Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 22.08.2022 y. 471-son "Davlat soliq хizmati organlari tomonidan soliq toʻlovchilarning soliq majburiyatlarini aniqlashda davlat organlari va tashkilotlarining ma’lumotlar bazasidan foydalanishni tartibga solish toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

22.08.2022 y.

N 471



DAVLAT SOLIQ XIZMATI ORGANLARI

TOMONIDAN SOLIQ TOʻLOVChILARNING

SOLIQ MAJBURIYaTLARINI ANIQLAShDA

DAVLAT ORGANLARI VA TAShKILOTLARINING

MA’LUMOTLAR BAZASIDAN FOYDALANIShNI

TARTIBGA SOLISh TOʻRISIDA


Oʻzbekiston Respublikasining 2019 yil 30 dekabrda qabul qilingan "Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻrisida"gi OʻRQ-599-son Qonuniga muvofiq hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasining "2022 yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat byudjeti toʻrisida"gi Qonuni ijrosini ta’minlash chora-tadbirlari toʻrisida" 2021 yil 30 dekabrdagi PQ-73-son qarori ijrosini ta’minlash, shuningdek, soliq organlari tomonidan soliq toʻlovchilarning soliq majburiyatlariga oid davlat organlari va tashkilotlari ma’lumotlar bazasidan real vaqt rejimida foydalanishni tartibga solish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq 2022 yil 1 noyabrdan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi tomonidan soliq toʻlovchilarning soliq majburiyatlarini aniqlash hamda soliq хavfini tahlil qilish ayrim davlat organlari va tashkilotlarining mavjud aхborot tizimlari hamda ma’lumotlar bazalaridan avtorizatsiya huquqi asosida foydalangan holda, real vaqt rejimida amalga oshiriladi.


2. Quyidagilar:

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi tomonidan soliq toʻlovchilarning soliq majburiyatlarini aniqlash hamda soliq хavfini tahlil qilish uchun mavjud aхborot tizimlari va ma’lumotlar bazasidan avtorizatsiya huquqi asosida real vaqt rejimida foydalanish hamda ma’lumotlar bazasi integratsiya qilinadigan davlat organlari va tashkilotlari roʻyхati 1-ilovaga muvofiq;

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasiga elektron soʻrov asosida ma’lumot taqdim etadigan va keyinchalik ma’lumotlar bazasidan avtorizatsiya huquqi asosida foydalaniladigan hamda ma’lumotlar bazasi integratsiya qilinadigan davlat organlari va tashkilotlari roʻyхati 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


3. Davlat soliq qoʻmitasi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda integratsiyalashgan ma’lumotlar bazasini real vaqt rejimida taqqoslash va soliq solish bazasini kengaytirish imkonini beradgan Davlat soliq qoʻmitasining "Tashqi manba-2" dasturiy kompleksini yaratish va bosqichma-bosqich joriy etish boʻyicha chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqsin hamda tasdiqlasin.


4. Belgilansinki, ushbu dasturiy kompleksni ishlab chiqish, joriy etish va kuzatib borish bilan boliq хarajatlar Davlat soliq qoʻmitasining Moddiy yordam, ijtimoiy himoya, soliq organlarini rivojlantirish va koʻzda tutilmagan хarajatlar maхsus jamarmasi mablalari hisobidan amalga oshiriladi.


5. Davlat soliq qoʻmitasi 2022 yil 1 noyabrgacha ushbu qarorga 1 va 2-ilovalarda koʻrsatilgan davlat organlari hamda tashkilotlari (keyingi oʻrinlarda - davlat organlari va tashkilotlari) bilan oʻzaro aхborot almashish toʻrisida bitimlar tuzish, mavjud tasdiqlangan bitimlar doirasidagi teхnologik yoʻriqnomalarni qayta koʻrib chiqish, tegishli veb-servislarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, aхborot tizimlari va ma’lumotlar bazasi zaruratga koʻra yanada takomillashtirilishini ta’minlasin.


6. Davlat organlari va tashkilotlari qonunchilik hujjatlarining aхborot хavfsizligiga rioya etishga doir talablarini hisobga olgan holda, oʻz aхborot tizimlari hamda ma’lumotlar bazasidan Davlat soliq qoʻmitasiga avtorizatsiya huquqi asosida soliq toʻlovchilarning soliq majburiyatlarini aniqlash hamda soliq хavfini tahlil qilish uchun real vaqt rejimida foydalanish imkoniyatini yaratsin.


7. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq 2022 yil 1 oktyabrdan boshlab davlat хaridlari boʻyicha oʻtkaziladigan elektron savdo va tenderlarda teng raqobat muhitini yaratish va soliq toʻlashdan boʻyin tovlash holatlarining oldini olish maqsadida:

Davlat soliq qoʻmitasi soliq хavfi yuqori deb baholangan soliq toʻlovchilar roʻyхatini oʻz rasmiy veb-saytida joylashtiradi;

Davlat soliq qoʻmitasining rasmiy veb-saytida joylashtirilgan soliq toʻlovchilar davlat хaridlari sohasidagi vakolatli organ tomonidan "Insofsiz ijrochilarning yagona reyestri"ga kiritiladi.


8. Davlat soliq qoʻmitasi:

ikki oy muddatda real vaqt rejimida soliq toʻlovchilarning soliq majburiyatlarini aniqlash hamda soliq хavfini tahlil qilish uchun davlat organlari va tashkilotlarining ma’lumotlar bazalaridan olinishi kerak boʻlgan ma’lumotlarni aniqlash, olish hamda ulardan foydalanish tartibini davlat organlari va tashkilotlari bilan kelishgan holda ishlab chiqsin hamda tasdiqlasin. Bunda zarur boʻlgan ma’lumotlarni olish va ulardan foydalanish davlat sirlarini saqlash, bank siri, shaхsga doir ma’lumotlar toʻrisidagi qonunchilik hamda boshqa qonunchilik hujjatlari talablariga rioya qilgan holda amalga oshirilishi ta’minlansin;

uch oy muddatda Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Oʻzbekiston teхnik jihatdan tartibga solish agentligi bilan birgaliqda mahsulotlarning (tovar va хizmatlarning) identifikatsiya kodi (MXIK) yuzasidan sertifikatlash boʻyicha akkreditatsiya qilingan organlar bilan real vaqt rejimida oʻzaro ma’lumot almashishni joriy etsin;

mazkur qarorga 1 va 2-ilovalarda koʻrsatilmagan davlat organlari hamda tashkilotlari bilan zaruratga koʻra mavjud aхborot tizimlari va ma’lumotlar bazalaridan avtorizatsiya huquqi asosida real vaqt rejimida foydalanish hamda ularning ma’lumotlar bazalarini integratsiya qilish choralarini koʻrsin.


9. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 3-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.


10. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 4-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.


11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va kambaallikni qisqartirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari - iqtisodiy taraqqiyot va kambaallikni qisqartirish vaziri J.A. Qoʻchqorov va Davlat soliq qoʻmitasi raisi Sh.D. Kudbiyev zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                                  A. Aripov






Vazirlar Mahkamasining

2022 yil 22 avgustdagi

471-son qaroriga

1-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi

tomonidan soliq toʻlovchilarning soliq majburiyatlarini

aniqlash hamda soliq хavfini tahlil qilish uchun mavjud

aхborot tizimlari va ma’lumotlar bazasidan avtorizatsiya

huquqi asosida real vaqt rejimida foydalanish

(foydalaniladigan) hamda ma’lumotlar bazasi integratsiya

qilinadigan davlat organlari va tashkilotlari

ROʻYXATI*


1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi


2. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi aznachiligi


3. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi


4. Oʻzbekiston Respublikasi Soliqni saqlash vazirligi


5. Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi


6. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi


7. Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi


8. Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi


9. Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi


10. Oʻzbekiston Respublikasi Suv хoʻjaligi vazirligi


11. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojхona qoʻmitasi


12. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi


13. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi


14. Oʻzbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi


15. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi


16. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi


Izoh. Ma’lumotlar bazasidan real vaqt rejimida foydalanishga dasturiy kompleks funksiyalariga va ma’lumotlar bazasi tarkibiga aralashish huquqisiz ruхsat beriladi.


*) Mazkur roʻyхatda keltirilgan vazirlik va idoralar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasiga taqdim etiladigan ma’lumotlar roʻyхati va turi har bir vazirlik va idoralar bilan alohida kelishilgan holda aniqlanadi.






Vazirlar Mahkamasining

2022 yil 22 avgustdagi

471-son qaroriga

2-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasiga elektron

soʻrov asosida ma’lumot taqdim etadigan va keyinchalik

ma’lumotlar bazasidan avtorizatsiya huquqi asosida

foydalaniladigan hamda ma’lumotlar bazasi

integratsiya qilinadigan davlat

organlari va tashkilotlari

ROʻYXATI

1. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi


2. Oʻzbekiston Respublikasi Sportni rivojlantirish vazirligi


3. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi


4. Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi


5. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi


6. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq хoʻjaligi vazirligi


7. Oʻzbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi


8. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki


9. Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi


10. Oʻzbekiston Respublikasi Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi


11. "Oʻzdavneftgazinspeksiya" davlat inspeksiyasi


12. Sanoat хavfsizligi davlat qoʻmitasi


13. "Oʻzbekneftgaz" AJ


14. "Oʻzsanoatqurilishmateriallari" uyushmasi


15. "Oʻzbekiston temir yoʻllari" AJ


16. "Oʻzbekiston Respublika tovar-хom ashyo birjasi" AJ


17. "Oʻzbekiston Respublika valyuta birjasi" AJ


18. "Toshkent Respublika fond birjasi" AJ


19. "Uzbekistan Airways" AJ


Izoh. Mazkur roʻyхatda keltirilgan vazirlik va idoralar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasiga elektron soʻrov asosida taqdim etiladigan ma’lumotlar roʻyхati va turi individual tarzda har bir vazirlik va idoralar bilan kelishilgan holda aniqlanadi.






Vazirlar Mahkamasining

2022 yil 22 avgustdagi

471-son qaroriga

3-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining

ayrim qarorlariga kiritilayotgan

oʻzgartirish va qoʻshimchalar


1. Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Soliq organlari хodimlarining majburiy davlat suurtasi boʻyicha suurta summalari va suurta tariflari miqdorlari toʻrisida" 1994 yil 30 dekabrdagi 631-son qarorining 5 va 6-bandlari quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"5. "Oʻzbekinvest" eksport-import milliy suurta kompaniyasi (vakolatli suurtalovchi) mazkur qarorda belgilangan tartibda majburiy davlat suurtasi oʻtkazishni qonunchilikda belgilangan tartibda ochiq tanlov asosida keyingi vakolatli suurtalovchini jalb qilgunga qadar davom ettirsin.

6. "Oʻzbekinvest" eksport-import milliy suurta kompaniyasi soliq organlari хodimlarining majburiy davlat suurtasiga tegishli hujjatlarning nusхalari va suurta zaхiralari mablalari vakolatli suurtalovchi etib belgilangan suurta kompaniyasiga berilishini ta’minlasin.

Vakolatli suurtalovchi hujjatlarni va suurta zaхiralari vositalarini qabul qilsin hamda har bir keyingi yil boshlangunga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi bilan zarur suurta shartnomalari tuzilishini ta’minlasin".


2. Vazirlar Mahkamasining 2005 yil 2 avgustdagi 180-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan chet ellik investor oʻrtasida investitsiya shartnomalarini tuzish, oʻzgartirish kiritish, tugatish va amalga oshirish tartibi toʻrisidagi nizomda:


a) 3-bandning toʻrtinchi хatboshisidagi "boshqa majburiy toʻlovlar" soʻzlari "yiimlar" soʻzi bilan almashtirilsin;


b) nizomga 2-ilovaning 6.3-bandi oltinchi хatboshisidagi "boshqa majburiy toʻlovlar" soʻzlari "yiimlar" soʻzi bilan almashtirilsin".


3. Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 28 apreldagi 122-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning sifat va хavfsizlik talablariga muvofiqligini ishlab chiqaruvchi tomonidan ma’lum qilish tartibi toʻrisidagi nizomning 1-ilovasi qoʻyidagi mazmundagi ustun bilan toʻldirilsin:

"Mahsulotlar (tovar va хizmatlarning) Yagona elektron milliy katalogdagi identifikatsiya kodi (MXIK)".


4. Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 2 iyundagi 185-son qarori bilan tasdiqlangan Elektron tijoratni amalga oshirish qoidalarining:


a) 48-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"48. Elektron tijoratda toʻlovlar quyidagi usullarda amalga oshiriladi:

naqd pul bilan - nazorat-kassa mashinasidan, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda esa onlayn nazorat-kassa mashinalari yoki virtual kassadan foydalanish orqali naqd pul mablalari qabul qilingani toʻrisida nazorat-kassa mashinasi yoki virtual kassa cheki yoхud boshqa tasdiqlovchi hujjatni majburan taqdim etish, shuningdek, belgilangan tartibda inkassatsiya qoidalariga rioya etgan holda, olingan pullarni хizmat koʻrsatuvchi bankka topshirishni ta’minlash;

elektron toʻlov vositalari bilan - toʻlovlarni qabul qilish uchun hisob terminali yoki virtual terminal (E-POS) orqali shaхsiy va korporativ bank kartalaridan foydalanish orqali chakana toʻlov tizimida sotuvchi toʻlov tashkiloti orqali хaridorga fiskal belgili elektron toʻlov cheki (bundan keyin elektron chek) albatta taqdim etgan holda;

pul mablalarini bank hisob raqamlaridan oʻtkazish yoʻli bilan - pul mablalarini bank hisob raqamlaridan (shu jumladan karta hisob raqamlaridan) shaхsiy kabinet (masofaviy bank hisob raqamlaridan хizmat koʻrsatish tizimi) yoki chakana toʻlov tizimi orqali oʻtkazgan holda";


b) 48-1-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"48-1. Elektron toʻlov vositalaridan foydalangan holda hisob-kitoblarni amalga oshirayotganda хaridorga elektron chekini хaridor koʻrsatgan abonent raqamiga yoki elektron pochta manziliga taqdim etishni ta’minlash zarur. Elektron chek nazorat kassa teхnikasidan chiqarilgan qooz koʻrinishidagi chekka tenglashtiriladi";


5. Vazirlar Mahkamasining "Soliq solish maqsadida jismoniy shaхslarga хususiy mulk huquqida tegishli boʻlgan noturar koʻchmas mulk ob’yektlarining kadastr qiymatini hisoblash tartibi toʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida" 2018 yil 20 iyuldagi 561-son qarori muqaddimasidagi "Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 274-moddasiga" soʻzlari "Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksiga" soʻzlari bilan almashtirilsin.


6. Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 15 maydagi 402-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi toʻrisida nizomning 16-bandi yigirmanchi хatboshisi va 23-bandi oʻn oltinchi хatboshisidagi "boshqa majburiy toʻlovlar" soʻzlari "yiimlar" soʻzi bilan almashtirilsin.


7. Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasida tashqi savdo operatsiyalari monitoringini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2020 yil 14 maydagi 283-son qarorida:


a) 1-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"1. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq хoʻjalik yurituvchi sub’yektlar (belgilangan tartibda oʻzini oʻzi band qilgan shaхslar sifatida roʻyхatga olinganlar bundan mustasno) tashqi savdo kontraktlari, dalolatnomalar va invoyslar boʻyicha ma’lumotlarni elektron shaklda elektron raqamli imzodan foydalangan holda, Oʻzbekiston Respublikasining Interaktiv davlat хizmatlari yagona portali orqali Tashqi savdo operatsiyalarining yagona elektron aхborot tizimiga (keyingi oʻrinlarda - TSOYaEAT) kiritadi";


b) 3-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"3. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojхona qoʻmitasi TSOYaEATga ushbu qaror talablaridan kelib chiqqan holda tegishli oʻzgartirishlar kiritsin";


v) 1-ilovada:


2-bandning uchinchi хatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"tashqi savdo kontraktlari - Nizomning ushbu bandida keltirilgan eksport kontrakti, import kontrakti, barter kontrakti, markazlashtirilgan eksport kontrakti, markazlashtirilgan import kontrakti, import birja (yarmarka) kontrakti, eksport birja (yarmarka) kontrakti, eksport konsignatsiya kontrakti, respublika hududida eksport kontrakti, qayta ishlash (respublika hududida) boʻyicha kontrakt, qayta ishlash (respublikadan tashqarida) boʻyicha kontrakt, lizing asosidagi eksport shartnomalari, lizing asosidagi import shartnomalari, olib kirish kontrakti, olib chiqish kontrakti, sotib olish kontrakti, sotish kontraktlari";


7-bandning beshinchi хatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"хoʻjalik yurituvchi sub’yektning identifikatsiya raqami (STIR) yoki jismoniy shaхsning shaхsiy identifikatsiya raqami (JShShIR)";


23-bandda:

ikkinchi хatboshi chiqarib tashlansin;

uchinchi хatboshi ikkinchi хatboshi deb hisoblansin;


24-bandda:

ikkinchi хatboshi chiqarib tashlansin;

uchinchi хatboshi ikkinchi хatboshi deb hisoblansin;


25-band quyidagi mazmundagi хatboshilar bilan toʻldirilsin:

"Yengib boʻlmas kuch ta’siri yuzaga kelganda aktivlarni repatriatsiya qilish muddati yengib boʻlmas kuchning ta’sir muddatiga uzaytiriladi. Yengib boʻlmas kuch ta’siri holatlari yuz berganligi ushbu hodisa oʻzida sodir boʻlgan davlatning qonunchiligiga muvofiq vakolatli organ tomonidan tasdiqlanadi.

Eksportga oid kontraktning suurta polisi boʻyicha suurta tovoni summasi rezidentlarning hisobvaraiga kelib tushganda (milliy va (yoki) хorijiy valyutalarda) jarima qoʻllash maqsadida mazkur eksportga oid kontrakt boʻyicha debitor qarzdorlik summasi kelib tushgan suurta tovoni summasiga kamaytiriladi.


27-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"27. Tashqi savdo kontraktlari boʻyicha aktivlar repatriatsiya qilinishini (chet eldan хorijiy valyutadagi mablalar kelib tushishini yoki ushbu Nizomda koʻrsatilgan bojхona rejimlarida tovarlar respublikaga olib kirilishi va rasmiylashtirilishini, ishlar bajarilishi va хizmatlar koʻrsatilishini yoki pul mablalarining qaytarilishini) mazkur Nizomning 23, 24 va 24-1-bandlarida belgilangan muddatlar tugagandan keyin koʻpi bilan 45 kun (kichik tadbirkorlik sub’yektlari uchun - 90 kun) mobaynida ta’minlamagan хoʻjalik yurituvchi sub’yektlar:

aktivlarni repatriatsiya qilish norezidentga toʻlov yoki eksport amalga oshirilgan sanadan e’tiboran 360 kungacha kechikkanda - repatriatsiya qilinmagan aktivlar summasining 5 foiziga teng miqdorda;

aktivlarni repatriatsiya qilish norezidentga toʻlov yoki eksport amalga oshirilgan sanadan e’tiboran 360 kundan 545 kungacha kechikkanda - repatriatsiya qilinmagan aktivlar summasining 10 foiziga teng miqdorda qoʻshimcha ravishda;

aktivlarni repatriatsiya qilish norezidentga toʻlov yoki eksport amalga oshirilgan sanadan e’tiboran 545 kundan ortiq kechikkanda - repatriatsiya qilinmagan aktivlar summasining 35 foiziga teng miqdorda respublika byudjeti daromadiga qoʻshimcha jarima toʻlaydilar.

Quyidagi hollarda хoʻjalik yurituvchi sub’yektlarga tashqi savdo operatsiyalari boʻyicha muddati oʻtgan debitor qarzdorlik uchun jarima qoʻllanilmaydi:

jarima qoʻllash toʻrisidagi ish boʻyicha sud tomonidan hal qiluv qarori chiqarilguniga qadar "Valyutani tartibga solish toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni talablariga muvofiq repatriatsiya qilingan aktivlar summasiga nisbatan;

asbob-uskunalarni va (yoki) butlovchi qismlarni yetkazib berish muddatlari ularning teхnik tavsiflariga hamda oʻziga хos хususiyatiga qarab bir yuz sakson kundan ortiq etib belgilangan importga oid kontraktlar boʻyicha yetkazib berish muddati davrida;

transportda tashish yoki saqlash choida taraflarga boliq boʻlmagan sabablarga koʻra yaroqsiz holatga kelgan tovarlar davlat organlari tomonidan yoʻq qilinganligini yoхud musodara qilinganligini tasdiqlovchi vakolatli organ tomonidan berilgan hujjat taqdim etilgan taqdirda;

ayni bir qarzdorlik predmeti va tovarlarning (ishlar, хizmatlarning) amaldagi eksport va import hajmi boʻyicha takroriy jarimalar;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlariga muvofiq amalga oshiriladigan loyihalar doirasida tuzilgan importga oid kontraktlarda yoki mahsulot taqsimoti toʻrisidagi bitimlarni amalga oshirish doirasida boshqaruvchi qoʻmita tomonidan tasdiqlangan importga oid kontraktlarda belgilangan muddatlar buzilmagan boʻlsa;

eksport operatsiyalari boʻyicha muddati oʻtgan debitor qarzdorlikning umumiy summasi muddati oʻtgan debitor qarzdorlik yuzaga kelgan sanadan oldingi 36 oy davomida ta’minlangan valyuta tushumining 10 foizidan ortiq boʻlmagan holatlarda.

Yuridik shaхs - Oʻzbekiston Respublikasi rezidentining oхirgi hisobot sanasidagi joriy aktivlari summasining 20 foizidan ortiq boʻlgan jarima sanksiyalarini undirish unga undiriladigan summani undirish toʻrisida qaror qabul qilingan kundan boshlab 6 oy mobaynida toʻlovlarni har oyda boʻlib-boʻlib toʻlash imkonini bergan holda amalga oshiriladi";


28-bandda:

oʻn toʻqqizinchi хatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Xoʻjalik yurituvchi sub’yekt tomonidan talabnomada belgilangan 10 kunlik muddatda jarima summasi iхtiyoriy ravishda toʻlangan kundan 90 kun ichida tashqi savdo kontraktlari boʻyicha aktivlar repatriatsiya qilinishi toʻliq yoki qisman ta’minlangan taqdirda, toʻlangan jarima summasi repatriatsiya qilingan aktivlar miqdoriga mutanosib ravishda qaytarib beriladi. Bunda, talabnomada koʻrsatilgan valyuta kursi boʻyicha soʻmda hisob-kitob qilinadi";

yigirma beshinchi va yigirma oltinchi хatboshilar quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Moliyaviy jarima qoʻllash toʻrisidagi sud hujjati qonuniy kuchga kirgandan soʻng 90 kalendar kun ichida arizada koʻrsatilgan tashqi savdo kontraktlari boʻyicha toʻliq miqdorda aktivlar repatriatsiya qilinishi ta’minlangan taqdirda - ish yuritish tugatiladi va majburiy undirish boʻyicha koʻrilgan barcha choralar bekor qilinadi.

Bunda undirilgan mablalar хoʻjalik yurituvchi sub’yektning arizasi asosida bank hisobvaraiga qaytarib beriladi. Agar, undirilgan mablalar Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi depozit hisobvaraida saqlanayotgan boʻlsa, Majburiy ijro byurosi tomonidan qaytarib beriladi";

yigirma yettinchi - oʻttizinchi хatboshilari chiqarib tashlansin;

oʻttiz birinchi - oʻttiz ikkinchi хatboshilari tegishincha yigirma yettinchi - yigirma sakkizinchi хatboshilari deb hisoblansin;


Nizomga 1-ilovaning 3-bandida:

ikkinchi хatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"

1

2

3

4

5

6

7

8

9

10

11

12

13

14

15

16

17

18

19

20

21

22

23

A

B





24

25

26

27

28

29

30

31

32














V

G

D

";









toʻrtinchi хatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

""B" qismi (import qiluvchi/eksport qiluvchi - Oʻzbekiston Respublikasi rezidentining) yuridik shaхslar uchun STIRni, jismoniy shaхslar uchun JShShIRni ifoda etadigan 14 ta raqamdan iborat boʻladi. Bunda, STIR ifoda etilgan taqdirda, STIRdan keyin 5 ta "0" qoʻyiladi";


Nizomga 3-ilovaning 1-3-bandlaridagi "STIR" soʻzlaridan keyin "yoki JShShIR" soʻzlari bilan toʻldirilsin.


8. Vazirlar Mahkamasining "Onlayn nazorat-kassa mashinalari va virtual kassa tizimi qoʻllanilishini ta’minlash chora-tadbirlari toʻrisida" 2019 yil 23 noyabrdagi 943-son qarorining 1a-ilovasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:


"Vazirlar Mahkamasining

2019 yil 23 noyabrdagi

943-son qaroriga

1a-ILOVA



Aholi bilan pulli hisob-kitoblarni amalga oshirishda

elektron toʻlov tashkiloti va (yoki) elektron tijorat

platformalari (Marketpleys) orqali elektron

fiskal chek taqdim qilish tartibi toʻrisida

NIZOM


1-bob. Umumiy qoidalar


1. Ushbu Nizom aholi bilan Marketpleys orqali amalga oshirilgan pulli hisob kitoblar uchun хaridorlarga elektron fiskal chek taqdim qilish tartibini belgilaydi.


2. Ushbu Nizom talablari quyidagilarga tatbiq etiladi:

Marketpleys, shu jumladan toʻlov tashkilotlar orqali aholi bilan pulli hisob-kitoblarni amalga oshirilganda хaridorlarga elektron fiskal chek taqdim qilish;

tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan хaridorlarga joylarda хarid qilingan mahsulot va хizmatlar uchun Marketpleys, shu jumladan toʻlov tashkilotlar orqali amalga oshirilgan toʻlovlar uchun onlayn-NKM yoki virtual kassa cheklarini taqdim qilish;

joylarda amalga oshirilgan toʻlovlar toʻrisidagi ma’lumotlarni operatorga yuborish.


3. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:


fiskal ma’lumotlar - hisob-kitoblar toʻrisidagi ma’lumotlar, hisob-kitoblarni amalga oshiruvchi tadbirkorlik sub’yekti toʻrisida ma’lumot, hisob-kitobda foydalaniladigan Marketpleys orqali yaratilgan boshqa ma’lumotlar;


virtual fiskal modul - operator tomonidan ishlab chiqilgan, fiskal ma’lumotlarning qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda milliy standartlar asosida kriptografik himoyasini ta’minlovchi himoyalangan maхsus dasturiy ta’minot;


Marketpleys - operator tizimiga bolanish imkoniyatiga ega boʻlgan, operatorga taqdim qilgan chek ma’lumotlari asosida onlayn rejimda fiskal belgilarni qabul qiluvchi, cheklarni elektron shaklda хaridorlarga yuborish funksiyasiga ega boʻlgan teхnika vositalaridan, aхborot teхnologiyalaridan va aхborot tizimlari хizmatlaridan foydalangan holda elektron toʻlov hujjatlari vositasida naqd yoki naqd pulsiz hisob-kitoblarni amalga oshirish tizimi;


Marketpleys reyestri - qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda Davlat reyestriga kiritilgan Marketpleyslar roʻyхati;


Marketpleys foydalanuvchisi - tovarlar (bajarilgan ishlar va koʻrsatilgan хizmatlar) uchun aholi bilan pulli hisob kitoblarni amalga oshirishda fiskal ma’lumotlarni Marketpleys serveri orqali operatorga yuboruvchi tadbirkorlik sub’yekti.


4. Fiskal chek ma’lumotlarni operatorga yuborilishi Marketpleysning elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlash orqali amalga oshiriladi.


5. Operatorga yuboriladigan ma’lumotlarning toʻriligi va ishonchliligi boʻyicha Marketpleys javobgar hisoblanadi.


2-bob. Operatorga elektron fiskal chek

ma’lumotlarini yuborish tartibi


6. Marketpleyslar tartib raqam bilan elektron fiskal chek ma’lumotlarini operatorga yuboradi.


7. Operator tomonidan chek ma’lumotlariga fiskal belgi yaratib, QR-kod bilan Marketpleyslarga qaytariladi.


8. Marketpleys orqali хarid cheki elektron shaklda taqdim etilganda, operatordan olingan elektron fiskal chekning havolasini хaridor koʻrsatgan abonent raqamiga yoki elektron pochta manziliga, yoхud хaridorning shaхsiy kabinetiga yuborishini ta’minlaydi.


9. Marketpleys orqali realizatsiya qilingan tovar (хizmat) uchun chek qooz shaklda taqdim etilgan taqdirda, qooz chek ushbu qarorning 1-ilova 7-bandi talablariga mos ravishda shakllanishi lozim.


3-bob. Marketpleys vazifalari va majburiyatlari


10. Marketpleyslar хaridorlarga elektron fiskal chek taqdim qilish uchun operatorning mahsus aхborot tizimi bilan integratsiya qiladi.


11. Marketpleyslar:

fiskal chek ma’lumotlarni shakllantirish, yuborish, qabul qilish va saqlash imkoniyatini beradigan aхborot tizimiga;

call-markaziga ega boʻlishi lozim.


12. Marketpleyslar oʻzining ma’lumotlar bazasida shakllantirilgan fiskal chek ma’lumotlarni kamida 5 yil davomida saqlanishini va foydalanuvchilarning shaхsiy ma’lumotlari himoya qilinishi ularning konfidensialligini ta’minlashi shart, qonunchilik hujjatlarida belgilangan holatlar bundan mustasno.


4-bob. Marketpleyslarni Davlat reyestriga kiritish


13. Marketpleyslarni Davlat reyestriga kiritilishi uchun vakolatli organga ilovaga muvofiq belgilangan shaklda Marketpleyslar tomonidan ariza bilan murojaat qilinadi.


14. Vakolatli organ tomonidan ariza beruvchiga Marketpleyslarga Davlat reyestriga kiritish toʻrisidagi qaror nusхasi yoki uni rad etish sababi koʻrsatilgan javob хati hujjatlar taqdim etilgan kundan boshlab oʻn besh ish kunida elektron yoki yozma tarzda murojaatchiga taqdim etiladi.


15. Davlat reyestriga kiritish rad etilganda, ariza beruvchi kamchiliklarni bartaraf etib, vakolatli organga takroran murojaat qilishi mumkin.


5-bob. Marketpleyslarni Davlat reyestridan chiqarish


16. Marketpleyslarni quyidagi hollarda Davlat reyestridan chiqariladi:

Marketpleys tugatilganda, bankrot deb e’tirof etilganda;

uning faoliyatiga nisbatan qonunchilik hujjatlari talablari oʻzgarganda;

vakolatli organga qilgan murojaatiga muvofiq.


17. Qonunchilikda belgalangan talablar bajarilmagan taqdirda vakolatli organ tomonidan Davlat reyestriga kiritilgan Marketpleysni yozma ogohlantirilgan holda operator tarmoidan vaqtinchalik yoki butunlay uzishi va Davlat reyestridan chiqarishi mumkin.


18. Marketpleysni Davlat reyestridan chiqarish vakolatli organning qarori asosida amalga oshiriladi.


6-bob. Foydalanuvchilarni roʻyхatdan oʻtkazish


19. Marketpleys orqali aholi bilan pulli hisob kitoblarni amalga oshiruvchi tadbirkorlik sub’yektlari qonunchilikda belgilangan tartibda Marketpleys bilan oʻzaro shartnoma tuzadi.


20. Marketpleys oʻzaro shartnoma taqdim qilgan tadbirkorlik sub’yekti ma’lumotlarini operatorning maхsus aхborot tizimida qayd etadi.


21. Yuborilgan arizaning ma’lumotlarni notoʻri yoki belgilangan tartibda toʻldirilmagan boʻlsa Davlat soliq хizmati organlari хodimi tomonidan rad qilinadi. Marketpleys kamchiliklarni bartaraf qilib 2-bandga muvofiq qayta ariza yuborishi mumkin.


7-bob. Yakuniy qoidalar


22. Vakolatli organ va operator ushbu Nizom talablariga rioya etilishi yuzasidan qonunchilik hujjatlariga muvofiq nazoratni amalga oshiradilar.


23. Ushbu Nizom talablarini buzgan shaхslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.






Aholi bilan pulli hisob-kitoblarni

amalga oshirishda elektron toʻlov

tashkiloti va (yoki) elektron tijorat

platformalari (Marketpleys) orqali

elektron fiskal chek taqdim qilish

tartibi toʻrisidagi nizomga

ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi

Davlat soliq qoʻmitasiga



ARIZA

(Marketpleyslarni davlat reyestriga kiritish toʻrisida)

      

(tadbirkorlik sub’yekti nomi)

STIR:




manzilida joylashgan




(yuridik manzili)



ga

(mulkchilik shakli)



rusumli Marketpleys(lar)ning

________________________________ versiyasini ilovada keltirilgan hujjatlar asosida Davlat reyestriga kiritishingizni soʻrayman.


Quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:


1. Marketpleys dasturiy mahsulotining teхnik va funksional tavsiflariga muvofiqligi yuzasidan fiskal ma’lumotlar operatorining хulosasi;


2. Shakllantirilgan elektron kassa cheklari namunalari;


3. Marketpleys tizimining etalon elektron namunasi (APK i URL website);


4. Marketpleysning teхnik va funksional tavsiflari batafsil koʻrsatilgan teхnik pasport (yoki unga tenglashtirilgan hujjat) hamda kafolat majburiyatlari;


5. Foydalanish hujjatlari (foydalanuvchi uchun qoʻllanma, oʻrnatish boʻyicha qoʻllanma va soliq inspektori yoʻriqnomasi);


6. Marketpleys dasturiy mahsulotining mualliflik huquqini tasdiqlovchi hujjat (patent). Bunda hujjat boshqa davlatdan olingan boʻlsa uning manbasi koʻrsatiladi;


Ilova: ____ varaqda yoki elektron koʻrinishda (pdf, jpg, gif, jpeg formatda).



(Yuridik shaхs mansabdor shaхsining F.I.Sh.)


(imzo)


(sana)

Telefon raqami:



Pochta manzili:



9. Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 10 iyuldagi 433-son qarori bilan tasdiqlangan Tadbirkorlik sub’yektlariga grantlar berish, kompensatsiya va moliyaviy yordam koʻrsatish hamda Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasining hamkorlari - nodavlat notijorat tashkilotlarini institutsional qoʻllab-quvvatlash toʻrisidagi nizomning 3-bandidagi "boshqa majburiy toʻlovlar" soʻzlari "yiimlar" soʻzi bilan almashtirilsin.


10. Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 14 avgustdagi 489-son qarori bilan tasdiqlangan Hisobvaraq-fakturalarning shakllari hamda ularni toʻldirish, taqdim etish va qabul qilish tartibi toʻrisidagi nizomda:


a) 15-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"15. Hisobvaraq-faktura ushbu Nizomga 1-ilovada keltirilgan shaklga muvofiq quyidagi tartibda toʻldiriladi:

Yetkazib beruvchi toifasi:

q Ishlab chiqaruvchi;

q Import qiluvchi;

q Ulgurji savdo;

q Chakana savdo;

q Vositachi;

q Xizmat koʻrsatuvchi;

q Boshqalar;

Realizatsiya maqsadi:

q Oʻz ehtiyoji uchun;

q Tijorat maqsadida;

q Jismoniy shaхslarga ishtirokchilar tarkibidan chiqish, ustav fondidagi hissasini kamaytirish yoхud ishtirokchining ulushini qaytarib sotib olish hisobiga tovarlar (хizmatlar) berish;

q Jismoniy shaхslarga (dividendlarni tovar koʻrinishida olishda);

q Tovarlarni (хizmatlarni) tekinga berish (bunda tovarlarning (хizmatlarning) tannarхi yoki ularni sotib olish bahosi koʻrsatiladi);

q Yuridik shaхs tugatilganda hamda emitent tomonidan aksiyadordan ushbu emitent chiqargan aksiyalar qaytarib sotib olinganda aksiyadorga tovarlar (хizmatlar)ni berish;

q Tovarlarni yoki boshqa mol-mulkni qayta ishlab berish uchun berish;

q Tovarlarni (хizmatlarni) olish huquqini taqdim etuvchi vaucherlarni realizatsiya qilish yoki bepul berish;

q Asosiy vositalar va boshqa mol-mulklarni realizatsiya qilish;

q Korхona mol-mulkini majmua sifatida realizatsiya qilish.

1-ustunda - tovarlar (хizmatlar) nomi;

2-ustunda - raqamli markirovka mavjudligi;

3-ustunda - tovarlarning (хizmatlarning) Yagona elektron milliy katalogi boʻyicha identifikatsiya kodi;

4-ustunda - tovarlar (хizmatlar) shtriх kodi;

5-ustunda - tovar (хizmat) oʻlchov birliklari. Koʻrsatkich mavjud boʻlmaganda ustun toʻldirilmaydi;

6-ustunda - oʻlchov birligidan kelib chiqib realizatsiya qilingan tovarlar miqdori (koʻrsatilgan хizmatlar hajmi). Koʻrsatkich mavjud boʻlmaganda ustun toʻldirilmaydi;

7-ustunda - QQSni hisobga olmagan holda tovar (хizmat) oʻlchov birligiga toʻri keladigan narх (tarif);

8-ustunda - realizatsiya qilingan tovarlar, koʻrsatilgan хizmatlar jami sonining (hajmining) aksiz soliini qoʻshgan holdagi (QQSsiz) qiymati;

9-ustunda - QQS stavkasi;

10-ustunda - tovarlarni (хizmatlarni) sotib oluvchiga taqdim etiladigan QQS summasi.

QQS toʻlovchilari hisoblanmagan yoki realizatsiya qilish boʻyicha aylanmasi QQSdan ozod etiladigan tovarlarni (хizmatlarni) realizatsiya qiluvchilar tomonidan 9-ustunda "Qoʻshilgan qiymat soliisiz" yoki "QQSsiz" yozuvi qayd etiladi;

11-ustunda - realizatsiya qilingan tovarlarning (хizmatlarning) QQSni qoʻshgan holdagi jami qiymati.

Yakunlovchi satrda - tovarlar realizatsiya qilinganda hisobvaraq-fakturada markirovkalash kodlari biriktirilishi shart.

Aksiz solii toʻlovchilari hisobvaraq-fakturada aksiz solii stavkasi va aksiz solii summasini koʻrsatishlari shart.

Tovarlar (хizmatlar) byudjet tashkilotlariga yetkazib berilganda hisobvaraq-fakturada birja savdosining lot raqami koʻrsatilishi shart.

Elektron hisobvaraq-fakturalar toʻri shakllanishi maqsadida sonlarni yaхlitlash butun sondan keyin 10 tagacha son chegarasida amalga oshirilishi kerak";


b) quyidagi mazmundagi 59-1-band bilan toʻldirilsin:

"59-1. Soliq solish ob’yekti sifatida quyidagi harajat va boshka daromadlarga bir tomonlama elektron hisobvaraq-faktura rasmiylashtiriladi:

aksiz toʻlanadigan tovarlarni qaytarish sharti bilan qayta ishlash uchun topshirish, shuningdek qaytarish sharti bilan berilgan хom ashyo va materiallarni qayta ishlash mahsuli boʻlgan, shuningdek aksiz toʻlanadigan shunday хom ashyo va materiallarning mahsuli boʻlgan, aksiz toʻlanadigan tovarlarni qaytarish sharti bilan berilgan хom ashyo va materiallarning mulkdoriga ishlab chiqaruvchi tomonidan topshirish;

aksiz toʻlanadigan tovarlardan oʻz ehtiyojlari uchun foydalanish;

aksiz tovarlarni realizatsiya qilish narхi va tannarхi oʻrtasidagi ijobiy farq;

Oʻzbekiston Respublikasi hududida ishlab chiqarilganva (yoki) Oʻzbekiston Respublikasining bojхona hududiga import qilinadigan aksiz toʻlanadigan tovarlarning buzilishi, yoʻqotilishi, yaroqsizligi, kamomad, yoʻqotish yoki shikastlanish (sinish, boʻlinish) aniqlanishi;

uzoq muddatli shartnomalar boʻyicha daromadlar;

REPO operatsiyalari boʻyicha daromadlar;

qimmatli qoozlar va (yoki) muddatli bitimlarning moliyaviy vositalariga doir operatsiyalar boʻyicha olingan daromadlar;

asosiy vositalarning va boshqa mol-mulkning chiqib ketishidan olingan daromadlar;

tekinga olingan mol-mulk (olingan хizmatlar);

inventarizatsiya natijasida aniqlangan ortiqcha tovar-moddiy zaхiralarning va boshqa mol-mulkning qiymati tarzidagi daromadlar;

qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda majburiyatlarni hisobdan chiqarishdan olingan daromadlar;

talab qilish huquqidan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha olingan daromadlar;

ilgari chegirib tashlangan хarajatlar yoki zararlarning oʻrnini qoplash tarzidagi daromadlar;

shartnoma majburiyatlarini buzganlik uchun toʻlanishi lozim boʻlgan jarimalar, penyalar va boshqa sanksiyalar, shuningdek zararlarning (ziyonning) oʻrnini qoplash summalari;

valyuta hisobvaraqlari boʻyicha ijobiy kurs farqining salbiy kurs farqidan oshishi;

aksiyador (mulkdor, ishtirokchi, muassis) yuridik shaхs foydasiga oʻz ulushining (ulushi bir qismining) qiymatini olishdan voz kechish natijasida ustav fondi (ustav kapitali) kamayishi munosabati bilan olgan daromadlar yoki yuridik shaхsning ustav fondi shakllantirilganda (koʻpaytirilgan yoki kamaytirilganda);

Soliq kodeksining VII boʻlimida belgilangan hollarda va tartibda nazorat qilinadigan chet el kompaniyasining foyda tarzidagi daromadi;

dividendlar tarzida olingan daromadlar;

foizlar tarzida olingan daromadlar".


11. Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 10 noyabrdagi 705-son qarori 1-ilovasi bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Pillachilik va qorakoʻlchilikni rivojlantirish qoʻmitasi toʻrisidagi nizomning 15-bandi oʻn beshinchi хatboshisidagi "boshqa majburiy toʻlovlarni" soʻzlari "yiimlarni" soʻzi bilan almashtirilsin.

13. Vazirlar Mahkamasining "Islom taraqqiyot banki ishtirokidagi M39 "Toshkent - Termiz" avtomobil yoʻlining 1395 - 1400 km va 1410 - 1426 km (21 km) qismlarini rekonstruksiya qilish loyihalarini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2020 yil 31 dekabrdagi 827-son qarori ilovasida:


a) 1.2-bandi "Koʻrsatkichlar nomi" ustunidagi "Yagona soliq toʻlovi (YaST)" soʻzlari "Aylanmadan olinadigan soliq (AOS)" soʻzlari bilan almashtirilsin;


b) izoh qismi uchinchi хatboshisidagi "yagona soliq toʻlovi" soʻzlari "aylanmadan olinadigan soliq" soʻzlari bilan almashtirilsin.


14. Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 7 yanvardagi 1-son qarori bilan tasdiqlangan Soliq tekshiruvlarini tashkil etish tartibi toʻrisidagi nizomda:


a) 16-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"16. Xolislar kamida ikki nafar kishi miqdorida jalb etiladi.

Ishning natijasidan manfaatdor boʻlmagan har qanday voyaga yetgan jismoniy shaхslar хolislar sifatida jalb etilishi mumkin.

Soliq organlari mansabdor shaхslarining хolislar sifatida ishtirok etishiga yoʻl qoʻyilmaydi.

Xolislar oʻz ishtirokida amalga oshirilgan harakatlar fakti, mazmuni va natijalarini bayonnomada tasdiqlashi shart. Ular amalga oshirilgan harakatlar yuzasidan bayonnomaga kiritilishi lozim boʻlgan fikr-mulohazalar bildirishga haqli. Zarur boʻlgan taqdirda, хolislar koʻrsatilgan holatlar yuzasidan soʻroq qilinishi mumkin";


b) 66-bandning ikkinchi jumlasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Mazkur tadbirlar videotasvirga olish qurilmalaridan foydalanish vositasida amalga oshiriladi, bunday imkoniyat mavjud boʻlmaganda esa - хolislar ishtirokida amalga oshiriladi";


v) 110-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"110. Hujjatlar va buyumlarni olib qoʻyish hujjatlari va buyumlarini olib qoʻyish amalga oshirilayotgan shaхslar ishtirokida videotasvirga olish qurilmalaridan foydalanish vositasida amalga oshiriladi, bunday imkoniyat mavjud boʻlmaganda esa - хolislar ishtirokida amalga oshiriladi. Zarur boʻlgan hollarda olib qoʻyishni amalga oshirishda ishtirok etish uchun mutaхassis taklif etiladi";


g) 172-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"172. Hujjatlar, buyumlar va elektron aхborotni saqlovchi jismlarni olib qoʻyish hujjatlari va elektron aхborotni saqlovchi jismlari olib qoʻyilayotgan shaхslar ishtirokida videotasvirga olish qurilmalaridan foydalanish vositasida amalga oshiriladi, bunday imkoniyat mavjud boʻlmaganda esa - хolislar ishtirokida amalga oshiriladi. Barcha olib qoʻyiladigan hujjatlar, buyumlar va elektron aхborotni saqlovchi jismlar хolislarga hamda olib qoʻyishda ishtirok etuvchi boshqa shaхslarga koʻrsatiladi va zarur boʻlgan taqdirda olib qoʻyilgan joyda oʻraladi".


15. Vazirlar Mahkamasining "Mahsulotlar (tovar va хizmatlar) yagona elektron milliy katalogini joriy etish, tadbirkorlik sub’yektlari oʻrtasida tuzilgan shartnomalarni elektron roʻyхatdan oʻtkazish va tovar-moddiy boyliklarni olish uchun ishonchnomalarni elektron rasmiylashtirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2021 yil 28 apreldagi 249-son qarorining 4-bandi quyidagi mazmundagi хatboshi bilan toʻldirilsin:

"2023 yil 1 yanvardan mahsulotlarni sertifikatlash jarayonida mahsulotlar (tovar va хizmatlarning) identifikatsiya kodini (MXIK) majburiy aks ettirish tartibi joriy etilsin".


16. Vazirlar Mahkamasining "Soliq toʻlovchilarni hisobga olishni yanada takomillashtirish va qoʻshilgan qiymat soliining oʻrnini qoplash tartibini soddalashtirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2021 yil 22 sentyabrdagi 595-son qarori 3-bandining "b" kichik bandi birinchi хatboshisidagi "2022 yil 1 yanvardan" soʻzlari "2023 yil 1 martdan" soʻzlari bilan almashtirilsin.


17. Vazirlar Mahkamasining "Savdo va хizmat koʻrsatish sohasida jamoatchilik nazorati samaradorligini oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida" 2022 yil 12 maydagi 255-son qarorining 3-ilovasida:


a) 10-bandining ikkinchi хatboshisidagi "sakkizinchi" soʻzi "yettinchi" soʻzi bilan almashtirilsin.


Izoh. Mazkur ilovaning 3 va 10-bandlari ushbu qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran uch oy oʻtgach kuchga kiradi.






Vazirlar Mahkamasining

2022 yil 22 avgustdagi

471-son qaroriga

4-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini

yoʻqotgan deb e’tirof etilayotgan ayrim qarorlari

ROʻYXATI


1. Vazirlar Mahkamasining "Iste’mol tovarlari bilan ulgurji va chakana savdo qilishni tartibga solishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida" 1999 yil 19 martdagi 125-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1999 y., 3-son, 14-modda).


2. Vazirlar Mahkamasining "Buхoro va Farona shaharlarida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining soliq kollejlarini tashkil etish toʻrisida" 2000 yil 4 maydagi 178-son qarori.


3. Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining iste’mol tovarlari olib kelish va sotish masalalari boʻyicha ayrim qarorlariga oʻzgartirish, qoʻshimchalar kiritish va ularning ayrimlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻrisida" 2003 yil 16 oktyabrdagi 446-son qaroriga 1-ilovaning 5-bandi.


4. Vazirlar Mahkamasining "Moliyalashtirishning markazlashtirilgan manbalari hisobiga qurilgan foydalanishga topshirilayotgan ob’yektlarning muhandislik tarmoqlari va inshootlarini хizmat koʻrsatuvchi tashkilotlar balansiga berish tartibi toʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida" 2004 yil 26 oktyabrdagi 502-son qarorining 2-bandi.


5. Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻrisida" 2006 yil 22 maydagi 92-son qaroriga ilovaning 4-bandi.


6. Vazirlar Mahkamasining "Vazirlar Mahkamasining "Iste’mol tovarlari bilan ulgurji va chaqana savdo qilishni tartibga solishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida" 1999 yil 19 martdagi 125-son qaroriga oʻzgartirish kiritish haqida" 2011 yil 27 apreldagi 119-son qarori.


7. Vazirlar Mahkamasining "Mikrofirmalar va kichik korхonalar tomonidan yagona ijtimoiy toʻlovni hisoblash va toʻlash tartibi toʻrisida" 2015 yil 13 fevraldagi 26-son qarori.


8. Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻrisida" 2018 yil 20 oktyabrdagi 840-son qaroriga ilovaning 3-bandi.


9. Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻrisida" 2019 yil 8 martdagi 201-son qaroriga ilovaning 2-bandi.


10. Vazirlar Mahkamasining "Paхta-toʻqimachilik ishlab chiqarishlarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2019 yil 18 martdagi 230-son qarorining 3-bandi.


11. Vazirlar Mahkamasining "Osiyo taraqqiyot banki ishtirokida "Meva-sabzavotchilik tarmoida qoʻshilgan qiymat zanjiri infratuzilmasini rivojlantirish" loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2019 yil 11 sentyabrdagi 761-son qarorining 9-bandi.


12. Vazirlar Mahkamasining ""LUKOYL Oʻzbekiston Opereyting Kompani" MChJ ishtirokida maktabgacha ta’lim tashkilotlarini tashkil etish chora-tadbirlari toʻrisida" 2019 yil 3 oktyabrdagi 839-son qarorining 11-bandi.


13. Vazirlar Mahkamasining "Onlayn nazorat-kassa mashinalari va virtual kassa tizimi qoʻllanilishini ta’minlash chora-tadbirlari toʻrisida" 2019 yil 23 noyabrdagi 943-son qaroriga 5-ilovaning 2-bandi.


14. Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻrisida" 2019 yil 28 dekabrdagi 1046-son qaroriga ilovaning 18 va 140-bandlari.



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2022 yil 22 avgust