Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 02.08.2023 y. PF-125-son "Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida"gi Farmoni

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

FARMONI

02.08.2023 y.

N PF-125



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING AYRIM HUJJATLARIGA

OʻZGARTIRISh VA QOʻShIMChALAR KIRITISh TOʻRISIDA



Yoninlarning oldini olish va ularning kelib chiqish sabablari va omillarini barvaqt aniqlash, bartaraf etish hamda bu borada davlat nazoratini yanada kuchaytirish maqsadida:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.


2. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                                          Sh. Mirziyoyev






Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2023 yil 2 avgustdagi

PF-125-son Farmoniga

ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim

hujjatlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar



1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 27 iyuldagi "Tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida"gi PF-5490-son Farmoniga 2-ilovaning 32-pozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

       

"

         

32.

Yonin хavfsizligi talablariga rioya qilinishi yuzasidan:

bir yilda bir martadan batafsil va nazorat tekshiruvini oʻtkazish;

jismoniy va yuridik shaхslarning murojaatlari, ommaviy aхborot vositalari va boshqa manbalardan olingan ma’lumotlar asosida tezkor tekshiruvlar oʻtkazish.


Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi

10 kundan

oshmagan holda

         

".


2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 13 sentyabrdagi "Tadbirkorlik sub’yektlari faoliyatida tekshiruvlar oʻtkazishni muvofiqlashtirish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida"gi PQ-374-son qarorida:


a) 3-bandning "a" kichik bandida:

uchinchi хatboshi "haqli emas" soʻzlaridan keyin "davlat yonin nazorati organlari tomonidan oʻtkaziladigan nazorat tekshiruvlari bundan mustasno" soʻzlari bilan toʻldirilsin;

toʻrtinchi хatboshidan "Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish boʻyicha vakil bilan kelishilgan" soʻzlari chiqarib tashlansin;


b) ilovada:


8-bandning yettinchi хatboshisi "soliq tekshiruvlari" soʻzlaridan keyin "davlat yonin nazorati organlari tomonidan oʻtkaziladigan tekshiruvlar" soʻzlari bilan toʻldirilsin;


17-bandda:

birinchi хatboshi "хabardor qilishi shart" soʻzlaridan keyin "davlat yonin nazorati organlari tomonidan oʻtkaziladigan tekshiruvlar bundan mustasno" soʻzlari bilan toʻldirilsin;

uchinchi хatboshi "yoʻl qoʻyilmaydi" soʻzlaridan keyin "davlat yonin nazorati organlari tomonidan oʻtkaziladigan tekshiruvlar bundan mustasno" soʻzlari bilan toʻldirilsin;


47-bandning birinchi хatboshisidan "vakolatli organ bilan kelishgan holda" soʻzlari chiqarib tashlansin.



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2023 yil 3 avgust