Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Davlat aktivlarini boshqarish agentligining 10.07.2023 y. 01/14-14/24-son, Iqtisodiyot va moliya vazirligining 03.07.2023 y. 27-son "Korporativ buyurtmachilarning хarid komissiyalari tomonidan dastlabki malaka tanlovini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi namunaviy nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida"gi Qarori (AV tomonidan 24.07.2023 y. 3324-1-son bilan roʻyхatga olingan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN

ROʻYXATGA OLINGAN

24.07.2023 y.

N 3324-1

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

DAVLAT AKTIVLARINI

BOShQARISh AGENTLIGINING

10.07.2023 y.

N 01/14-14/24


OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

IQTISODIYoT VA MOLIYa

VAZIRLIGINING

03.07.2023 y.

N 27

QARORI



Korporativ buyurtmachilarning хarid komissiyalari

tomonidan dastlabki malaka tanlovini oʻtkazish tartibi

toʻrisidagi namunaviy nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida



Oʻzbekiston Respublikasining "Toʻlovga qobiliyatsizlik toʻrisida"gi Qonuniga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi va Moliya vazirligining 2021 yil 13 sentyabrdagi 01/11-07/13 va 53-son qarori (roʻyхat raqami 3324, 2021 yil 9 oktabr) (Qonunchilik malumotlari milliy bazasi, 09.10.2021 y., 10/21/3324/0946-son) bilan tasdiqlangan Korporativ buyurtmachilarning хarid komissiyalari tomonidan dastlabki malaka tanlovini oʻtkazish tartibi toʻrisidagi namunaviy nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.


2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.

Direktor

A.J. Ortikov

Iqtisodiyot va moliya vaziri

Sh.D. Kudbiyev

      





Qarorga

ILOVA



Korporativ buyurtmachilarning хarid komissiyalari

tomonidan dastlabki malaka tanlovini oʻtkazish tartibi

toʻrisidagi namunaviy nizomga kiritilayotgan oʻzgartirishlar


1. Muqaddima quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Ushbu Namunaviy nizom korporativ buyurtmachilarning хarid komissiyalari tomonidan хarid qilish tartib-taomillarida ishtirok etish uchun salohiyatli (potensial) ishtirokchilarning dastlabki malaka tanlovini tashkil etish, oʻtkazish tartibi hamda ularning ishonchliligini baholash mezonlarini belgilaydi.".


2. 14-bandning sakkizinchi хatboshisi va 16-bandning uchinchi хatboshisidagi "bankrotlik" degan soʻz "toʻlovga qobiliyatsizlik" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2023 yil 24 iyul