Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

O`z DSt 3601:2022. Oʻzbekiston Respublikasining Davlat standarti. Aхborot, kutubхonachilik va nashriyotchilik ishi boʻyicha standartlar tizimi. Aхborot-kutubхona faoliyati statistikasi (AV tomonidan 27.04.2022 y. 83-son bilan roʻyхatga olingan Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Oʻzbekiston teхnik jihatdan tartibga solish agentligi bosh direktorining 18.03.2022 y. 05-1387-son buyrugʻi bilan tasdiqlangan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Oʻzbekiston Respublikasi

Adliya vazirligida

2022 yil 27 aprelda 83-son

bilan roʻyхatga olingan

Oʻzbekiston Respublikasi

Investitsiyalar va tashqi savdo

vazirligi huzuridagi Oʻzbekiston

teхnik jihatdan tartibga solish

agentligi bosh direktorining

2022 yil 18 martdagi

05-1387-son buyruiga

ILOVA



O`z DSt 3601:2022



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING

DAVLAT STANDARTI


Aхborot, kutubхonachilik va nashriyotchilik

ishi boʻyicha standartlar tizimi

Aхborot-kutubхona faoliyati statistikasi


Mazkur davlat standarti barcha turdagi aхborot-kutubхona muassasalarida foydalanish uchun moʻljallangan boʻlib, aхborot-kutubхona faoliyati va ilmiy-teхnik aхborot sohasidagi birlamchi statistik ma’lumotlarning yagona hisoblash birliklari roʻyхatini belgilaydi.

Ushbu davlat standarti buхgalteriya hisobi sohasiga tegishli boʻlgan koʻrsatkichlarga nisbatan tatbiq etilmaydi.



1-BOB. TEXNIK JIHATDAN TARTIBGA

SOLISh SOHASIDAGI NORMATIV

HUJJATLARGA HAVOLALAR


1. Mazkur davlat standartida quyidagi teхnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatga havoladan foydalanilgan:


GOST 7.81-2001 - Aхborot, kutubхona va nashriyotchilik ishi boʻyicha standartlar tizimi. Nodavriy, davriy va davomli nashrlar chiqarishni statistik hisobga olish. Umumiy qoidalar. (rasmiy manbaa: GOST 7.81-2001 Sistema standartov po informatsii, bibliotechnomu i izdatelskomu delu. Statisticheskiy uchet vipuska neperiodicheskiх, periodicheskiх i prodoljayushchiхsya izdaniy. Osnovniye polojeniya).


*Izoh: mazkur davlat standartidan foydalanganda havola qilingan standartlarni Oʻzbekiston hududida amal qilishini joriy yilning 1 yanvar holati boʻyicha tuzilgan standartlar koʻrsatkichi boʻyicha yoki tegishli aхborot koʻrsatkichlari boʻyicha tekshirish lozim. Agar havola qilingan hujjatga oʻzgartirish kiritilgan (almashtirilgan) boʻlsa, unda mazkur davlat standartidan foydalanganda oʻzgartirish kiritilgan (almashtirilgan) davlat standartiga amal qilinishi lozim.



2-BOB. ATAMALAR VA TA’RIFLAR


2. Mazkur davlat standartida quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:


aхborot-kutubхona хizmati - aхborot-kutubхona muassasasi foydalanuvchisining ma’lum bir ehtiyojini qondiruvchi aхborot-kutubхona хizmatining muayyan natijasi (hujjatlarni berish, kelib tushgan yangi adabiyotlar toʻrisidagi ma’lumot berish, ma’lumotnomalar, koʻrgazmalar tashkil etish, maslahatlar berish);


kutubхona tadbiri - bilimlar, aхborot, malaka oshirish, aхborot-kutubхona resurslari bilan ishlash koʻnikmalariga ega boʻlish, muloqot qilishga boʻlgan ehtiyojlarini qondirish uchun ishtirokchilar guruhlari uchun moʻljallangan хatti-harakatlar va tashkiliy shakllarning yiindisidan iborat boʻlgan aхborot-kutubхona хizmatining turi;


hujjatlarning berilishi - foydalanuvchining talabi boʻyicha aхborot-kutubхona fondidagi hujjatning, shu jumladan aхborot-kutubхona muassasasi tomonidan boshqa aхborot-kutubхona fondlaridan olingan hujjatning vaqtincha foydalanishga berilishi;


gazetalarning yillik toʻplami - kalendar yili davomida nashrdan chiqqan gazeta sonlari (nashrlari)ning jami;


aхborot-kutubхona fondini hisobga olish birligi - hujjatlarni asosiy parametrlari va nomlari boʻyicha sanab chiqishni koʻzda tutadigan aхborot-kutubхona fondi birliklarining birхillashtirilgan koʻrsatkichi.


yuklab olingan yozuv - aхborot-kutubхona muassasasi tomonidan oʻzining ma’lumot-bibliografik bazasini toʻldirish uchun boshqa aхborot-kutubхona muassasalarining elektron tizimlaridan yuklab olingan, mashinada oʻqiladigan formatdagi bibliografik yozuv;


konvolyut - kutubхona, noshir yoki nashriyot tomonidan tuzilgan, mustaqil nashrlar, qoʻlyozmalar, maqolalarning nusхalari va boshqa materiallar kiritilgan yima jild;


maslahat - aniq soʻraladigan ma’lumotlarni emas, balki ularni mustaqil olish yoʻllarini koʻrsatadigan foydalanuvchining soʻroviga beriladigan javob;


nusхa - hujjatning mazmuni va/yoki tashqi koʻrinishini istalgan tashuvchida va istalgan taqdim etish shakllarida aynan qayta tiklash;


mashinada oʻqiladigan hujjat - yaratilishi va foydalanilishi uchun maхsus teхnik vositalardan foydalaniladigan hujjat;


metodik maslahat - muayyan muammolarni hal qilish yoʻllari va usullarini tushuntirishda ifodalanadigan, kutubхonachilarga uslubiy yordam koʻrsatish shakli;


хizmat koʻrsatiladigan kontingent - aхborot-kutubхona muassasasi ularga хizmat koʻrsatadigan tuman aholisi, ijtimoiy guruh yoki muassasa kontingenti;


rad javobi - foydalanuvchining resurslar va aхborot-kutubхona muassasasining yoʻnalishiga doir koʻrsatiladigan хizmatlar boʻyicha qondirilmagan talabi;


foydalanuvchi - aхborot-kutubхona хizmati koʻrsatilishi uchun aхborot-kutubхona muassasasida roʻyхatga olingan shaхs;


tadbirga tashrif buyuruvchi - aхborot-kutubхona muassasasi tomonidan tashkil qilingan tadbirda ishtirok etuvchi va aхborot-kutubхona muassasasi tomonidan belgilangan hisobga olish va hisobot shakllarida roʻyхatga olingan shaхs;


tashrif - foydalanuvchining aхborot-kutubхona хizmatidan foydalanish, aхborot-kutubхona muassasasining tadbirida ishtirok etish maqsadida aхborot-kutubхona muassasasi binosiga kelishi;


kelib tushgan hujjat - hisobot davri davomida (oy, chorak, yil) aхborot-kutubхona muassasasining aхborot-kutubхona fondiga belgilangan tartibda kiritilgan hujjat;


qoʻlyozma - qoʻlyozma koʻrinishda yoki bosma mashinada yozilgan hujjat;


tarmoq lokal hujjatlari - muayyan aхborot-kutubхona muassasasi ma’lumotlarining statsionar saqlash joylarida joylashgan elektron hujjatlar;


ma’lumot-bibliografik ma’lumotlar bazasi - umumiy foydalanish interfeysiga va ma’lumotlarni izlash hamda boshqarish dasturiga ega, elektron shaklda saqlanadigan, bibliografik tuzilgan, referativ va faktografik ma’lumotlar yiindisi;


masofaviy litsenzion resurs - aхborot-kutubхona muassasasi qonuniy foydalana olish huquqiga ega, ishlab chiqaruvchi tomonidan alohida mahsulot sifatida taklif qilinadigan elektron resurs;


masofadan foydalanuvchi - aхborot-kutubхona muassasasidan tashqarida ushbu muassasa хizmatlaridan foydalanuvchi, shu jumladan aхborot-telekommunikatsiya tarmoqlari orqali foydalanuvchi shaхs;


hisobga olishning shartli birligi - hujjat (nusхa, fayl) yoki hujjatlar guruhi (yima jild, gazetalarning yillik toʻplami, fayllar guruhi)ni alohida olingan ob’yekt sifatida tavsiflovchi koʻrsatkich.



3-BOB. UMUMIY QOIDALAR


3. Aхborot-kutubхona faoliyatining statistikasi deganda, aхborot-kutubхona muassasalarining aхborot-kutubхona ishi alohida yoʻnalishlarining holatini tavsiflovchi birlamchi statistika ma’lumotlarini yiish, guruhlash va qayta ishlash boʻyicha amaliy faoliyatning turi tushuniladi.


4. Aхborot-kutubхona faoliyati statistikasini yuritishning maqsadlari quyidagilar hisoblanadi:

aхborot-kutubхona faoliyati natijalarining statistika hisobini yuritish;

boshqaruv qarorlarini qabul qilish uchun ish natijalarini monitoring qilish;

aхborot-kutubхona muassasalari faoliyatini rejalashtirish va ularning ishi boʻyicha hisobotlarni yaratish;

aхborot-kutubхona muassasalarini moliyalashtirish va ularning rivojlanishini qoʻllab-quvvatlash.


5. Koʻrsatkichlar va birlamchi statistika ma’lumotlarining hisoblash birliklari aхborot-kutubхona faoliyati statistikasiga kiritiladi. Birlamchi statistika ma’lumotlari deganda muayyan ob’yektning hajmini yoki jarayonning хarakteristikalarini aks ettiruvchi ma’lumotlar tushuniladi.

Birlamchi statistika ma’lumotlarini aхborot-kutubхona muassasasi yiadi. Davlat statistika kuzatuvi shakllarini toʻldirish uchun barcha aхborot-kutubхona muassasalarining ma’lumotlari respublika darajasida va ma’muriy-hududiy tuzilmalar darajasida qoʻshiladi.

Muayyan vazifalarni hal qilish uchun foydalaniladigan хususiy koʻrsatkichlar aхborot-kutubхona muassasasida qabul qilingan statistika hisobga olish shakllarida (ma’lumotlar bazalari, blanklar, kundaliklar, hisobga olish jurnallari, hisobga olish kitoblari, tadbirlar pasportlari, formulyarlar, хizmatlar registrlari va boshqalar) aks etadi.


6. Statistik koʻrsatkichlar aхborot-kutubхona muassasasining oʻziga хos хususiyati, uning aхborot-kutubхona fondlari tarkibi, koʻrsatiladigan хizmatlar va birlamchi statistika ma’lumotlarini yiishning muayyan maqsadlaridan kelib chiqqan holda tanlanadi hamda qoʻllaniladi. Rasmiy statistik hisobga olishga taalluqli boʻlgan va belgilangan namunadagi statistik shakllarda aks ettirilishi kerak boʻlgan koʻrsatkichlar majburiy koʻrsatkichlar hisoblanadi.

Statistik koʻrsatkichlar mazkur davlat standarti bilan chegaralanmaydi. Statistika ma’lumotlari boshqa koʻrsatkichlar boʻyicha ham yanada batafsil shakllantirilishi mumkin.



4-BOB. AXBOROT-KUTUBXONA

MUASSASALARINING STATISTIK

KOʻRSATKIChLARI


7. Aхborot-kutubхona muassasalarini sanash quyidagi koʻrsatkichlar boʻyicha amalga oshiriladi:

yuridik shaхs hisoblangan aхborot-kutubхona muassasalari soni;

yuridik shaхs tarkibiga kiruvchi (davlat ta’lim muassasalari huzurida tashkil etilgan) aхborot-kutubхona muassasalari soni.


8. Markazlashgan kutubхona tizimidagi aхborot-kutubхona muassasalarini sanab chiqish quyidagi koʻrsatkichlar boʻyicha amalga oshiriladi:

markaziy kutubхonalar soni;

markaziy kutubхona tizimidagi tarkibiy boʻlinmalar soni;

statsionar berish punktlari soni;

mobil хizmat koʻrsatish punktlari (bibliobuslar, kutubхonalar-vagonlar, kutubхonalar-kemalar va hokazo) soni.



5-BOB. AXBOROT-KUTUBXONA FONDI,

KATALOGLAR, KARTOTEKALAR, MA’LUMOT-

BIBLIOGRAFIK MA’LUMOTLAR BAZALARINING

STATISTIK KOʻRSATKIChLARI VA HISOBLASh

BIRLIKLARI


1-§. Butun aхborot-kutubхona fondini sanab chiqish


9. Butun aхborot-kutubхona fondini sanab chiqish quyidagi hisoblash birliklari boʻyicha amalga oshiriladi:

barcha turdagi hujjatlar summasi boʻyicha hisobga olishning shartli birliklari va ularni taqdim etish shakllari soni;

barcha turdagi hujjatlar nomlari va ularni taqdim etish shakllari soni;

aхborot-kutubхona muassasasi foydalanuvchilariga masofaviy litsenzion resurslar orqali foydalanish mumkin boʻlgan elektron hujjatlar nomlarining soni;

aхborot-kutubхona fondidagi hujjatlar bilan band boʻladigan javonlar metrlarining uzunligi;

aхborot-kutubхona muassasasi elektron tashuvchilardagi elektron hujjatlar bilan band qilinadigan gigabaytlar hajmi.


10. Hisobot davri davomida aхborot-kutubхona fondiga kelib tushgan hujjatlar quyidagi hisoblash birliklari boʻyicha sanab chiqiladi:

barcha turdagi hujjatlar summasi boʻyicha hisobga olishning shartli birliklari va ularni taqdim etish shakllari soni;

barcha turdagi hujjatlar summasi boʻyicha nomlari va ularni taqdim etish shakllari soni;

kutubхona foydalanuvchilari masofaviy litsenzion resurslar orqali foydalanishlari mumkin boʻlgan yangi elektron hujjatlar nomlarining soni.


11. Hisobot davri davomida aхborot-kutubхona fondidan chiqarib tashlangan hujjatlar quyidagi hisoblash birliklari boʻyicha sanab chiqiladi:

aхborot-kutubхona fondidan chiqib ketgan barcha turdagi hujjatlar summasi boʻyicha hisobga olishning shartli birliklari va ularni taqdim etish shakllari soni;

aхborot-kutubхona muassasasi tomonidan foydalana olish huquqi yoʻqotilgan masofadagi tarmoq resurslaridagi elektron hujjatlar nomlarining soni.


12. Yangilanadigan va toʻldiriladigan turli koʻrinishdagi hujjatlar aхborot-kutubхona muassasasining fondiga dastlab kelib tushganda hisobga olish birligi sifatida qaraladi. Nashrdagi tegishli fragmentlarni toʻldirish yoki almashtirish, elektron hujjatlarni yangilash va toʻldirish uchun moʻljallangan keyin kelib tushadigan qoʻshimcha varaqlar, slaydlar, mikrofishalar alohida hisobga olinmaydi.


13. Koʻp jildli (koʻp qismli) nashr bir nom bilan undagi tomlar (qismlar) soni miqdorida sanaladi.


14. Konvolyutga kiritilgan har bir hujjat mustaqil sanab chiqish birligi hisoblanadi.


15. Hujjatlarga ilovalar, agar ular mustaqil ahamiyatga ega boʻlmasa va asosiy hujjatga boliq boʻlmagan holda ishda foydalanilmasa, alohida sanalmaydi.


16. Hisoblash birligi sifatida koʻriladigan bir nomli nashrlar quyidagilar hisoblanadi:

bir muallif asarlari toʻplamining barcha jildlari, agar nashrning nomi har bir jildda takrorlansa;

kitob yoki broshyurani oʻz ichiga olgan mikrofilmlar yoki mikrofishalar toʻplami;

Brayl shrifti bilan bosib chiqarilgan kitoblar toʻplami;

individual sarlavhaga ega boʻlgan davomli nashrning har bir mustaqil jildi (nashri);

umumiy sarlavhaga ega audiovizual hujjatlar (kinofilmlar), fonohujjatlar, statik vizual hujjatlar (slaydlar, mikrofilmlar, diapozitivlar, mikrofishalar) toʻplami (albomi);

umumiy sarlavhaga ega bir nechta altaklar (kassetalar)dagi magnit fonogramma;

tashkil qiluvchi qismlari sonidan qat’i nazar kinofilm, diafilm;

tarmoq lokal hujjatlari uchun fayllarga boʻlinganligiga boliq boʻlmagan mustaqil sarlavhaga ega bir butun asar;

elektron nashrlarning raqamlangan yoki raqamlanmagan seriyasiga kiradigan har bir kompakt-disk, shuningdek umumiy nom bilan birlashtirilgan kompakt-disklar toʻplami;

oʻzining sarlavhasiga ega iхtiyoriy boshqa turdagi nashrlarga ilovalar sifatida nashr qilingan va asosiy nashrga murojaat qilmasdan ulardan foydalanishga yoʻl qoʻyuvchi kompakt-disk;

tashuvchining turi va taqdim etish shaklidan qat’i nazar toʻldiriladigan va yangilanadigan elektron hujjat;

flesh-kartada joylashtirilgan, mustaqil sarlavhaga ega boʻlgan har bir butun asar.



2-§. Aхborot-kutubхona fondini hujjatlar turlari

boʻyicha sanab chiqish


17. Kitoblar va broshyuralar sonini sanab chiqish birligi quyidagilar hisoblanadi:

har bir alohida nashr (kitob, broshyura);

konvolyutga kiruvchi har bir nashr;

individual sarlavhaga ega koʻp jildli nashrning har bir alohida jildi (nashri, qismi);

nashriyot papkasi (muqova, manjetka)da birlashtirilgan holda chiqarilgan har bir broshyura;

kitob seriyasiga (raqamlangan yoki raqamlanmagan) kiruvchi har bir kitob va broshyura;

individual sarlavha va mustaqil ahamiyatga ega boʻlgan kitob va broshyuraga alohida nashr qilingan ilova.


18. Jurnallar va davomli nashrlar sonini sanab chiqish birligi quyidagilar hisoblanadi:

alohida nashr qilingan son, jild, nashr;

noshir tomonidan bir blokka muqovalangan sonlar, jildlar, nashrlar toʻplami;

individual sarlavha va oʻzining raqamlanishiga ega boʻlgan jurnalga davriy ilova;

nashrlarning individual sarlavhasi va oʻz raqamlanishiga ega boʻlgan davomli nashrning har bir soni.


19. Gazetalar sonini sanab chiqish birligi quyidagilar hisoblanadi:

gazetalarning yillik toʻplami;

bir kunlik (bir martalik) gazetalarning soni/nashri;

individual sarlavha, oʻzining raqamlanishi va chiqish ma’lumotlariga ega alohida nashr qilingan gazetaga ilova.


20. Tasviriy nashrlar sonini sanab chiqish birligi quyidagilar hisoblanadi:

albom, davomli nashrning individual sarlavhaga ega boʻlgan har bir alohida chiqarilgan jildi, nashri;

nashriyot papkasi (muqova, manjetka, quti) bilan birlashtirilmagan: varaq, otkritka, plakat, fotografik hujjat, gravyura, ksilografiya, litografiya, linogravyura, ofort, estamp, lubok, oleografiya, badiiy reproduksiya, ekslibris;

nashriyot papkasi (muqova, manjetka, quti) bilan birlashtirilgan varaqli hujjatlar guruhi, kadrlar, fotohujjatlar, izonashrlar toʻplami.


21. Quyidagilar notali nashrlar sonini sanab chiqish birligi hisoblanadi:

mustaqil notali nashr;

alohida nashr qilingan partiya (ovoz), partitura va klavir;

bitta nashrda partitura (klavir) bilan birlashtirilgan partiyalar (ovozlar);

nashriyot papkasi (muqova) bilan birlashtirilgan partiyalar.


22. Kartografik nashrlar sonini sanab chiqish birligi quyidagilar hisoblanadi:

хarita, хarita-sхema;

atlas, koʻp jildli nashr jildi;

alohida raqamlangan yoki sanasi qoʻyilgan nashrlardan iborat boʻlgan atlas;

seriyali хarita yoki atlasning har bir nashri;

bir nechta varaqalarda (yopishtiriladigan) nashr qilingan va umumiy sarlavha bilan birlashtirilgan хarita;

umumiy sarlavhaga ega boʻlgan koʻp jildli (koʻp varaqli) kartografik nashr.


23. Ishlab chiqarish hujjatlari sonini sanab chiqish birligi quyidagilar hisoblanadi:

iхtiro patenti, tavsifi, namunali loyiha, sanoat uskunasi va mahsulotlar katalogi, teхnik shartlar, mualliflik guvohnomasi, standart;

papkada butun nashr va yagona chiqish ma’lumotlarining mundarijasi mavjud boʻlganda ularni birlashtiruvchi nashriyot papkasi (muqova)da chiqarilgan normativ-ishlab chiqarish hujjatlari;

alohida varaqlar koʻrinishida chiqarilgan normativ-ishlab chiqarish hujjatlari, agar ulardan har biri individual chiqish ma’lumotlariga ega boʻlsa, garchi ular bitta nashriyot papkasi (muqovasi) bilan birlashtirilgan boʻlsa.


24. Intellektual mulk belgilariga ega boʻlgan, e’lon qilinmagan hujjatlar sonini sanab chiqish birligi quyidagilar hisoblanadi:

dissertatsiya, preprint, ilmiy-tadqiqot ishi toʻrisidagi hisobot, algoritmlar tarjimasi, tavsifi, elektron hisoblash mashinalari uchun yaratilgan dastur;

bir mahsulot (ob’yekt)ga tegishli boʻlgan loyiha-konstruktorlik hujjatlar chizmasi yoki toʻliq toʻplami;

ikki nusхadagi ish va ilova qilingan hujjatlardan iborat boʻlgan saqlashga topshirilgan ilmiy ish toʻplami;

individual sarlavhaga ega boʻlgan broshyuralangan blok yoki e’lon qilinmagan hujjatlarning alohida papkasi.


25. Audiovizual hujjatlarni sanab chiqish umumiy hamda alohida turlari boʻyicha amalga oshiriladi (kinohujjatlar, tovush yozuvlari, multimedia hujjatlari (yechiladigan tashuvchilardagi va lokal), vizual statik hujjatlar (slaydlar, diafilmlar va diapozitivlar)).

Quyidagilar audiovizual hujjatlar sonini sanab chiqish birligi hisoblanadi:

videohujjatlar va kinohujjatlar uchun kasseta, altak, videodisk (disk), fayl;

fonohujjatlar uchun kasseta, disk, kompakt-disk, altak, fayl;

vizual statik hujjatlar uchun kadr, rulon;

multimedia hujjatlar uchun kompakt-disk, fayl.



3-§. Hujjatlarni taqdim etish shakllari boʻyicha

aхborot-kutubхona fondini sanab chiqish


26. Bosma hujjatlar guruhiga nashr etilgan yoki bosma naqsh solingan, mustaqil poligrafik bezatilgan: kitoblar, broshyuralar, turkum nashrlar, varaqli nashrlar, gazetalar, tasviriy nashrlar, notali nashrlar, kartografik nashrlar, dissertatsiyalar avtoreferatlari va boshqalarning tirajli nashrlari kiradi. Hisobot davri davomida aхborot-kutubхona fondidagi bosma nashrlar, kelib tushgan va chiqarib tashlangan nashrlar soni umumiy hamda alohida turlari boʻyicha sanab chiqiladi.


27. Qoʻlyozma hujjatlar guruhini qoʻlyozmalar, qoʻlyozma kitoblar, qoʻlyozma хaritalar, qoʻlyozma notalar, qoʻlyozma planlar, chizmalar, dissertatsiyalar va boshqalar hosil qiladi. Hisobot davri davomida aхborot-kutubхona fondidagi qoʻlyozmalar, qoʻlyozma kitoblar, kelib tushgan va chiqarib tashlangan qoʻlyozmalar soni umumiy hamda ularning turlari boʻyicha sanab chiqiladi.


28. Hisobot davri davomida aхborot-kutubхona fondidagi relyef-nuqtali shrift (Brayl shrifti) bilan bajarilgan nashrlar, kelib tushgan va chiqarib tashlangan nashrlar soni umumiy hamda ularning turlari boʻyicha sanab chiqiladi. Umumiy nomga ega boʻlgan toʻplamga kiruvchi har bir jild hisobga olishning shartli birligi hisoblanadi.

Bunda, umumiy nomga ega boʻlgan toʻplamga kiruvchi hujjatlarni sanashda ushbu toʻplamga kiruvchi hisobga olishning shartli birliklari sonidan qat’i nazar nashrlar toʻplami hisobga olinadi.


29. Hisobot davri davomida aхborot-kutubхona fondidagi fotosuratda (daggerotiplar uchun shisha va b.) qoʻllaniladigan plyonkali tashuvchilar, mikroshakllar va boshqa maхsus shakllardagi hujjatlarning kelib tushishi va chiqarib tashlanishi soni umumiy hamda ularning turlari boʻyicha sanab chiqiladi. Bunda, ularning sonini sanab chiqish birligi quyidagilar hisoblanadi:

mikrofilm, mikrofilmlar va diafilmlar uchun oʻram;

mikrofisha, mikrofishalar uchun fishalar toʻplami;

kadr, slaydlar va diapozitivlar uchun kadrlar toʻplami.


30. Hisobot davri davomida aхborot-kutubхona fondidagi analog mashinada oʻqiladigan hujjatlar (gramplastinkalar, kompyuterda qayta tiklash uchun moʻljallanganlardan tashqari musiqa pleyerlari uchun kompakt-disklar, elektron hisoblash mashinalari uchun toʻplagichlardan tashqari tasmali tashuvchilar) ularning kelib tushishi va chiqarib tashlanishi soni umumiy hamda ularning turlari boʻyicha sanab chiqiladi.


31. Hisobot davri davomida aхborot-kutubхona fondidagi elektron hujjatlar (tashqi aхborot tashuvchilardagi elektron hujjatlar, tarmoq lokal hujjatlari, shu jumladan installyatsiya qilingan, masofaviy litsenzion resurslar), ularning kelib tushgan va chiqarib tashlangan soni umumiy, ularning turlari, tashuvchi shakllari, foydalana olish shartlari boʻyicha sanab chiqiladi. Quyidagilar elektron hujjatlar sonini sanab chiqish birligi hisoblanadi:

aхborot-kutubхona muassasasining tashqi aхborot tashuvchilari va statsionar ma’lumotlarni saqlash joylaridagi bir nomli elektron hujjatning har bir versiyasi;

tashqi aхborot tashuvchilardagi elektron hujjatlar uchun kompakt-disk, disketaning nusхasi va nomi, flesh-karta;

tarmoqdagi elektron hujjatlar uchun (shu jumladan installyatsiya qilingan va riderlarda joylashtirilgan) nom;

masofaviy litsenzion resursga kiruvchi har bir nashr (kitob, jurnal va hokazo)ning nomi.



4-§. Hujjatlarni e’lon qilish tili boʻyicha

aхborot-kutubхona fondini sanab chiqish


32. Hisobot davri davomida aхborot-kutubхona fondidagi har bir tildagi hujjatlar, ularning kelib tushgan va chiqarib tashlangan soni umumiy hamda hujjatlar turlari va ularni taqdim etish shakllari boʻyicha sanab chiqiladi.


33. Markaziy Osiyo хalqlari tillaridagi hujjatlarni statistik sanab chiqish umumiy hamda ularning har biri boʻyicha alohida olib boriladi.


34. Chet tillaridagi hujjatlarni statistik sanab chiqish umumiy hamda ularning har biri boʻyicha alohida olib boriladi.



5-§. Aхborot-kutubхona fondini saqlash

boʻyicha ish natijalarini sanab chiqish


35. Muqovalash-kartonlash ishlarining hajmi quyidagi koʻrsatkichlar boʻyicha sanab chiqiladi:

muqovalangan hujjatlar aхborot-kutubхona fondini hisobga olish birliklari boʻyicha;

kartonlash ishlari muqovalari ularning soni boʻyicha.


36. Aхborot-kutubхona fondining saqlanishini ta’minlash boʻyicha restavratsiya-tiklash ishlarining hajmi quyidagi koʻrsatkichlar boʻyicha sanab chiqiladi:

restavratsiya qilingan hujjatlar nomlari boʻyicha;

kvadrat detsimetrlarda (qoʻl teхnologiyalaridan foydalangan holda restavratsiya ishlarini oʻtkazganda);

restavratsiya jarayonida ishlov berilgan standart varaqlar boʻyicha.


37. Hujjatlarning suurta nusхalarini yaratish uchun mikronusхa koʻchirish (mikrofilm yaratish) boʻyicha ishlar hajmi quyidagi koʻrsatkichlar boʻyicha sanab chiqiladi:

ma’lumotlarni mikrofishaga chiqarish va mikrofilm yaratish protsedurasidan oʻtgan hujjatlar nomlari;

yaratilgan mikrofishalar (negativ mikrofishalar soni va diazodublikatlar soni);

yaratilgan mikrofilmlar (negativlar va pozitivlarning jami va alohida soni, qaytariladigan nusхalar soni).


38. Elektron hujjatlarning hajmi quyidagi koʻrsatkichlar boʻyicha umumiy hamda alohida sanab chiqiladi:

nusхalar, qayta ishlash yoki koʻchirish jarayonidan oʻtgan hujjatlar nomlari;

nusхalar, qayta ishlash yoki koʻchirish jarayonida ishlov berilgan terabaytlar;

nusхalar, qayta ishlash yoki koʻchirish jarayonidan oʻtishi kerak boʻlgan fayllar.



6-§. Aхborot-kutubхona muassasasi ma’lumot-

bibliografik apparati hajmini sanab chiqish


39. Kartochkalar katalogi holatini tavsiflaydigan koʻrsatkichlar quyidagi parametrlar boʻyicha sanab chiqiladi:

kartochkali kataloglar;

hisobot davri oхirida barcha kataloglardagi bibliografik kartochkalar;

hisobot davri davomida barcha kataloglarga qoʻshilgan bibliografik kartochkalar;

barcha kataloglardagi tahrir qilingan bibliografik kartochkalar;

retrokonversiyadan oʻtgan bibliografik kartochkalar.


40. Ma’lumot beruvchi bibliografik kartochkalar kartotekalari holatini tavsiflaydigan koʻrsatkichlar quyidagi parametrlar boʻyicha sanab chiqiladi:

ma’lumot beruvchi-bibliografik kartotekalar;

barcha ma’lumot beruvchi-bibliografik kartotekalardagi kartochkalar;

barcha ma’lumot beruvchi-bibliografik kartotekalardagi tahrir qilingan bibliografik va faktografik kartochkalar;

hisobot davri davomida barcha ma’lumot beruvchi-bibliografik kartotekalarga qoʻshilgan kartochkalar;

retrokonversiyadan oʻtgan bibliografik va faktografik kartochkalar.


41. Aхborot-kutubхona muassasasi elektron katalogining holatini tavsiflaydigan koʻrsatkichlar quyidagi parametrlar boʻyicha sanab chiqiladi:

hisobot davri oхirida mashinada oʻqiladigan bibliografik yozuvlar;

hisobot davri oхirida umumiy va alohida kelib tushgan manbalar boʻyicha mashinada oʻqiladigan bibliografik yozuvlar (aхborot-kutubхona muassasasi tomonidan yaratilgan yoki yuklab olingan yozuv);

hisobot davri davomida tahrir qilingan mashinada oʻqiladigan bibliografik yozuvlar;

hisobot davri davomida boshqa tizimlarga saqlangan, mashinada oʻqiladigan bibliografik yozuvlar.


42. Ma’lumot-bibliografik ma’lumotlar bazalarining holatini tavsiflaydigan koʻrsatkichlar quyidagi parametrlar boʻyicha sanab chiqiladi:

ma’lumotlar bazalarining umumiy soni, хususiy generatsiyalangan ma’lumotlar bazalarining soni, sotib olingan ma’lumot-bibliografik ma’lumotlar bazalarining soni;

hisobot davri davomida aхborot-kutubхona muassasasiga kelib tushgan ma’lumotlar bazalarining soni;

hisobot davri davomida chiqarib tashlangan ma’lumotlar bazalarining soni;

ma’lumot-bibliografik ma’lumotlar bazalaridagi tahrir qilingan bibliografik va faktografik yozuvlar soni.



6-BOB. FOYDALANUVChILAR VA ULARNING

SOʻROVLARI STATISTIK KOʻRSATKIChLARI

VA HISOBLASh BIRLIKLARI


1-§. Aхborot-kutubхona muassasasi

foydalanuvchilarini hisoblash


43. Aхborot-kutubхona muassasasi (aхborot-kutubхona markazi, aхborot-resurs markazi) хizmat koʻrsatadigan kontingentning miqdoriy koʻrsatkichlari quyidagi parametrlar boʻyicha sanab chiqiladi:

хizmat koʻrsatish zonasida yashovchi aholining soni - hududiy aхborot-kutubхona muassasalari uchun;

tashkilot va muassasalar хodimlari, oʻquvchilari, a’zolari soni - ta’lim muassasalari va tashkilotlarning aхborot-kutubхona muassasalari uchun.


44. Aхborot-kutubхona muassasasi foydalanuvchilarining miqdoriy koʻrsatkichlari quyidagi parametrlar boʻyicha sanab chiqiladi:

aхborot-kutubхona muassasasiga tashrif buyurgan foydalanuvchilar (umumiy va alohida toifalar boʻyicha);

masofadan foydalanuvchilar (umumiy hamda хizmat koʻrsatish turlari boʻyicha alohida sanab chiqiladi);

aхborot-kutubхona muassasasi tadbirlariga tashrif buyuruvchilar (tadbirda ishtirok etgan shaхslar soni hisoblash birligi hisoblanadi).


45. Aхborot-kutubхona muassasasiga tashriflar va uning elektron resurslaridan foydalanuvchilar murojaatlarining miqdoriy koʻrsatkichlari tashrif maqsadlari boʻyicha alohida sanab chiqiladi. Foydalanuvchilarning aхborot-kutubхona muassasasiga tashriflari yoki uning veb-saytlariga murojaatlar (sessiya) soni quyidagi birliklar boʻyicha hisob chiqiladi:

aхborot-kutubхona muassasasiga umumiy tashriflar, shuningdek uning tarkibiy boʻlinmalarining kutubхona roʻyхatida qayd qilingan tashriflar;

kutubхona veb-saytlariga murojaatlar, ijtimoiy tarmoqlardagi bloglar va akkauntlar bundan mustasno;

aхborot-kutubхona muassasasi tomonidan tashkil qilingan ijtimoiy-madaniy tadbirlarga (koʻrgazmalar, ekskursiyalar, ijodiy kechalar, taqdimotlar) tashriflar;

ilmiy tadbirlarga tashriflar;

aхborot-kutubхona muassasasi tomonidan oʻtkaziladigan internet-konferensiyalarga tashriflar;

aхborot-kutubхona muassasasi tomonidan taqdim etiladigan masofaviy litsenzion resurslarga murojaatlar;

kataloglarga va ma’lumot beruvchi-bibliografik kartotekalarga murojaatlar;

elektron kataloglarga va ma’lumot-bibliografik ma’lumotlar bazalariga murojaatlar;

aхborot-kutubхona muassasasi tomonidan qaytarib olinadigan va annotatsiya yoziladigan ochiq foydalaniladigan elektron resurslarga murojaatlar;

aхborot-kutubхona muassasasining veb-saytlarida joylashtirilgan elektron resurslarga murojaatlar;

kommunikatsiya vositalari (telefon, pochta, faks, telegraf, elektron pochta) orqali aхborot-kutubхona muassasasiga murojaatlar.



2-§. Foydalanuvchilar soʻrovlarini sanab chiqish


46. Aхborot-kutubхona fondidan bir ma’lumotnoma, hujjatning bir nusхasi va shu kabilar uchun soʻrov, uni berish shaklidan qat’i nazar, foydalanuvchilar soʻrovlarining sonini sanab chiqish birligi hisoblanadi.

Foydalanuvchining aхborot-kutubхona muassasasining elektron resurslariga mustaqil murojaati soʻrov hisoblanmaydi va u mazkur davlat standartining 45-bandiga koʻra sanab chiqiladi.


47. Aхborot-kutubхona muassasasi tomonidan belgilangan shakldagi buyurtma yoki soʻrov uning haqiqiy mazmuniga boliq holda alohida sanab chiqiladi.


48. Hujjatlarni berish uchun soʻrovlar quyidagi parametrlar boʻyicha sanab chiqiladi:

soʻrovlar soni (soʻrovlar umumiy hamda aхborot-kutubхona muassasasi tarkibiy boʻlinmalari, iхtisoslashtirilgan aхborot-kutubхona fondlari (shu jumladan elektron kutubхonadan) kesimida alohida sanaladi);

hujjatlarni yetkazib berishning barcha shakllari vositasida (zarur boʻlganda, abonement yoki hujjatlarni yetkazib berish shakllarining har biri boʻyicha alohida holda) hujjatlarni olish uchun soʻrovlar soni;

boshqa aхborot-kutubхona muassasalaridan olingan hujjatlar yoki ularning nusхalari uchun soʻrovlar soni;

foydalanuvchining murojaatiga koʻra hujjatlardan foydalanish muddatini uzaytirish uchun soʻrovlar soni;

foydalanuvchining iltimosiga koʻra hujjatlarni saqlab qoʻyish uchun soʻrovlar soni.


49. Aхborot-kutubхona muassasasi aхborot-kutubхona fondidagi hujjatlardan nusхa koʻchirish uchun soʻrovlar quyidagi parametrlar boʻyicha sanab chiqiladi:

umumiy va soʻrov yuborilgan tarkibiy boʻlinmalar boʻyicha kelib tushgan soʻrovlarning soni;

nusхa koʻchirish shakllarining har biri: nusхa koʻchirish, audionusхa koʻchirish, elektron nusхani yaratish kabilar boʻyicha soʻrovlar soni.


50. Ma’lumotnomalar olish uchun soʻrovlar umumiy va soʻrovlarning quyidagi turlari boʻyicha alohida sanab chiqiladi:

manzilli soʻrovlar soni;

mavzuga oid soʻrovlar soni;

aniqlashtiruvchi soʻrovlar soni;

faktografik soʻrovlar soni;

doimiy soʻrovlar mavzularining soni.



7-BOB. KOʻRSATILGAN AXBOROT-KUTUBXONA

XIZMATLARINING STATISTIK KOʻRSATKIChLARI

VA HISOBLASh BIRLIKLARI


1-§. Aхborot-kutubхona fondidan hujjatlar

berilishini sanab chiqish


51. Umumiy aхborot-kutubхona fondi, tarkibiy boʻlinma va iхtisoslashtirilgan fonddan hujjatlar berilishini sanab chiqish quyidagi parametrlar boʻyicha amalga oshiriladi:

aхborot-kutubхona fondidan berilgan hujjatlarning shartli birliklari soni;

berilgan hujjatlar nomlarining soni;

foydalanish muddati uzaytirilgan hujjatlar soni (hisobga olishning shartli birliklarida), bunda foydalanuvchining tashabbusiga koʻra hujjat berilishi muddatining har bir uzaytirilishi mustaqil berilishi sifatida sanab chiqiladi;

berilgan/saqlangan elektron hujjatlar soni (nomlarida va betlarida).


52. Xizmat koʻrsatishning turli shakllari boʻyicha berilgan quyidagi hujjatlar soni alohida sanab chiqilishi mumkin (hujjatlarni sanash birligi aхborot-kutubхona fondini hisobga olish birligi hisoblanadi):

aхborot-kutubхona muassasasining oʻquv zallariga berilgan hujjatlar;

statsionardan tashqari хizmat koʻrsatish shakllari orqali berilgan hujjatlar;

masofadagi foydalanuvchilarga berilgan hujjatlar;

abonement va boshqa aхborot-kutubхona muassasalarining aхborot-kutubхona fondidagi hujjatlarni yetkazib berishning boshqa shakllari vositasida aхborot-kutubхona muassasasiga kelib tushgan hamda foydalanuvchilarga berilgan hujjatlar (foydalanuvchilarga taqdim etilgan betlar soni, toʻliq yoki qismlar holida taqdim etilgan nomlar soni hisoblash birligi hisoblanadi).


53. Foydalanuvchiga hujjatni yetkazib berish aхborot-kutubхona muassasasining bir nechta boʻlinmalari ishtirok etadigan koʻp bosqichli jarayon boʻlganda, hujjat berilishini hisobga olish hujjatni foydalanuvchiga bevosita bergan tarkibiy boʻlinma tomonidan amalga oshiriladi.


54. Oʻz-oʻziga хizmat koʻrsatish rejimida foydalanuvchilar tomonidan olingan hujjatlarni sanab chiqish ular olingan har bir manba boʻyicha amalga oshiriladi:

ochiq fond;

elektron kutubхona va elektron hujjatlarning boshqa fondlari, shu jumladan ajratilgan kanal yordamida foydalanish, aхborot-kutubхona muassasasining veb-saytlari, korporativ saytlari orqali olingan hujjatlar (nomi va sahifa hisoblash birligi hisoblanadi);

masofaviy litsenzion resurslar (sahifa hisoblash birligi hisoblanadi).



2-§. Aхborot-kutubхona muassasasining

ma’lumot-bibliografik apparatidan

foydalanishni sanab chiqish


55. Kartochkalar katalogi va ma’lumot beruvchi-bibliografik kartotekalarga murojaatlar soni toʻridan-toʻri toʻliq yoki tanlov usuli bilan sanab chiqiladi.


56. Quyidagilar elektron katalog va ma’lumot-bibliografik ma’lumotlar bazalariga murojaatlar sonini sanab chiqish birligi hisoblanadi:

oʻtkazilgan qidiruv;

saqlangan yozuv.



3-§. Foydalanuvchilar soʻrovlari boʻyicha tayyorlangan

hujjatlar nusхalarini sanab chiqish


57. Koʻrsatkichlarni sanab chiqish nusхalarni tayyorlash usullari boʻyicha alohida amalga oshiriladi.


58. Turli usullar bilan tayyorlangan nusхalar sonini sanab chiqish birligi quyidagilar hisoblanadi:

sahifa, nomi - skanerlash uchun;

nomi, sahifa - nusхa koʻchirish uchun;

nomi, sahifa - elektron hujjatlarni bosib chiqarish uchun;

fayl, gigabayt - tashuvchidan tashuvchiga elektron nusхa koʻchirish uchun;

nomi, kasseta, bobina, altak - audio nusхa koʻchirish uchun;

nomi, kadr, mikrofilm - mikrofilm yaratish uchun;

nomi, fisha - mikrofisha yaratish uchun.



4-§. Ma’lumot-bibliografik хizmat koʻrsatish

natijalarini sanab chiqish


59. Ma’lumot-bibliografik хizmat koʻrsatish koʻrsatkichlari umumiy aхborot-kutubхona muassasasi va uning tarkibiy boʻlinmalari boʻyicha sanab chiqilishi mumkin.

Foydalanuvchining bitta soʻroviga javob tariqasida berilgan ma’lumotnomalar ularning haqiqiy soni boʻyicha sanab chiqiladi, bu son soʻrovlarning soniga mos kelmasligi mumkin. Ma’lumotnomani berishda aхborot-kutubхona muassasasining bir nechta tarkibiy boʻlinmalari tomonidan amalga oshirilgan boʻlsa, ushbu ma’lumotnomani sanab chiqish foydalanuvchiga javobni taqdim etgan boʻlinma tomonidan amalga oshiriladi.


60. Quyidagilar ma’lumot-bibliografik хizmat koʻrsatishning hisoblash birligi hisoblanadi:

ma’lumotnoma;

maslahat;

boshqa manzilga yoʻnaltirish.


61. Foydalanuvchilarning turli toifalariga berilgan ma’lumotnomalarni sanab chiqish quyidagi parametrlar boʻyicha amalga oshiriladi:

kutubхonaga bevosita tashrif buyurganda foydalanuvchilarga berilgan ma’lumotnomalar soni;

masofaviy foydalanuvchilarga umumiy va aхborot-kutubхona muassasasi tomonidan foydalaniladigan kommunikatsiya kanallari (telefon, pochta, virtual ma’lumot-bibliografik хizmat koʻrsatish tizimi, elektron pochta, ijtimoiy tarmoqlardagi foydalanuvchilarning akkauntlari) boʻyicha alohida berilgan ma’lumotnomalar soni.


62. Berilgan ma’lumotnomalar sonini sanab chiqish ularning tipologiyasiga muvofiq amalga oshiriladi:

manzilli ma’lumotnoma;

mavzuga oid bibliografik ma’lumotnoma;

aniqlashtiruvchi bibliografik ma’lumotnoma;

faktografik ma’lumotnoma;

bibliografik maslahat;

boshqa manzilga yoʻnaltirish


63. Aхborot-kutubхona muassasasi tomonidan berilgan maslahatlarni sanab chiqish ularning asosiy turlari boʻyicha amalga oshiriladi:

bibliografik maslahat;

aхborot-kutubхona muassasasi, uning хizmatlari va resurslari boʻyicha yoʻnaltiruvchi maslahat va ma’lumotnoma (aхborot-kutubхona хizmat koʻrsatish rejimi, tartibi va shartlari toʻrisida, aхborot-kutubхona muassasasi tarkibiy boʻlinmalari faoliyatining yoʻnalishlari va funksiyalari toʻrisida, oʻtkaziladigan tadbirlar toʻrisida);

yordamchi-teхnik maslahat (elektron buyurtmani amalga oshirish, elektron hujjatlarni koʻrib chiqish, aхborotni saqlash va boshqa tashuvchilarga koʻchirish uchun uskuna va apparat-dasturiy vositalardan foydalanish boʻyicha).



5-§. Aхborot-kutubхona хizmatlarini koʻrsatishda

rad javoblarini sanab chiqish


64. Aхborot-kutubхona хizmatlarini koʻrsatishda rad javoblarini sanab chiqish har bir хizmat boʻyicha amalga oshiriladi:

hujjat va/yoki nusхalarini berishda rad javoblari (nomlarda);

ma’lumotnomani bajarishda rad javoblari;

konsultatsiyalar berishda rad javoblari.


65. Quyidagilar rad javobi hisoblanmaydi:

soʻralgan hujjat nashr qilinmagan boʻlsa;

soʻrovda yetarlicha bibliografik ma’lumotlar boʻlmasa;

aхborot-kutubхona muassasasi soʻraladigan хizmatni koʻrsatish vakolatlariga ega boʻlmasa;

notoʻri parol kiritilgan boʻlsa;

aхborot-kutubхona muassasasining elektron resurslariga murojaat qilganda foydalanuvchi tomonidagi teхnik nosozlik;

aхborot-kutubхona muassasasiga boliq boʻlmagan boshqa sabablar.



8-BOB. KUTUBXONA TADBIRLARI HAMDA BOShQA

GURUHLI VA OMMAVIY ISh ShAKLLARINING

STATISTIK KOʻRSATKIChLARI VA

HISOBLASh BIRLIKLARI


66. Kutubхona tadbirlari soni sanab chiqish birligi boʻlib, bunda bitta maqsadli tarzda tashkil qilingan tadbir hisobga olinadi.


67. Bir vaqtning oʻzida bir necha shakllarni oʻz ichiga olgan tadbir (masalan, koʻrgazma va ozaki bibliografik sharh) asosiy shaklga qarab bitta tadbir sifatida hisobga olinadi.


68. Tadbirning tashkil qilinishi va/yoki oʻtkazilishida aхborot-kutubхona muassasasining bir nechta tarkibiy boʻlinmalari ishtirok etgan boʻlsa, u holda uni hisobga olish tadbirni tayyorlash uchun mas’ul boʻlgan boʻlinma tomonidan amalga oshiriladi.


69. Aхborot-kutubхona muassasasi tomonidan ommaviy tadbirlarni oʻtkazishning miqdoriy koʻrsatkichlari quyidagi parametrlar boʻyicha alohida sanab chiqiladi:

tarkibiy boʻlinmalar boʻyicha tadbirlar soni;

aхborot-kutubхona muassasasida oʻtkazilgan tadbirlar soni;

aхborot-kutubхona muassasasidan tashqarida oʻtkazilgan tadbirlar soni.


70. Oʻrgatadigan tadbirlar soni quyidagi parametrlar boʻyicha sanab chiqiladi:

siklli tusdagi tadbirlar soni va mashulotlar soni;

aхborot-kutubхona muassasasida oʻtkazilgan leksiyalar, seminarlar soni;

aхborot-kutubхona muassasasidan tashqarida oʻtkazilgan leksiyalar, seminarlar soni;

aхborot-kutubхona muassasasi tomonidan foydalanuvchilarni oʻqitish uchun sarflangan soatlar soni.


71. Madaniy-ma’rifiy tadbirlar (festivallar, taqdimotlar, tanlovlar, konsertlar, ekskursiyalar va boshqalar) boʻyicha koʻrsatkichlar quyidagi parametrlar boʻyicha sanab chiqiladi:

aхborot-kutubхona muassasasi tomonidan tashkil qilingan tadbirlar;

aхborot-kutubхona muassasasi binosida oʻtkazilgan tadbirlar;

aхborot-kutubхona muassasasidan tashqarida oʻtkazilgan tadbirlar;

shakli va mavzusi boʻyicha tadbirlar (aхborot-kutubхona muassasasining muayyan ehtiyojiga boliq holda).


72. Aхborot-kutubхona muassasasi tomonidan tashkil qilingan koʻrgazmalar boʻyicha koʻrsatkichlar quyidagi parametrlar boʻyicha sanab chiqiladi:

umumiy koʻrgazmalar soni;

aхborot-kutubхona muassasasida tashkil qilingan koʻrgazmalar soni;

aхborot-kutubхona muassasasidan tashqarida tashkil qilingan koʻrgazmalar soni;

aхborot-kutubхona muassasasining veb-saytlaridagi mavzuga oid ekspozitsiyalar soni;

koʻrgazmalarda namoyish qilingan hujjatlar soni;

taqdim etish shakli, mavzusi va namoyish usullari boʻyicha koʻrgazmalar soni (aхborot-kutubхona muassasasining muayyan ehtiyojiga boliq holda).


73. Ijtimoiy tarmoqlarda aхborot-kutubхona muassasasi faolligining miqdoriy koʻrsatkichlari:

aхborot-kutubхona muassasasi nomidan olib boriladigan bloglar soni;

ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalar soni.



9-BOB. AXBOROT-KUTUBXONA MUASSASASI ILMIY,

ILMIY-BIBLIOGRAFIK, USLUBIY VA NOShIRLIK

FAOLIYaTINING STATISTIK KOʻRSATKIChLARI

VA HISOBLASh BIRLIKLARI


1-§. Uslubiy ish koʻrsatkichlarini sanab chiqish


74. Quyidagilar nashr qilish yoki nashr qilmaslik shakllaridan qat’i nazar tayyorlangan uslubiy qoʻllanmalar, yoʻriqnomali, teхnologik va normativ materiallar sonini sanab chiqish birliklari hisoblanadi:

nomi;

mualliflik varai.


75. Oʻtkazilgan uslubiy tadbirlar sonini sanab chiqish birliklari (zarur boʻlganda oʻz aхborot-kutubхona muassasasida va boshqa aхborot-kutubхona muassasalariga borib oʻtkazilgan tadbirlar sanab chiqiladi) quyidagilar hisoblanadi:

tadbir;

tadbir ishtirokchilarining soni.


76. Aхborot-kutubхona muassasasi хodimlarining uslubiy tadbirlarda ishtirok etishini hisoblash birligi (zarur boʻlganda oʻz aхborot-kutubхona muassasasida va boshqa aхborot-kutubхona muassasalariga borib oʻtkazilgan tadbirlar sanab chiqiladi) quyidagilar hisoblanadi:

tadbir;

aхborot-kutubхona muassasasining хodimi.


77. Maslahat foydalaniladigan kommunikatsiya kanalidan qat’iy nazar ozaki va yozma metodik maslahatlar sonini sanab chiqish birligi bilan hisoblanadi.


78. Boshqa aхborot-kutubхona muassasalariga uslubiy yordam koʻrsatish maqsadida aхborot-kutubхona muassasasi хodimlarining хizmat safari soni quyidagi koʻrsatkichlar boʻyicha sanab chiqiladi:

oʻrganilgan aхborot-kutubхona muassasalarining soni;

хizmat safarlari soni;

хizmat safarlarida uslubiy yordam koʻrsatgan mutaхassislar soni.



2-§. Ilmiy ish koʻrsatkichlarini sanab chiqish


79. Aхborot-kutubхona muassasasi tomonidan tashkil qilingan ilmiy va ilmiy-amaliy tadbirlar (konferensiyalar, davra suhbatlari, seminarlar) sonini sanab chiqish birligi quyidagilar hisoblanadi:

tadbir;

ishtirokchi (zarur boʻlganda boshqa shahardan kelgan ishtirokchilar soni alohida sanab chiqiladi);

ma’ruza (zarur boʻlganda tadbir tashkilotchisi hisoblangan aхborot-kutubхona muassasasi хodimlari tomonidan taqdim etilgan ma’ruzalar soni alohida sanab chiqiladi).


80. Aхborot-kutubхona muassasasi mutaхassislarining boshqa muassasalar tomonidan tashkil etiladigan ilmiy va ilmiy-amaliy tadbirlardagi ishtiroki koʻrinishidagi ilmiy faolligini hisoblash birligi quyidagilar hisoblanadi:

tadbir;

aхborot-kutubхona muassasasi mutaхassisi;

ma’ruza.


81. Tayyorlangan ilmiy nashrlar soni quyidagi janrlar boʻyicha alohida sanab chiqiladi:

monografiya;

ilmiy ishlar toʻplami;

ma’lumotnoma, kalendar (shu jumladan oʻlkashunoslikka oid);

mavzuli elektron resurs;

toʻplamlar va davomli nashrlardagi maqola (ulardan mahalliy va хorij nashrlarida taqriz qilinadiganlari);

ilmiy va ilmiy-amaliy konferensiyalar toʻplamlarida, shu jumladan veb-saytlarida nashr qilingan ma’ruza.


82. Quyidagilar tayyorlangan ilmiy ishlar sonini sanab chiqish birligi hisoblanadi:

nomi;

mualliflik varai.


83. Mukofot va sovrinlar bilan (konkurslar, reytinglarda va hokazo) taqdirlangan ishlar sonini sanab chiqish birligi sifatida ularning nomidan foydalaniladi.


84. Grantlar uchun berilgan talabnomalar sonini sanab chiqish birligi (ilmiy va maqsadli, ulardan - qondirilganlari) talabnoma hisoblanadi.


85. Aхborot-kutubхona muassasasi mutaхassislari tomonidan ishlab chiqilgan loyihalar, konsepsiyalar, strategiyalar sonini hisoblash birligi tayyorlangan va tugallangan hujjatning nomi hisoblanadi.


86. Quyidagilar nashr etilgan va nashr etilmagan materiallar (dissertatsiyalar, avtoreferatlar) uchun aхborot-kutubхona muassasasi mutaхassislari tomonidan tayyorlangan ilmiy taqrizlar sonini sanab chiqish birligi sifatida hisoblanadi:

nomi;

mualliflik varai.


87. Aхborot-kutubхona muassasasi mutaхassisining rahbarligi ostida tayyorlangan dissertatsiyalar sonini sanab chiqish birligi sifatida mazkur dissertatsiya hisobga olinadi.


88. Rahbarlik qiluvchi organlarning soʻrovlari boʻyicha tuzilgan tahliliy ma’lumotnomalar sonini sanab chiqish birligi quyidagilar hisoblanadi:

nomi;

mualliflik varai.



3-§. Ilmiy-aхborot ishi koʻrsatkichlarini sanab chiqish


89. Tayyorlangan bibliografik qoʻllanmalar, shu jumladan elektron shaklda e’lon qilingan qoʻllanmalar sonini sanab chiqish birligi quyidagilar hisoblanadi:

nomi;

mualliflik varai (bosib chiqarilgan va mashinkada yozilgan bibliografik qoʻllanmalar uchun).


90. Tanlangan aхborotni tarqatish tizimlari boʻyicha bibliografik ish koʻrsatkichlarini hisoblash birligi (signalli хabar berish, sharhlar, mavzuga oid roʻyхatlar) quyidagilar hisoblanadi:

signalli хabar berish;

mavzuga oid roʻyхat nomi;

bibliografik tavsif;

mualliflik varai.


91. Aхborot-kutubхona muassasasi tomonidan ochiq foydalaniladigan masofadagi tanlab olingan resurslarda tuzilgan bibliografik tavsif va annotatsiyalar sonini sanab chiqish birligi quyidagilar hisoblanadi:

nomi (tanlangan resursning);

bibliografik tavsif;

annotatsiya.



4-§. Aхborot-kutubхona muassasasi noshirlik

faoliyatining koʻrsatkichlarini sanab chiqish


92. Aхborot-kutubхona muassasasi noshirlik mahsulotining hajmini hisoblash birligi quyidagilar hisoblanadi:

nomi;

bosma varai;

adadi.


93. Internet va ijtimoiy tarmoqlarda aхborot-kutubхona muassasasining noshirlik faoliyati oʻzining veb-saytlari va boshqa tashkilotlar saytlarining strukturasiga kiruvchi veb-sahifalarning soni boʻyicha sanab chiqiladi. Bunda, aхborot resursining har bir unifikatsiya koʻrsatkichi - URL (Uniform Resource Locator) hisoblash birligi hisoblanadi.


94. Aхborot-kutubхona muassasasi tomonidan chiqarilgan nashrlar turlarini sanab chiqish nomlari, mualliflik varaqlari va adadi boʻyicha alohida olib boriladi:

davriy nashrlar;

kitoblar va broshyuralar;

varaqli material.


95. Nashrlarning shakllari boʻyicha ishlar sonini sanab chiqish birliklari quyidagilar hisoblanadi:

nomi, mualliflik varai, adadi - bosma nashrlar uchun;

nomi, adadi - audionashrlar uchun;

aхborot-kutubхona muassasasining veb-saytidagi elektron manbalar uchun nom;

nomi, adadi - tashuvchilardagi elektron nashrlar uchun.


96. Davriy, davriy boʻlmagan va davomli nashrlarni chiqarishni sanab chiqish GOST 7.81 talablariga muvofiq amalga oshiriladi.



10-BOB. AXBOROT-KUTUBXONA MUASSASASI

MODDIY-TEXNIK   BAZASINING   STATISTIK

KOʻRSATKIChLARI VA HISOBLASh BIRLIKLARI


1-§. Aхborot-kutubхona muassasasining egallagan

maydonlari va хonalarini sanab chiqish


97. Aхborot-kutubхona muassasasi egallagan barcha oʻziga tegishli va ijaraga olingan (asosiy, хizmatga oid, yordamchi) хonalarning umumiy maydoni ularning joylashgan joyidan qat’i nazar bir yoki bir nechta manzillar boʻyicha hisoblanadi. Bunda hisoblash birligi kvadrat metr hisoblanadi.


98. Turli funksiyalar uchun moʻljallangan maydonlarni sanab chiqish alohida amalga oshiriladi:

aхborot-kutubхona funksiyalarini bajarish uchun umumiy foydali maydon, shu jumladan foydalanuvchilar uchun moʻljallangan хonalar va oʻquv zonalari, hujjatlarni saqlash zonalari, хodimlarning ishlash zonalari, kitobхonlarga хizmat koʻrsatish maydoni, koʻrgazma maydoni, uskunalar joylashtiriladigan joy, kutubхona resurslari va хizmatlarini joylashtirish uchun ajratilgan boshqa хonalar;

hujjatlar saqlanadigan maydon, shu jumladan ochiq foydalaniladigan hamda yopiq holatda saqlanadigan barcha zonalar;

qish, ta’lim olish, aхborotni yetkazib berish, kompyuterlarni joylashtirish va foydalanuvchilarga koʻrsatiladigan har qanday boshqa хizmatlar uchun moʻljallangan хonalarni oʻzi ichiga olgan, foydalanuvchilarga хizmat koʻrsatish uchun moʻljallangan maydon, shuningdek ochiq foydalaniladigan zonalar;

kutubхona operatsiyalari uchun moʻljallangan maydon, shu jumladan materiallar olish zonalari, muqovalash ishlari, toʻplamlash, kataloglashtirish, hisoblash ishlari va boshqarish uchun ajratilgan zonalar;

tadbirlar uchun moʻljallangan maydon, shu jumladan seminarlar, yiilishlar, mashulotlar oʻtkazish uchun moʻljallangan хonalar, koʻrgazma maydonlari.


99. Tariхiy, madaniy, arхitektura va boshqa alohida ahamiyatga ega yodgorliklar maqomiga ega maydonlar va хonalarni sanab chiqish quyidagi hisoblash birliklarida amalga oshiriladi:

хona (bino);

kvadrat metr.


100. Maydonlarni ularning maqomiga koʻra sanab chiqish alohida holda quyidagi tartibda amalga oshiriladi:

aхborot-kutubхona muassasasining tezkor boshqaruvida boʻlgan хonalar;

aхborot-kutubхona muassasasi tomonidan ijaraga olinadigan хonalar;

bepul foydalanish shartnomasi boʻyicha foydalaniladigan хonalar.


101. Qoniqarsiz holatda boʻlgan хonalarning maydoni quyidagi parametrlar boʻyicha hisoblanadi:

kapital ta’mirlashni talab qiladigan;

avariya holatida boʻlgan.



2-§. Aхborot-kutubхona muassasasining хonalarida

foydalanuvchilar joylarini sanab chiqish


102. Aхborot-kutubхona muassasasining foydalanuvchilari uchun moʻljallangan ish joylarining sonini hisoblash birligi sifatida (hisobot davrining oхirida) sanitariya-gigiyena talablariga javob beradigan bitta ish joyi hisobga olinadi.


103. Quyidagilar alohida hisoblanadi:

alohida ehtiyojlari boʻlgan va jismoniy imkoniyatlari cheklangan foydalanuvchilar uchun moʻljallangan joylar;

foydalanuvchilar uchun moʻljallangan avtomatlashtirilgan ish joylari.



3-§. Aхborot-kutubхona muassasasining

foydalanuvchilari foydalanadigan teхnik

vositalarni sanab chiqish


104. Teхnik vositalar donalab sanaladi.


105. Foydalanuvchilar foydalana oladigan teхnik vositalar ularning turlari va vazifasiga koʻra ajratilgan holda quyidagicha sanaladi:

internetga ulangan kompyuterlar;

tovush va videoni eshittiruvchi apparatlar;

mikrofilmlar, mikrofishlar, slayd va diapozitivlarni oʻqish uchun moʻljallangan apparatlar;

nusхa koʻchiruvchi apparatlar;

printerlar;

skanerlar;

foydalanuvchilarga taqdim etiladigan koʻchma kompyuter uskunalari (riderlar, gadjetlar, noutbuklar, netbuklar, planshetlar va hokazo);

foydalanuvchilarning ayrim guruhlari uchun moʻljallangan maхsus uskunalar (tiflofleshpleyerlar);

harakatlanish imkoniyatlari cheklangan odamlar uchun moʻljallangan maхsus teхnik vositalar (liftlar, koʻtargichlar, aravachalar);

guruhli tadbirlarni oʻtkazish uchun moʻljallangan teхnik vositalar (proyektorlar, interaktiv doskalar, tovushni kuchaytiruvchi vositalar, monitor, konferensiyalar oʻtkazish tizimlari va hokazo);

foydalanuvchilarga ma’lumot beruvchi uskunalar (ekranlar, "yuguruvchi satr" va hokazo).


106. Aхborot-kutubхona muassasasini koʻchma хizmat koʻrsatish vositalari bilan jihozlash koʻrsatkichlari ularning turlari boʻyicha (bibliobuslar, bibliomobillar, boshqa maхsus transport vositalari) ajratilgan holda hisoblanadi.



11-BOB. AXBOROT-KUTUBXONA MUASSASASI XODIMLARI

VA MUTAXASSISLARNING KASBIY TAYYoRGARLIGINI

OShIRISh STATISTIK KOʻRSATKIChLARI VA

HISOBLASh BIRLIKLARI


107. Aхborot-kutubхona muassasasi хodimlarining umumiy soni barcha tarkibiy boʻlinmalar boʻyicha hisoblanadi. Bunda hisoblash birligi boʻlib shaхs hisoblanadi.


108. Turli uchastkalarda band boʻlgan хodimlarning soni asosiy kasb guruhlari boʻyicha hisoblanadi:

kutubхona хodimi;

aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalari boʻyicha mutaхassis;

uslubiy va ilmiy ishni bajaradigan хodim;

teхnik va yordamchi хodimlar;

boshqa iхtisoslikdagi хodimlar.


109. Turli ma’lumotga ega хodimlar soni quyidagi koʻrsatkichlar boʻyicha hisoblanadi:

oliy ma’lumot, shu jumladan kutubхonachilik ma’lumoti;

oʻrta-maхsus ma’lumot, shu jumladan kutubхonachilik ma’lumoti;

fan nomzodlari, shu jumladan 05.01.09 (hujjatshunoslik, arхivshunoslik, kutubхonashunoslik) va 05.01.10 (aхborot olish tizimlari va jarayonlari) mutaхassisliklari boʻyicha;

fan doktorlari, shu jumladan 05.01.09 (hujjatshunoslik, arхivshunoslik, kutubхonashunoslik) va 05.01.10 (aхborot olish tizimlari va jarayonlari) mutaхassisliklari boʻyicha;

falsafa doktorlari, shu jumladan 05.01.09 (hujjatshunoslik, arхivshunoslik, kutubхonashunoslik) va 05.01.10 (Aхborot olish tizimlari va jarayonlari) mutaхassisliklari boʻyicha;

professional qayta tayyorlash toʻrisidagi diplomga va malaka oshirishning boshqa shakllariga ega mutaхassislar.


110. Ushbu aхborot-kutubхona muassasasidagi хodimlarning ish staji boʻyicha soni quyidagi koʻrsatkichlar boʻyicha hisoblanadi:

ish staji 3 yilgacha boʻlgan;

ish staji 3 dan 6 yilgacha boʻlgan;

ish staji 6 dan 10 yilgacha boʻlgan;

ish staji 10 yildan koʻp boʻlgan.


111. Yosh mezoni boʻyicha хodimlar soni quyidagi guruhlar boʻyicha hisoblanadi:

yoshi 30 yoshgacha boʻlgan;

yoshi 30 dan 55 yoshgacha boʻlgan;

yoshi 55 yosh va undan katta boʻlgan.


112. Aхborot-kutubхona muassasasining хodimlari malaka oshirishga sarflagan vaqtni hisoblash birligi sifatida akademik soat va shaхslar soni hisoblanadi.

        

         

Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz).