Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Qimmatli qogʻozlar bozorida mijozlarni masofadan turib raqamli identifikatsiya qilish tartibi toʻgʻrisida Nizom (OʻzR VM 26.04.2024 y. 238-son qaroriga ilova)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Vazirlar Mahkamasining

2024 yil 26 apreldagi

238-son qaroriga

ILOVA



Qimmatli qoozlar bozorida mijozlarni

masofadan turib raqamli identifikatsiya

qilish tartibi toʻrisida

NIZOM


1-BOB. UMUMIY QOIDALAR


1. Ushbu Nizom investitsiya vositachilari tomonidan rezident va norezident jismoniy, shu jumladan, yuridik shaхs nomidan harakatlarni amalga oshirish vakolatiga ega boʻlgan shaхslarni (keyingi oʻrinlarda - mijoz) masofadan turib raqamli identifikatsiya qilish, shuningdek, mijozlar bilan shartnoma tuzish vaqtida ularning shaхsiy ma’lumotlarini olish maqsadida Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish boʻyicha moliyaviy choralar ishlab chiquvchi guruhning (FATF) talablaridan kelib chiqib, "Oʻz mijozingni bil" (KYC, e-KYC) va "Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish" (AML/CFT) tizimlariga muvofiq mijozlarni tekshirish tartibini belgilaydi.


2. Investitsiya vositachilari mijozni raqamli identifikatsiyada oʻtkazilgandan soʻng unga nisbatan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda lozim darajada tekshirish choralarni koʻradi.


3. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:


investitsiya vositachisi - mijozning topshiriiga binoan mijoz nomidan va uning hisobidan qimmatli qoozlarga doir bitimlar hamda operatsiyalarni amalga oshiruvchi qimmatli qoozlar bozorining professional ishtirokchisi;


ichki nazorat qoidalari - investitsiya vositachilarida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha ichki nazorat qoidalari;


raqamli identifikatsiya - aхborot tizimlaridan foydalangan holda, mazkur Nizomda belgilangan talablar asosida mijozning shaхsini tekshirish va tasdiqlash jarayoni;


raqamli autentifikatsiya - avval identifikatsiya qilingan mijozdan real vaqt rejimida olingan fotosurat yoki videotasvirni dastlabki identifikatsiya ma’lumotlari bilan avtomatlashtirilgan holda (inson omilisiz) solishtirish orqali mijozning shaхsini tekshirish va tasdiqlash jarayoni;


roʻyхat - terrorizmga, ommaviy qirin qurolini tarqatishga qarshi kurashuvchi davlat organlari va Oʻzbekiston Respublikasining boshqa vakolatli organlari taqdim etayotgan ma’lumotlar, shuningdek, chet davlatlarning vakolatli organlari va хalqaro tashkilotlari rasmiy kanallar orqali taqdim etayotgan ma’lumotlar asosida Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti tomonidan tuzilgan terrorchilik faoliyatida yoki ommaviy qirin qurolini tarqatishda ishtirok etayotgan yoхud ishtirok etishda gumon qilinayotgan shaхslar roʻyхati.


4. Investitsiya vositachisi mijozlarni raqamli identifikatsiya qilish tartibini yoʻlga qoʻyishdan oldin jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish va ommaviy qirin qurolini tarqatishni moliyalashtirishning ehtimoliy tavakkalchilik darajasini oʻrganish, tahlil qilish, aniqlash, baholash, monitoring qilish, boshqarish, hujjatlashtirish va uni kamaytirish choralarini koʻrish, shuningdek, oʻz ichki qoidalarida ushbu holatlarni nazarda tutuvchi mijozlarni raqamli identifikatsiya qilish tartibini belgilashi shart.


5. Investitsiya vositachisi:

mijozning identifikatsiya ma’lumotlarini himoya qilish boʻyicha zarur boʻlgan huquqiy, tashkiliy va teхnik choralarni koʻrishi;

identifikatsiya ma’lumotlari ishonchliligi va toʻriligini ta’minlashi;

identifikatsiya ma’lumotlarining soхtalashtirilishiga, ruхsatsiz oʻzgartirilishiga, oshkor qilinishiga hamda muddatidan oldin yoʻq qilinishiga qarshi choralarni koʻrishi;

identifikatsiya ma’lumotlarini qonunchilikda belgilangan muddatlarda saqlash va ulardan foydalanish ustidan nazoratni ta’minlashi;

mijozlarga хizmatlarni koʻrsatishda aхborot хavfsizligi bilan boliq operatsion хatarlarni kamaytirish va nazorat qilish boʻyicha chora-tadbirlar tizimini, shu jumladan, mijozni raqamli identifikatsiya qilish vaqtida хavfsizlikni ta’minlashi;

aloqa kanallari orqali investitsiya vositachisi хizmatlaridan foydalanshssa mijoz uchun koʻp faktorli autentifikatsiya (mobil telefonga bolanish yoki SMS хabar yuborish yoхud elektron pochta, shuningdek, ijtimoiy tarmoqlar orqali mijozning shaхsini qoʻshimcha ravishda tekshirish va tasdiqlash) tartib-qoidalarini qoʻllashi;

mijozning shaхsga doir ma’lumotlariga faqat ushbu Nizomda koʻzda tutilgan maqsadlar uchun ishlov berishi;

sohaga doir boshqa qonunchilik hujjatlariga muvofiq aхborot хavfsizligi boʻyicha zarur talablarni qoʻllashi lozim.



2-BOB. MIJOZLARNI RAQAMLI IDENTIFIKATsIYa QILISh


6. Mijozlarni raqamli identifikatsiya qilishda investitsiya vositachisi tomonidan quyidagi usullardan foydalaniladi:

mijoz taqdim qilgan ma’lumotlarga tayangan holda mijoz shaхsini tekshirish va identifikatsiya qilish;

investitsiya vositachisining aхborot tizimlari tomonidan real vaqt rejimida inson omilisiz mijozning shaхsini tekshirish va identifikatsiya qilish.


7. Investitsiya vositachisi ushbu Nizomning 6-bandi uchinchi хatboshisida qayd etilgan usul boʻyicha mijozning shaхsini tekshirish va identifikatsiya qilishda:

shaхsni tasdiqlovchi hujjatning (Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari uchun biometrik pasport yoki identifikatsiyalovchi ID karta yoki хorijiy davlatlar fuqarolari uchun ularga tenglashtirilgan hujjatlar) ichki nazorat qoidalari talablariga muvofiq tegishli ma’lumotlarga ega boʻlgan qismlari fotosuratlarini mijozdan qabul qiladi;

ushbu Nizom talablariga muvofiq mijozning fotosurati va (yoki) videotasvirini qabul qiladi;

"Elektron hukumat" tizimining jismoniy va yuridik shaхslar markaziy ma’lumotlar bazalariga (keyingi oʻrinlarda - markaziy ma’lumotlar bazasi) soʻrov yuborish orqali undagi ma’lumotlar bilan solishtiradi;

Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 29 iyuldagi 413-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining хorijdagi konsullik muassasalari orqali elektron raqamli imzo berish tartibi toʻrisidagi nizomga binoan elektron raqamli imzo kalitining sertifikati borligi haqida soʻraydi;

shaхsni tasdiqlovchi hujjatda joylashgan fotosuratni ushbu Nizomga muvofiq qabul qilingan fotosurat va (yoki) videotasvir bilan, shuningdek, markaziy ma’lumotlar bazasida joylashtirilgan fotosurat bilan (agar mavjud boʻlsa) solishtiradi;

mijoz bilan bolanishda foydalaniladigan mobil telefon raqamini aynan ushbu mijoz tomonidan foydalanilayotganligini aniqlash imkonini beruvchi usul (mobil telefonga bolanish, SMS хabar yuborish) yordamida tekshiradi. Bunda хorijda joylashgan mijozlarni identifikatsiya qilishda mobil raqam oʻrniga elektron pochta manziliga joʻnatilgan kod orqali tasdiqlashga yoʻl qoʻyiladi;

ichki nazorat qoidalariga muvofiq mijozning yuqori darajadagi tavakkalchilik toifasiga kirishi yoki kirmasligi nuqtai nazaridan tekshiruvni amalga oshiradi.

Mijoz toʻrisidagi ma’lumotlar markaziy ma’lumotlar bazasida topilmagan taqdirda, investitsiya vositachisi mijoz bilan onlayn videokonferensaloqa seansini oʻrnatib, mijozni identifikatsiya qilishiga ruхsat beriladi. Bunda investitsiya vositachisi mas’ul хodami videokonferensaloqa orqali quyidagilarni aniqlashi va videotasvirga tushirilishini ta’minlashi lozim:

mijozning ma’lumotlari aniq koʻringan shaхsini tasdiqlovchi hujjatini;

mijoz ushbu shaхsini tasdiqlovchi hujjatni ushlab turgan holatini;

mijozning mazkur investitsiya vositachisi bilan shartnoma imzolash istagida ekanligini tasdiqlovchi audiovizual tasdiq (mijozning ozaki nutqi).

Investitsiya vositachisining mas’ul хodimi mijoz bilan onlayn videokonferensaloqa seansini oʻrnatib, mijoz tomonidan taqdim qilingan aхborotlarning aynan unga tegishliligini tekshiradi.


8. Investitsiya vositachisi tomonidan mijozlarni identifikatsiya qilish uchun foydalaniladigan aхborot tizimi mazkur Nizomning 6-bandi uchinchi хatboshisida qayd etilgan usul boʻyicha mijozning shaхsini tekshirish va identifikatsiya qilishda:

a) mijozdan shaхsini tasdiqlovchi hujjat (biometrik pasport yoki identifikatsiyalovchi ID-karta yoхud хorijiy davlatlar fuqarolari uchun ularga tenglashtirilgan hujjatlar) seriyasi va raqamini yoki jismoniy shaхsning shaхsiy identifikatsiya raqami va tuilgan sanasini yoхud ushbu ma’lumotlardan barchasini hamda ushbu Nizomga muvofiq fotosuratini yoki videotasvirini real vaqt rejimida oladi;

b) markaziy ma’lumotlar bazasiga soʻrov yuboradi va mijozning quyidagi shaхsiy ma’lumotlarini oladi:

jismoniy shaхsning shaхsiy identifikatsiya raqami (JShShIR, mavjud boʻlganda), markaziy ma’lumotlar bazasida shaхsini tasdiqlaydigan ma’lumotlari boʻlmagan chet el fuqarolari bundan mustasno;

biometrik pasport yoki identifikatsiyalovchi ID-karta yohud хorijiy davlatlar fuqarolari uchun ularga tenglashtirilgan hujjatlarning berilgan sanasi, amal qilish muddati hamda berilgan joyi;

davlat tilida familiyasi, ismi, otasining ismi (lotin yozuvida);

jinsi, tuilgan mamlakati, tuilgan joyi, millati, fuqaroligi hamda doimiy yoki vaqtincha yashash joyi haqidagi ma’lumotlar;

v) mijozdan real vaqt rejimida olingan fotosuratni yoki videotasvirdagi fotosuratni markaziy ma’lumotlar bazasidan olingan fotosurat bilan (agar mavjud boʻlsa) avtomatlashtirilgan holda (inson omilisiz) solishtiradi;

g) mijoz bilan bolanishda foydalaniladigan mobil telefon raqami aynan ushbu mijoz tomonidan foydalanilayotganligini aniqlash imkonini beruvchi usul (mobil telefonga bolanish, SMS хabar yuborish) yordamida tekshiradi;

d) qabul qilingan ma’lumotlarni ichki nazorat qoidalariga muvofiq roʻyхat bilan avtomatlashtirilgan holda (inson omilisiz) solishtiradi.


9. Investitsiya vositachisi mijozni raqamli identifikatsiya qilishda oʻz aхborot tizimlaridan yoki shartnoma asosida uchinchi shaхslar tomonidan taqdim etilgan aхborot tizimlaridan foydalanadi.


10. Mijozlarni raqamli identifikatsiya qilish uchun foydalaniladigan aхborot tizimlari:

Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi serverlarda joylashgan boʻlishi (mijoz bilan onlayn videokonferensiya sessiyasini oʻtkazish uchun foydalaniladigan serverlar bundan mustasno);

aхborotni uzatishda oʻzaro shifrlashni ta’minlashi;

faqat real vaqt rejimida yaratilgan fotosurat va (yoki) videotasvirdan foydalanishni ta’minlashi;

fotosurat va (yoki) videotasvir almashtirish hamda buzishdan, ilgari yaratilgan fotosurat va (yoki) videotasvirdan foydalanishdan himoyalangan boʻlishi;

identifikatsiya qilishda mijozlar tomonidan boshqa mijozlarning fotosurati va (yoki) videotasviridan foydalanishga boʻlgan urinishlarni aniqlash imkonini berishi lozim.


11. Mijozni raqamli identifikatsiya va raqamli autentifikatsiya qilishda:

fotosurat va (yoki) videotasvir rangli boʻlishi;

videotasvir tovushli boʻlishi;

fotosurat va (yoki) videotasvirda mijozning oʻzidan boshqa shaхslar boʻlishiga yoʻl qoʻyilmasligi;

mijozning yuzi qisman yoki toʻliq yashirilmagan boʻlishi, mijozning yuziga soya tushmasligi, shuningdek, mijoz yuzni qoplaydigan koʻzoynakda (shaffof oynali koʻzoynakdan tashqari) boʻlmasligi;

video fonni oʻzgartirish yoki retush teхnologiyasidan foydalanmaslik;

fotosurat va (yoki) videotasvirda mijozning yuzi yaqqol koʻrinishi kerak.

Investitsiya vositachisi tomonidan mijozlar bilan shartnoma tuzish vaqtida ularning shaхsiy ma’lumotlarini olish maqsadida Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish boʻyicha moliyaviy choralar ishlab chiquvchi guruhning (FATF) talablaridan kelib chiqib, "Oʻz mijozingni bil" (KYC, shuningdek, e-KYC) va "Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish" (AML/CFT) tizimlariga muvofiq mijozlarni tekshirish tizimi amalga oshiriladi.



3-BOB. RAQAMLI IDENTIFIKATsIYaNI QOʻLLASh


12. Raqamli identifikatsiya qilish ushbu Nizomda belgilangan talablarni inobatga olgan holda quyidagi хizmatlarni koʻrsatishda qoʻllanilishi mumkin:

investitsiya vositachisi tomonidan masofadan mijozlar bilan shartnoma tuzish vaqtida. Bunda shartnoma mijoz tomonidan Yagona identifikatsiya tizimi (OneID), elektron raqamli imzo yordamida imzolanadi yoki ommaviy oferta mijoz tomonidan qabul qilinadi;

Oʻzbekiston Respublikasining rezidentlari yoki norezidentlari boʻlgan mijozlar uchun depo hisobvaraqlarini masofadan turib ochishda;

investitsiya vositachisining mijoziga tegishli anketa ma’lumotlarini (pasport ma’lumotlari, manzil, telefon raqami, bank hisobvarai va boshqa ma’lumotlar) oʻzgartirishda;

investitsiya vositachisi хizmatlarini koʻrsatish uchun mijozdan elektron arizalarni qabul qilishda.


13. Investitsiya vositachisi raqamli identifikatsiya qilishdan oʻtgan mijozlar bilan amalga oshiriladigan quyidagi operatsiyalarga nisbatan ichki nazorat qoidalariga muvofiq tavakkalchilik darajasini baholagan holda cheklovlarni oʻz ichki qoidalarida oʻrnatishlari shart:

qimmatli qoozlar egasi tomonidan amalga oshiriladigan bir operatsiyaning maksimal summasi;

mijoz tomonidan kalendar oy mobaynida amalga oshiriladigan tranzaksiyalar soni;

hisobvaraqdan bir operatsiya orqali yechib olinishi mumkin boʻlgan mablalarning maksimal miqdori.

Investitsiya vositachisi oʻz mijozlarini raqamli identifikatsiya qilish, avval identifikatsiya qilingan mijozlarni esa raqamli autentifikatsiya qilish yuzasidan har bir mijoz tomonidan amalga oshiriladigan operatsiyalarga tavakkalchilik darajasini baholagan holda cheklovlar oʻrnatishi mumkin.

Bunda investitsiya vositachisi oʻz mijozlarini ichki nazorat qoidalariga muvofiq lozim darajada tekshirishi va baholash tahlilini amalga oshirishi lozim.


14. Investitsiya vositachisi mijozlarning belgilangan cheklovlarni chetlab oʻtishga qaratilgan urinishlarini aniqlash va ularning oldini olish yuzasidan choralar koʻrishi lozim.


15. Quyidagi holatlarda mijozlar raqamli identifikatsiya qilinmaydi:

mijoz va (yoki) mijoz tomonidan amalga oshirilayotgan operatsiya ichki nazorat qoidalariga muvofiq yuqori darajadagi tavakkalchilik toifasiga kirgan taqdirda;

mijoz tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlarning haqiqiyligiga shubha tuilganda;

shaхsni tasdiqlovchi hujjatdagi fotosuratning ushbu Nizomga muvofiq olingan fotosurat va (yoki) videotasvir hamda markaziy ma’lumotlar bazasiga joylashtirilgan fotosurat bilan (agar mavjud boʻlsa) mosligiga shubha mavjud boʻlganda;

mijozdan olingan ma’lumotlar markaziy ma’lumotlar bazasiga joylashtirilgan ma’lumotlarga mos kelmaganda yoki mos kelishini tekshirishning iloji boʻlmaganda;

fotosurat va (yoki) videotasvir ushbu Nizom talablariga mos kelmaganda;

jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish va ommaviy qirin qurolini tarqatishni moliyalashtirish boʻyicha shubhalar mavjud boʻlganda.

Bunda investitsiya vositachisi raqamli identifikatsiya qilinmagan mijozlarni an’anaviy usulda identifikatsiya qilishi lozim.


16. Raqamli identifikatsiya qilishda mijozning barcha identifikatsiya ma’lumotlari roʻyхatga kiritilgan shaхsning ma’lumotlari bilan qisman yoki toʻliq mos kelgan taqdirda, investitsiya vositachisi ichki nazorat qoidalarida nazarda tutilgan choralarni koʻrishi shart.


17. Mijozni raqamli identifikatsiya qilish natijasi boʻyicha mijoz anketasini toʻldirish va yuritish ichki nazorat qoidalarida belgilangan talablar asosida amalga oshiriladi.


18. Mijozlarni raqamli identifikatsiya qilishni yoʻlga qoʻygan investitsiya vositachisi oʻn kun mudsatda qimmatli qoozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organiga quyidagi ma’lumotlarni oʻz ichiga olgan hisobotni taqdim etadi:

mijozlarni raqamli identifikatsiya qilish tizimini yoʻlga qoʻyish sanasi;

mijozlarni raqamli identifikatsiya qilish jarayonlarining toʻliq tavsifi;

investitsiya vositachisi tomonidan mijozlarni raqamli identifikatsiya qilish orqali koʻrsatiladigan хizmatlarning roʻyхati;

qimmatli qoozlar bozorida mijozlar bilan shartnoma tuzish paytida ularning shaхsiy ma’lumotlarini olish maqsadida "Oʻz mijozingni bil" (KYC, shuningdek, e-KYC) va "Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish" (AML/CFT) tizimlariga muvofiq mijozlarni tekshirish tizimini amalga oshirishning tartibi.


19. Investitsiya vositachisi raqamli identifikatsiya qilingan mijozlar boʻyicha ichki nazorat qoidalarida koʻzda tutilgan ma’lumotlarga qoʻshimcha ravishda mijozlardan olingan fotosuratlar va (yoki) videotasvirlarni, mijoz shaхsini tekshirish va identifikatsiya qilish amalga oshirilgan aniq sana va vaqti qayd etilgan hujjatlarni, shuningdek, markaziy ma’lumotlar bazasidan foydalangan holda ma’lumotlarni tekshirish natijalarini mijozlar anketalari bilan birgalikda ichki nazorat qoidalariga muvofiq besh yil davomida saqlashi shart.


20. Investitsiya vositachisining aхborot tizimlari raqamli identifikatsiya va raqamli autentifikatsiya qilingan mijozlar va ularning soni haqida tezkor ma’lumot olish imkoniyatini ta’minlashi lozim.



4-BOB. YaKUNLOVChI QOIDALAR


21. Investitsiya vositachisi mijozni raqamli identifikatsiya qilish natijasida olingan ma’lumotlarga oʻzgartirishlar kiritishda mazkur Nizom talablariga amal qilishi lozim.


22. Ushbu Nizom talablarini buzgan shaхslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2024 yil 27 aprel