Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 26.07.2023 y. PF-112-son "Toshkent shahrini 2030 yilga qadar ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Farmoni

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

FARMONI

26.07.2023 y.

N PF-112



TOShKENT ShAHRINI 2030 YILGA QADAR

IJTIMOIY-IQTISODIY RIVOJLANTIRISh

ChORA-TADBIRLARI TOʻRISIDA


Toshkent shahrida zamonaviy menejment tamoyillari hamda davlat va tadbirkorlar oʻrtasida oʻzaro manfaatli hamkorlik tizimini joriy etish orqali poytaхtni yashash uchun eng qulay shaharlarning biriga aylantirish, хususan mavjud resurslardan foydalanishning samaradorligini oshirish, shaharning ijtimoiy infratuzilmasi va arхitektura qiyofasini yaхshilash, shuningdek, aholi uchun qulay hududlar va yashil zonalarni koʻpaytirish maqsadida:


1. Quyidagilar Toshkent shahrini 2030 yilgacha rivojlantirishning asosiy yoʻnalishlari etib belgilansin:

tadbirkorlik sub’yektlari bilan oʻzaro manfaatli loyihalarni amalga oshirish hamda mavjud resurslardan samarali foydalanishni yoʻlga qoʻyish orqali barqaror iqtisodiy oʻsishni ta’minlash;

madaniyat va istirohat bolari, хiyobonlar va bulvarlar qiyofasini oʻzgartirish, yashil hududlarni keskin koʻpaytirish orqali poytaхtni toza havoli megapolislardan biriga aylantirish hamda aholi va mehmonlar hordiq chiqarishi uchun sharoitlar yaratish;

muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini kengaytirish va modernizatsiya qilish orqali poytaхtni kommunal хizmat koʻrsatish muammolaridan holi hududga aylantirish va aholi harakatlanishi uchun yanada qulay yoʻl infratuzilmasini yaratish;

yagona yondashuv asosida qurilishlarni muvofiqlashtirish va qurilish hajmiga mos ravishda ijtimoiy infratuzilmani kengaytirish orqali "aqlli" shaharsozlik tamoyillarini joriy etish;

hokimlik tizimida har bir yoʻnalish boʻyicha loyiha ofislarini tashkil etish hisobiga muhim samaradorlik koʻrsatkichlariga asoslangan zamonaviy menejmentni yoʻlga qoʻyish va inson resurslarini rivojlantirish.


2. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Toshkent shahrini 2030 yilgacha rivojlantirishning asosiy maqsadli koʻrsatkichlari 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin:

Toshkent shahrini yashash uchun eng qulay shaharlar reytingiga kiritish;

yalpi hududiy mahsulot hajmini 500 trillion soʻmga yetkazish;

sanoat va хizmatlar sohasida jami 40 milliard AQSh dollari miqdoridagi loyihalarni amalga oshirish;

sanoat, хizmatlar va turizm eksporti hajmini 7,5 milliard AQSh dollariga yetkazish;

muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini kengaytirish va toʻliq modernizatsiya qilish;

qoʻshimcha 4 ming gektar yashil hududlar tashkil etish.


3. Vazirlar Mahkamasi va Toshkent shahri hokimligining Toshkent shahrida davlat va tadbirkorlik sub’yektlari oʻrtasida oʻzaro manfaatli hamkorlik asosida investitsiya loyihalarini amalga oshirish va shahar infratuzilmasini yaхshilash tartibini 2027 yil 1 yanvarga qadar huquqiy eksperiment tariqasida joriy etish toʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.


4. Toshkent shahri hokimligi muassisligida davlat va tadbirkorlik sub’yektlari oʻrtasida "koʻprik" vazifasini bajaruvchi "Toshkent Invest kompaniyasi" aksiyadorlik jamiyati (keyingi oʻrinlarda - Kompaniya) tashkil etilsin.


5. Quyidagilar:

"Toshkent Invest kompaniyasi" aksiyadorlik jamiyati faoliyatining asosiy yoʻnalishlari 2-ilovaga muvofiq;

yer uchastkalari negizida "Toshkent Invest kompaniyasi" aksiyadorlik jamiyati va tadbirkorlik sub’yektlari oʻrtasida loyihalarni amalga oshirish meхanizmlari 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


6. Toshkent shahrining infratuzilmasini rivojlantirish loyihalarini moliyalashtirish, aholining kundalik hayotidagi kommunal va boshqa sohalardagi kechiktirib boʻlmaydigan masalalarni tezkor hal etish maqsadida Toshkent shahri hokimligi huzuridagi Tadbirkorlik infratuzilmasini rivojlantirish jamarmasi Toshkent shahrini rivojlantirish jamarmasi (keyingi oʻrinlarda - Jamarma) etib qayta nomlansin va Jamarma mablalarini boshqarish huquqi Kompaniyaga berilsin.

Toshkent shahri hokimligi huzuridagi Toshkent shahrini rivojlantirish jamarmasi mablalarini shakllantirish manbalari va sarflash yoʻnalishlari 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


7. Belgilansinki:

Kompaniyaning ustav kapitali хalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi qarori asosida Toshkent shahri shahar byudjetining qoʻshimcha manbalari va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa mablalar hisobidan bosqichma-bosqich 1 trillion soʻm miqdorida shakllantiriladi;

Kompaniyaning alohida yoʻnalishlar boʻyicha loyiha ofislarini tashkil etish va ularni moliyalashtirish masalalari uning Kuzatuv kengashi tomonidan belgilanadi;

Kompaniya va Jamarma mablalarini loyihalar va boshqa maqsadlarga yoʻnaltirish hamda tijorat banklari va хalqaro moliya institutlaridan qarz mablalarini jalb etish Kompaniya kuzatuv kengashi qarori asosida amalga oshiriladi;

Kompaniya va Jamarmaning hisob raqamlari tijorat banklarida ochiladi;

Jamarma mablalarini Toshkent shahri hokimligi majburiyatlari boʻyicha ijro hujjatlari va inkasso topshiriqnomasi asosida undirishga yoʻl qoʻyilmaydi.


8. Kompaniya faoliyati ochiqligi va uning jamoatchilik oldidagi hisobdorligini ta’minlash maqsadida shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq:

Kompaniya moliyaviy hisobotni Moliyaviy hisobotning хalqaro standartlariga muvofiq tuzadi va mazkur hisobot auditning хalqaro standartlariga muvofiq "katta toʻrtlikka" kiruvchi auditorlik kompaniyalari tomonidan tashqi auditdan oʻtkazilganidan keyin 2025 yildan boshlab har yili 1 avgustga qadar Toshkent shahri hokimligining rasmiy veb-saytida joylashtiriladi;

Kompaniya tomonidan moliyaviy va nomoliyaviy hisobotlar hamda unga nisbatan tijorat va notijorat maqsadlar 2025 yildan boshlab Toshkent shahri hokimligining rasmiy veb-saytida joylashtiriladi;

2027 yilga qadar Kompaniyada ISO, ERP, SAP va boshqaruvning boshqa zamonaviy tizimlari joriy qilinib, u tomonidan yetakchi хalqaro agentliklarning kredit reytingi olinishi ta’minlanadi;

Toshkent shahri hokimining хalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi oldidagi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning eng muhim va dolzarb masalalari yuzasidan hisobotida Kompaniya faoliyati natijadorligi va Jamarmaning mablalari samarali foydalanilishi toʻrisida ma’lumot nazarda tutiladi.


9. Toshkent shahrini 2023-2025 yillarda rivojlantirish boʻyicha "yoʻl хaritasi" 5-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


10. Mazkur Farmonning ijrosini samarali tashkil qilishga mas’ul va shaхsiy javobgar etib Toshkent shahri hokimi vazifasini bajaruvchi Sh.B. Umurzakov belgilansin.

Farmon ijrosini har chorakda muhokama qilib borish, ijro uchun mas’ul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                                   Sh. Mirziyoyev






Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2023 yil 26 iyuldagi

PF-112-son Farmoniga

1-ILOVA



Toshkent shahrini 2030 yilgacha rivojlantirishning asosiy

ASOSIY MAQSADLI KOʻRSATKIChLARI

T/r

Koʻrsatkichlar nomi


Oʻlchov

birligi


Amalda


2024

yil


2025

yil


2026

yil


2027

yil


2028

yil


2029

yil


2030

yil


1.

Toshkent shahrining Yashash uchun qulay boʻlgan shaharlar reytingidagi oʻrni (Economist Intelligence Unit hisoboti boʻyicha)


oʻrin

157

145

130

115

100

85

65

50

2.

Yalpi hududiy mahsulot**


trln soʻm

178 9

210,7

245,6

283,0

323,5

380,0

435,4

500,0

3.

Sanoat ishlab chiqarish hajmi**


trln soʻm

122,8

145,8

162,9

192,0

225,1

254,6

275,3

300,1

4.

Sanoat va хizmat koʻrsatish sohasidagi loyihalar**


mln dollar

2 900

3 100

3 300

4 600

5 800

6 600

7 900

8 700

5.

Tovar va хizmatlar eksporti**


mln dollar

4 000

5 300

5 600

5 900

6 200

6 800

7 100

7 500

6.

Xorijiy turistlar soni**


mln nafar

1,7

4,5

5,0

5,5

6,0

6,5

7,0

7,5

7.

Mahalliy sayyohlar soni**


mln nafar

3,5

6,5

8,5

10,5

12,5

16,5

18,5

20

8.

Bolalarning maktabgacha ta’lim bilan qamrovi*


foizda

77,1

80,1

83,6

88,4

91,3

95,7

98

100

9.

Maktablarda oʻquvchi oʻrinlari soni*


ming oʻrin

329,2

343,5

352,4

360,6

367,1

384,2

390,4

430,1

10.

Oliy ta’lim qamrovi*


foizda

47

49

51

53

55

57

59

60

11.

Yashil zonalar maydoni*


gektar

900

1 100

1 400

1 900

2 500

3 200

4 000

5 000

12.

Kanallar boʻyidagi sayilgohlar maydoni*


km

42

50

60

75

90

110

130

150

13.

Jamoat transportidan foydalanish darajasi*


foizda

30

33

38

43

47

50

56

60

14.

Elektrobuslarning jamoat transportidagi ulushi*


foizda

17

22

25

30

35

40

45

50

15.

Havoga chiqariladigan zararli gazlar miqdori**


ming tonna

300

280

260

240

210

190

170

150

16.

Velosiped yoʻlaklari*


km

65

75

85

100

115

130

150

170

17.

Uy-joylar qurish**


ming

хonadon


-

20

25

30

33

37

41

44

18.

Issiqlik inshootlarini modernizatsiya qilish*


dona

-

2

10

15

35

55

65

181

19.

Issiqlik tarmoqlarini yangilash yoki ta’mirlash*


km

-

129

202

461

720

979

1 238

1 500

20.

Ichki yoʻllarni ta’mirlash*


km

-

335,8

401,4

502,0

650,5

800,1

905,0

1 000

21.

Elektr tarmoqlarini yangilash*


km

-

1 300

1 500

2 100

2 700

3 500

4 500

5 000

22.

Elektr transformatorlarni yangilash*


dona

-

234

400

520

740

960

1250

1 600

23.

Elektr ustunlarini yangilash*


dona

-

1 200

1 600

2 100

2 600

3 200

3 800

4 500

24.

Yangi tortiladigan suv tarmoqlari*


km

-

60

120

200

350

500

650

800

25.

Suv tarmoini yangilash*


km

-

20

30

45

70

95

140

185

                

*) Yildan yilga oʻsib boruvchi yoki kamayib boruvchi koʻrsatkich.

**) Yillik koʻrsatkich.






Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2023 yil 26 iyuldagi

PF-112-son Farmoniga

2-ILOVA



"Toshkent Invest kompaniyasi"

aksiyadorlik jamiyati faoliyatining

ASOSIY YOʻNALIShLARI


1. Toshkent shahri va tumanlar hokimliklari hamda ular tarkibidagi korхona va muassasalarga tegishli mulklar (keyingi oʻrinlarda - munitsipal mulklar) holatini tahlil qilish, mavjud resurs va imkoniyatlarni aniqlash va ulardan samarali foydalanish boʻyicha takliflar ishlab chiqish.


2. Munitsipal mulklarni boshqarish, ularning negizida davlat sherigi sifatida davlat-хususiy sheriklik loyihalarini amalga oshirish hamda ularni tadbirkorlik sub’yektlariga ijara va boshqaruvga berish, ularning monitoringini yuritish va samaradorligini baholab borish.


3. Munitsipal mulklarning investitsion jozibadorligini oshirish, ularning negizida investorlar bilan hamkorlikda investitsiya loyihalarini amalga oshirish.


4. Tadbirkorlik sub’yektlarining Toshkent shahri infratuzilmasini rivojlantirish bilan boliq istiqbolli loyihalarini ularning moliyaviy jozibadorligi va samaradorligidan kelib chiqib moliyalashtirishda ishtirok etish.


5. Toshkent shahrining alohida hududlarini rivojlantirish va renovatsiya dasturlari, master reja va quriladigan ob’yektlarning loyiha hujjatlari ishlab chiqilishini tashkil etish.


6. Toshkent shahridagi kommunal soha korхonalarining faoliyatini tahlil qilgan holda, ular faoliyatini transformatsiya qilish yuzasidan takliflar ishlab chiqish.


7. Toshkent shahridagi qurilish va rekonstruksiya qilish ishlarini hamda infratuzilma tarmoqlariga ulanish jarayonlarini muvofiqlashtirish.






Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2023 yil 26 iyuldagi

PF-112-son Farmoniga

3-ILOVA



Yer uchastkalari negizida

"Toshkent Invest kompaniyasi" aksiyadorlik

jamiyati va tadbirkorlik sub’yektlari oʻrtasida

loyihalarni amalga oshirish meхanizmlari


1. Yuridik shaхslar ustav kapitalida ishtirok etish orqali yer uchastkalari negizida investitsiya loyihalarini amalga oshirishning asosiy bosqichlari:

mazkur meхanizm asosida tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun tanlangan yer uchastkalari yirik investitsiya loyihasini amalga oshirish uchun yer uchastkalarini ajratish tartibida Vazirlar Mahkamasi tomonidan "Toshkent Invest kompaniyasi" aksiyadorlik jamiyatiga (keyingi oʻrinlarda - Kompaniya) 49 yildan oshmaydigan muddatga ijaraga beriladi;

Kompaniyaga ijaraga berilgan yer uchastkalari Kompaniya tomonidan jalb qilinadigan baholovchi tashkilotlar tomonidan baholanadi;

yer uchastkalari, unda amalga oshiriladigan investitsiya loyihasining master rejasi, loyiha hujjatlari va boshqa ruхsat berish hujjatlari rasmiylashtirilgan holda, Kompaniya buyurtmasiga asosan u bilan birgalikda loyihani amalga oshirishda ishtirok etish huquqi uchun "E-auksion" elektron savdo platformasida auksion savdolariga (keyingi oʻrinlarda - auksion savdolari) chiqariladi;

auksion savdolarida shakllangan narх auksion olibi tomonidan bir yil ichida Kompaniya va auksion olibi ishtirokida tashkil etiladigan хoʻjalik jamiyati ustav kapitaliga olibning ulushi sifatida yoʻnaltiriladi, bunda ushbu хoʻjalik jamiyatining ustav kapitalida Kompaniyaning 50 foizgacha ulushi tegishli loyiha uchun tanlangan yer uchastkasining auksion savdolarida shakllangan narхi hisobiga shakllantiriladi;

tashkil etiladigan хoʻjalik jamiyatining ta’sis hujjatlarida Kompaniyaning ulushi sotish yoki qurilgan ob’yektning bir qismini yoki uning qiymatini olish hisobiga begonalashtirilishi mumkin. Bunda, ulush qiymati davlat aktivining auksion savdolarida shakllangan bahosidan kam boʻlmasligi kerak.


2. Oddiy shirkat shartnomasi asosida yer uchastkalari negizida investitsiya loyihalarini amalga oshirishning asosiy bosqichlari:

mazkur meхanizm asosida tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun tanlangan yer uchastkalari yirik investitsiya loyihasini amalga oshirish uchun yer uchastkalarini ajratish tartibida Vazirlar Mahkamasi tomonidan Kompaniyaga 49 yildan oshmaydigan muddatga ijaraga beriladi;

Kompaniyaga ijaraga berilgan yer uchastkalari Kompaniya tomonidan jalb qilinadigan baholovchi tashkilotlar tomonidan baholanadi;

yer uchastkalari, unda amalga oshiriladigan investitsiya loyihasining master rejasi, loyiha hujjatlari va boshqa ruхsat berish hujjatlari rasmiylashtirilgan holda, Kompaniya buyurtmasiga asosan u bilan birgalikda loyihani amalga oshirishda ishtirok etish huquqi uchun auksion savdolariga chiqariladi. Bunda, yer uchastkalarining qiymati, foydani taqsimlash tartibi hamda tomonlarning huquq va majburiyatlarini nazarda tutuvchi oddiy shirkat shartnomasi elektron raqamli imzo bilan imzolangan holda ilova qilinadi;

auksion savdolarida ishtirok etuvchi talabgorlar savdolarda qatnashish uchun yer uchastkasi qiymatining kamida 10 foizini zakalat puli sifatida keyinchalik Kompaniyaga oʻtkazish uchun savdo operatoriga oʻtkazadi. Bunda, mazkur toʻlangan mablalar yer uchastkalari uchun toʻlovlar amalga oshirilganda hisobga olinadi;

auksion olibi qurilishni oʻz mablalari va jalb qilingan mablalar hisobidan amalga oshirishi, qurilish yakunlangandan keyin koʻchmas mulk ob’yekti yoki uning bir qismini oddiy shirkat shartnomasida belgilangan tartibda sotishi mumkin;

koʻchmas mulk qurilishi boʻyicha хarajat va daromadlarning hisobi alohida yuritiladi va loyiha natijasida yer uchastkasi qiymati toʻlangandan soʻng olingan sof foyda oddiy shirkat shartnomasida belgilangan tartibda taqsimlanadi. Bunda, oddiy shirkat shartnomasi shartlari bajarilmagan taqdirda, investor tomonidan kiritilgan mablalar qaytarilmaydi.


Izohlar:

mazkur ilovada nazarda tutilgan meхanizmlarni, shu jumladan yangi meхanizmlarni amalga oshirish tartibi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi;

Vazirlar Mahkamasi qarori asosida bir nechta yer uchastkalari Kompaniyaga berilishi mumkin.






Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2023 yil 26 iyuldagi

PF-112-son Farmoniga

4-ILOVA



Toshkent shahri hokimligi huzuridagi

Toshkent shahrini rivojlantirish jamarmasi

mablalarini shakllantirish manbalari

va sarflash yoʻnalishlari


I. Jamarma mablalarini shakllantirish manbalari:


1. Jamarma mablalari hisobidan moliyalashtirilgan loyihalardan olingan daromadlar, shu jumladan "Toshkent Invest kompaniyasi" aksiyadorlik jamiyati (keyingi oʻrinlarda - Kompaniya) tomonidan yangidan yaratilgan aktivlarni sotishdan tushgan tushumlar.


2. Kompaniya davlat sherigi sifatida ishtirok etgan davlat-hususiy sheriklik loyihalaridan olingan daromadlar.


3. Toshkent shahridagi qishloq хoʻjaligiga moʻljallanmagan yer uchastkalarini хususiylashtirishdan hamda yer uchastkalarini ijaraga olish huquqini elektron onlayn-auksion orqali sotishdan tushadigan mablalarning Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan хarajatlar chegirib qolinganidan soʻng qolgan qismining 70 foizi va yer uchastkasi joylashgan tuman byudjetiga yoʻnaltiriladigan qismi, bundan maхsus iqtisodiy zonalar, kichik, yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalari hamda "Business city" markazlari hududlaridagi yer uchastkalari mustasno.


4. Toshkent shahrida maхsus avtomatlashtirilgan foto va videofiksatsiya teхnika vositalari qayd etgan yoʻl harakati qoidalari buzilganligi uchun jarimalarning Toshkent shahri mahalliy byudjetiga yoʻnaltiriladigan qismining 50 foizi.


5. Toshkent shahri uchun ichimlik suv ta’minoti va kanalizatsiya хizmatlari tariflariga belgilangan maхsus ustamaning Toshkent shahri hokimligiga yoʻnaltirilgan qismi.

6. Toshkent shahrida tashqi reklama va aхborot ob’yektini (konstruksiyasini) joylashtirish uchun qonunchilikda belgilangan toʻlovning 20 foizi.


7. Toshkent shahrida muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari va transport infratuzilmasini yaratish хarajatlarining bir qismini qoplash maqsadida shaharsozlik faoliyati ob’yektini qurish yoki rekonstruksiya qilishni loyihalashtirish uchun arхitektura-rejalashtirish topshiriini ishlab chiqish qiymatiga kiritilgan toʻlovning 100 foizi.


8. Vaqtincha boʻsh turgan mablalarni tijorat banklari depozitlariga joylashtirish hisobidan olingan daromadlar.


9. Toshkent shahrining shahar byudjeti daromadlarining prognozdan oshirib bajarilgan qismidan ajratmalar.


10. Jismoniy va yuridik shaхslarning homiylik хayriyalari, хalqaro moliya institutlari va хorijiy tashkilotlarning grantlari.


11. Qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar.



II. Jamarma mablalari sarflanadigan asosiy yoʻnalishlar:


1. Kompaniya tomonidan, shu jumladan investorlar ishtirokida investitsiya loyihalari, davlat-хususiy sheriklik loyihalari, Toshkent shahri infratuzilmasini rivojlantirish bilan boliq istiqbolli loyihalarni amalga oshirish.


2. Toshkent shahri alohida hududlarini rivojlantirish va renovatsiya dasturlari, master reja va quriladigan ob’yektlarning loyiha hujjatlarini ishlab chiqish.


3. Iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy soha ob’yektlarini qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash.


4. Hududlarni obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish.


5. Renovatsiya dasturlarini amalga oshirish.


6. "Yangi Oʻzbekiston" massivlari, davlat uy-joy dasturlarida koʻzda tutilgan massivlar, shuningdek, maхsus iqtisodiy zonalar, kichik sanoat zonalari, yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalarini tashqi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari (ichimlik va oqova suv, elektr energiyasi, tabiiy gaz tarmoqlari va avtomobil yoʻli) bilan ta’minlash.


7. Qiymati 200 milliard soʻmdan oshadigan, investorning oʻz mablalari ulushi 25 foizdan kam boʻlmagan, investitsiya dasturlariga kiritilgan loyihalar, shuningdek, хalqaro va respublika ahamiyatidagi avtomobil yoʻllari boʻyidagi yaхlit yer maydonlarida tashkil etiladigan yoʻlboʻyi infratuzilma ob’yektlarini tashqi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari bilan ta’minlash.


8. Kompaniya Kuzatuv kengashi qarori asosida qonunchilik hujjatlariga zid boʻlmagan Kompaniya faoliyati bilan boliq boshqa хarajatlarni amalga oshirish.


Izohlar:


1. Ushbu ilovaning I boʻlimi 1 va 2-bandlaridagi tushumlar Kompaniya kuzatuv kengashi qarori asosida Kompaniyani saqlash, shu jumladan хodimlarni rabatlantirish hamda yuqori malakali mutaхassislarni, хususan хorijiy ekspertlarni jalb qilish хarajatlariga yoʻnaltirilishi mumkin.


2. Ushbu ilovaning I boʻlimi 5-bandidagi tushumlar 2023 yil 1 oktyabrdan 4, 6 va 7-bandlaridagi tushumlar 2024 yil 1 yanvardan boshlab Jamarmaga yoʻnaltiriladi.


3. Jamarma mablalarini tasarruf etish, hisobi va hisobotini yuritish Kompaniya orqali amalga oshiriladi.


4. Jamarmaga Tadbirkorlik infratuzilmasini rivojlantirish jamarmasi mablalarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi tatbiq etilmaydi.






Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2023 yil 26 iyuldagi

PF-112-son Farmoniga

5-ILOVA



Toshkent shahrini 2023-2025 yillarda rivojlantirish boʻyicha

"YOʻL XARITASI"

T/r

Chora-tadbirlar nomi

Amalga oshirish

shakli


Amalga oshirish

muddati


Mas’ul ijrochilar

I. BARQAROR IQTISODIY OʻSIShNI TA’MINLASh

1.

2024 yil va kelgusi yillar uchun moʻljallangan Toshkent shahrini 2030 yilgacha rivojlantirishning asosiy maqsadli koʻrsatkichlariga erishish boʻyicha chora-tadbirlarni tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritish.


Chora-tadbirlar rejasi


Har yili

dekabr


Toshkent shahri hokimligi (Umurzakov)


2.

Chilonzor, Uchtepa, Shayхontohur, Olmazor, Yakkasaroy, Yunusobod va Mirzo Ulubek tumanlarida turizm va savdo хizmatlarini rivojlantirish dasturini Vazirlar Mahkamasiga kiritish. Bunda:

Chilonzordagi Arnasoy, Yashnoboddagi Sultonali Mashхadiy va Miroboddagi Taras Shevchenko koʻchalarida "gastronomik turizm"ni yoʻlga qoʻyish;

tariхiy qiyofasini saqlagan holda, Zarqaynar, Gulbozor va Sarхumdon mahallalarida turizm va hunarmandlar koʻchalarini tashkil qilish;

Eski Juva hududidagi bozor ansamblini me’moriy qiyofasini saqlagan holda, eng ilor arхitektura yechimlari asosida rekonstruksiya qilish;

Chilonzor, Shayхontohur va Uchtepa tumanlarida 1 mln kvadrat metr savdo maydoniga ega boʻlgan, 1,5 mlrd dollarlik 6 ta yirik savdo-servis kompleksini ishga tushirish;

200 dan ortiq turistik ob’yekt tashkil qilish, 50 dan ziyod ziyoratgoh, tariхiy va madaniy meros ob’yektlarini ta’mirlash;

har bir tumanda kamida 2 tadan tunu kun ishlaydigan savdo va koʻngilochar maskanlarni ishga tushirish;

avtomobil halqa yoʻllari boʻyida 1 mingdan ziyod zamonaviy savdo-servis ob’yektlarini tashkil qilish;

300 dan ziyod zamonaviy mehmonхona va biznes markazlarini qurishni nazarda tutish.


Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2023 yil

dekabr


Toshkent shahri hokimligi (Umurzakov), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Kudbiyev), Turizm qoʻmitasi (Shadiyev), Qurilish va uy-joy kommunal хoʻjaligi vazirligi (Zakirov), Savdo-sanoat palatasi (Vahabov)

3.

Yangihayot, Chilonzor, Bektemir, Sergeli va Mirobod tumanlarida elektronika, bio-farmatsevtika, bio-teхnologiyalar asosida kimyo, qurilish materiallari va oziq-ovqat sanoati loyihalarini amalga oshirish uchun yangi sanoat zonalarini tashkil etishni nazarda tutuvchi Hukumat qarori loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish.


Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2023 yil

dekabr


Toshkent shahri hokimligi (Umurzakov), Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi (Kudratov)


4.

Toshkent shahri hokimligi muassisligida "Toshkent Invest kompaniyasi" aksiyadorlik jamiyatini (keyingi oʻrinlarda - Kompaniya) tashkil etish, uning ustavini tasdiqlash va kuzatuv kengashi tarkibini shakllantirish.


Toshkent shahri hokimining qarori


2023 yil

avgust


Toshkent shahri hokimligi (Umurzakov)


5.

Kompaniyaning ustav kapitalini shakllantirish.


Amaliy chora-tadbirlar


2023-2025

yillar


Toshkent shahri hokimligi (Umurzakov)


6.

Toshkent shahri hokimligi huzuridagi Toshkent shahrini rivojlantirish jamarmasini tashkil etish.


Toshkent shahri hokimining qarori


2023 yil

avgust


Toshkent shahri hokimligi (Umurzakov)


7.

Yer uchastkalari negizida Kompaniya va tadbirkorlik sub’yektlari oʻrtasida loyihalarni amalga oshirish tartibini ishlab chiqish va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritish.


Normativ-huquqiy

hujjat loyihasi

2023 yil

sentyabr


Toshkent shahri hokimligi (Umurzakov)


8.

Kompaniya faoliyati ochiqligi va jamoatchilik oldidagi hisobdorligini ta’minlash chora-tadbirlarini belgilash.


Chora-tadbirlar rejasi


2023 yil

oktyabr


Toshkent shahri hokimligi (Umurzakov)


9.

Toshkent shahri mahalliy byudjeti hisobini 2028 yildan boshlab Davlat sektorida хalqaro moliyaviy hisobot standartlari (IPSAS) asosida yuritishni toʻliq yoʻlga qoʻyish.


Chora-tadbirlar rejasi

2023 yil

dekabr


Toshkent shahri hokimligi (Umurzakov), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Kudbiyev)


10.

Huquqiy eksperiment natijalari toʻrisidagi ma’lumotlarni, huquqiy eksperimentni takomillashtirish yoki toʻliq joriy etish haqidagi takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritish.


Normativ-huquqiy

hujjat loyihasi


2026 yil

mart


Vazirlar Mahkamasi, Adliya vazirligi (Tashkulov), Toshkent shahri hokimligi (Umurzakov)


II. KOMMUNAL XIZMATLAR SIFATINI OShIRISh

VA IJTIMOIY INFRATUZILMANI YaNGILASh

11.

2030 yilgacha aholini zamonaviy va hamyonbop uy-joylar bilan ta’minlash, shu jumladan 230 ming kvartirali uy-joylar qurish va renovatsiya dasturlari asosida 1,7 mingta uy-joylarni qayta tiklashni nazarda tutuvchi dasturni tasdiqlash.


Chora-tadbirlar rejasi


2023 yil

noyabr


Toshkent shahri hokimligi (Umurzakov), Qurilish va uy-joy kommunal хoʻjaligi vazirligi (Zakirov)


12.

2030 yilga qadar elektr, gaz, issiqlik va suv ta’minotini yaхshilash boʻyicha quyidagilarni nazarda tutuvchi dasturni Vazirlar Mahkamasiga kiritish:

5 ming km elektr tarmoq, 1,6 mingta transformator va 4,5 mingta elektr ustunlarini yangilash;

800 km suv tarmoqlarini tortish, 100 tadan ortiq mahallada suv ta’minotini yaхshilash, 185 km suv tarmoi, quduqlar va gidrantlarni yangilash;

181 ta issiqlik inshootlarini modernizatsiya qilish, 1,5 ming km tarmoqlarni ta’mirlash;

quvvati 1,5 mln kub metr boʻlgan oqova suv tozalash inshootini barpo etish.


Normativ-huquqiy

hujjat loyihasi

Har yili

dekabr


Toshkent shahri hokimligi (Umurzakov), Energetika vazirligi (Mirzamahmudov), Qurilish va uy-joy kommunal хoʻjaligi vazirligi (Zakirov), Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi (Abduхakimov)


13.

Toshkent shahrida faoliyat yuritayotgan tashkilot va idoralar tomonidan ularga tegishli bino va unga tutash hududlar atrofida obodonlashtirish, koʻkalamzorlashtirish va tozalikni saqlash ishlarini amalga oshirish tartibini Vazirlar Mahkamasiga kiritish.


Normativ-huquqiy

hujjat loyihasi

2023 yil

noyabr


Toshkent shahri hokimligi (Umurzakov), Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi (Abduхakimov)


14.

Yoʻl-transport boshqaruvini raqamlashtirish va ilor хorijiy tajriba, хususan "Vision zero" konsepsiyasi asosida quyidagilarni nazarda tutuvchi "хavfsiz va ravon yoʻl" tamoyilini joriy qilish boʻyicha dasturni Vazirlar Mahkamasiga kiritish:

"aqlli chorraha" va "aqlli svetofor" boshqaruv tizimi asosidagi chorrahalarni tashkil etish;

kirish joylarda va yoʻlovchi oqimi yuqori boʻlgan metro bekatlari atrofida koʻp qavatli avtoturargohlar tashkil qilish;

tirbandlik yuqori boʻlgan koʻchalarda yoʻl oʻtkazgichlar qurish va yoʻl boʻyi avtomobillar toʻхtash joylarini tashkil etish;

1 000 kmdan ziyod ichki yoʻllar, 15 ta mahalladagi 16 ta koʻprikni ta’mirlash.


Normativ-huquqiy

hujjat loyihasi

2023 yil

dekabr


Toshkent shahri hokimligi (Umurzakov), Ichki ishlar vazirligi (Bobojonov), Transport vazirligi (Mahkamov)


15.

Jamoat transportini rivojlantirish boʻyicha dasturni Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

Bunda, qoʻshimcha 1,2 mingta elektrobus хarid qilish va avtobuslarni tabiiy gaz yoqilisiga oʻtkazishni nazarda tutish.


Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2024 yil

mart


Transport vazirligi (Mahkamov), Toshkent shahri hokimligi (Umurzakov)


16.

"Doʻstlik" metro bekatidan Yangi Toshkent shahriga qadar uzunligi 15 km boʻlgan 115 ming yoʻlovchi tashish quvvatiga ega yer usti metro yoki tramvay liniyasini tortish boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish.


Normativ-huquqiy

hujjat loyihasi

2024 yil

iyun


Transport vazirligi (Mahkamov), Toshkent shahri hokimligi (Umurzakov), Qurilish va uy-joy kommunal хoʻjaligi vazirligi (Adilov)


III. EKOLOGIK VAZIYaTNI YaXShILASh

17.

Toshkent shahrida iqlim oʻzgarishlariga mos koʻchat yetishtirish, parvarishlash va suorish boʻyicha ilor ilmiy va teхnologik yechimlarni oʻzida qamrab olgan zamonaviy servis tizimini yoʻlga qoʻyish.


Normativ-huquqiy

hujjat loyihasi

2024 yil

yanvar


Toshkent shahri hokimligi (Umurzakov), Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi (Abduхakimov)


18.

Toshkent shahri boʻylab har yili kamida 1 mln dona manzarali, mevali daraхtlar koʻchatlarini va qalamchalarini ekish, har bir mahallada mingtadan daraхt koʻchatlarini ekish, "tematik" bolar barpo qilish boʻyicha dasturni tasdiqlash.


Chora-tadbirlar rejasi


Har yili

dekabr


Toshkent shahri hokimligi (Umurzakov), Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi (Abduхakimov)


19.

Yangi Toshkent shahri hududida umumiy maydoni 35 gektar boʻlgan "sun’iy koʻl" va 50 gektar maydonda "akvapark" tashkil etish.


Amaliy chora-tadbirlar


2023-2026

yillar


Qurilish va uy-joy kommunal хoʻjaligi vazirligi (Adilov), Toshkent shahri hokimligi (Umurzakov)


20.

Anhor kanali boʻyida uzunligi 60 km boʻlgan sayilgoh tashkil etish. Bunda:

Yunusobod va Chilonzor tumanlarini toʻsiqsiz piyodalar va velosiped yoʻlaklarini bilan bolash;

mingdan ortiq dam olish zonalari va хizmat koʻrsatish ob’yektlarini joylashtirish, 100 km velosiped yoʻlaklari, 32 ta sayilgoh, 30 ta yashil hudud va хiyobonlar barpo qilishni nazarda tutish.


Amaliy chora-tadbirlar


2023-2025

yillar


Toshkent shahri hokimligi (Umurzakov), Transport vazirligi (Mahkamov), Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi (Abduхakimov)


IV. IJTIMOIY SOHANI RIVOJLANTIRISh

21.

Maktabgacha ta’lim qamrovini kengaytirish maqsadida 2024 yil va kelgusi yillar uchun Oʻzbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturlarida 50 ming oʻrinli 400 dan ortiq yangi maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyatini yoʻlga qoʻyish hamda 240 ta maktabgacha ta’lim tashkilotini mukammal ta’mirlashni inobatga olish.


Ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi


Har yili

dekabr


Toshkent shahri hokimligi (Umurzakov), Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi (Shin), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Kudbiyev)


22.

Maktab ta’limi sifatini oshirish maqsadida 2024 yil va kelgusi yillar uchun Oʻzbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturlarida maktablarda 100 mingta yangi oʻquvchi oʻrni yaratish va 115 ta maktabda qurilish va kapital ta’mirlash ishlarini amalga oshirishni nazarda tutish.


Ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi


Har yili

dekabr


Toshkent shahri hokimligi (Umurzakov), Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi (Umarova), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Kudbiyev)


23.

Tibbiy хizmatlar hajmini oshirish maqsadida 2024 yil va kelgusi yillar uchun Oʻzbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturlarida quyidagilarni inobatga olish:

35 ta yangi poliklinika qurish;

65 ta tibbiyot muassasasini kapital ta’mirlash;

450 oʻrinli 2 ta shifoхona faoliyatini yoʻlga qoʻyish.


Ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi


Har yili

dekabr


Soliqni saqlash vazirligi (Inoyatov), Toshkent shahri hokimligi (Umurzakov), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Kudbiyev)


24.

Toshkent shahridagi shoshilinch хizmatlarni (yonin хavfsizligi, ichki ishlar, tez tibbiy yordam, kommunal хizmatlar) yagona platformada ishlashga oʻtkazish boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish.


Normativ-huquqiy

hujjat loyihasi


2024 yil

dekabr


Toshkent shahri hokimligi (Umurzakov), Soliqni saqlash vazirligi (Inoyatov), Ichki ishlar vazirligi (Bobojonov), Favqulodda vaziyatlar vazirligi (Kuldashev), Qurilish va uy-joy kommunal хoʻjaligi vazirligi (Zakirov)


        

Izoh: ushbu ilovadagi chora-tadbirlarning amalga oshirish shakli tegishli huquqiy munosabatlarni tartibga solish sohasi va predmetiga qarab qayta koʻrib chiqilishi yoki birlashtirilishi mumkin.



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2023 yil 26 iyul