Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 21.11.2022 y. 663-son "Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining yoqilgʻi-energetika va kimyo sohalarini rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari - energetika vazirining funksional vazifalari hamda Yoqilgʻi-energetika va kimyo sohalarini rivojlantirish masalalari kotibiyati toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida"gi Qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI
VAZIRLAR MAHKAMASINING
QARORI
21.11.2022 y.
N 663
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI
BOSh VAZIRINING YoQILGʻI-ENERGETIKA
VA KIMYo SOHALARINI RIVOJLANTIRISh
MASALALARI BOʻYIChA OʻRINBOSARI ENERGETIKA
VAZIRINING FUNKSIONAL VAZIFALARI HAMDA
YoQILGʻI-ENERGETIKA VA KIMYo SOHALARINI
RIVOJLANTIRISh MASALALARI KOTIBIYaTI
TOʻGʻRISIDAGI NIZOMLARNI
TASDIQLASh HAQIDA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi tuzilmasini takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida" 2022 yil 29 sentyabrdagi PQ-384-son qarori ijrosini ta’minlash yuzasidan Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:
1. Quyidagilar:
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining yoqilgʻi-energetika va kimyo sohalarini rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari - energetika vazirining funksional vazifalari toʻgʻrisida nizom 1-ilovaga muvofiq;
Yoqilgʻi-energetika va kimyo sohalarini rivojlantirish masalalari kotibiyati toʻgʻrisida nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining yoqilgʻi-energetika va kimyo sohalarini rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari - energetika vaziri J.T. Mirzamahmudov oʻn kun muddatda Kotibiyat rahbarlari va mutaхassislarining funksional vazifalari taqsimlanishini qayta koʻrib chiqib, tasdiqlasin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining yoqilgʻi-energetika va kimyo sohalarini rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari - energetika vaziri J.T. Mirzamahmudov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. Aripov
Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),
2022 yil 22 noyabr