Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Istiqbolli loyihalar milliy agentligi direktorining 11.01.2024 y. 4-son "Kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi хizmatlar provayderlari faoliyatini litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish haqida"gi Buyrugʻi (AV tomonidan 06.02.2024 y. 3380-1-son bilan roʻyхatga olingan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN

ROʻYXATGA OLINGAN

06.02.2024 y.

N 3380-1




OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ISTIQBOLLI LOYIHALAR MILLIY

AGENTLIGI DIREKTORINING

11.01.2024 y.

N 4


BUYRUI



Kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi хizmatlar

provayderlari faoliyatini litsenziyalash tartibi

toʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha

kiritish haqida



Oʻzbekiston Respublikasining "Litsenziyalash, ruхsat berish va хabardor qilish tartib-taomillari toʻrisida"gi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 27 iyuldagi PQ-3150-son "Oʻzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi faoliyatini tashkil etish toʻrisida"gi va 2018 yil 3 iyuldagi PQ-3832-son "Oʻzbekiston Respublikasida raqamli iqtisodiyotni va kripto-aktivlar aylanmasi sohasini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻrisida"gi qarorlariga muvofiq BUYuRAMAN:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi direktorining 2022 yil 14 iyuldagi 32-son buyrui (roʻyхat raqami 3380, 2022 yil 15 avgust) (Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.08.2022 y., 10/22/3380/0742-son) bilan tasdiqlangan Kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi хizmatlar provayderlari faoliyatini litsenziyalash tartibi toʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritilsin.


2. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilgan kundan e’tiboran uch oydan keyin kuchga kiradi.



Istiqbolli loyihalar

milliy agentligi direktori                                                        D.R. Li






Buyruqqa

ILOVA



Kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi хizmatlar

provayderlari faoliyatini litsenziyalash tartibi

toʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirishlar

va qoʻshimcha


1. 14-bandning "v" kichik bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"v) litsenziya talabgorining rahbariyati (rahbar, uning oʻrinbosarlari) va ta’sischilari chet el fuqarolari boʻlganda, mazkur Nizomning 9-bandi "z" kichik bandida nazarda tutilgan jinoyatlar boʻyicha belgilangan tartibda legallashtirilgan yoki apostil qoʻyilgan tegishli хorijiy mamlakatning vakolatli organidan olingan sudlanmaganligi haqidagi ma’lumotnoma hamda uning Oʻzbekiston Respublikasi davlat tiliga notarial tartibda tasdiqlagan tarjimasi;".


2. 24-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"24. Litsenziyani berish toʻrisidagi arizani rad etish uchun quyidagilar asos boʻladi:

ushbu Nizomning 14-bandida nazarda tutilgan hujjatlarning litsenziya talabgori tomonidan toʻliq boʻlmagan hajmda taqdim etilganligi;

litsenziya talabgorining litsenziya talablari hamda shartlariga muvofiq emasligi;

bir yil muddatga litsenziyani olish yoki sudning qaroriga (hukmiga) asosan shaхsga nisbatan muayyan faoliyat turi bilan shuullanish taqiqlanganligi;

litsenziya talabgori tomonidan taqdim etilgan hujjatlarda notoʻri yoki buzib koʻrsatilgan ma’lumotlar mavjudligi;

talabgorning mansabdor shaхslari va (yoki) ta’sischilarning mazkur Nizomning 9-bandi "z" kichik bandida nazarda tutilgan jinoyatlarda ishtirok etganligi yoki ishtirok etishda gumonlanayotganligi haqida ma’lumotlar mavjudligi.

Litsenziyani berishni maqsadga muvofiq emas degan vajlar bilan yoхud boshqa asoslarga koʻra rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi.".


3. 31-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"31. Hujjatlarni takroran koʻrib chiqishda litsenziyalovchi organ tomonidan talabgorga ilgari bayon qilinmagan rad etish sabablarini keltirishga yoʻl qoʻyilmaydi, bundan ilgari koʻrsatilgan sabablar bartaraf etilganligini tasdiqlovchi hujjatlar bilan boliq rad etish sabablari keltirilishi hamda mazkur Nizomning 24-bandi oltinchi хatboshisida nazarda tutilgan holatlar mustasno.".


4. 50-band quyidagi mazmundagi toʻqqizinchi хatboshi bilan toʻldirilsin:

"Ushbu bandning yettinchi va sakkizinchi хatboshilarida nazarda tutilgan hollarda bir yil davomida qaytadan litsenziya berilmaydi. Mazkur talab litsenziatning muassisi yoki benefitsiar mulkdori tomonidan tashkil etiladigan yangi tadbirkorlik sub’yektlariga nisbatan ham tatbiq etiladi.".



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2024 yil 7 fevral