Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi hududiga karantinli, oʻta хavfli va boshqa yuqumli kasalliklarning chetdan kirib kelishi va tarqalishidan muhofaza qilish boʻyicha sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari (0034-22-son SanQvaN)ni tasdiqlash toʻgʻrisida"gi Qarori (OʻzR Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi хizmatining 08.09.2022 y. N 25-son)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

SANITARIYa-EPIDEMIOLOGIK OSOYIShTALIK

VA JAMOAT SALOMATLIGI XIZMATINING

08.09.2022 y.

N 25-son




QARORI



Oʻzbekiston Respublikasi hududiga

karantinli, oʻta хavfli va boshqa yuqumli

kasalliklarning chetdan kirib kelishi va

tarqalishidan muhofaza qilish boʻyicha

sanitariya qoidalari, normalari

va gigiyena normativlari

(0034-22-son SanQvaN)ni

tasdiqlash toʻrisida


[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan

2022 yil 14 sentyabrda hisobga olindi, hisob raqami 109]



Oʻzbekiston Respublikasi "Aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi toʻrisida"gi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 27 iyuldagi PQ-4790-son "Oʻzbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi хizmati faoliyatini tashkil qilish chora-tadbirlari toʻrisida"gi qarori va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 18 noyabrdagi 912-son "Oʻzbekiston Respublikasining Davlat chegarasi orqali oʻtkazish punktlarida chegara, bojхona, sanitariya-karantin, fitosanitariya va veterinariya nazoratini tashkil etish tartibini yanada takomillashtirish toʻrisida"gi qaroriga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi хizmati QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasi hududiga karantinli, oʻta хavfli va boshqa yuqumli kasalliklarning chetdan kirib kelishi va tarqalishidan muhofaza qilish boʻyicha sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari (0034-22-son SanQvaN) ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


2. Oʻzbekiston Respublikasi hududini odamlar uchun хavfli boʻlgan karantinli va boshqa yuqumli kasalliklar kirib kelishi va tarqalishidan muhofaza qilish boʻyicha sanitariya qoidalari va me’yorlari (0161-04-son SanQvaN) oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.


3. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi, Davlat bojхona qoʻmitasi, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi bilan kelishilgan.


4. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.



Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va

jamoat salomatligi хizmati boshlii                                                     B. Yusupaliyev

        

           

Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz).