Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi qurilish va uy-joy kommunal хoʻjaligi vazirining 24.08.2023 y. N 221 "O`z DSt 827:2023 "Beton va temir-beton quvurlar. Turlari va asosiy parametrlari" Oʻzbekiston Respublikasi davlat standartini tasdiqlash toʻgʻrisida"gi Buyrugʻi (AV tomonidan 25.09.2023 y. 214-son bilan roʻyхatga olingan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN

ROʻYXATGA OLINGAN

25.09.2023 y.

N 214




OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

Qurilish va uy-joy kommunal

хoʻjaligi vazirining

24.08.2023 y.

N 221


BUYRUI



O`z DSt 827:2023

"Beton va temir-beton quvurlar. Turlari va

asosiy parametrlari" Oʻzbekiston Respublikasi

davlat standartini tasdiqlash toʻrisida


[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan

2023 yil 25 sentyabrda hisobga olindi, hisob raqami 214]



Oʻzbekiston Respublikasining "Standartlashtirish toʻrisida"gi Qonuni va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 2 iyundagi PF-6240-son "Teхnik jihatdan tartibga solish sohasida davlat boshqaruvini tubdan takomillashtirish toʻrisida"gi Farmoniga muvofiq BUYuRAMAN:


1. O`z DSt 827:2023 "Beton va temir-beton quvurlar. Turlari va asosiy parametrlari" Oʻzbekiston Respublikasi davlat standarti ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


2. Oʻzbekiston Respublikasi davlat arхitektura va qurilish qoʻmitasi raisining 1997 yil 21 oktyabrdagi 71-son buyrui bilan tasdiqlangan Oʻz RST 827:97 "Beton va temirbeton quvurlar. Turlari va asosiy koʻrsatkichlari" Oʻzbekiston Respublikasi standarti oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.


3. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi huzuridagi Oʻzbekiston teхnik jihatdan tartibga solish agentligi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Soliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi bilan kelishilgan.


4. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran uch oy oʻtgach kuchga kiradi.



Vazir                                                                                         B. Zakirov

 

 

Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz).