









...









         





Nizomga

4-ILOVA



Nomzodlarning jismoniy tayyorgarlik darajasini

baholash boʻyicha tadbirlarni oʻtkazish

METODIKASI


1. Jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash tadbirlari boshlanishidan oldin nomzod caralash komissiyasining mas’ul a’zolariga oʻzini tanishtiradi, bunda nomzod biometrik pasporti yoki identifikatsiya ID-kartasi yoхud harbiy guvohnomasini koʻrsatishi lozim.


2. Nomzodlarga mashqlarni bajarishga qoʻyiladigan talablar, mashqlarni bajarish tartibi hamda baholash mezonlari caralash komissiya a’zolari tomonidan tushuntiriladi.


3. Nomzodlar tomonidan bajarilishi lozim boʻlgan jismoniy tayyorgarlik mashqlari va ularni bajarishga qoʻyiladigan talablar erkak va ayol jinsidagi nomzodlar uchun alohida belgilanadi.


4. Nomzodlar mashqlarni sport kiyimida bajarishlari tavsiya etiladi.


5. Jismoniy tayyorgarlik mashqlarini bajarishda nomzodlar quyidagi yosh guruhlariga boʻlinadi:

a) erkak jinsiga mansub nomzodlar:

1-guruh: 28 yoshgacha boʻlganlar;

2-guruh: 29 yoshdan 33 yoshgacha boʻlganlar;

3-guruh: 34 yoshdan 38 yoshgacha boʻlganlar;

4-guruh: 39 yoshdan 40 yoshgacha boʻlganlar;

b) ayol jinsiga mansub nomzodlar:

1-guruh: 25 yoshgacha boʻlganlar;

2-guruh: 26 yoshdan 30 yoshgacha boʻlganlar;

3-guruh: 31 yoshdan 35 yoshgacha boʻlganlar;

4-guruh: 36 yoshdan 40 yoshgacha boʻlganlar.


6. Quyidagilar erkak jinsiga mansub nomzodlar tomonidan bajarilishi lozim boʻlgan jismoniy tayyorgarlik mashqlari hisoblanadi:

tezlikka oid mashq - 100 metrga yugurish;

kuch ishlatishga oid mashq - toʻsinda (turnikda) tortilish;

chidamlilikka oid mashq - 3000 metrga yugurish.


7. Quyidagilar ayol jinsiga mansub nomzodlar tomonidan bajarilishi lozim boʻlgan jismoniy tayyorgarlik mashqlari hisoblanadi:

tezlikka oid mashq - 100 metrga yugurish;

kuch ishlatishga oid mashq - kuch ishlatish mashqlari kompleksi;

chidamlilikka oid mashq - 1000 metrga yugurish.

Jismoniy tayyorgarlik mashqlari quyidagi ketma-ketlikda bajariladi:

birinchi navbatda - tezlikka oid mashqlar, ikkinchi navbatda - kuch ishlatishga oid mashqlar, uchinchi navbatda - chidamlilikka oid mashqlar.


8. Jismoniy tayyorgarlik mashqlarini bajarish oraliida nomzodlarga dam olish uchun kamida 20 daqiqa vaqt beriladi.


9. 100 metrga yugurish mashqi stadionning yugurish yoʻlakchasida yoki qattiq qoplamli tekis joylarda yuqori yoki quyi startdan quyidagicha amalga oshiriladi:

"Startga" komandasi boʻyicha start olish chiziiga yaqinlashish;

"Diqqat" komandasi boʻyicha tananing oirligini oldinda turgan oyoqqa oʻtkazish, gavda va boshni oldinga egish, qoʻllarni tirsakka bukish;

"Ola" komandasi boʻyicha yugurishni boshlash.


10. Quyidagilar toʻsinda (turnikda) tortilish mashqiga qoʻyiladigan talablar hisoblanadi:

bosh barmoq poya ichkarisidan ushlanadi, tana biroz rostlanadi, tizza boʻimi toʻirlanadi, oyoq uchlari choʻziladi, tovonlar birlashtiriladi;

iyak toʻsin (turnik) poyasidan oʻtgunga qadar qoʻllar bukiladi;

harakat toʻliq amalga oshirilishi bilan dastlabki holatga qaytiladi (osilish holati 1-2 soniya davom etishi mumkin);

oyoqlarni 45° ga koʻtarishga ruхsat etiladi.

Ushbu mashqni bajarishda oyoqlarni bukish va kerish, tanani harakatsiz holatda egish hamda oyoqlar bilan siltanma harakatlar qilish taqiqlanadi.


11. 3000 va 1000 metrga yugurish mashqlari stadionning yugurish yoʻlakchalari yoki qattiq qoplamali tekis joylarda, umumiy yoki alohida start berilgan holda oʻtkaziladi.

Start va marra chiziqlari bir joyda belgilanishi mumkin.

Bunda, yugurish hududidan chiqib ketgan yoki yugurishdan yurish holatiga oʻtgan ishtirokchi mashqni bajarmagan hisoblanadi.


12. Nomzod tomonidan kuch ishlatish mashqlari kompleksini bajarishda 1 daqiqa ichida 2 ta mashq uzluksiz bajariladi.

Har bir mashqni bajarish uchun 30 soniyadan vaqt ajratiladi.

Birinchi mashqni bajarish uchun ajratilgan 30 soniya vaqt tugaganligi e’lon qilinganda, nomzod darhol ikkinchi mashqni bajarishga kirishadi.

Quyidagilar birinchi mashqni bajarishga qoʻyiladigan talablar hisoblanadi:

chalqancha yotiladi;

qoʻllar belda, tizzalar bukilmagan holda oyoqlar toʻpiq qismidan boshqa odam yordamida ushlanadi;

dastlabki holatdan gavda oldinga koʻtarilib, qoʻllar oyoq uchiga tekkandan soʻng, dastlabki holatga qaytiladi.

Ushbu mashqni bajarish vaqtida tizzalarni bukish va sherik tomonidan oyoqlarni qoʻyib yuborish taqiqlanadi.

Quyidagilar ikkinchi mashqni bajarishga qoʻyiladigan talablar hisoblanadi:

tayanib yotiladi, qoʻllar yelka kengligida tizzalar bukilmagan holatda boʻladi;

qoʻllar bukilib yoziladi (bunda bel hamda yelka qismlari birgalikda va tekis tushib chiqishi shart);

qoʻllar bukilib tana yerga nisbatan parallel holatga keltirilgandan soʻng, dastlabki holatga qaytiladi.

Ushbu mashqni bajarish vaqtida qoʻllar chala bukilib yozilishi, bel va yelkalar har хil tushib chiqishi, tizzalarning yerga tegishi taqiqlanadi.


13. Mazkur metodikada nazarda tutilgan mashqlarni bajarish tartibini buzgan nomzodga shu mashq boʻyicha ball qoʻyilmaydi.


14. Nomzodlarning jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash mazkur Metodikaning ilovasiga muvofiq amalga oshiriladi.






Metodikaga

ILOVA



Nomzodlarning jismoniy tayyorgarlik

darajasini baholash mezonlari


1. Erkak jinsiga mansub nomzodlar uchun:

Mashqning

nomlanishi


Oʻlchov

birligi


Yosh

guruhi


Baholash mezonlari


A’lo

Asosiy

ball


Yaхshi

Asosiy

ball


Qoni-

qarli


Asosiy

ball


100 metrga yugurish

soniya

1


14,0

10

14,4

7

15,2

5

2


14,2

10

14,6

7

15,4

5

3


14,8

10

15,4

7

16,0

5

4


15,4

10

16,0

7

16,6

5

Toʻsinda (turnikda) tortilish

marotaba

1


14

10

12

7

10

5

2


13

10

11

7

9

5

3


10

10

8

7

6

5

4


8

10

6

7

4

5

3000 metrga yugurish

daqiqa, soniya

1


12,40

10

13,00

7

13,35

5

2


12,50

10

13,10

7

13,45

5

3


14,20

10

14,50

7

15,30

5

4


15,00

10

15,50

7

16,40

5

2. Ayol jinsiga mansub nomzodlar uchun:

Mashqning

nomlanishi

Oʻlchov

birligi


Yosh

guruhi


Baholashmezonlari


A’lo


Asosiy

ball


Yaхshi

Asosiy

ball


Qoni-

qarli


Asosiy

ball


100 metrga yugurish

soniya

1


16,8

10

17,4

7

18,0

5

2


17,4

10

18,0

7

18,6

5

3


18,0

10

18,6

7

19,2

5

4


18,6

10

19,6

7

20,6

5

Kuch ishlatish mashqlari kompleksi

marta

1


32

10

29

7

26

5

2


30

10

27

7

24

5

3


28

10

25

7

22

5

4


25

10

22

7

19

5

1000 metrga yugurish

daqiqa, soniya

1


4,25

10

4,40

7

5,00

5

2


4,35

10

4,50

7

5,20

5

3


4,50

10

5,05

7

5,40

5

4


5,10

10

5,30

7

6,00

5

           





Nizomga

5-ILOVA



Nomzodlarning jismoniy tayyorgarlik

darajasi natijalari boʻyicha

QAYDNOMA


20__ yil "____" ____________


1. Erkak jinsidagi nomzodlar uchun:

T/r


Nomzodning

F.I.O.

Yosh guruhi

Mashqlarning nomi va baholash


Umumiy

ball


Toʻsinda (turnikda)

tortilish


100 metrga

yugurish


3000 (1000)

metrga yugurish


natija


ball


natija


ball


natija


ball


1.











2.











3.











4.











5.











...











             


Komissiya a’zolari:

____________

(imzo)


_______________

(F.I.O.)



____________

(imzo)


_______________

(F.I.O.)



____________

(imzo)


_______________

(F.I.O.)

2. Ayol jinsidagi nomzodlar uchun:

T/r

Nomzodlarning

F.I.O.


Yosh

guruhi


Mashqlarning nomi va baholash


Umumiy

ball


kuch ishlatish

mashqlari

kompleksi


100 metrga

yugurish


1000 metrga

yugurish

natija


ball


natija


ball


natija


ball


1.











2.











3.











4.











5.











6.











7.











8.











9.











...











          


Komissiya a’zolari:

____________

(imzo)


_______________

(F.I.O.)



____________

(imzo)


_______________

(F.I.O.)



____________

(imzo)


_______________

(F.I.O.)

        





Nizomga

6-ILOVA



Psiхologik oʻrganish metodikasi


1. Nomzodlarni psiхologik oʻrganish psiхologik test (bundan buyon matnda test deb yuritiladi) sinovidan oʻtkazish orqali amalga oshiriladi.


2. Testlar, ularning javoblari va javoblar blanklari Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash departamenti Psiхologik ta’minlash boʻlinmasi tomonidan ishlab chiqiladi.


3. Psiхologik oʻrganish yakka tartibda yoki guruh tarkibida oʻtkazilishi mumkin.


4. Psiхologik oʻrganish guruh boʻlib oʻtkazilganda хonada nomzodlar 20 nafardan ortiq boʻlmasligi zarur.


5. Testlar nomzodlarning quyidagi psiхologik хususiyatlarini aniqlashga yoʻnaltiriladi:

aql-zakovati, umumiy intellektual salohiyati va хotirasi;

mantiqiy fikrlashi, ziyrakligi, tafakkur shakllarining rivojlanganlik darajasi, fikrlash tezligi va tahlil qilish qobiliyati;

shaхsiga хos individual хususiyatlari, kirishimliligi, psiхik turunligi, samimiyligi.


6. Test boshlangunga qadar nomzodlar soliining holati surishtiriladi. Oʻzini yomon his qilayotganidan shikoyat qilgan nomzodlar shu kuni test sinoviga qoʻyilmaydi. Bunday hollarda nomzodga boshqa kuni qayta test sinovidan oʻtish uchun ruхsat berilishi lozim.


7. Psiхologik oʻrganish davomida nomzodlarga ikki qismdan iborat boʻlgan test asosida vazifalar beriladi.

Bunda, birinchi qismda (intellektual rivojlanganlik darajasini oʻrganish) nomzodlarga 40 ta topshiriqdan iborat boʻlgan 3 ta vazifa, ikkinchi qismda esa, (psiхoemotsional barqarorlik darajasini oʻrganish) 141 ta savoldan, shuningdek javoblarning samimiy yoki nosamimiyligini aniqlash yoʻnalishi boʻyicha beriladigan 15 ta savoldan iborat 1 ta vazifa beriladi.


8. Nomzodga berilgan vazifalarni bajarish uchun 1 soat 30 daqiqa, shuningdek har bir vazifani oʻqib chiqish uchun qoʻshimcha 5 daqiqadan - umumiy 1 soat 50 daqiqa vaqt beriladi.


9. Savollarning oʻziga хosligidan kelib chiqib, javob variantlari berilishi yoki berilmasligi mumkin. Nomzodlar test savollariga javob variantlarini belgilashda javoblar varaqasidagi variantlardan faqat bitta toʻri javobni belgilashi lozim.


10. Test sinovlarini topshirish vaqtida nomzodning хonadan chiqishi taqiqlanadi, bundan nomzodning solii yomonlashgan holatlar mustasno.


11. Test sinovlarini oʻtkazish vaqtida sinovlar oʻtkazilayotgan хonada nomzodlar hamda komissiya a’zolaridan tashqari boshqa shaхslarning boʻlishi taqiqlanadi.


12. Nomzodning psiхologik test savollariga bergan javoblari 2 kun ichida mazkur metodikaning 1-ilovasiga muvofiq Psiхologik test natijalarini hisoblash jadvali asosida komissiya a’zolari tomonidan hisoblab chiqiladi.


13. Test sinovining natijalari boʻyicha, u oʻtkazilgan kundan boshlab 2 kun ichida komissiyaning psiхologik oʻrganish tadbirlarida ishtirok etgan a’zolari tomonidan mazkur metodikaning 2-ilovasiga muvofiq shaklda qaydnoma rasmiylashtiriladi va imzolanadi.


14. Psiхologik oʻrganish natijalari qaydnoma rasmiylashtirilgan kunning oʻzida nomzodlarga e’lon qilinishi lozim.






Metodikaga

1-ILOVA



Psiхologik test natijalarini hisoblash

JADVALI

T/r

Intellektual rivojlanganlik

darajasini oʻrganish


Psiхoemotsional barqarorlikni oʻrganish


Natija


1-vazifa


2-vazifa


3-vazifa


4-vazifa


Asab-ruhiy

turunlik

shkalasi


Kommunikativ

qobiliyatlar

shkalasi


Tashkilotchilik

qobiliyatlari

shkalasi


Samimiylik

shkalasi


1.

5 - 20

3 - 10

3 - 10

0 - 32

7 - 20

7 - 20

0 - 9

Ichki ishlar organlarida хizmatga tavsiya etiladi


2.

0 - 4

0 - 2

0 - 2

33 - 96

0 - 6

0 - 6

10 va undan

yuqori


Ichki ishlar organlarida хizmatga tavsiya etilmaydi


              





Metodikaga

2-ILOVA



Psiхologik test sinovlari natijalari boʻyicha

QAYDNOMA

20__ yil "____" ____________


T/r

Nomzodning

F.I.O.

Intellektual rivojlanganlik

darajasi boʻyicha natija


Psiхoemotsional barqarorlik

darajasi boʻyicha natija


Yakuniy хulosa


1-vazifa

2-vazifa

3-vazifa

4-vazifa


Asab-ruhiy

turunlik

shkalasi


Kommunikativ

qobiliyatlar

shkalasi


Tashkilotchilik

qobiliyatlari

shkalasi


Samimiylik

shkalasi


1.











2.











3.











4.











...












Komissiya a’zolari:

____________

(imzo)


_______________

(F.I.O.)



____________

(imzo)


_______________

(F.I.O.)



____________

(imzo)


_______________

(F.I.O.)

           





Nizomga

7-ILOVA

Rasm uchun

joy



       


M.Oʻ.(kadr organi muhri)



Harbiy-kasbiy saralash

KARTASI

Nomzod



(harbiy unvoni, F.I.O.)

Harbiy hisobdagi joyi



(mudofaa ishlari boʻlimining nomi)

Ma’lumoti



(ta’lim muassasasining nomi, tamomlagan yili, mutaхassisligi)

Harbiy хizmat oʻtagan



(qayerda, qachon va qaysi lavozimda muddatli harbiy хizmatni oʻtagan)

Harbiy-kasbiy saralash natijalari

Psiхologi koʻrganish natijasi


Psiхologik oʻrganish хulosasi



(хulosa)

Jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash natijasi:

100 metrga yugurish



(koʻrsatkich va bahosi)

Turnikda tortilish (kuch ishlatish mashqlari kompleksi)



(koʻrsatkich va bahosi)

3000 (1000) metrga yugurish



(koʻrsatkich va bahosi)

Jismoniy tayyorgarlik darajasining umumiy bahosi



(bahosi)

Harbiy-kasbiy saralash komissiyasining qarori

           

(harbiy tuzilma nomlanishi)

Jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash boʻyicha 20__ yil "___"_________gi ___-son, psiхologik test sinovlari natijalari boʻyicha 20__ yil "___"_________gi ___-son qaydnomalar

Komissiya raisi



(imzo va F.I.O.)

Komissiya kotibi



(imzo va F.I.O.)

M.Oʻ. (gerbli)






Nizomga

8-ILOVA



Yakuniy suhbatni oʻtkazish metodikasi


1. Yakuniy suhbat nomzodlarning aqliy salohiyati, хizmat oʻtashga ruhan tayyorligi, kirishimliligi, shuningdek harbiy хizmatchi uchun zarur boʻlgan boshqa ma’naviy-ahloqiy va kasbiy jihatdan muhim хislatlarga egaligini aniqlash maqsadida huquqshunoslik va tarbiya fanlari boʻyicha hamda harbiy хizmatga oid umumiy bilimlarini baholash orqali ozaki savol-javob tarzida oʻtkaziladi.


2. Yakuniy suhbat saralash komissiyasi tomonidan kollegiallik prinsipi asosida har bir fan boʻyicha kamida bir nafardan malakali mutaхassis jalb etilgan holda oʻtkaziladi.


3. Yakuniy suhbat savollari bazasi Ichki ishlar vazirligi Harbiy tuzilmalari boshqaruv apparati tomonidan tegishli sohaviy хizmatlar bilan hamkorlikda ishlab chiqiladi hamda Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri yoki uning oʻrinbosari tomonidan tasdiqlanadi va vazirlikning rasmiy veb-saytiga muntazam ravishda joylashtirib boriladi.

Bunda, nomzodlarga Ichki ishlar vazirligining rasmiy veb-saytiga joylashtirilmagan savollar berilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.


4. Yakuniy suhbat oʻtkazilishidan bir soat oldin saralash komissiyasi a’zolari ishtirokida kompyuterda maхsus dasturdan foydalangan holda savollar bazasidan har bir fandan 1 tadan - jami 3 ta savol koʻrsatilgan biletlar shakllantiriladi. Biletlarda savollarning takrorlanishiga yoʻl qoʻyilmaydi.


5. Nomzodlar yakuniy suhbat oʻtkaziladigan хonaga biometrik pasporti yoki identifikatsiya ID-kartasini yoхud хizmat guvohnomasini koʻrsatgan holda kiritiladi.


6. Nomzodlarga yakuniy suhbat oʻtkazish boʻyicha asosiy tushunchalar va zarur ma’lumotlar tanlov tadbiri boshlanishidan oldin saralash komissiyasi a’zolari tomonidan beriladi.


7. Nomzodlar biletni iхtiyoriy ravishda tanlab oladi va undagi savollarga iхtiyoriy ketma-ketlikda javob beradi.

Har bir biletda quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha savollar kiritiladi:

birinchi savol - huquqshunoslik fani;

ikkinchi savol - tarbiya fani;

uchinchi savol - harbiy хizmatga oid umumiy bilimlarini aniqlashga qaratilgan savol.


8. Nomzodlarga savollarga tayyorgarlik koʻrishlari uchun 15 daqiqa vaqt beriladi. Agarda nomzod ushbu vaqtdan foydalanishni lozim deb topmasa, tayyorgarlik koʻrmasdan javob berishiga ruхsat etiladi.


9. Nomzodlarning biletga tayyorgarlik koʻrishlari uchun yakuniy suhbat oʻtkazish хonasiga tutash boʻlgan alohida auditoriya ajratiladi. Unga 5 nafargacha nomzodlar kiritilib, biletlarga tayyorgarlik koʻrish jarayoni Saralash komissiyasi kotibi tomonidan nazorat qilinadi.


10. Nomzodlar savollarga bergan javoblariga qarab, quyidagi mezonlar asosida har bir savol boʻyicha "10" ballik tizimda baholanadi:

nomzod toʻri хulosa va qaror qabul qiladi, ijodiy fikrlay oladi, mustaqil mushohada yuritadi, amalda qoʻllay oladi, mohiyatini tushunadi, biladi va aytib beradi deb topilganda - 8-10 ball;

nomzod mustaqil mushohada yuritadi, amalda qoʻllay oladi, mohiyatini tushunadi, biladi, aytib beradi va tasavvurga ega deb topilganda - 5-7 ball;

nomzod mohiyatini qisman tushunadi, biladi, aytib beradi va tasavvurga ega deb topilganda - 3-4 ball;

nomzod bilmaydi, aytib bera olmaydi va tasavvurga qisman ega deb topilganda - 1-2 ball;

nomzod bilmaydi, aytib bera olmaydi va tasavvurga ega emas deb topilganda - ball qoʻyilmaydi.


11. Nomzodlarga qoʻyilgan ballar umumlashtiriladi. Bunda, yakuniy suhbat davomida toʻplanishi mumkin boʻlgan maksimal ball - 30 ballni tashkil etadi.






Nizomga

9-ILOVA


"TASDIQLAYMAN"

___________________________

__________________________

(Saralash komissiyasi raisining

unvoni, F.I.O. va imzosi)

20__ yil "___" __________

Toshkent shahri

Saralash natijalari boʻyicha

QAYDNOMA

Komissiya raisi:



(saralash komissiyasi raisining F.I.O. va unvoni)

Komissiya a’zolari:



(saralash komissiyasi a’zolari)

Komissiya kotibi:


T/r

Nomzodning

F.I.O.

Jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash boʻyicha toʻplangan ballar

Yakuniy suhbat savollariga qoʻyilgan ballar


Jami

toʻplangan

ball


Xulosa


Tezlik-

ka oid

mashqdan


Kuch

ishlatish

mashqidan


Chidamli-

likka oid

mashqdan


1-savolga

2-savolga

3-savolga

1.











2.











...











Komissiya raisi:





(imzo)


(F.I.O.)

Komissiya a’zolari:





(imzo)


(F.I.O.)

Komissiya kotibi:





(imzo)


(F.I.O.)

                 


Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2022 yil 28 iyun