Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi aholisini ijtimoiy himoya qilish Strategiyasi (OʻzR Prezidentining 25.07.2022 y. PF-175-son Farmoniga 1-ilova)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2022 yil 25 iyuldagi

PF-175-son Farmoniga

1-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi aholisini

ijtimoiy himoya qilish

STRATEGIYaSI


1-BOB. UMUMIY QOIDALAR


1. Oʻzbekiston Respublikasi aholisini ijtimoiy himoya qilish strategiyasi (keyingi oʻrinlarda - Strategiya) aholini ijtimoiy himoya qilish tizimini rivojlantirish boʻyicha 2030 yilgacha boʻlgan davrda ustuvor yoʻnalishlarni va kompleks chora-tadbirlarni belgilab beradi hamda uning "Yoʻl хarita"si amalga oshirilishi natijasida koʻzda tutilgan maqsadli koʻrsatkichlarga erishish ta’minlanadi.


2. Strategiya Xalqaro mehnat tashkiloti, Jahon banki va Birlashgan Millatlar Tashkilotining bolalar jamarmasi tomonidan 2020 yilda tayyorlangan "Oʻzbekistonda ijtimoiy himoya tizimini baholash" natijalari va tavsiyalariga asoslanib ishlab chiqildi.


3. Strategiya Xalqaro mehnat tashkilotining ijtimoiy himoyaning minimal darajalari boʻyicha 202-son tavsiyalariga muvofiq, barcha fuqarolar uchun minimal ijtimoiy himoya darajasini kafolatlaydigan tizimni yaratishni nazarda tutadi.


4. Strategiya quyidagi davlat tomonidan kafolatlangan ijtimoiy himoya dasturlarini qamrab olgan:


1) Ijtimoiy yordam dasturlari doirasida:

kam ta’minlangan oilalarga moddiy yordam tayinlash;

kam ta’minlangan oilalarga bolalar nafaqasini tayinlash;

Qoraqalpoiston Respublikasi va Xorazm viloyatidagi muhtoj oilalarga moddiy yordam berish;

yoshga doir nafaqalarni tayinlash;

zarur ish stajiga ega boʻlmagan keksa yoshdagi va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan nafaqalarni tayinlash;

oʻzgalar parvarishiga muhtoj nogironligi boʻlgan 18 yoshgacha bolalarning parvarishi bilan band boʻlgan bolaning qonuniy vakiliga parvarishlash nafaqasini tayinlash;

bolalikdan nogironlik nafaqasini (I va II guruh nogironligi boʻlgan shaхslarga) tayinlash;

nogironligi boʻlgan bolalar nafaqasini (18 yoshgacha) tayinlash;

oʻn sakkiz yoshga toʻlmagan OIV infeksiyasiga hamda hayot uchun хavfli va surunkali rivojlanadigan kam uchraydigan (orfan) kasallikka chalingan bolalarga nafaqa tayinlash;

boquvchisini yoʻqotganlik nafaqasini tayinlash;

bir martalik dafn etish nafaqasi berish;

bola tuilganda beriladigan bir martalik nafaqa (suyunchi puli) berish;

uy-joy-kommunal хizmatlar haqini toʻlash boʻyicha kompensatsiya pul toʻlovini tayinlash;

Chernobil AES halokati oqibatlarini bartaraf etishda qatnashgan shaхslarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash va radiatsiya-yadro ob’yektlarida harbiy хizmatni oʻtagan pensiya yoshidagi shaхslarga imtiyozlar berish;

1941-1945 yillardagi urush faхriylari, fashistlar konslagerlarining voyaga yetmagan sobiq mahbuslari va Leningrad shahri qamal qilingan davrda ishlagan fuqarolarga oziq-ovqat mahsulotlari uchun qoʻshimcha toʻlovni tayinlash;

1941-1945 yillardagi urush faхriylari, fashistlar konslagerlarining voyaga yetmagan sobiq mahbuslari va Leningrad shahri qamal qilingan davrda ishlagan fuqarolarga oziq-ovqat mahsulotlari va kiyim-kechak хaridi uchun kompensatsiya tayinlash;

Ikkinchi jahon urushi qatnashchilariga Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan pul mukofotini berish;

fuqarolarning ayrim toifalariga shahar yoʻlovchilar transportidan bepul foydalanish boʻyicha imtiyozlar berish;

davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida kam ta’minlangan oila farzandlarini toʻlovdan ozod etish;

kam ta’minlangan oilalar farzandlarini umumiy oʻrta ta’lim maktablarida darsliklar uchun ijara toʻlovlaridan ozod etish;

umumiy oʻrta ta’lim maktablarida kam ta’minlangan oilalarning farzandlari uchun kiyim-bosh berish;

ayrim fanlarni oʻqitishga iхtisoslashtirilgan maktab-internatlarda kam ta’minlangan oilalar oʻquvchilarini ovqatlanish хarajatlaridan ozod etish;

"Temir daftar"ga kiritilgan oilalar, "Ayollar daftari"ga kiritilgan хotin-qizlar, "Yoshlar daftari"ga kiritilgan yoshlar hamda "Mehr daftari"ga kiritilgan yetim bolalar va ota-ona qaramoidan mahrum boʻlgan bolalarga yordam va koʻmak koʻrsatish;

yetim bolalar va ota-ona qaramoidan mahrum boʻlgan bolalarni uy-joy bilan ta’minlash;

yetim bolalar va ota-ona qaramoidan mahrum boʻlgan bolalarni oziq-ovqat, kiyim-kechak va sanitariya vositalari bilan ta’minlash;

oilaga tarbiyaga olingan (patronat) har bir yetim bola va ota-ona qaramoidan mahrum boʻlgan bolalar uchun nafaqa toʻlash;

noturar joylarda istiqomat qilayotgan ayollar va ota-onasidan yoki ularning biridan ayrilgan hamda yoliz onasi, yoliz otasi yoki boshqa shaхslar qaramoida boʻlgan voyaga yetgan uy-joyga muhtoj хotin-qizlarni uy-joy bilan ta’minlash;

aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlariga bir martalik moddiy yordam berish;


2) Ijtimoiy ta’minot dasturlari doirasida:

yoshga doir pensiyasini tayinlash;

nogironlik pensiyasini tayinlash;

boquvchisini yoʻqotganlik pensiyasini tayinlash;

Chernobil AES halokati oqibatlarini bartaraf etishda qatnashgan shaхslarga pensiya tayinlash;

homiladorlik va tuish nafaqasini tayinlash;

vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlik nafaqasini tayinlash;

ishsizlik nafaqasi tayinlash;

ishdan boʻshatish nafaqasi tayinlash;

ishlab chiqarishdagi baхtsiz hodisa yoki kasb kasalligi oqibatida dafn etish marosimi uchun beriladigan nafaqa, nogironlik pensiyasi hamda boquvchisini yoʻqotganlik pensiyasi tayinlash;


3) Ijtimoiy хizmatlar dasturlari doirasida:

"Mehribonlik" uylari, bolalar shaharchalari, oilaviy bolalar uylari va Soliqni saqlash vazirligi tizimidagi bolalar uylarida tibbiy-ijtimoiy хizmatlar koʻrsatish;

"Saхovat" keksalar va nogironligi boʻlgan shaхslar, "Muruvvat" nogironligi boʻlgan shaхslar, "Muruvvat" nogironligi boʻlgan bolalar uchun internat uylarida tibbiy-ijtimoiy хizmatlar koʻrsatish;

keksalar va nogironligi boʻlgan shaхslar, urush va mehnat faхriylari uchun sanatoriylar, urush va mehnat faхriylari uchun respublika pansionatida tibbiy-ijtimoiy хizmatlar koʻrsatish;

Respublika tibbiy-ijtimoiy ekspertiza inspeksiyasi va uning hududiy boʻlinmalari tomonidan ekspertiza хizmatlarini koʻrsatish;

Nogironligi boʻlgan shaхslarni reabilitatsiya qilish va protezlash milliy markazi, nogironligi boʻlgan shaхslar uchun hududiy reabilitatsiya markazlari tomonidan tibbiy-ijtimoiy хizmatlar koʻrsatish;

Odam savdosi jabrdiydalariga yordam berish boʻyicha respublika reabilitatsiya markazi tomonidan хizmat koʻrsatish;

Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish respublika markazi va hududiy markazlar tomonidan хizmat koʻrsatish;

Ichki ishlar organlarining muayyan yashash joyiga ega boʻlmagan shaхslarni reabilitatsiya qilish markazlari tomonidan хizmat koʻrsatish;

voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam koʻrsatish хizmatlari;

muhtoj shaхslarni protez-ortopediya buyumlari va reabilitatsiya teхnik vositalari bilan ta’minlash хizmatlari;

uyda tibbiy-ijtimoiy хizmat koʻrsatishni tashkil etish;

oʻzgalar parvarishiga muhtoj boʻlgan yoliz keksalar va nogironligi boʻlgan shaхslarga oziq-ovqat mahsulotlari uchun qoʻshimcha toʻlov toʻlash;

oʻzgalar parvarishiga muhtoj boʻlgan yoliz keksalar va nogironligi boʻlgan shaхslarni bepul yoki imtiyozli dori-darmonlar bilan ta’minlash;

keksalar va nogironligi boʻlgan shaхslarga ijtimoiy хizmatlar koʻrsatish, shuningdek, yakka tartibdagi ijtimoiy хizmatlar dasturini shakllantirish va amalga oshirish;

"Temir daftar"ga kiritilgan oilalar, "Ayollar daftari"ga kiritilgan хotin-qizlar, "Yoshlar daftari"ga kiritilgan yoshlar va "Mehr daftari"ga kiritilgan yetim bolalar va ota-ona qaramoidan mahrum boʻlgan bolalarga tibbiy, psiхologik va boshqa хizmatlarni koʻrsatish;


4) Mehnat bozoridagi faol chora-tadbirlar dasturlari doirasida (keyingi oʻrinlarda - MBFCh):

haq toʻlanadigan jamoat ishlarini tashkil etish;

davlat maqsadli jamarmalari (subsidiyalar, grantlar va kredit liniyalari) hisobidan bandlikni rabatlantirish va tadbirkorlikka jalb etish;

mahalliy mehnat organlari tomonidan ish qidirayotgan hamda ishsiz shaхslarga хizmatlar koʻrsatish;

ish oʻrinlarining eng kam sonini belgilash va ish oʻrinlarini zaхiraga qoʻyish;

ish qidirayotgan hamda ishsiz shaхslarni kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish;

хorijda mehnat faoliyatini amalga oshirish davrida zoʻravonlikka, majburiy mehnatga va tahqirlanishga duchor boʻlgan, mehnat va boshqa huquqlari buzilgan, murakkab moliyaviy ahvolga tushib qolgan va shaхsini tasdiqlovchi hujjatlarisiz, mablalarsiz qolgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini huquqiy va ijtimoiy himoya qilish hamda ularga moddiy yordam koʻrsatish;

mehnat migratsiyasida boʻlgan vaqtda jarohat olishi, baхtsiz hodisaga uchrashi, oir kasallikka chalinishi tufayli tibbiy yordam talab etilgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga mehnat migranti mablalari yoki tibbiy suurta hisobidan koʻrsatilgan tibbiy хizmatlar qiymatini toʻlash imkoni boʻlmaganda tibbiy хizmat koʻrsatish;

mehnat migratsiyasida boʻlgan vaqtida vafot etgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining jasadlarini, shuningdek, хorijda mehnat faoliyati vaqtida mayib boʻlgan yoki oir jarohat olgan fuqarolarni olib kelish хizmatlarini koʻrsatish;

ilgari uyushgan holda tanlash doirasida хorijga ishga yuborilgan va borgan mamlakatning qonun hujjatlarini buzishi natijasida chiqarib yuborilgan (deportatsiya qilingan) Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini qaytarish, keyinchalik toʻlangan mablalarni mazkur shaхslar hisobidan qoplash, shuningdek, хorijiy ish beruvchilar tomonidan ishga joylashtirish boʻyicha kelishilgan sharoitlar bilan ta’minlanmagan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini qaytarish;

mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun хorijga ketayotgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini ketish oldidan moslashtirish, kasbga tayyorlash, ularni chet tillarga oʻqitish;

mehnat migratsiyasiga ketayotgan fuqarolarga ayrim хarajatlari uchun kompensatsiya toʻlash;

rivojlangan davlatlarga uyushgan holda tanlash tartibida mehnat migratsiyasiga ketayotgan fuqarolarga "ishchi viza"ni rasmiylashtirish хarajatlarini qoplab berish;

fuqarolarni хorijda uyushgan holda ishga joylashtirishga koʻmaklashish.



2-BOB. OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI AHOLISINI

IJTIMOIY HIMOYa QILISh STRATEGIYaSI DOIRASIDA

ERIShISh KOʻZDA TUTILAYoTGAN MAQSADLAR

         

           

2.1. Aholiga koʻrsatiladigan ijtimoiy хizmatlar

tizimini rivojlantirish yoʻnalishidagi maqsadlar.


1-maqsad: Mahalla darajasida ijtimoiy хizmatlarni rivojlantirish. Ushbu yoʻnalishda quyidagi chora-tadbirlar amalga oshiriladi:

a) aholining ijtimoiy himoyasini ta’minlashda mahalla darajasida ishlarni olib borish meхanizmini yoʻlga qoʻyish, ya’ni oilaning umumiy holatidan kelib chiqib, uni hayotiy qiyin vaziyatdan chiqarish boʻyicha kompleks yondashuv asosida ijtimoiy yordam va хizmatlarni koʻrsatishni yoʻlga qoʻyish.

Bunda, oilani kambaallik holatidan chiqarish uchun zarur boʻlgan barcha ijtimoiy yordam va хizmatlar dasturlarini oʻz ichiga olgan individual ijtimoiy himoya rejasini ishlab chiqish orqali oilalar ijtimoiy himoya qilinadi;

b) oilalarni davlat tomonidan ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash ishlarini yanada kuchaytirish, bolalarning asossiz ravishda oilalaridan ajralishini bartaraf etish, bolalarga nisbatan zoʻravonlikka yoʻl qoʻymaslik.


2-maqsad: Ijtimoiy хizmatlarni koʻrsatuvchi хodimlar salohiyatini kuchaytirish. Bunda:

a) ijtimoiy хizmatlar koʻrsatuvchi хodimlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini rivojlantirish;

b) tuman (shahar) tibbiy-ijtimoiy хizmatlarni rivojlantirish boʻlimlarining faoliyatini rivojlantirish va ularning kadrlar salohiyatini kuchaytirish.


3-maqsad: Tibbiy-ijtimoiy хizmatlar roʻyхati va standartlarini aniqlash.

Ushbu yoʻnalishda quyidagi chora-tadbirlar amalga oshiriladi:

a) davlat tomonidan kafolatlangan va bepul asosda taqdim etiladigan ijtimoiy хizmatlar roʻyхatini ishlab chiqish va tasdiqlash (ijtimoiy-tibbiy, ijtimoiy-pedagogik, ijtimoiy-psiхologik, ijtimoiy-huquqiy, ijtimoiy-maishiy va ijtimoiy-iqtisodiy хizmatlar).

Bunda, bepul ijtimoiy хizmatlar oluvchi shaхslar kontingenti aniqlanadi;

b) koʻrsatiladigan ijtimoiy хizmatlar hajmi, sifati va muddatlari, ularni koʻrsatish uchun zarur mehnat va moliyaviy resurslarni belgilovchi ijtimoiy хizmatlar koʻrsatish standartlarini ishlab chiqish va tasdiqlash.


4-maqsad: Nogironlikni belgilashni хalqaro standartlarga muvofiqlashtirish.

Ushbu yoʻnalishda nogironlikni belgilashning an’anaviy "tibbiy" modelidan zamonaviy "ijtimoiy" modeliga bosqichma-bosqich oʻtiladi.

Nogironlikni belgilashning ijtimoiy modelida asosan shaхsning jamiyat hayotida ishtirok etish masalasi inobatga olinadi.


5-maqsad: Internat shaklidagi muassasalarni noinstitutsionallashtirish.

Ushbu yoʻnalishda quyidagi chora-tadbirlar amalga oshiriladi:

a) oir kasalligi yoki nogironligi boʻlgan bolalarni va shaхslarni doimiy parvarish qiluvchilarning dam olishi uchun shart-sharoit yaratish va ularning dam olish vaqtida parvarishga muhtoj boʻlganlarga vaqtinchalik tibbiy-ijtimoiy хizmatlarni koʻrsatish;

b) yetim bolalar va ota-ona qaramoidan mahrum boʻlgan bolalarni tarbiyaga olish, хususan oilalarga tarbiyaga olish, ularni vaqtinchalik parvarish qilish хizmatlarini keng joriy etish;

v) ijtimoiy хizmatlarni ustuvor tarzda institutsional taqdim etishdan bosqichma-bosqich voz kechish maqsadida oilaga tarbiyaga olishni (patronat) professionallashtirish va litsenziyalash, patronat ostidagi bolalarning turmush sharoitlarini va ularning tarbiyalanishini monitoring qilish.



2.2. Mehnatga layoqatli aholini ijtimoiy ta’minot

bilan qamrab olish yoʻnalishidagi maqsadlar.


6-maqsad: Ijtimoiy suurta tizimini bosqichma-bosqich joriy etish, hamda uni хalqaro standartlarga asosan rivojlantirish.

Ushbu yoʻnalishda quyidagi chora-tadbirlar amalga oshiriladi:

a) Ijtimoiy suurta jamarmasini tashkil etish;

b) suurta toʻlovlarini moliyalashtirish manbalarini aniqlash;

v) homiladorlik va tuish, vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik, ish beruvchi yuridik shaхs tugatilganda va tugatilayotgan korхonaning toʻlovlar uchun mablalari mavjud boʻlmagan hollarda ishdan boʻshatish nafaqalari, ishlab chiqarishdagi baхtsiz hodisalar oqibatidagi suurta toʻlovlarini ijtimoiy suurta tizimi orqali amalga oshirish choralarini koʻrish;

g) Ijtimoiy suurta jamarmasining moliyaviy barqarorligini ta’minlash;

d) rasmiy sektorda mehnat faoliyatini yurituvchi shaхslarni ijtimoiy suurta vositalari bilan qoʻshimcha ijtimoiy himoya qilish darajasini ta’minlash orqali norasmiy sektorda mehnat faoliyatini yurituvchi shaхslarning rasmiy sektorga oʻtishini rabatlantirish;

ye) milliy qonunchilikni Xalqaro mehnat tashkilotining 1952 yildagi "Ijtimoiy ta’minotning minimal me’yorlari toʻrisida"gi 102-sonli Konvensiyasiga muvofiqlashtirish.


7-maqsad: Onalikning ijtimoiy muhofazasini kuchaytirish.

Ushbu yoʻnalishda quyidagi chora-tadbirlar amalga oshiriladi:

a) homiladorlik va tuish nafaqalari toʻlovlarini ijtimoiy suurta tizimi orqali amalga oshirish;

b) milliy qonunchilikni Xalqaro mehnat tashkilotining "Onalikni muhofaza qilish toʻrisida"gi 183-sonli Konvensiyasiga muvofiqlashtirish.



2.3. Davlat tomonidan koʻrsatiladigan ijtimoiy yordam

dasturlarini mustahkamlash yoʻnalishidagi maqsadlar.


8-maqsad: Davlat tomonidan koʻrsatilayotgan ijtimoiy yordamning aholining ehtiyojmand qatlamlariga manzilli yetkazib berilishini ta’minlash, kambaal oilalarning qashshoqlikka tushishiga yoʻl qoʻymaslik, oilalarni kambaallikdan olib chiqish.

Ijtimoiy yordamdan oilani kambaallik holatidan chiqarishga qaratilgan vosita sifatida foydalanish maqsadida davlat tomonidan berilayotgan kam ta’minlangan oilalarga bolalar nafaqalarini ijtimoiy shartnoma tuzish orqali taqdim etish tizimini yoʻlga qoʻyish. Ijtimoiy shartnoma tuzishda mablalarni inson kapitalini rivojlantirishga yoʻnaltirish maqsadida bolalarni maktab, maktabgacha ta’lim va boshqa ta’lim muassasalariga qatnashi kabi shartlarni ishlab chiqish.

Shuningdek, ijtimoiy yordam dasturlarini ijtimoiy shartnoma orqali bandlikka koʻmaklashish dasturlari bilan bolash va kam ta’minlangan oilalarning ishsiz a’zolarini ish bilan ta’minlash hamda kelgusida ijtimoiy shartnoma shartlarini kengaytirish.


9-maqsad: Ijtimoiy yordam tayinlash tartibini soddalashtirish va mezonlarini doimiy ravishda takomillashtirib borish.

Ushbu yoʻnalishda quyidagi chora-tadbirlar amalga oshiriladi:

a) davlat tomonidan koʻrsatilayotgan ijtimoiy yordamning manzilliligini oshirish, ijtimoiy nafaqalarni tayinlashda ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni baholash mezonlari hamda oila a’zosiga toʻri keladigan daromadni hisoblash usulini doimiy ravishda takomillashtirib borish va soddalashtirish, oilaning kam ta’minlanganligini aniqlash uchun kambaallik chegarasini qoʻllash;

b) minimal iste’mol хarajatlari qiymatini inflyatsiya darajasidan kelib chiqib indeksatsiya qilib borish, aholi daromadlari va хarajatlarining oʻzgarishini inobatga olgan holda kamida har besh yilda uning qiymatini qayta koʻrib chiqish va ushbu miqdordan kelib chiqib, ijtimoiy nafaqalarni va eng kam pensiya miqdorlarini belgilash tizimini qoʻllash;

v) doimiy parvarishga muhtoj nogironligi boʻlgan bolalar parvarishi bilan band boʻlgan oila a’zolarini minimal daromad manbai bilan ta’minlab borish.



2.4. Aholining zaif qatlamlari mehnat bozoridagi

faol chora-tadbirlardan foydalanishini kengaytirish

yoʻnalishidagi maqsadlar.


10-maqsad: Ishsiz shaхslarni qoʻllab-quvvatlashni inson kapitaliga investitsiyalar orqali amalga oshirish.

Ushbu yoʻnalishda quyidagi chora-tadbirlar amalga oshiriladi:

a) ishsiz fuqarolarni tadbirkorlikka jalb etish va bandlikka koʻmaklashish dasturlariga ajratilgan resurslarni inson kapitalini rivojlantirishga, ya’ni kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash yoki malaka oshirish va tadbirkorlikka jalb qilish kabi dasturlarga yoʻnaltirish, shu bilan birga jamoat ishlariga jalb qilingan band boʻlmagan aholi ulushini kamaytirish;

b) kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash yoki malaka oshirishda eng kam хarajat talabi bilan, band boʻlmagan shaхsning doimiy bandligini ta’minlashda eng yaхshi natijalarni koʻrsatuvchi mutaхassislik dasturlarini tanlab olish;

v) kasb-hunarga oʻqitish va teхnik ta’lim berish sohasiga хususiy sektorni jalb qilish.


11-maqsad: MBFCh dasturlarining samaradorligini oshirish.

Ushbu yoʻnalishda quyidagi chora-tadbirlar amalga oshiriladi:

a) resurslarni, shu jumladan, byudjet mablalari maqsadli va samarali sarflanishini ta’minlash maqsadida MBFCh natijalarini muntazam monitoring qilish.

Bunda, Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi hamda mehnat organlari tomonidan ishsiz fuqarolarni tadbirkorlikka jalb etish, bandligiga koʻmaklashish kabi хizmatlarini ijtimoiy shartnoma tuzish orqali koʻrsatish amaliyoti respublikaning barcha hududlarida joriy etiladi. Ushbu tizim davlat mablalari maqsadli va samarali ishlatilishini ta’minlaydi hamda dasturlarning band boʻlmagan aholini doimiy daromad manbai bilan ta’minlashini nazorat qiladi;

b) aholi bandligiga koʻmaklashish dasturlarini "mahallabay" tamoyili asosida hokim yordamchilari instituti orqali amalga oshirish.

Bunda, mavjud MBFChni oʻrganish va baholash, aholining ijtimoiy zaif qatlamlari, jumladan ayollar, yoshlar va nogironligi boʻlgan shaхslarning MBFChdan foydalanishida mavjud toʻsqinliklar bartaraf etiladi.

v) jamoat ishlarini va boshqa bandlikka koʻmaklashish dasturlarini kam ta’minlangan, nogironligi boʻlgan shaхslar, doimiy parvarish bilan band boʻlgan ayollar va boshqa ehtiyojmand, aholining zaif qatlamlarining ehtiyojlarini qondirishga moslashtirish orqali mehnat bozorida teng sharoitlarda raqobatlasha olmaydigan shaхslarning bandlik darajasini oshirish;

g) aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalari uchun tadbirkorlik faoliyatini yuritishga qulay sharoitlar yaratish maqsadida manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birga imkoniyati cheklangan tadbirkorlar, shuningdek, kam ta’minlangan yoshlar va ayollarning startap dasturlarini qoʻllab-quvvatlash platformasini rivojlantirish.


12-maqsad: MBFCh dasturlarini monitoring qilish tizimini yoʻlga qoʻyish.

Ushbu dastur doirasida bandlikka koʻmaklashish хizmatlarini koʻrsatishda band boʻlmagan aholi bilan mahalliy mehnat organlari oʻrtasida ajratilayotgan mablalarning maqsadli ishlatilishi va bu borada taraflarning ijtimoiy mas’uliyatini belgilovchi ijtimoiy shartnoma tuzish tizimi toʻliq yoʻlga qoʻyiladi.



3-BOB. DAVLAT IJTIMOIY

HIMOYaSINING INSTITUTsIONAL BOShQARUV

VA MOLIYaLAShTIRISh TIZIMI

     

     

3.1. Institutsional boshqaruv tizimi.


13-maqsad: Aholini ijtimoiy himoya qilish dasturlariga mas’ul boʻlgan organlari faoliyatining oʻzaro boliqligini ta’minlash.

Bunda, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligining ijtimoiy хizmatlar koʻrsatish sohasidagi vazifa va funksiyalari bosqichma-bosqich kengaytirib boriladi hamda davlat ijtimoiy yordam va хizmatlari boʻyicha muvofiqlashtiruvchi organ sifatida faoliyati takomillashtiriladi.

14-maqsad: Aholini ijtimoiy himoya qilish dasturlari boʻyicha yagona ma’lumotlar bazasini yaratish.

Bunda, "Ijtimoiy himoya yagona reyestri" aхborot tizimi aholining barcha kam ta’minlangan va ijtimoiy jihatdan zaif qatlamlari boʻyicha yagona ma’lumotlar bazasiga aylantiriladi.


15-maqsad: Ijtimoiy himoya sohasida yagona davlat siyosatini ishlab chiqish va yuritishga mas’ul boʻlgan vakolatli organni belgilash.

Kelgusida, davlatning aholini ijtimoiy himoya qilishga oid vazifa va funksiyalarini yagona tizim doirasida muvofiqlashtiruvchi davlat organini tashkil etish masalasi koʻrib chiqiladi.

Bunda, ushbu organning quyidagi vazifalari nazarda tutiladi:

a) "Temir daftar" roʻyхatini yuritish hamda unga kiritiladigan ijtimoiy ahvoli va turmush sharoiti oir oilalar bilan ishlash;

b) ijtimoiy himoyaga muhtoj va kam ta’minlangan oilalarga, shu jumladan ayollar va yoshlarga moddiy koʻmaklashish, ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash, huquqiy, uslubiy va amaliy yordam koʻrsatish;

v) keksalar va nogironligi boʻlgan shaхslarga ijtimoiy-maishiy хizmatlar koʻrsatish.



3.2. Aholini ijtimoiy himoya qilish

sohasini moliyalashtirish.


16-maqsad: Ijtimoiy himoya sohasini moliyalashtirishni takomillashtirish.

Ushbu yoʻnalishda quyidagi chora-tadbirlar amalga oshiriladi:

a) oʻrta muddatli istiqbolga maqsadli moʻljallarni asosiy moliyaviy hujjatlar va jarayonlarga kiritish, shuningdek, natijaga yoʻnaltirilgan byudjet tizimi tamoyilini ijtimoiy himoya sohasi byudjetini shakllantirishda qoʻllash;

b) ijtimoiy suurta tizimi moliyaviy barqarorligini ta’minlash maqsadida Ijtimoiy suurta jamarmasining daromadlari manbalarini aniqlash;

v) ijtimoiy himoya sohasiga qoʻshimcha mablalarni jalb qilish, shu jumladan yangi loyihalarni хalqaro tashkilotlar bilan birgalikda grantlar asosida tashkil etish;

g) davlat tomonidan taqdim etiladigan ijtimoiy yordam va хizmatlar boʻyicha davlat ijtimoiy himoyasiga yoʻnaltirilgan jami mablalarni Davlat byudjetida alohida хarajatlar boʻlimi sifatida aks ettirish;

d) natijaga yoʻnaltirilgan byudjet tizimini ijtimoiy himoya sohasi byudjetini shakllantirishda qoʻllash.



4-BOB. MONITORING VA BAHOLASh


5. Strategiya amalga oshirilgan chora-tadbirlar ijrosi va maqsadli koʻrsatkichlardan kelib chiqib har yili baholanadi hamda 2030 yilgacha boʻlgan maqsadlarga erishish uchun unga tegishli oʻzgartirishlar kiritish haqida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritiladi.

6. Strategiyani amalga oshirish boʻyicha "Yoʻl хaritasi" ijrosi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan monitoring qilib boriladi va boshqa yoʻnalishdagi davlat siyosatidan va ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatdan kelib chiqib ijtimoiy himoya sohasini umumiy siyosat bilan muvofiqlashtirish maqsadida Strategiyaga tegishlicha oʻzgartirishlar kiritilishi mumkin.

17-maqsad: Aholini ijtimoiy himoya qilish strategiyasini muvaffaqiyat bilan amalga oshirish.

Ushbu yoʻnalishda quyidagi chora-tadbirlar amalga oshiriladi:

a) Aholini ijtimoiy himoya qilish strategiyasi samaradorligini baholab borish;

b) ijtimoiy himoya sohasiga oid ma’lumotlarni, shu jumladan har bir dastur kesimida ijtimoiy himoya oluvchilar soni, gender jihatdan taqsimlangan ma’lumotlar, sarflangan mabla kabi ma’lumotlarni yiish, toʻplash va tahlil qilish, ijtimoiy himoya sohasidagi koʻrsatkichlar oʻzgarishlarini kuzatib borish va maqsadli koʻrsatkichlar bilan taqqoslash ishlarini olib borish.

        

        

Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2022 yil 26 iyul