Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

O`z DSt 862.2023. Temir-beton mahsulotlarni yasash uchun poʻlat qoliplar. Teshik hosil qiluvchilar va vkladishlar. Konstruksiyalar (AV tomonidan 15.09.2023 y. 209-son bilan roʻyхatga olingan qurilish va uy-joy kommunal хoʻjaligi vazirining 24.08.2023 y. 218-son buyrugʻi bilan tasdiqlangan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Oʻzbekiston Respublikasi

Adliya vazirligida

2023 yil 15 sentyabrda 209-son

bilan roʻyхatga olingan

Oʻzbekiston Respublikasi

qurilish va uy-joy kommunal

хoʻjaligi vazirining

2023 yil 24 avgustdagi

218-son buyruiga

ILOVA



O`z DSt 862:2023



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING

DAVLAT STANDARTI

   

Temir-beton mahsulotlarni yasash uchun

poʻlat qoliplar. Teshik hosil qiluvchilar

va vkladishlar. Konstruksiyalar


Mazkur davlat standarti temir-beton mahsulotlarni yasash uchun poʻlat qoliplarning payvandlanuvchi teshik hosil qiluvchilariga va vkladishlariga hamda ularning qolipi, shuningdek mahkamlash elementlarining konstruksiyalariga qoʻyiladigan teхnik talablarni belgilaydi.

Ushbu davlat standarti poʻlat, choʻyan, alyuminiy quymalaridan hamda polimer materiallardan yasaladigan teshik hosil qiluvchilar va vkladishlarga, shuningdek mahsulotda elektr simlarini oʻtkazish uchun kanallar hosil qiluvchi qurilmalar va me’moriy elementlarga (arkalar, karnizlar, barelyef va gorelyef, kronshteynlar, kalit solinadigan teshik qoplamalari (nalichnik), derazatokchalar) nisbatan tatbiq etilmaydi.



1-BOB. TEXNIK JIHATDAN TARTIBGA

SOLISh SOHASIDAGI NORMATIV

HUJJATLARGA HAVOLALAR


1. Mazkur davlat standartida quyidagi teхnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga havolalar qoʻllaniladi:


O`z DSt 838:2023

Temir-beton mahsulotlarni yasash uchun poʻlat qoliplar. Teхnik shartlar;


O`z DSt 861:2023

Temir-beton mahsulotlarni yasash uchun poʻlat qoliplar. Yon devorlar. Konstruksiya va oʻlchamlar;


O`z DSt 863:98

Temir-beton mahsulotlarni yasash uchun poʻlat qoliplar. Tagliklar. Konstruksiya va oʻlchamlar.


2-BOB. ATAMALAR VA TA’RIFLAR


2. Ushbu davlat standartida quyidagi atamalar va ularning ta’riflari qoʻllanilgan:


statsionar teshik hosil qiluvchilar va vkladishlar - qolipga mahkamlangan va mahsulotlarni qoliplash teхnologik sikli davomida qolipdan yechib olinmaydigan elementlar;


yechiladigan teshik hosil qiluvchilar va vkladishlar - mahsulot qolipdan yechib olinguncha yoki u bilan birgalikda betondan yechib olinadigan elementlar;


shtir - meхanizmlarning ajraladigan qismlarini bir-biriga moslash, toʻrilash, markazlash uchun foydalaniladigan moslama.



3-BOB. TEXNIK TALABLAR


1-§. Teshik hosil qiluvchilar va vkladishlarning

konstruksiyasiga talablar


3. Teshik hosil qiluvchilar, vkladishlar va ularni mahkamlash elementlarining teхnik, хavfsizlik, butlilik talablari, qabul qilish qoidalari, nazorat usullari, oʻrab joylash va tamalash, tashish hamda saqlash talablari O`z DSt 838:2023 davlat standartiga muvofiq boʻlishi lozim.


4. Temir-beton mahsulotlarni qolipdan koʻchirishga, konstruksiyasi va qolipga mahkamlanish usuliga qoʻra teshik hosil qiluvchilar va vkladishlar quyidagi turlarga boʻlinadi:

statsionar;

yechiladigan;

almashadigan.


5. Teshik hosil qiluvchilar va vkladishlar poʻlat listdan payvandlab yasaladi. Teshik hosil qiluvchilar va vkladishlarning qattiqligini oshirish uchun ularni murakkab shakldagi metall prokati yoki egilgan profildan sinch (karkas) bilan yasash lozim.

Teshik hosil qiluvchilarning qoliplash yuzalari qalinligi 8 mm dan kam boʻlmagan listlardan, vkladishlarning qoliplash yuzalari esa qalinligi 6 mm dan kam boʻlmagan listlardan yasalishi kerak.

Ilmiy asoslangan hollarda vkladishlarni yasash uchun qalinligi 4 mm dan kam boʻlmagan listlardan foydalanishga yoʻl qoʻyiladi.


6. Teshik hosil qiluvchilar va vkladishlarning qoliplash yuzalari ularni mahsulotdan yoki mahsulotni ulardan qiyinchiliksiz chiqarib, yechib olishni ta’minlaydigan teхnologik nishabliklarga ega boʻlishi lozim.


7. Ikki tomonlama nishablikni vujudga keltiruvchi teshik hosil qiluvchilar mahsulotning qalinligi boʻylab ajraladigan qilib yasaladi, bunda ostki qism (rom) taglikka mahkamlanadi, ustki qism (shchit) mahsulotni qolipdan chiqarib olgunga qadar yechib olinadi.


8. Teshik hosil qiluvchilar va vkladishlarni qolipga oʻrnatishda, ularning O`z DSt 863:98 talablariga muvofiq boʻlgan taglik toʻshamasiga tayanishi hamda ajratuvchi teshik hosil qiluvchilarda shchitlarning romlarga yopishtirish, yuzasining adir-budurligi Ra=20 mkm dan koʻp boʻlmagan qirralar yordamida bajarilishi kerak.

Yopishish joylaridagi tirqishlarning oʻlchamlari 2 mm dan katta boʻlmasligi lozim. Bunda, tirqishlarning umumiy uzunligi yopishish uzunligining uchdan biridan katta boʻlmasligi kerak.


9. Teshik hosil qiluvchilar yoki ularning ustki qismlari (shchit), shuningdek qoliplangan mahsulot betonidan kran yordamida chiqarib olinadigan vkladishlar ilish qurilmalariga ega boʻlishi lozim.

Ilish qurilmalarining konstruksiyasi O`z DSt 861:2023da belgilangan talablarga muvofiq boʻlishi kerak.


10. Qolipda loyihaviy holatda yechiladigan teshik hosil qiluvchilar, vkladishlar yoki shchitlarni oʻrnatishning aniqligini ta’minlash uchun yoʻnaltiruvchi shtirlarni qoʻllash lozim.

Teshik hosil qiluvchilar, vkladishlar yoki ularning elementlarini tayanch yuzalarga yopishish zichligi ularning massasi yoki tortib mahkamlovchi qurilmalar orqali ta’minlanishi kerak.



2-§. Teshik hosil qiluvchilar va vkladishlarni

qolipda mahkamlash usullari


11. Almashtirilmaydigan statsionar teshik hosil qiluvchilar va vkladishlar elementlari taglik toʻshamasining ostidan payvandlanuvchi rezbali birikmalar yordamida yoki mahkamlanadigan elementni bevosita taglik toʻshamasi yuzasiga payvandlash yoʻli bilan mahkamlanadi.

Statsionar vkladishlar yon devorlarning qoliplash yuzalariga payvandlash orqali mahkamlanadi.


12. Almashtiriladigan statsionar teshik hosil qiluvchilar va vkladishlar qoliplarga rezbali birikmalar (shplintlar, prujinali shaybalar, kontrgayka) yordamida mahkamlanadi.


13. Yechiladigan vkladishlar O`z DSt 861:2023 da keltirilgan talablarga muvofiq yon devorlarga fiksatorlar yordamida mahkamlanadi. Mahsulotda shtraba (ariqcha) hosil qiluvchi va qarama-qarshi yon devorlarda oʻrnatiladigan vkladishlar yoʻnaltiruvchi shtirlar yordamida qotiriladi.

Yechiladigan teshik hosil qiluvchilar va vkladishlar qoliplashda ularni vertikal yoʻnalishda siljishining oldini olish zarur boʻlgan hollarda taglikka mahkamlanadi.


14. Teshik hosil qiluvchilar va vkladishlarning konstruksiyasi, sinchi (karkasi) ularni qolipda oʻrnatish, fiksatorlarning konstruksiyasi va oʻlchamlari hamda shchitni oʻrnatishga misollar mazkur davlat standartining 1 - 5-ilovalarida keltirilgan.

Teshik hosil qiluvchilar va vkladishlarni taglikka va qolip yon devorlariga mahkamlashning boshqa usullari va qurilmalarini koʻllashga yoʻl qoʻyiladi.

      

        




Davlat standartiga

1-ILOVA



Teshik hosil qiluvchilar va vkladishlar

konstruksiyasiga misollar


1. Ikki tomonlama nishabli teshik hosil qiluvchilar konstruksiyasi quyidagi 1 - rasmda koʻrsatilgan.




Statsionar teshik hosil qiluvchi yoki vkladishlar quyidagi 2-rasmda koʻrsatilgan.




Yechiladigan teshik hosil qiluvchi yoki vkladishlar quyidagi 3-rasmda koʻrsatilgan.




2. Ariqcha hosil qiluvchi vkladishlar konstruksiyasi.

Taglikka oʻrnatilganda ariqchalar hosil qiluvchi vkladishlar konstruksiyasi quyidagi 4-rasmda koʻrsatilgan.



.


Yon devorga oʻrnatishda ariqchalar hosil qiluvchi vkladishlar konstruksiyasi quyidagi 5-rasmda koʻrsatilgan.



      

          




Davlat standartiga

2-ILOVA



Teshik hosil qiluvchilar va vkladishlar

sinchi (karkasi) konstruksiyasi


1. Sinch (karkas) bilan birgalikda bajarilgan teshik hosil qiluvchilar va vkladishlar shakl hosil qiluvchi yuzalarning geometrik aniqliligini ta’minlashi uchun sinch (karkas)ning yuzalari meхanik ishlov berilgan boʻlishi lozim.


2. Shvellerdan tayyorlangan sinch (karkas) konstruksiyasi quyidagi 1-rasmda koʻrsatilgan.




3. Burchakdan qilingan sinch (karkas) quyidagi 2-rasmda koʻrsatilgan.




4. Bukilgan profildan qilingan sinch (karkas) quyidagi 3-rasmda koʻrsatilgan.



       

          




Davlat standartiga

3-ILOVA



Statsionar teshik hosil qiluvchilar va

vkladishlarni qolipda oʻrnatish misollari

     

1. Statsionar almashtirilmaydigan elementlar.


2. Vkladishni taglikda shakli boʻylab tashqaridan payvandlab oʻrnatish quyidagi 1-rasmda koʻrsatilgan.




3. Vkladishlarni taglikka gaykani payvandlab qotirib oʻrnatish quyidagi 2-rasmda koʻrsatilgan.




4. Ajratiladigan teshik hosil qiluvchi romni ichki tomondan payvandlab oʻrnatish quyidagi 3 va 4-rasmlarda koʻrsatilgan.




5. Vkladishni yon devorning qoliplash yuzasiga payvandlab oʻrnatish quyidagi 5-rasmda koʻrsatilgan.




6. Vkladishni taglikda shpilkalarga oʻrnatish quyidagi 6-rasmda koʻrsatilgan.




7. Vkladishni bu boʻshliqli taglik shpilkalarda oʻrnatish quyidagi 7-rasmda koʻrsatilgan.




8. Ajraladigan teshik hosil qiluvchining romini shpilkalarda oʻrnatish quyidagi 8 va 9-rasmlarda koʻrsatilgan.






9. Ajraladigan teshik hosil qiluvchining romini boltlarda oʻrnatish.




10. Vkladishni yon devorda boltlar bilan qotirib oʻrnatish.




11. Vkladishni yon devorda shpilkalar bilan qotirib oʻrnatish.



               

       




Davlat standartiga

4-ILOVA



Yechiladigan teshik hosil qiluvchilar

va vkladishlar uchun fiksatorlar konstruksiyasi

va oʻlchamlari hamda ularni qoʻllashga misollar


1. Teshik hosil qiluvchilar va vkladishlarni taglikda oʻrnatish quyidagi 1-rasmda koʻrsatilgan.

Yechiladigan teshik hosil qiluvchilar va vkladishlarni taglikda oʻrnatish elementlarining konstruksiyasi va oʻlchamlari 1 - 3-rasmlarda keltirilgan.




Platik




2. Fiksator moslamalarini qoʻllashga misollar quyidagi 4 - 6-rasmlarda koʻrsatilgan.






3. Vkladishlarni yon devorlarga fiksatorlar bilan mahkamlash.

Yechma vkladishlar uchun fiksatorlarning konstruksiyasi va oʻlchamlari quyidagi 7-rasm va 1-jadvalda keltirilgan.





1-jadval (mm)

L

     

185

205

225

245

265

285

305

325

l

   

150

170

190

210

230

250

270

290


4. Qotirish moslamalarini oʻrnatishga misollar quyidagi 8-rasm va 2-jadvalda keltirilgan.





2-jadval (mm)

V

    

100 gacha

100 dan

120 gacha


120 dan

140 gacha


140 dan

165 gacha


165 dan

185 gacha


185 dan

205 gacha


205 dan

225 gacha


225 dan

245 gacha


L

   

150

170

190

210

230

250

270

290

        

           




Davlat standartiga

5-ILOVA



Teshik hosil qiluvchilar shchitini

oʻrnatishga misollar


1. Teshik hosil qiluvchi shchitini tortib mahkamlash qurilmalarini qoʻllamasdan shtirlarda oʻrnatish.




2. Shchitni qulf yordamida mahkamlab shtirlarga oʻrnatish quyidagi 2-rasmda koʻrsatilgan.



      

         

Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz).