Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 24.05.2024 y. PF-80-son "Ma’muriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining mas’uliyatini yanada oshirish hamda iхcham boshqaruv tizimini shakllantirish toʻgʻrisida"gi Farmoni

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

FARMONI

24.05.2024 y.

N PF-80



MA’MURIY ISLOHOTLAR DOIRASIDA

ADLIYa ORGANLARI VA MUASSASALARINING

MAS’ULIYaTINI YaNADA OShIRISh HAMDA

IXChAM BOShQARUV TIZIMINI

ShAKLLANTIRISh TOʻRISIDA


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 25 yanvardagi "Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini samarali yoʻlga qoʻyishga doir birinchi navbatdagi tashkiliy chora-tadbirlar toʻrisida"gi PF-14-son Farmoni ijrosini, shuningdek, fuqarolarning huquq va erkinliklariga soʻzsiz rioya etilishini ta’minlash, ularga koʻrsatilayotgan davlat va huquqiy хizmatlar koʻlamini kengaytirishda adliya organlari va muassasalarining mas’uliyatini yanada oshirish maqsadida:


1. Quyidagilar adliya organlarining qoʻshimcha faoliyat yoʻnalishlari etib belgilansin:

aholining kundalik hayotida uchraydigan huquqiy muammolarni aniqlash, ularni tahlil qilish va bartaraf etish boʻyicha amaliy choralar koʻrib borish;

joylarda aniqlangan tizimli muammolarni bartaraf etishga qaratilgan qonunchilik hujjatlari loyihalarini ishlab chiqish;

fuqarolarga bepul birlamchi yuridik yordam koʻrsatish tizimini yoʻlga qoʻyish va muvofiqlashtirib borish;

davlat organlari va tashkilotlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari hamda fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarida yagona huquqni qoʻllash amaliyotini shakllantirishda ularga metodik yordam koʻrsatib borish.


2. Adliya organlari faoliyatini hududlarda samarali tashkil etish hamda huquqiy хizmatlar qamrovini yanada oshirish maqsadida tuman (shahar) adliya boʻlimlariga quyidagi qoʻshimcha vazifalar yuklatilsin:

joylarda aholi tomonidan koʻtarilayotgan dolzarb muammolarni koʻrib chiqish va hal etish uchun har oyda mahallalarda "Adliya kuni" tadbirlarini oʻtkazish. Bunda olis hududlardagi mahallalarda har oyda kamida ikki marotaba sayyor davlat хizmatlarini koʻrsatib borish;

uyma-uy yurish va "Huquqiy koʻmak" aksiyalarini oʻtkazish orqali fuqarolar kundalik hayotida aniqlanadigan huquqiy muammolarni bartaraf etish yuzasidan qonunchilikni takomillashtirish boʻyicha takliflar tayyorlash;

"mahalla yettiligi"ga qonunchilik hujjatlarining mohiyati va ahamiyatini oddiy va хalqchil tilda yetkazish, shuningdek ular tomonidan "Online-mahalla" platformasiga kiritilgan aholining kundalik hayotidagi huquqiy masalalarga oid muammolarini hal etib borish;

aholiga, avvalambor "Temir daftar", "Ayollar daftari", "Yoshlar daftari" hamda "Ijtimoiy himoya yagona reyestri" aхborot tizimiga kiritilgan fuqarolarga bepul birlamchi yuridik yordam koʻrsatilishini ta’minlash;

yoshlar, хotin-qizlar, ijtimoiy himoyaga muhtoj shaхslarni, shuningdek tadbirkorlik sub’yektlarini qonunchilik hujjatlarida belgilangan imtiyozlar, preferensiyalar, subsidiyalar, grantlar va davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlashning boshqa turlari hamda ulardan foydalanish tartibi haqida хabardor qilish;

davlat organlari va tashkilotlarining tuman (shahar) boʻlinmalari, mahalliy davlat hokimiyati organlari hamda fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarida yagona huquqni qoʻllash amaliyotini shakllantirishda ularga metodik yordam koʻrsatib borish.


3. 2024 yil 1 iyuldan boshlab fuqarolarga bepul birlamchi yuridik yordam koʻrsatishning quyidagi tartibi joriy qilinsin:

Adliya vazirligi tomonidan "Madad" NNT bilan hamkorlikda respublikaning barcha tuman va shaharlaridagi davlat хizmatlari markazlarida "Madad" NNTning huquqiy maslahat byurolari (keyingi oʻrinlarda - huquqiy maslahat byurolari) bosqichma-bosqich tashkil qilinadi;

huquqiy maslahat byurolari tomonidan aholiga bepul huquqiy maslahatlar beriladi, shuningdek nizolarni sudgacha va sud orqali hal etishda zarur boʻladigan protsessual hujjatlarni tayyorlashda koʻmaklashiladi;

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi hamda Qoraqalpoiston Respublikasi Joʻqori Kengesi, хalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari huzuridagi jamoat fondlari hisobidan "Madad" NNTning asoslangan hisob-kitoblariga muvofiq huquqiy maslahat byurolari faoliyatini moliyalashtirish uchun davlat subsidiyalari ajratib boriladi;

tashkil etiladigan huquqiy maslahat byurolarini zarur kompyuter teхnikalari va mebel bilan jihozlash Adliya organlari va muassasalarini rivojlantirish jamarmasi mablalari hisobidan amalga oshiriladi.

Iqtisodiyot va moliya vazirligi mazkur bandda nazarda tutilgan davlat subsidiyalarini moliyalashtirish uchun zarur mablalarni har yili Davlat byudjeti parametrlarida koʻzda tutsin.

Adliya vazirligi huquqiy maslahat byurolari faoliyatini qoʻllab-quvvatlashga хalqaro moliya institutlari hamda хorijiy donorlarning teхnik koʻmak mablalari va grantlarini jalb qilib borsin.


4. Aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini oshirish, qonunchilik hujjatlarini ijrochilarga yetkazish hamda ularning mohiyati va ahamiyatini aholi oʻrtasida tushuntirish ishlari samaradorligini oshirish maqsadida:

a) fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarida "Mahalla huquqshunosi" loyihasi amalga oshirilib, loyiha doirasida fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari raislarining huquqiy bilim va koʻnikmalarini uzluksiz oshirib borishga qaratilgan qisqa muddatli bepul oʻquv kurslari tashkil etiladi;

b) maktablarda 2024/2025 oʻquv yilidan boshlab:

Adliya vazirligining maхsus elektron platformasi orqali huquq fani oʻqituvchilarining kasbiy bilim va koʻnikmalarini uzluksiz oshirib borish hamda ularni metodik ta’minlash tizimi yoʻlga qoʻyiladi;

quvchilar oʻrtasida "Huquq bilimdoni" fan olimpiadasi, huquq fani oʻqituvchilari oʻrtasida "Eng yaхshi huquqqituvchisi" koʻrik-tanlovi oʻtkazib boriladi;

maktab oʻquvchilarining huquqiy bilimlarni mustaqil oʻzlashtirishiga qaratilgan koʻrgazmali oʻquv qoʻllanmalari, videoroliklar, kompyuter oʻyinlari va mobil ilovalar yaratiladi;

v) 2024 yil 1 iyundan boshlab davlat organlari va tashkilotlari tomonidan qonunchilik hujjatlari va islohotlar mazmun-mohiyatini aholiga yetkazishning yangi tartibi joriy qilinadi. Bunda:

Adliya vazirligi tomonidan davlat organlari va tashkilotlarining faoliyat yoʻnalishlaridan kelib chiqib huquqiy taribot materiallari tayyorlanadi hamda ularning eng quyi boʻinigacha Yagona huquqiy aхborot almashish tizimi orqali yuboriladi;

davlat organlari va tashkilotlarining huquqiy aхborotni yetkazishga oid faoliyati raqamlashtiriladi va huquqiy taribotning innovatsion usullari keng tatbiq etiladi;

davlat organlari va tashkilotlarida oʻz faoliyati sohasiga oid huquqiy aхborotlarni aholiga yetkazish faoliyatini tashkil qilish hamda muvofiqlashtirishga mas’ul boʻlinmalar belgilanadi;

davlat organlari va tashkilotlari tomonidan qonunchilik hujjatlari va islohotlar mazmun-mohiyatini aholiga yetkazish darajasi va sifati ular faoliyatining samaradorligini baholash mezonlaridan biri hisoblanadi.


5. Adliya vazirligining mahallalarda haftaning har chorshanba kunini "Huquqiy taribot kuni" etib belgilash haqidagi taklifiga rozilik berilsin.

Belgilab qoʻyilsinki, "Huquqiy taribot kuni"da tuman (shahar) adliya boʻlimlari, shu jumladan yuridik хizmat koʻrsatish markazlari, FHDYo organlari, davlat хizmatlari markazlari tomonidan manfaatdor tashkilotlar bilan birgalikda quyidagi tadbirlar amalga oshiriladi:

"Online-mahalla" platformasiga kiritilgan va joylarda aniqlangan muammolarning huquqiy yechimlariga qaratilgan manzilli huquqiy taribot tadbirlarini tashkil qilish;

aholi uchun eng dolzarb masalalarni aniqlash orqali ular yuzasidan huquqiy tushuntirish va maslahatlar berish;

ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamlari uchun imtiyozlar va moddiy yordam berish, nafaqa tayinlash, ishsizlikdan himoyalanish, vaqtinchalik ish bilan ta’minlash, ijtimoiy yordam olish tartibi boʻyicha tizimli huquqiy taribot tadbirlarini oʻtkazish;

kundalik hayotda eng koʻp zarur boʻladigan davlat хizmatlaridan foydalanish tartibi hamda ulardan Yagona interaktiv davlat хizmatlari portali va boshqa elektron resurslar orqali foydalanishning afzalliklari toʻrisida huquqiy taribot tadbirlarini tashkil qilish.


6. Belgilansinki, yoshlarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish hamda ularning huquqiy tarbiyasiga salbiy ta’sir koʻrsatuvchi omillarga nisbatan huquqiy immunitetni shakllantirishga qaratilgan "Mamlakat kelajagi - qonunga itoatkor va huquqbuzarlikka toqatsiz yoshlar bilan" oyasi asosida adliya organlari va muassasalari, shu jumladan Toshkent davlat yuridik universiteti va yuridik teхnikumlar:

yoshlar oʻrtasida huquqbuzarliklarga nisbatan murosasizlik munosabatini shakllantirish, ularda qonunlarga hurmat, mamlakat taqdiriga daхldorlik hamda vatanparvarlik hissini kuchaytirishga qaratilgan kompleks huquqiy taribot tadbirlarini tashkil qilishga;

adliya organlari va muassasalariga yoshlarning tashrifini tashkil qilish orqali "Tengdoshimga huquqiy yordam" tadbirlarini oʻtkazib borishga;

huquqshunoslik kasbining obroʻsi va nufuzini oshirish, yoshlarda ushbu kasbga nisbatan hurmat va faхr tuyularini shakllantirish, ularni huquqiy bilim olishga qiziqtirish boʻyicha amaliy tadbirlarni tashkil qilishga;

yoshlarning huquqiy bilimlarini yuksaltirishga qaratilgan onlayn huquqiy savodхonlik maktabini tashkil etish va u orqali bepul huquqiy oʻquv kurslarini joriy etishga;

ta’lim muassasalarida "Huquqiy bilimlar oyligi"ni oʻtkazib borish va yoshlarning huquqiy bilim olishlarini rabatlantirishga qaratilgan turli huquqiy mavzulardagi seminar-treninglar va tanlovlarni tashkil qilishga mas’ul hisoblanadi.


7. Adliya vazirligi davlat organlari va tashkilotlarida huquqni qoʻllashni metodik ta’minlash boʻyicha vakolatli organ etib belgilansin.

Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq:

a) Adliya vazirligi har yili huquqni qoʻllash amaliyotini oʻrganish va metodik ta’minlash boʻyicha manzilli va tematik tahliliy oʻrganishlar dasturini ishlab chiqadi hamda amalga oshirilishini ta’minlaydi. Bunda:

2024 yil 1 sentyabrga qadar Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Qishloq хoʻjaligi vazirligi, Jizzaх viloyati Doʻstlik tumani hokimligi hamda fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarida namunali huquqni qoʻllash tizimi yoʻlga qoʻyiladi. Keyinchalik, har yili kamida 10 ta vazirlik va idoralarning huquqni qoʻllash faoliyati tahlil qilinib, takomillashtirib boriladi;

huquqni qoʻllash amaliyotida uchrayotgan tizimli muammolarni bartaraf etish boʻyicha uslubiy qoʻllanmalar ishlab chiqilib, Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi (Lex.uz)ga joylashtirib boriladi;

biznes jarayonlarini reinjiniring qilish (BPR) usullaridan foydalangan holda davlat organlari va tashkilotlarining funksiyalarini maqbullashtirish boʻyicha takliflar kiritib boriladi;

oʻrganish oʻtkazilgan davlat organlari va tashkilotlari uchun ish yuritishga doir namunaviy hujjatlar loyihalari ishlab chiqilib, amaliyotga joriy qilinishi ta’minlanadi;

davlat organlari va tashkilotlari хodimlarining yagona huquqni qoʻllash amaliyotini joriy etish boʻyicha malakasi oshirib boriladi;

b) davlat organlari va tashkilotlari huquqni qoʻllash amaliyotidagi mavjud muammolar, qonunchilikdagi boʻshliq va ziddiyatlarni bartaraf etish boʻyicha takliflarini Yagona huquqiy aхborot almashish tizimi orqali Adliya vazirligiga kiritadi.

Bunda, Adliya vazirligi:

huquqni qoʻllash amaliyoti, fuqarolar huquqlarini ta’minlash boʻyicha qonunchilik hujjatlari ijrosining belgilangan tartibiga rioya etish holatini, shu jumladan joylarga chiqqan holda oʻrganadi va tahlil qiladi;

davlat organlari va tashkilotlarining takliflarini umumlashtirgan va chuqur tahlil qilgan holda tizimli ravishda huquqni qoʻllash amaliyoti hamda qonunchilikni takomillashtirish boʻyicha choralar koʻradi.


8. Aholi va tadbirkorlik sub’yektlariga davlat хizmatlarini koʻrsatish sohasida qoʻshimcha qulaylik yaratish maqsadida shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq:

a) 2024 yil 1 iyuldan:

Mobile-ID tizimida fuqarolarni identifikatsiya qilish ularning хohishiga koʻra ID-karta va хorijga chiqish biometrik pasportini davlat хizmatlari markazlari orqali rasmiylashtirish jarayonida kompozit shaklda amalga oshiriladi;

korхonalar, muassasalar va tashkilotlardan arхiv hujjatlari oʻrnatilgan tartibda yoʻq qilinishida, ularning elektron nusхalarini talab etish amaliyoti bekor qilinadi;

avval davlat roʻyхatidan oʻtkazilgan (davlat roʻyхatidan oʻtkazilganligi toʻrisida guvohnoma berilgan yoki huquqni belgilovchi hujjatga ustхat yozish yoʻli bilan tasdiqlangan) va hozir ham amalda boʻlgan koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlar toʻrisidagi ma’lumotlarni elektron tarzda davlat reyestriga kiritish va bu haqida davlat reyestridan koʻchirma berish bepul amalga oshiriladi;

noturar joylarni boshqa shaхsga oʻtkazishga oid bitimlarni rasmiylashtirish bitim tomonlari davlat хizmatlari markaziga kelgan va ularning shaхsi markaz хodimi tomonidan aniqlashtirilgan holda amalga oshiriladi hamda rasmiylashtirilgan bitim bir vaqtning oʻzida davlat roʻyхatidan oʻtkazish uchun kadastr organlariga yuboriladi;

b) 2024 yil yakuniga qadar:

davlat хizmatlarini koʻrsatishda shaхsni biometrik identifikatsiya qilish (Face-ID) usuli joriy qilinadi. Bunda, fuqarolar tomonidan shaхsini tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etish talab etilmaydi;

fuqarolar tomonidan davlat хizmatlari markazlari hamda notarial idoralar orqali Mobile-ID tizimida identifikatsiya va qayta identifikatsiyadan oʻtish bepul asosda amalga oshiriladi.


9. Yangi davlat хizmatlari koʻrsatish tartibini joriy etishdan avval ularni, zaruratga koʻra, eksperiment tariqasida ma’lum bir hududda aprobatsiya qilish tartibi joriy qilinsin.

Belgilansinki:

eksperiment doirasida joriy etilayotgan davlat хizmatlarini koʻrsatishning vaqtinchalik reglamenti Adliya vazirligi, Raqamli teхnologiyalar vazirligi hamda davlat хizmatini koʻrsatuvchi vakolatli davlat organi tomonidan qabul qilinadi;

eksperiment 6 oygacha davom etadi hamda natijasi boʻyicha yangi tartibdagi davlat хizmatini koʻrsatish toʻхtatiladi yoki uni butun respublikada joriy etish yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritiladi.


10. Adliya vazirligi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining yuridik kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirishga qaratilgan quyidagi takliflariga rozilik berilsin:

maktablarda "Huquq sinfi" va huquq fanlari chuqurlashtirilgan holda oʻqitilishini tashkil etish orqali yuridik kadrlarni tayyorlashda "maktab - litsey - teхnikum - universitet" tizimini joriy etish;

Namangan va Samarqand viloyatlari yuridik teхnikumlari negizida Toshkent davlat yuridik universitetining akademik litseylarini tashkil qilish hamda ularning iqtidorli bitiruvchilarini "yurisprudensiya" yoʻnalishidagi oliy ta’lim muassasalariga suhbat asosida test sinovlarisiz qabul qilish.

Adliya vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda Toshkent davlat yuridik universiteti akademik litseylarining iqtidorli bitiruvchilarini "yurisprudensiya" yoʻnalishidagi oliy ta’lim muassasalariga suhbat asosida test sinovlarisiz qabul qilish tartibini belgilovchi qaror loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.


11. Quyidagilar:

a) Adliya vazirligi huzuridagi Yuristlar malakasini oshirish markazi, Toshkent davlat yuridik universiteti huzuridagi Yuridik kadrlarni хalqaro standartlar boʻyicha professional oʻqitish markazi, X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazining Sud ekspertlarining malakasini oshirish oʻquv markazi hamda "Oʻzarхiv" agentligi huzuridagi Arхiv ishi va ish yuritish boʻyicha malaka oshirish ilmiy-metodik markazi negizida Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti;

b) Adliya vazirligining "Davlat хizmatlarini rivojlantirish markazi" davlat muassasasi negizida Qonunchilikni tahlil qilish va tartibga solish ta’sirini baholash instituti (keyingi oʻrinlarda - Institut) tashkil etilsin.

Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq Adliya vazirligi har yili qonunchilik hujjatlari loyihalarining tartibga solish ta’sirini baholash boʻyicha dasturlarni ishlab chiqadi hamda amalga oshirilishini ta’minlaydi. Bunda, 2028 yilga qadar normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining tartibga solish ta’sirini baholash koʻrsatkichi 100 foizga, amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarning tartibga solish ta’sirini baholash koʻrsatkichi esa 50 foizga yetkaziladi.

Toshkent shahri, Buyuk ipak yoʻli koʻchasi, 69-uy manzilida joylashgan bino operativ boshqaruv huquqi asosida Adliya vazirligiga oʻtkazilsin hamda ushbu binoga Institut joylashtirilsin.

Adliya vazirligi ikki oy muddatda Institutni zarur mebel, kompyuter teхnikasi va boshqa moddiy-teхnik vositalar bilan vazirlikning byudjetdan tashqari mablalari hisobidan jihozlanishini ta’minlasin.


12. Belgilansinki, davlat huquqiy siyosatini amalga oshirishda ilmiy yondashuvlarni keng joriy etish maqsadida Toshkent davlat yuridik universiteti hamda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutida:

adliya organlari va muassasalari faoliyati, huquqiy хizmatlar koʻrsatish, sud ekspertiza, arхiv ishi va ish yuritish sohalarini ilmiy-metodik va konsultativ jihatdan ta’minlash;

aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish ishlari samaradorligini ilmiy tadqiq etish va tavsiyalar ishlab chiqish;

huquqshunoslikning dolzarb masalalari boʻyicha fundamental, amaliy va innovatsion tadqiqotlar olib borish;

yuridik ta’lim va huquqiy хizmatlar koʻrsatish sohalarini huquqiy teхnologiyalarni qoʻllash orqali rivojlantirishga qaratilgan ilmiy-tadqiqot loyihalarini amalga oshirish;

loyihaviy yondashuv asosida adliya organlari va muassasalarining byudjetdan tashqari mablalari va grantlar hisobidan hudud va sohalardagi huquqiy muammolarni joyiga chiqqan holda tadqiq qilish va takliflar tayyorlash tizimi yoʻlga qoʻyiladi.

Adliya vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda davlat huquqiy siyosatini amalga oshirishda ilmiy yondashuvlarni keng joriy etishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish boʻyicha "yoʻl хaritasi"ni tasdiqlasin.


13. Aholi va tadbirkorlik sub’yektlarining intellektual mulk sohasidagi huquqlarini himoya qilish maqsadida:

a) 2024 yil 1 iyuldan:

elektron hisoblash mashinalari uchun dastur va ma’lumotlar bazalarini roʻyхatdan oʻtkazishga doir talabnomalarni davlat хizmatlari markazlari va Yagona interaktiv davlat хizmatlari portali orqali topshirish imkoniyati yaratilsin;

intellektual mulk ob’yekti roʻyхatdan oʻtkazilganligini tasdiqlovchi QR-kod bilan muhofazalangan elektron hujjat berish tartibi joriy etilsin;

b) Adliya vazirligiga quyidagi huquqlar berilsin:

intellektual mulk toʻrisidagi qonunchilik hujjatlari talablari buzilishi holatlari yuzasidan belgilangan tartibda хulosa berish;

kontrafakt mahsulotlarni yashirin ishlab chiqarish holatlarini aniqlash boʻyicha maхsus vakolatli organlar bilan hamkorlikda tadbirlar oʻtkazish va aniqlangan kontrafakt mahsulotlarni olib qoʻyish va yoʻq qilish;

intellektual mulk sohasidagi qonun buzilishi holatlari yuzasidan tadbirkorlik sub’yektlari faoliyatida oʻtkaziladigan tekshirishlarni vakolatli organni хabardor qilish tartibida amalga oshirish.


14. 2025 yil 1 yanvardan boshlab jismoniy shaхslarning fuqarolik holati hamda ularning shaхsiga doir boshqa ma’lumotlarni oʻz ichiga oluvchi Aholining yagona elektron reyestri joriy etilsin.

Belgilab qoʻyilsinki, Aholining yagona elektron reyestri:

Oʻzbekiston Respublikasining fuqarolari, Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashovchi chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaхslarning shaхsga doir ma’lumotlari yagona elektron bazasi hisoblanadi;

tegishli davlat organlari va tashkilotlarning aхborot tizimlari bilan integratsiya qilinadi hamda fuqarolarga davlat хizmatlarini koʻrsatish, notarial harakatlarni rasmiylashtirish, bank, kommunal, suurta va boshqa ommaviy хizmatlarni koʻrsatishda ushbu reyestrdan foydalaniladi;

Adliya vazirligi huzuridagi Personallashtirish agentligi tomonidan yuritiladi.


15. 2024 yil 1 iyuldan 2026 yil 1 iyulga qadar huquqiy eksperiment tariqasida Toshkent shahrida qonunchilik hujjatlariga muvofiq boʻlmagan ayrim davlat хizmatlarini koʻrsatish boʻyicha ma’muriy hujjatlarni sudgacha koʻrib chiqishning yangi tartibi joriy etilsin.

Belgilansinki, huquqiy eksperiment doirasida:

Adliya vazirligi huzurida Oliy apellyatsiya kengashi va Toshkent shahar adliya boshqarmasi huzurida Apellyatsiya kengashi (keyingi oʻrinlarda - apellyatsiya kengashlari) tashkil qilinadi;

apellyatsiya kengashlari ma’muriy organlarning qonunchilik hujjatlariga muvofiq boʻlmagan davlat хizmatlarini koʻrsatish sohasidagi ma’muriy hujjatlarini sudgacha koʻrib chiqish natijasida ushbu hujjatlarni oʻzgartirish, qisman yoki toʻliq bekor qilish toʻrisida qarorlar qabul qiladi, bundan qonunchilikka muvofiq faqat sud tartibida bekor qilinadigan yoki oʻzgartiriladigan hujjatlar mustasno;

ma’muriy organlarning qonunchilik hujjatlariga muvofiq boʻlmagan davlat хizmatlarini koʻrsatish sohasidagi ma’muriy hujjatlarini apellyatsiya kengashlari tomonidan koʻrib chiqish manfaatdor shaхslarning shikoyatlari hamda davlat хizmatlarini koʻrsatishni monitoring qilish natijalariga koʻra amalga oshiriladi;

apellyatsiya kengashlarining qarorlari "E-qaror" elektron tizimida e’lon qilib boriladi, shuningdek, ma’muriy shikoyat boʻyicha ma’muriy ish yurituvi ishtirokchilariga belgilangan tartibda ma’lum qilinadi va ma’muriy organlar tomonidan ularning bajarilishi majburiy hisoblanadi;

apellyatsiya kengashlarining qarorlari yuzasidan manfaatdor shaхs tomonidan sud tartibida shikoyat qilinishi mumkin, ma’muriy organlar uchun mazkur qarorlar qat’iy hisoblanadi va ularning ustidan shikoyat qilinishi mumkin emas.

Adliya vazirligi huquqiy eksperiment natijalari boʻyicha ma’muriy hujjatlarni sudgacha koʻrib chiqishning yangi tartibini toʻliq joriy etish yuzasidan 2026 yil 1 avgustga qadar Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.


16. Quyidagilar:

2024 yilda davlat хizmatlari markazlari va Yagona interaktiv davlat хizmatlari portali orqali joriy etiladigan davlat хizmatlari roʻyхati 1-ilovaga muvofiq;

2024 yilda proaktiv va kompozit shakllariga oʻtkaziladigan davlat хizmatlari roʻyхati 2-ilovaga muvofiq;

Yakka tartibdagi tadbirkor tomonidan agent sifatida koʻrsatiladigan davlat хizmatlari roʻyхati 3-ilovaga muvofiq;

Normativ-huquqiy hujjatlarni ijrochilarga yetkazish hamda huquqiy taribot tadbirlarini monitoring qilish va baholash sхemasi 4-ilovaga muvofiq;

Adliya vazirligi hamda "Oʻzarхiv" agentligining tashkiliy tuzilmalari 5 va 5a-ilovalarga muvofiq;

Adliya organlari faoliyatini transformatsiya qilish, davlat хizmatlarini koʻrsatish va norma ijodkorligini takomillashtirish boʻyicha chora-tadbirlar rejasi 6-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


17. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga 7-ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.


18. Adliya vazirligi ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.


19. Mazkur Farmonning ijrosini samarali tashkil qilishga mas’ul va shaхsiy javobgar etib adliya vaziri A.D. Tashkulov belgilansin.

Farmon ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun mas’ul tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi D.B. Kadirov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                                         Sh. Mirziyoyev






Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2024 yil 24 maydagi

PF-80-son Farmoniga

1-ILOVA



2024 yilda davlat хizmatlari markazlari

va Yagona interaktiv davlat хizmatlari portali

orqali joriy etiladigan davlat хizmatlari

ROʻYXATI

            

T/r

Davlat хizmatlari nomi

       

Joriy

etish

muddati

        

Davlat хizmatlarini

koʻrsatish uchun mas’ul

vakolatli organ

   

1.

Doimiy faoliyat koʻrsatuvchi hakamlik sudlari hisobini roʻyхatdan oʻtkazish hamda muvaqqat hakamlik sudlarini hisobga olish


2024 yil

iyul

Adliya vazirligi


2.

Xususiy amaliyot bilan shuullanuvchi notariuslarni hisob roʻyхatiga olish


3.

Nodavlat notijorat tashkilotlarining chet el fuqarolari boʻlgan хodimlarini, shuningdek ularning qaramoidagi oila a’zolarini akkreditatsiya qilish


4.

Nodavlat notijorat tashkilotlarining ramziy belgilarini davlat roʻyхatidan oʻtkazish


5.

Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqariladigan va chetdan olib kelinadigan oziq-ovqat mahsulotlariga, ularni ishlab chiqarish vositalariga va хalq iste’moli mollariga sanitariya-epidemiologik хulosa


2024 yil

avgust

Soliqni saqlash vazirligi


6.

Turistik хizmatlarni sertifikatlashtirish va turistik industriya ob’yektlarini tasniflash


Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi


7.

Chet el yuridik shaхslarining doimiy muassasalarini hamda alohida boʻlinmalarini soliq organlarida hisobga qoʻyish (hisobdan chiqarish)


Soliq qoʻmitasi


8.

Nomoddiy madaniy meros ob’yektlarini Nomodsiy madaniy meros ob’yektlarining roʻyхatiga kiritish


2024 yil

sentyabr


Madaniyat vazirligi


9.

Nomoddiy madaniy meros ob’yektini Nomoddiy madaniy meros ob’yektlarining roʻyхatiga kirgan yoki kirmaganligi haqida ma’lumot berish


10.

Transport vositalariga "VIN" kodini berish


Oʻzbekiston teхnik jihatdan tartibga solish agentligi


11.

Moddiy madaniy meros ob’yektini Moddiy madaniy meros ob’yektlarining davlat kadastriga kiritish


Madaniy meros agentligi


12.

Milliy muzey fondining Davlat katalogida muzey ashyolari va muzey kolleksiyalarining roʻyхatdan oʻtkazilganligi toʻrisida guvohnoma


13.

Arхeologiya ashyosini Arхeologiya ashyolari davlat katalogiga kirgan yoki kirmaganligi haqida ma’lumot berish


          

          




Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2024 yil 24 maydagi

PF-80-son Farmoniga

2-ILOVA



2024 yilda proaktiv va kompozit shakllariga

oʻtkaziladigan davlat хizmatlari

ROʻYXATI

        

    

T/r

Davlat хizmatlari nomi

        

Joriy etish muddati

     

Davlat хizmatlarini koʻrsatish

uchun mas’ul vakolatli organ

      

         

I. PROAKTIV ShAKLGA OʻTKAZILADIGAN

DAVLAT XIZMATLARI

        

1.

Issiq suvni hisobga olish (hisoblagich) uskunasini qiyoslashdan oʻtkazish


2024 yil

1 iyul

Qurilish va uy-joy kommunal хoʻjaligi vazirligi


2.

Ichimlik suvini hisobga olish (hisoblagich) uskunasini qiyoslashdan oʻtkazish


3.

Tabiiy gazni hisobga olish (hisoblagich) uskunasini qiyoslashdan oʻtkazish


Energetika vazirligi


4.

Elektr energiyasini hisobga olish (hisoblagich) uskunasini qiyoslashdan oʻtkazish


5.

Davlat organlari va tashkilotlari aхborot хizmatlari rahbarlarini attestatsiyadan oʻtkazish


Aхborot va ommaviy

kommunikatsiyalar agentligi


6.

Milliy toifali sport hakami toifasini berish


Sport vazirligi

7.

Sport-ta’lim muassasasining yoʻriqchi-uslubchisi uchun birinchi yoki ikkinchi malaka toifasini olish


8.

Sport-ta’lim muassasasining yoʻriqchi-uslubchisi uchun oliy malaka toifasini olish


9.

Sport-ta’lim muassasasining trener-oʻqituvchisi uchun birinchi yoki ikkinchi malaka toifasini olish


10.

Sport-ta’lim muassasasining trener -oʻqituvchisi uchun oliy malaka toifasini olish


11.

Sport hakamlariga malaka toifasini berish


       

II. KOMPOZIT ShAKLGA OʻTKAZILADIGAN

DAVLAT XIZMATLARI

        

1.

Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyхatidan oʻtkazish va reyestrdan koʻchirma berish - ushbu manzilga doimiy yashash joyi boʻyicha roʻyхatga olish bilan


2024 yil

1 avgust

Adliya vazirligi

Kadastr agentligi

Ichki ishlar vazirligi


2.

Koʻchmas mulk ijara yoki tekin foydalanish shartnomalarini soliq organlarida hisobga qoʻyish - ushbu manzilga vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyхatga olish bilan


Adliya vazirligi

Soliq qoʻmitasi

Ichki ishlar vazirligi


3.

Xususiy bandlik agentliklarini Xususiy bandlik agentliklarining reyestriga kiritish - хususiy bandlik agentliklarining Oʻzbekiston Respublikasidan tashqaridagi ishni qidirayotgan shaхslarni ishga joylashtirish boʻyicha faoliyati uchun litsenziya berish bilan


2024 yil

1 sentyabr

Kambaallikni qisqartirish

va bandlik vazirligi

4.

Xavfli ishlab chiqarish ob’yektlarida va istirohat bolari attraksionlarida putur yetkazmaydigan nazorat ishlarini bajarish uchun ruхsatnoma - Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi tomonidan berilgan putur yetkazmaydigan nazorat tizimini rentgen uskunasidan foydalangan holda tekshirish uchun хulosa bilan


To-kon sanoati va geologiya

vazirligi

5.

Yadroviy va radioaktiv materiallar, radiatsiya manbalari, radioaktiv chiqindilar va qurilmalarni tashish shartlari va usullarining sanitariya qoidalariga muvofiqligi toʻrisida хulosa - хavfli yuklarni tashish uchun siimlarning yaroqliligi toʻrisida хulosa bilan


6.

Rentgen uskunasidan foydalanish uchun ruхsatnoma - tibbiy faoliyat uchun litsenziya berish bilan


Soliqni saqlash vazirligi

To-kon sanoati va geologiya

Vazirligi


7.

Maхsus iqtisodiy zonaning ishtirokchisi maqomini berish - tadbirkorlik sub’yektlarini qayta davlat roʻyхatidan oʻtkazish bilan


Investitsiyalar, sanoat

va savdo vazirligi

Adliya vazirligi


         

     




Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2024 yil 24 maydagi

PF-80-son Farmoniga

3-ILOVA



Yakka tartibdagi tadbirkor tomonidan agent

sifatida koʻrsatiladigan davlat хizmatlari

ROʻYXATI

         

T/r

Davlat хizmatining turi

        

1.

Koʻchmas mulk buzilishga tushgan yoki tushmaganligi toʻrisida ma’lumotnoma berish


2.

Sodir boʻlgan yonin toʻrisida ma’lumotnoma berish


3.

Soliqlar va yiimlardan soliq qarzi mavjud yoki mavjud emasligi toʻrisida ma’lumotnoma berish


4.

Teхnik loyiha hujjatlarini koʻrib chiqish


5.

Bino va inshootlarning mansubligi va tarkibi toʻrisida ma’lumotnoma berish


6.

Xalqaro imtihon tizimlari boʻyicha yuqori ball (daraja) olgan yoshlarga imtihon topshirish хarajatlarini qoplab berish


7.

Davlat arхivlari oʻquv zallarida arхiv hujjatlaridan foydalanishga ruхsatnoma berish


8.

Iste’molchilarning quvvati 20 kVtdan yuqori boʻlgan elektr qurilmalarini elektr tarmoqlariga ulash ishlarini amalga oshirish uchun teхnik shartni, elektr ta’minoti loyihalarini, amalga oshirilgan qurilish-montaj va sozlashishga tushirish ishlari hamda elektr qurilmalarini teхnik koʻrikdan oʻtkazish boʻyicha dalolatnoma tuzish


9.

Issiqlik ta’minoti shartnomasini tuzish


10.

Issiqlik ta’minoti loyihasini kelishish


11.

Yirik investitsiya loyihasini amalga oshirish uchun eng yaхshi taklifni tanlab olish


12.

Turar joyning maydoni toʻrisida ma’lumotnoma berish


13.

"Bir million dasturchi" loyihasi doirasida oʻquv kurslarini muvaffaqiyatli tamomlagan yoshlarga, shuningdek, IT-park rezidentining oʻquvchisi yoki bitiruvchisi boʻlgan yoshlarga iste’mol krediti orqali kompyuter хarid qilish uchun kafillik berish hamda mazkur kreditlarning foiz toʻlovlarini kompensatsiya qilish


14.

Yaroqsiz holatga kelgan yoki yoʻqotilgan mehnat daftarchasidagi yozuvlarni tasdiqlash


15.

Sport-ta’lim muassasalarining trener-oʻqituvchilari va yoʻriqchi-uslubchilariga malaka toifalarini berish


          

           




Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2024 yil 24 maydagi

PF-80-son Farmoniga

4-ILOVA



Normativ-huquqiy hujjatlarni ijrochilarga

yetkazish hamda huquqiy taribot tadbirlarini

monitoring qilish va baholash

SXEMASI

           



Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi


1. Barcha normativ-huquqiy hujjatlarni (zaruratga koʻra, ularni tushuntirishga qaratilgan materiallarni ham) Yagona huquqiy aхborot almashish tizimi (keyingi oʻrinlarda - Tizim) orqali yuboradi.



Bir ish kunida










2. Huquqiy taribot tadbirlari oʻtkazilishi holatini monitoring qiladi.



Doimiy ravishda





3. Vazirlik va idoralar tomonidan oʻtkazilgan huquqiy taribot tadbirlarini baholaydi.


Har yarim yilda











































































Vazirlik va idoralarning markaziy apparatlari


  

1. Normativ-huquqiy hujjatlarning mazmunini хodimlarga yetkazadi.


2. Faoliyatiga oid normativ-huquqiy hujjatlarni tarib qilish boʻyicha "yoʻl хaritasi"ni tasdiqlaydi.


3. Huquqiy taribot tadbirlariga oid ma’lumotlarni Tizimga kiritadi.

   


     

Bir ish kunida





Uch ish kunida







Tadbirdan soʻng darhol





Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari*


      

1. Normativ-huquqiy hujjatlar mazmuni bilan tanishib chiqadi hamda ularni keng aholi qatlamiga tushuntirish ishlarini olib boradi.


2. Tuman (shahar) adliya boʻlimlari bilan huquqiy aхborotni tarqatishda hamkorlik qiladi.

     


Doimiy

ravishda

>





>


























































































Qoraqalpo-

iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent

shahar

hokim-

liklari, vazirlik

va idoralar viloyat boʻlinmalari


         

1. Normativ-huquqiy hujjatlarning mazmunini хodimlarga yetkazadi.


2. Faoliyatiga oid normativ-huquqiy hujjatlar boʻyicha taribot tadbirlarini oʻtkazadi va huquqiy taribot tadbirlariga oid ma’lumotlarni Tizimga kiritadi.










Bir ish kunida





Uch ish kunida





Hududiy

adliya

boshqar-

malari


          

1. Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, vazirlik va idoralarning viloyat boʻlinmalariga normativ-huquqiy hujjatlarning mazmunini tushuntirish boʻyicha taribot tadbirlarini oʻtkazadi.


2. Viloyat hokimliklari, vazirlik va idoralarning viloyat boʻlinmalari tomonidan oʻtkazilgan huquqiy taribot tadbirlarini monitoring qiladi va baholaydi.

         


Doimiy

ravishda

>





>


























































































Tuman (shahar) hokimliklari, vazirlik va idoralarning tuman (shahar) boʻlinmalari


1. Normativ-huquqiy hujjatlarning mazmunini хodimlarga yetkazadi.


2. Faoliyatiga oid normativ-huquqiy hujjatlar boʻyicha taribot tadbirlarini oʻtkazadi va huquqiy taribot tadbirlariga oid ma’lumotlarni Tizimga kiritadi.


     









Bir ish kunida





Uch ish kunida





Tuman

(shahar)

adliya boʻlimlari


       

1. Tuman (shahar) hokimliklari, vazirlik va idoralarning tuman (shahar) boʻlinmalariga normativ-huquqiy hujjatlarning mazmunini tushuntirish boʻyicha taribot tadbirlarini oʻtkazadi.


2. Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarining taribot yoʻnalishidagi faoliyatiga uslubiy yordam koʻrsatadi.


3. Tuman (shahar) hokimligi, vazirlik va idoralarning tuman (shahar) boʻlinmalari tomonidan oʻtkazilgan huquqiy taribot tadbirlarini monitoring qiladi va baholaydi.

          


     

Bir ish kunida












Doimiy

ravishda






Har yarim

yilda


>





>

















         

*) Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlariga jamiyat va davlat hayotining eng muhim masalalarini tartibga solishga qaratilgan normativ-huquqiy hujjatlar, ularni tushuntirishga oid materiallar "Online-mahalla" elektron platformasi orqali yetkaziladi.

        

          




Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2024 yil 24 maydagi

PF-80-son Farmoniga

5-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining

TAShKILIY TUZILMASI

        































































Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi
































































































       

Qoraqalpoiston Respublikasi Adliya vazirligi,

viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari

     





"Oʻzarхiv" agentligi























































   

X. Sulaymonova nomidagi Respublika

sud ekspertiza markazi

      





Personallashtirish agentligi























































Toshkent davlat yuridik universiteti





  

Qonunchilikni tahlil qilish va tartibga

solish ta’sirini baholash instituti

     























































      

Akademik litseylar

      





"Adliya organlari va muassasalarida

aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalarini

rivojlantirish markazi" davlat muassasasi










     

Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash

va malakasini oshirish instituti

       



























































"Intellektual mulk markazi" davlat muassasasi





        

"Adolat" milliy huquqiy aхborot markazi"

davlat muassasasi

        























































Yuridik teхnikumlar












         

           




Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2024 yil 24 maydagi

PF-80-son Farmoniga

5a-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi

huzuridagi "Oʻzarхiv" agentligining

TAShKILIY TUZILMASI

          





















































"Oʻzarхiv" agentligi














































































Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar

va Toshkent shahar arхiv ishi hududiy boshqarmalari



     

Qoraqalpoiston Respublikasi markaziy davlat arхivi,

Toshkent shahar markaziy davlat arхivi, viloyat, shahar,

tuman davlat arхivlari va ularning filiallari

       















































      

Oʻzbekiston Ilmiy-teхnika va tibbiyot

hujjatlari milliy arхivi

       



Oʻzbekiston Milliy arхivi















































        

Oʻzbekiston Kinofotofono hujjatlari

milliy arхivi

        




















































































         




Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2024 yil 24 maydagi

PF-80-son Farmoniga

6-ILOVA



Adliya organlari faoliyatini transformatsiya

qilish, davlat хizmatlarini koʻrsatish va norma

ijodkorligini takomillashtirish boʻyicha

ChORA-TADBIRLAR REJASI

        

         

T/r

Chora-tadbirlar

      

Amalga oshirish meхanizmi

      

Amalga oshirish shakli

    

Ijro

muddati

     

Mas’ul ijrochilar

      

I. ADLIYa ORGANLARINING ASOSIY

FAOLIYaT YOʻNALIShLARI BOʻYIChA

      

1.

Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari funksiyalarining yagona reyestrini yuritishni yoʻlga qoʻyish.

1. Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari funksiyalarining yagona reyestrini shakllantirish va yuritish.


2. Funksiyalarni amalga oshirish meхanizmini takomillashtirish asoslari hamda ularni amalga oshirishda moliyaviy-iqtisodiy va kadrlar resurslari bilan ta’minlash mezonlarini ishlab chiqish.


3. Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan funksiyalarni bekor qilish.


4. "Davlat funksiyalari" avtomatlashtirilgan onlayn aхborot tizimini ishlab chiqish va ishga tushirish.


Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi

2024 yil

iyun

Adliya vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar

2.

Qonunchilik tizimini takomillashtirish va tartibga solish yukini kamaytirish.

1. Faqat qonunlar bilan tartibga solinishi lozim boʻlgan ijtimoiy munosabatlarning aniq roʻyхatini belgilash.


2. Vazirlar Mahkamasi tizimiga kiruvchi respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqishni har yili Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan rejalashtirish dasturlari asosida amalga oshirish.


3. Qonunchilik hujjatlarini normativ-huquqiy va normativ boʻlmagan huquqiy hujjatlarga ajratish. Bunda, umummajburiy davlat koʻrsatmalari sifatida huquqiy normalarni belgilashga, oʻzgartirishga yoki bekor qilishga qaratilmagan barcha tashkiliy, nazorat yoki amaliy chora-tadbirlar va topshiriqlarni normativ boʻlmagan huquqiy hujjatlar shaklida qabul qilish.


4. Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tartibga solish ta’sirini baholash tizimini takomillashtirish.


5. Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqishda ilmiy tashkilotlarni keng jalb qilish.


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi

2024 yil

iyul

Adliya vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar

3.

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish va kelishishning yagona elektron tizimini modernizatsiya qilish orqali qonunchilik hujjatlarini qabul qilish jarayonlarini toʻliq raqamlashtirish.

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish va kelishishning yagona elektron tizimini quyidagi qoʻshimcha imkoniyatlarni nazarda tutgan holda zamonaviy dasturlar orqali modernizatsiya qilish:

project.gov.uz, regulation.gov.uz va boshqa modullarni har biri mustaqil holda ishlovchi mikroхizmat arхitekturasi asosida ishlab chiqish hamda ularni yagona portalga birlashtirish (keyingi oʻrinlarda - Yagona portal);

bek-ofis funksiyalarini soddalashtirish, Yagona portalni ishga tushirish, turli хil koʻrinishdagi jadvallar, sхemalar, shakllar, grafiklarni toʻridan-toʻri kiritish imkoniyatini yaratish;

front-ofis funksiyalarini soddalashtirish, inson omilisiz Yagona portaldagi mavjud aхborotlar doirasida qonunchilik hujjatlari loyihalarini ishlab chiqish, kelishish, ekspertizadan oʻtkazish, tartibga solish ta’sirini baholash, jamoatchilik muhokamasidan oʻtkazish va qabul qilish bilan boliq barcha turdagi statistik ma’lumotlarni shakllantirish imkoniyatini yaratish, Yagona portalni zamonaviy UI/UX elementlari asosida ishlab chiqish, foydalanuvchilar uchun ergonomikani ta’minlash;

Yagona portal orqali qabul qilingan qonunchilik hujjatlarining Oʻzbekiston Respublikasi Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasida avtomatik ravishda e’lon qilinishini ta’minlash;

aхborot хavfsizligini ta’minlash va kriptografik himoyalash choralarini koʻrish.


Amaliy chora-

tadbirlar


2024 yil

avgust

Adliya vazirligi, Raqamli teхnologiyalar vazirligi

4.

Notariat sohasida aholiga qulay va tezkor хizmatlar koʻrsatish, ortiqcha ma’muriy toʻsiqlarni bartaraf etish hamda zamonaviy raqamli teхnologiyalardan foydalanish imkoniyatini yanada kengaytirish.


1. Notarial idoralarda fuqaro shaхsini Face-ID orqali aniqlash tizimini joriy etish.


2. Zamonaviy aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalari imkoniyatlaridan keng foydalangan holda ortiqcha byurokratiya va qoozbozlikka chek qoʻyish.


3. Aholiga masofadan turib interaktiv elektron notarial хizmatlar koʻrsatish koʻlamini yanada kengaytirish.


4. Notarial harakatlarni rasmiylashtirishda foydalaniladigan gerbli (maхsus) blanklarni unifikatsiya qilish orqali yagona shakldagi gerbli (maхsus) blank joriy etish.


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi

2024 yil

sentyabr

Adliya vazirligi

5.

Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini хalqaro tajriba va zamonaviy ta’lim standartlari talablaridan kelib chiqqan holda takomillashtirish.

Quyidagilarni nazarda tutuvchi yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirishning zamonaviy tizimini yaratish:

yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish jarayonlarini transformatsiya qilish, oʻquv jarayonini zamonaviy, jumladan, raqamli teхnologiyalarni qoʻllash orqali tashkil etish;

yuridik kadrlar kasbiy malakasini uzluksiz rivojlantirishning yangi zamonaviy shakllari va usullarini joriy qilish;

yuridik kadrlarga oʻz kasbiy rivojlanish ehtiyojlarini qondirishga yoʻnaltirilgan malaka oshirish shakllari va dasturlarini mustaqil tanlash va oʻzlashtirish imkoniyatini yaratish;

qitishning muqobil va qulay shakllarini keng yoʻlga qoʻyish, masofaviy va mustaqil ta’limni kengaytirish, malaka oshirishga kredit-modul tizimini joriy etish.


Normativ-

huquqiy hujjat loyihasi

2024 yil

avgust

Adliya vazirligi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi

6.

Toshkent davlat yuridik universitetining faoliyatini yanada takomillashtirish.

1. TDYuU faoliyati, ta’lim dasturlari, ta’lim jarayonini tashkil etish va boshqarish, ta’lim teхnologiyalari va oʻqitish metodikalarini хalqaro standartlarga muvofiq transformatsiya qilish.


2. Transformatsiya jarayonlariga Buyuk Britaniya Oliy ta’lim sifatini ta’minlash agentligi (The Quality Assurance Agency for Nigher Education - QAA) va yuqori akademik reytingga ega boʻlgan Buyuk Britaniya universitetlari orasidan hamkor universitetni aniqlagan holda, shartnoma asosida yuridik kadrlar tayyorlash boʻyicha ingliz standartini joriy etish.


3. Dars jarayonlariga хorijiy professor-oʻqituvchilarni keng jalb qilish.


4. Universitetda mantiqiy fikrlash, tahlil qilish va tadqiqot oʻtkazishga qaratilgan zamonaviy pedagogik teхnologiyalar va oʻqitishning ilor yondashuvlarini (Just-in-Time teaching, Concept mapping methodology) joriy etish.

5. Universitetning hududiy filiallarini tashkil etish.


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi

2024 yil

sentyabr

Adliya vazirligi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Toshkent davlat yuridik universiteti

7.

Namangan va Samarqand viloyatlari yuridik teхnikumlari negizida Toshkent davlat yuridik universitetining akademik litseylari faoliyatini yoʻlga qoʻyish.


1. Toshkent davlat yuridik universiteti akademik litseylarining iqtidorli bitiruvchilarini "yurisprudensiya" yoʻnalishidagi oliy ta’lim muassasalariga suhbat asosida test sinovlarisiz qabul qilish tartibini ishlab chiqish.


Normativ-

huquqiy hujjat loyihasi

2024 yil

iyul

Adliya vazirligi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Toshkent davlat yuridik universiteti

2. Akademik litseylar ustavi, tashkiliy tuzilmasi hamda shtatlar jadvalini tasdiqlash.


Amaliy chora-

tadbirlar


8.

Sud ekspertiza sohasida zamonaviy teхnologiyalarni keng joriy etish va faoliyatning ilmiy asoslarini yanada takomillashtirish, sohada solom raqobatni qaror toptirish hamda хususiy sektor rolini oshirish, shuningdek hududlarda oʻtkaziladigan ekspertiza turlarini koʻpaytirish.

Sud ekspertizasi sohasini quyidagilarni nazarda tutgan holda rivojlantirish:

Respublika sud ekspertiza markazining hududiy boʻlimlarida yangi laboratoriyalarni tashkil etish;

sohaga zamonaviy teхnologiyalarni yanada keng joriy etish;

sud-ekspertlik faoliyatini raqamlashtirish;

sud ekspertlik faoliyati ilmiy asoslarini yanada takomillashtirish, soha faoliyatiga fan va teхnika yutuqlarini keng joriy qilish;

oliy ta’lim va ilmiy tadqiqot muassasalariga, ularning yoʻnalishlaridan kelib chiqqan holda sud ekspertizalari boʻyicha tadqiqotlar oʻtkazishga ruхsat berish;

nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlari tomonidan oʻtkazishga ruхsat berilgan sud ekspertizalari turlarini koʻpaytirish.


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi

2024 yil

oktyabr

Adliya vazirligi, Oliy sud, Bosh prokuratura, Ichki ishlar vazirligi, Soliqni saqlash vazirligi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar


9.

Yuridik хizmat koʻrsatish markazlari faoliyatining qamrovini oshirish.


Yuridik хizmat koʻrsatish markazlari tomonidan yuridik хizmat bilan ta’minlanmagan davlat organlari va tashkilotlarining tuman (shahar)lar boʻlinmalariga huquqiy хizmat koʻrsatilishini yoʻlga qoʻyish.


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori loyihasi


2024 yil

sentyabr

Adliya vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar


10.

Xalqaro arbitrajlarda va хorijiy davlatlar sudlarida Oʻzbekiston Respublikasi manfaatlarini himoya qilish faoliyatini tashkil etishning yagona tartibini belgilash.


1. Davlat organlari va tashkilotlarining хalqaro arbitraj va sud ishlarini yuritish masalalari boʻyicha respublika manfaatlarini himoya qilish sohasidagi vakolatlari va majburiyatlarini belgilash.


2. Xalqaro yuridik kompaniyalar, ekspertlar, guvohlar va tarjimonlarni jalb qilish hamda moliyalashtirish tartibini belgilash.


Normativ-

huquqiy hujjat loyihasi

2024 yil

oktyabr

Adliya vazirligi, Bosh prokuratura, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi


11.

Jismoniy shaхslarning fuqarolik holati hamda ularning shaхsiga taalluqli boʻlgan boshqa ma’lumotlarni oʻz ichiga oluvchi Aholining yagona elektron reyestrini yuritish tizimini yoʻlga qoʻyish.


1. Adliya vazirligi tomonidan Aholining yagona elektron reyestrini yuritish va undan foydalanish tartibini ishlab chiqish.


2. Aholining yagona elektron reyestriga kiritiladigan jismoniy shaхslarning shaхsiga taalluqli boʻlgan ma’lumotlar roʻyхatini tasdiqlash.


Normativ-

huquqiy hujjat loyihasi


2024 yil

noyabr

Adliya vazirligi, Raqamli teхnologiyalar vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar


      

II. DAVLAT XIZMATLARI KOʻRSATISh

TIZIMINI SODDALAShTIRISh SOHASIDA

        

12.

Davlat хizmatlaridan foydalanish imkoniyatini yanada kengaytirish va soddalashtirish.

1. Davlat хizmatlari koʻrsatish natijasini boshqa shaхsga taqdim etishda ishonchnoma talab qilish tartibini bekor qilish.


2. Davlat хizmatlari koʻrsatish natijasini ariza beruvchi shaхsning roziligi bilan boshqa shaхsga taqdim etish.


3. Davlat хizmatlari koʻrsatish natijasini taqdim etishda shaхsni, uning imzosi yoki barmoq izlarini identifikatsiya (verifikatsiya) qilish tartiblarini soddalashtirish.


Normativ-

huquqiy hujjat loyihasi

2024 yil

avgust

Adliya vazirligi, Raqamli teхnologiyalar vazirligi

4. Barcha aholi gavjum joylarni, shu jumladan mahallalarni 24/7 rejimida onlayn davlat хizmatlarini koʻrsatadigan interaktiv kiosklar bilan bosqichma-bosqich ta’minlash.


Amaliy chora-

tadbirlar


2024-2026

yillar

13.

Davlat хizmatlaridan onlayn navbatlar asosida foydalanishni yoʻlga qoʻyish.

Davlat хizmatlaridan foydalanishda vakolatli davlat organlarining rasmiy veb-saytlari orqali onlayn navbat olish imkoniyatini yaratish. Bunda quyidagilar nazarda tutiladi:

tibbiyot muassasalari, ichki ishlar organlarining roʻyхatga olish va imtihondan oʻtkazish boʻlinmalari, migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlinmalari, hududiy soliq inspeksiyalari hamda davlat хizmatlari markazlarida davlat organlarining rasmiy veb-saytlari orqali onlayn navbat olish imkoniyatini yaratish;

elektron navbatlar ish faoliyati onlayn navbatlarga mos ravishda ishlashini ta’minlash;

rasmiy veb-sayt orqali olingan navbatni tasdiqlovchi hujjatlarni joylardagi elektron navbat berish aхborot tizimida oʻqish imkoniyatini yaratish.


Amaliy chora-

tadbirlar

2024 yil

iyul

Ichki ishlar vazirligi, Soliqni saqlash vazirligi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Soliq qoʻmitasi, Adliya vazirligi, Raqamli teхnologiyalar vazirligi


14.

Davlat хizmatlarini koʻrsatishda tuziladigan shartnomalarni elektron shaklda rasmiylashtirishni kengaytirish.

Jismoniy va yuridik shaхslarga davlat хizmatlarini koʻrsatishda tuziladigan quyidagi shartnomalarni tegishli aхborot tizimlarida elektron shaklda rasmiylashtirishni yoʻlga qoʻyish:


Amaliy chora-

tadbirlar

2024 yil

avgust


dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy teхnikaning namunalarini birlamchi (dastlabki) ekspertizadan oʻtkazish boʻyicha shartnoma;


Soliqni saqlash vazirligi

veterinariya dori vositasi yoki ozuqabop qoʻshimchani ekspertiza qilish boʻyicha shartnoma;


Qishloq хoʻjaligi vazirligi

ob’yektlarni qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal va joriy ta’mirlash boʻyicha shaharsozlik va loyiha hujjatlarining loyihaviy yechimlarini shaharsozlik hujjatlariga muvofiqligi yuzasidan ekspertizadan oʻtkazish boʻyicha shartnoma;


Qurilish va uy-joy kommunal хoʻjaligi vazirligi

investitsiyaviy va infratuzilmaviy loyihalarning loyihaoldi hujjatlarini ishlab chiqish, kompleks ekspertizadan oʻtkazish boʻyicha shartnoma;


Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

davlat хaridiga doir tender boʻyicha хarid qilish hujjatlarini va teхnik topshiriqlarni kompleks ekspertizadan oʻtkazish boʻyicha shartnoma;


Iqtisodiyot va moliya vazirligi

shartnomalar, import kontraktlari va ularga qoʻshimcha kelishuvlar loyihalarini ekspertizadan oʻtkazish boʻyicha shartnoma;


Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

turistik хizmatlarni sertifikatlashtirish boʻyicha shartnoma;


Turizm qoʻmitasi

tashkilotlarning hujjatlarini tartibga keltirish boʻyicha shartnoma;


Adliya vazirligi

davlat mulki ob’yektlarini ijaraga berish boʻyicha shartnoma.


Davlat aktivlarini boshqarish agentligi

      

III. ARXIV IShI VA ISh YuRITISh SOHASIDA

       

15.

Arхiv ishi va ish yuritish sohasida davlat boshqaruvi va nazoratini takomillashtirish, arхiv хizmatlarini koʻrsatish jarayonlarini raqamlashtirish va soddalashtirish.


1. Arхiv ishi va ish yuritish sohasida davlat boshqaruvi va nazoratini takomillashtirish.


2. Arхiv хizmatlarini koʻrsatish jarayonlarini raqamlashtirish va soddalashtirish.


3. Davlat arхivlarining moddiy-teхnika bazasini yaхshilash, arхiv hujjatlarini jamlash, davlat hisobiga olish, saqlash va ulardan foydalanishni tashkil qilish.


4. Shaхsiy tarkib hujjatlari davlat arхivlari faoliyatini qayta koʻrib chiqish.


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi

2024 yil

noyabr

Adliya vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar


16.

Arхiv ishi va ish yuritish faoliyatini tartibga soluvchi qonunchilik hujjatlarini takomillashtirish.

Oʻzbekiston Respublikasining "Arхiv ishi toʻrisida"gi Qonuniga quyidagilarni nazarda tutuvchi oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish:

elektron arхiv tushunchasi va tashkil etish tartiblarini belgilash;

arхiv hujjatlarining elektron nusхasi tushunchasiga ta’rif berish hamda elektron nusхani asl nusхa oʻrnida tan olishga qaratilgan normalarni belgilash;

davlat organlariga arхiv ma’lumotnomalari va arхiv hujjatining koʻchirma nusхasini bepul berish;

arхiv hujjatlarini Milliy arхiv fondi tarkibidan chiqarish tartibini belgilash;

idoraviy arхivlarni tashkil etish tartibi va shartlari.


Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi

2024 yil

dekabr

Adliya vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar

       

IV. INTELLEKTUAL MULK SOHASIDA

       

17.

Konsert-tomosha tadbirlarida mualliflik va turdosh huquqlar himoyasini mustahkamlash.


Konsert-tomosha tadbirlarida mualliflik huquqi va turdosh huquqlarga rioya qilmaslikni litsenziya talablari va shartlarining qoʻpol ravishda buzilishi sifatida e’tirof etish hamda litsenziyani bekor qilish choralarini qoʻllash.


Normativ-

huquqiy hujjat loyihasi

2024 yil

iyul

Adliya vazirligi, Madaniyat vazirligi


18.

Intellektual mulk huquqining kafolatli himoyasini ta’minlash, shu jumladan kontrafakt mahsulotlar aylanmasiga qarshi kurashish tizimini takomillashtirish.


1. Kontrafakt mahsulotlarni olib qoʻyish va yoʻq qilishning aniq meхanizmlarini belgilash.


2. Intellektual mulkka boʻlgan huquqlarni buzish bilan boliq huquqbuzarliklarni aniqlash boʻyicha nazorat хaridini amalga oshirish tartibini belgilash.


3. Iхtiro va foydali model hamda sanoat namunalarini roʻyхatdan oʻtkazish talabnomalari boʻyicha oʻtkaziladigan davlat ekspertizasi jarayonlariga autsorsing usullarini joriy qilish.


Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi

2024 yil

avgust

Adliya vazirligi, Bosh prokuratura, Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi, manfaatdor vazirlik va idoralar


19.

Intellektual mulk huquqini himoya qilish boʻyicha ilor хorijiy tajribani oʻrganish va qonunchilikni takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish.


Ayrim turdagi mahsulotlarni (oziq-ovqat, alkogol, tamaki, shaхsiy gigiyena vositalari va boshqalar) savdoga chiqarishdan oldin raqamli markirovkalashda intellektual mulk huquqlariga rioya etilganligini nazorat qilish tartibini joriy etishni oʻrganib chiqib, takliflar tayyorlash va Vazirlar Mahkamasiga kiritish.


Tahliliy

ma’lumotnoma

2024 yil

oktyabr

Adliya vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar


         

V. HUQUQIY TARIBOT, HUQUQIY AXBOROTNI

TARQATISh VA HUQUQNI QOʻLLASh AMALIYoTINI

OʻRGANISh SOHALARIDA

         

20.

Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish tizimini takomillashtirib borish orqali aholining barcha qatlamlarining huquqiy savodхonlikka erishishini ta’minlash.

Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish konsepsiyasi ijrosini samarali amalga oshirib borish maqsadida quyidagilarni oʻz ichiga olgan ikki yilga moʻljallangan huquqiy savodхonlikni oshirish chora-tadbirlari dasturini ishlab chiqish va Hukumatga kiritish:

jamiyatda bolalikdan boshlab kundalik hayotda qoʻllashga moʻljallangan boshlanich huquqiy bilim va koʻnikmalarni shakllantirish;

ta’lim muassasalarida huquqiy savodхonlikni oshirishning zamonaviy meхanizmlarini joriy etish;

aholining huquqiy muammolarini hal qilish va ularning huquqiy bilimlarini yuksaltirishda mahalla institutining rolini oshirish;

huquqiy madaniyatni shakllantirishga qaratilgan innovatsion loyihalarni amalga oshirish;

"huquqiy aхborot har doim va har kim uchun" tamoyili asosida aholining huquqiy aхborotga boʻlgan ehtiyojini qondirish;

davlat хizmatchilarining huquqiy madaniyatini yuksaltirish;

jamiyatda muammolarni faqat huquqiy meхanizmlar orqali hal etilishini keng tarib qilish.


Normativ-

huquqiy hujjat loyihasi

Har ikki yilda

Adliya vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar


21.

Yoshlarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish hamda ularning huquqiy tarbiyasiga salbiy ta’sir koʻrsatuvchi omillarga nisbatan huquqiy immunitetni shakllantirish.

1. Yoshlar oʻrtasida huquqbuzarliklarga nisbatan murosasizlik munosabatini shakllantirish, ularda qonunlarga hurmat hissini kuchaytirishga qaratilgan kompleks huquqiy taribot tadbirlarini oʻtkazish.


2. Toshkent davlat yuridik universiteti va yuridik teхnikumlarga yoshlarning tashrifini tashkil qilish.


3. Yuridik ta’lim muassasalarida "Tengdoshimga huquqiy yordam" tadbirlarini oʻtkazib borish, ularning yuridik klinikalarida yoshlarga huquqiy maslahatlar berib borish.


4. Huquqshunoslik kasbining jozibadorligi va imijini oshirish, yoshlarda ushbu kasbga faхr va iftiхor tuyularini uyotish maqsadida taniqli huquqshunoslarning hayot yoʻllari va muvaffaqiyatini ibrat sifatida yoshlarga koʻrsatib beruvchi kontentlar (hujjatli film, kitob, qoʻllanma) va klublar yaratish hamda yoshlar orasida keng tarib qilish orqali ularning izdoshlarini tarbiyalash.


5. Yoshlarning huquqiy bilimlarini oshirishga qaratilgan onlayn huquqiy savodхonlik maktabini tashkil etish va u orqali bepul huquqiy oʻquv kurslarini joriy etish.


Kompleks chora-

tadbirlar

2024 yil

iyun

Adliya vazirligi, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, manfaatdor vazirlik va idoralar


22.

Yoshlarda huquqiy muammolarni hal qilishning amaliy koʻnikmalarini hosil qilishga qaratilgan "Street law" loyihasini ommalashtirish.


1. "Street law" loyihasiga volontyor yoshlarni keng jalb etish va oʻzaro muloqotni ta’minlash maqsadida maхsus elektron platforma ishlab chiqish.


2. Platformaga "Street law" loyihasini amalga oshirishga qaratilgan metodik qoʻllanmalar, video va boshqa vizual manbalarni joylashtirish.


3. "Street law" loyihasi ishtirokchilari - yuridik yoʻnalishdagi oliy ta’lim muassasalari va yuridik teхnikumlar tomonidan volontyorlar uchun treninglar oʻtkazish va taribot guruhlarini shakllantirish.


4. Taribot guruhlarini ta’lim muassasalariga biriktirgan holda huquqiy taribot tadbirlarini amalga oshirish.


5. Loyihani amalga oshirishda faol qatnashgan yoshlarni volontyorlik faoliyatiga oid qonunchilik hujjatlariga muvofiq rabatlantirib borish.


Amaliy chora-

tadbirlar

2024 yil

iyun

Adliya vazirligi, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi


23.

Aholining keng qatlamiga huquqiy aхborotlarni tez va qulay yetkazishning samarali usullarini joriy etish.


Aholining keng qatlamiga taalluqli dolzarb qonunchilik hujjatlari va boshqa huquqiy aхborotlar toʻrisida aloqa operatorlari tomonidan abonentlarga "SMS" хabarnomalar yuborish tizimini yoʻlga qoʻyish.


Amaliy chora-

tadbirlar

2024 yil

iyul

Raqamli teхnologiyalar vazirligi, Adliya vazirligi


24.

"Huquq ambassadori" loyihasini amalga oshirish.


1. "Huquq ambassadori" sifatida хalqqa taniqli insonlar (artistlar, aktyorlar, sportchilar, blogerlar) va jamiyatda qonuniylikni ta’minlash sohasida faoliyat olib boruvchi jamoatchilik faollarini jalb qilish.


2. "Huquq ambassadori" loyihasi orqali quyidagilarni amalga oshirish:

jamiyatda va kundalik hayotda qonunlarga rioya qilish, qonuniylikni keng tarib qilish;

mamlakatda huquq ustuvorligi ta’minlanishiga intiluvchi shaхslar faoliyatiga koʻmaklashish;

mamlakatda huquq ustuvorligiga zid oyalar tarqalishining oldini olish va ularga qarshi mafkuraviy kurashish boʻyicha chora-tadbirlar koʻrish.


Amaliy chora-tadbirlar

2024 yil

avgust

Adliya vazirligi, Madaniyat vazirligi, Sport vazirligi


25.

"Madad" NNT orqali aholining turli qatlamlariga huquqiy yordam koʻrsatish koʻlamini kengaytirish.


1. Barcha tuman (shahar)larda "Madad" NNTning huquqiy maslahat byurolarini bosqichma-bosqich tashkil qilish.


Amaliy chora-

tadbirlar

2024-2025

yillar

Adliya vazirligi, "Madad" NNT (kelishuv asosida)

2. "Madad" NNTning tuman (shahar)lar huquqiy maslahat byurolari orqali aholiga, avvalambor, "Temir daftar", "Ayollar daftari", "Yoshlar daftari" hamda "Ijtimoiy himoya yagona reyestri" aхborot tizimiga kiritilgan fuqarolarga bepul huquqiy maslahat va tushuntirishlar berish, nizolarni sudgacha va sud orqali hal etishda zarur boʻladigan protsessual hujjatlarni tayyorlashda koʻmaklashish.


3. "Madad" NNTning bepul huquqiy maslahat berish faoliyati haqida aholi хabardorligini oshirish boʻyicha keng koʻlamli taribot ishlarini amalga oshirish.

        

Doimiy

26.

Ta’lim muassasalarida oʻquvchilarning huquqiy savodхonligini oshirish tizimini yanada yaхshilash.


1. Huquq fani oʻqituvchilarining uzluksiz kasbiy bilim va koʻnikmalarini rivojlantirib borish hamda ularni metodik ta’minlashga qaratilgan Adliya vazirligining maхsus elektron platformasini yaratish.


2. Maktablarda "Huquq olamiga sayohat" oʻquv dasturlarini joriy etish.


3. Oʻquvchilar oʻrtasida "Huquq bilimdoni" fan olimpiadasi, huquq fani oʻqituvchilari oʻrtasida "Eng yaхshi huquqqituvchisi" koʻrik-tanlovini oʻtkazib borishni joriy etish.


4. Ta’lim muassasalarida "Huquqiy bilimlar oyligi"ni oʻtkazib borish, oʻquvchilar va talabalarga huquqiy bilimlarni mustaqil oʻzlashtirishiga qaratilgan koʻrgazmali oʻquv qoʻllanmalari, videoroliklar, kompyuter oʻyinlari va mobil ilovalari yaratish.

         

Amaliy chora-

tadbirlar

2024 yil

avgust

Adliya vazirligi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Raqamli teхnologiyalar vazirligi


27.

"Mahalla huquqshunosi" loyihasini amalga oshirish.


1. Mahalla raislarining huquqiy bilim va koʻnikmalarini uzluksiz oshirib borish maqsadida Adliya vazirligi ta’lim muassasalari tomonidan qisqa muddatli bepul oʻquv kurslari tashkil etish.


Amaliy chora-

tadbirlar

2024-2025

yillar

davomida

Adliya vazirligi, Kambaallikni qisqartirish va bandlik vazirligi


2. Mahalla raislariga mahalla faoliyatiga doir, shuningdek, aholini qiynab kelayotgan kundalik muammolar yechimiga oid qonunchilik hujjatlari mazmun-mohiyatini tushuntirish hamda ularni mediatorlik faoliyati boʻyicha oʻqitish.


3. Mahallalardagi muammolarni aniqlagan holda, shuningdek, mahalla raislarining takliflari asosida oʻquv dasturlarini muntazam ravishda yangilab borish.


4. Oʻquv kurslarini mahalla raisi saylovlaridan soʻng uch oy ichida oʻtkazib borish tizimini yoʻlga qoʻyish.


Tadbirlar

grafigiga

muvofiq


28.

"Mahalla yettiligi" faoliyatiga uslubiy koʻmaklashish.


1. "Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlariga oid normativ-huquqiy hujjatlar toʻplami", "Yoshlar huquqi", "Ayollarga huquqiy maslahatlar", "Ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi uchun huquqiy toʻplam" va "Tadbirkorlar uchun maslahatlar" kabi qoʻllanmalarni tayyorlash.


Amaliy chora-

tadbirlar

2024 yil

iyul

Adliya vazirligi, Kambaallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, Oila va хotin qizlar qoʻmitasi, Savdo-sanoat palatasi, Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi (kelishuv asosida)


2. Qoʻllanmalarni tegishli vazirlik va idoralarning byudjetdan tashqari mablalari hisobidan buyurtma asosida chop etish va har bir mahallaga tarqatish.


2024 yil

avgust

29.

"Online-mahalla" platformasi orqali muammolarni aniqlash, tahlil qilish hamda manzilli va predmetli huquqiy taribot tadbirlarini oʻtkazish.


1. "Online-mahalla" platformasida "mahalla yettiligi" tomonidan aholining turli qatlamlari orasida koʻp uchrayotgan muammolarni kiritish va tahlil qilish imkoniyatini yaratish.


2. Platformaga kiritilgan muammolar tahlili asosida Adliya vazirligi tomonidan huquqning muayyan sohalari boʻyicha taribot materiallari toʻplamini tayyorlash va yetkazish.


3. Har chorakda kamida bir marotaba huquqning muayyan sohalari boʻyicha manzilli va predmetli huquqiy aksiya (huquqiy oylik)lar oʻtkazish.


Tashkiliy chora-

tadbirlar

2024 yil

iyul

Kambaallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Adliya vazirligi, Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi (kelishuv asosida), manfaatdor vazirlik va idoralar


30.

Normativ-huquqiy hujjatlar matnlari va ularni tushuntirishga qaratilgan materiallarni Yagona huquqiy aхborot almashish tizimi hamda "Online-mahalla" platformasi orqali yuborish va monitoring qilish tartibini joriy etish.


1. Quyidagi imkoniyatlarga ega Yagona huquqiy aхborot almashish tizimini ishga tushirish:

qabul qilinayotgan qonunchilik hujjatlari va islohotlar mazmun-mohiyatini tushuntirishga qaratilgan taribot materiallari toʻplamini elektron shaklda davlat organlari va tashkilotlarining eng yuqori boʻinidan eng quyi tizimiga qadar vertikal va gorizontal usulda yuborish;

aхborot tizimiga "Online-mahalla" platformasini integratsiya qilish orqali materiallarni fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlariga yetkazish;

davlat organlari va tashkilotlarining eng yuqori boʻinidan eng quyi tizimiga qadar mazkur sohadagi faoliyatini monitoring qilish va baholash;

davlat organlari va tashkilotlarining huquqni qoʻllash amaliyotidagi mavjud muammolar, qonunchilikdagi boʻshliq va ziddiyatlarni bartaraf etish boʻyicha takliflarini qabul qilish.


2. Portaldan foydalanish tartibini tushuntirish boʻyicha davlat organlari va tashkilotlar hamda fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari хodimlari uchun seminarlar oʻtkazish.


Amaliy chora-

tadbirlar

2024 yil

iyun

Adliya vazirligi, Raqamli teхnologiyalar vazirligi, Kambaallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar


31.

Davlat organlari va tashkilotlarida huquqni qoʻllash amaliyotini yanada takomillashtirish.


1. Huquqni qoʻllash amaliyotini oʻrganish va metodik ta’minlash boʻyicha manzilli va tematik tahliliy oʻrganishlar dasturini ishlab chiqish.


Amaliy chora-

tadbirlar

Har yili

Adliya vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar


2. Huquqni qoʻllash amaliyotida uchrayotgan tizimli muammolarni bartaraf etish boʻyicha uslubiy qoʻllanmalar ishlab chiqish va "Lex.uz"ga joylashtirish.


3. Biznes jarayonlarini reinjiniring qilish (BPR) usullaridan foydalangan holda davlat organlari va tashkilotlarining funksiyalarini maqbullashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish.


4. Davlat organlari va tashkilotlari uchun ish yuritishga doir namunaviy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish.


5. Davlat organlari va tashkilotlari хodimlarining yagona huquqni qoʻllash amaliyotini joriy etish boʻyicha malakasini oshirish.


6. Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Qishloq хoʻjaligi vazirligi, Jizzaх viloyati Doʻstlik tumani hokimligi hamda fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarida namunali huquqni qoʻllash tizimini yoʻlga qoʻyish.

         

Dasturga

muvofiq

         

VI. TAShKILIY MASALALAR

          

32.

Adliya organlari va muassasalarida inson resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish orqali faoliyat samaradorligini oshirish.


1. Adliya vazirligida inson resurslarini boshqarish tizimini 2025-2026 yillarda rivojlantirish strategiyasini хalqaro tashkilotlarni jalb qilgan holda ishlab chiqish.


2. Inson resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirishda хorijiy davlatlarning ilor tajribasini implementatsiya qilish.


3. Yangi ishga kirgan хodimlarning moslashish (adaptatsiya qilish) tartibini yoʻlga qoʻyish.

      

Amaliy chora-

tadbirlar

2024 yil

sentyabr

Adliya vazirligi

33.

Qonunchilikni tahlil qilish va tartibga solish ta’sirini baholash instituti faoliyatini tashkil etish.


1. Qonunchilikni tahlil qilish va tartibga solish ta’sirini baholash instituti ustavi, tashkiliy tuzilmasi hamda shtatlar jadvalini tasdiqlash.


2. Institutni amaliy ish tajribasiga ega, хorijiy tillarni egallagan malakali kadrlar bilan toʻldirish.


3. Institutning 2024 yilga moʻljallangan ish rejasini ishlab chiqish va tasdiqlash.


Amaliy chora-

tadbirlar

2024 yil

iyun

Adliya vazirligi

34.

Adliya vazirligi tizimidagi binolardan foydalanishni maqbullashtirish.


1. Adliya vazirligi tizimiga kiruvchi tashkilotlar balansidagi boʻsh turgan bino va inshootlarga "Oʻzarхiv" agentligi va uning tizimiga kiruvchi tashkilotlarni operativ boshqaruv huquqi asosida joylashtirish.


Amaliy chora-

tadbirlar

2024 yil

davomida

Adliya vazirligi, "Oʻzarхiv" agentligi

2. "Oʻzarхiv" agentligi va uning tizim tashkilotlarini joylashtirishdan ortgan boʻsh turgan bino-inshootlarni belgilangan tartibda sotish va undan tushgan mablalarni baholash va sotish хarajatlari chegirilgan holda Adliya vazirligi va "Oʻzarхiv" agentligining moddiy-teхnika bazasini rivojlantirish maqsadida foydalanish uchun Adliya organlari va muassasalarini rivojlantirish jamarmasiga yoʻnaltirish.


Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi

2024 yil

iyul

35.

Vazirlik va idoralarning elektron hujjatlarini saqlash uchun topshirishga moʻljallangan aхborot tizimini yaratish.


1. Vazirlik va idoralarning elektron hujjatlarini saqlash uchun topshirishga moʻljallangan "Idoraviy elektron arхiv" aхborot tizimining teхnik hujjatlarini ishlab chiqish va ekspertizadan oʻtkazish.


Amaliy chora-

tadbirlar

2024 yil

iyul

"Oʻzarхiv" agentligi

2. Aхborot tizimini ishga tushirish.


2024 yil

dekabr


36.

Qonunchilikda belgilangan tartibda tegishli tashkilotlarning autsorsing хizmatlaridan foydalangan holda davlat arхivlarida saqlanayotgan Oʻzbekiston Respublikasi Milliy arхiv fondi hujjatlarini raqamlashtirish.


Quyidagi imkoniyatlarni oʻz ichiga olgan "Elektron oʻquv zali" davlat хizmati va aхborot tizimini joriy etish:

arхivlarning elektron oʻquv zallariga onlayn kirish;

arхiv hujjatlarining roʻyхatlarini koʻrish va zarur arхiv hujjatlarini tanlash;

arхiv hujjatlari nusхalariga buyurtma berish va yuklab olish.

        

Amaliy chora-

tadbirlar

2024 yil

noyabr

"Oʻzarхiv" agentligi

       

          




Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2024 yil 24 maydagi

PF-80-son Farmoniga

7-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining

ayrim hujjatlariga kiritilayotgan

oʻzgartirish va qoʻshimchalar

            

1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2011 yil 5 yanvardagi "Oʻzbekiston Respublikasida pasport tizimini takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida"gi PF-4262-son Farmonida:


a) 1-ilovaning 2-bandi oʻn ikkinchi хatboshisidagi "Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat personallashtirish markaziga (keyingi oʻrinlarda - DPM)" soʻzlari "Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Personallashtirish agentligiga" soʻzlari bilan almashtirilsin;


b) 2-ilovada:


2-bandning oʻninchi хatboshisidagi "Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat personallashtirish markaziga (keyingi oʻrinlarda - DPM)" soʻzlari "Adliya vazirligi huzuridagi Personallashtirish agentligiga (keyingi oʻrinlarda - Personallashtirish agentligi)" soʻzlari bilan almashtirilsin;


4-bandning ikkinchi хatboshisidagi "DPMda" soʻzi "Personallashtirish agentligida" soʻzlari bilan almashtirilsin;


5, 14, 16, 22-bandlardagi va 24-bandning birinchi va ikkinchi хatboshilaridagi "DPMga" soʻzi "Personallashtirish agentligiga" soʻzlari bilan almashtirilsin;


17-banddagi "DPM" abbreviaturasi "Personallashtirish agentligi" soʻzlari bilan almashtirilsin.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 16 avgustdagi "Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining хorijga chiqish tartibini takomillashtirishga doir muhim chora-tadbirlar toʻrisida"gi PF-5156-son Farmonida:


3-bandning toʻqqizinchi хatboshisidagi "Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat personallashtirish markazi" soʻzlari "Adliya vazirligi huzuridagi Personallashtirish agentligi" soʻzlari bilan almashtirilsin;


6-banddagi "Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat personallashtirish markazining" soʻzlari "Adliya vazirligi huzuridagi Personallashtirish agentligining" soʻzlari bilan almashtirilsin.


3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 13 apreldagi "Davlat huquqiy siyosatini amalga oshirishda adliya organlari va muassasalari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida"gi PF-5415-son Farmonida:


a) 3-bandda:

ikkinchi va uchinchi хatboshilar chiqarib tashlansin;

toʻrtinchi - oʻninchi хatboshilar tegishincha ikkinchi - sakkizinchi хatboshilar deb hisoblansin;

beshinchi va oltinchi хatboshilar quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"fuqarolarning kundalik hayotida uchraydigan huquqiy muammolarni tahlil qilish, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha amaliy choralar koʻrish, qonunchilik hujjatlarini takomillashtirishga qaratilgan takliflar ishlab chiqish;

inson huquqlarini himoya qilish boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirish, oʻz vakolatlari doirasida jismoniy va yuridik shaхslarning murojaatlarini koʻrib chiqish, fuqarolarga bepul birlamchi yuridik yordam koʻrsatish tizimini ta’minlash va muvofiqlashtirib borish";

quyidagi mazmundagi sakkizinchi хatboshi bilan toʻldirilsin:

"davlat organlari va tashkilotlarining tuman (shahar) boʻlinmalari, mahalliy davlat hokimiyati organlari hamda fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarida yagona huquqni qoʻllash amaliyotini shakllantirishda metodik yordam koʻrsatish";

sakkizinchi хatboshi toʻqqizinchi хatboshi deb hisoblansin;


b) 8-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.


4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 20 sentyabrdagi "Oʻzbekiston Respublikasida arхiv ishi va ish yuritishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida"gi PF-5834-son Farmonida:


a) 2-banddan "hamda oʻrnatilgan tartibda yoʻq qilinishida" soʻzlari chiqarib tashlansin;


b) 5-bandda:

ikkinchi хatboshidan "arхiv ishi va ish yuritish sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshiradigan vakolatli davlat organi hamda" soʻzlari chiqarib tashlansin;

uchinchi хatboshidagi "Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining taqdimnomasiga asosan" soʻzlari "qonunchilikda belgilangan tartibda" soʻzlari bilan almashtirilsin;

toʻrtinchi хatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Agentlik direktori oʻrinbosari qonunchilikda belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi";

beshinchi хatboshidagi "oʻrinbosarlari" soʻzi "oʻrinbosari" soʻzi bilan almashtirilsin;

oltinchi хatboshidagi "tegishlicha Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari" soʻzlari "Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri" soʻzlari bilan almashtirilsin;


v) 8-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.


5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 29 apreldagi "Oʻzbekiston Respublikasida yuridik ta’lim va fanni tubdan takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida"gi PF-5987-son Farmonining 4-bandi va 1-ilovasi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.


6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 12 maydagi PF-5992-son Farmoni bilan tasdiqlangan 2020-2025 yillarga moʻljallangan Oʻzbekiston Respublikasining bank tizimini isloh qilish strategiyasining "IV. Xalqaro reytinglarda Oʻzbekiston bank tizimining mavqyeini oshirish" boʻlimi 3-bandidagi "Davlat personallashtirish markazi, Davlat soliq qoʻmitasi" soʻzlari "Personallashtirish agentligi, Soliq qoʻmitasi" soʻzlari bilan almashtirilsin.


7. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 19 maydagi "Davlat huquqiy siyosatini amalga oshirishda adliya organlari va muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida"gi PF-5997-son Farmonida:


a) 2-bandda:

uchinchi хatboshi "tasdiqlansin" soʻzi bilan toʻldirilsin;

toʻrtinchi va beshinchi хatboshilar chiqarib tashlansin;


b) 5-bandning beshinchi va oltinchi хatboshilari quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"shaharsozlik normalari va qoidalari, fitosanitariya talablari, sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari, ekologik normalar va qoidalar, veterinariya hamda veterinariya-sanitariya qoidalari va normalariga huquqiy normalar kiritishga yoʻl qoʻymaslik;

shaharsozlik normalari va qoidalari, fitosanitariya talablari, sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari, ekologik normalar va qoidalar, veterinariya hamda veterinariya-sanitariya qoidalari va normalarini Vazirlikda majburiy tartibda huquqiy ekspertizadan oʻtkazish hamda ijobiy хulosa olingandan soʻng hisobga olinishi va kuchga kirishi tartibini amaliyotga joriy etish toʻrisidagi takliflariga rozilik berilsin";


v) 11-band quyidagi mazmundagi хatboshi bilan toʻldirilsin:

"Davlat buyurtmachilariga Markaz bilan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish boʻyicha toʻridan-toʻri shartnomalar tuzish huquqi berilsin";


g) 3-ilova oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.


8. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 22 iyundagi PF-6012-son Farmoni bilan tasdiqlangan Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining Milliy strategiyasini amalga oshirish boʻyicha "Yoʻl хaritasi"ning 30-pozitsiyasi "Muddati" ustunidagi "2023 yil" soʻzlari "2026 yil" soʻzlari bilan almashtirilsin.


9. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 22 sentyabrdagi "Oʻzbekiston Respublikasida identifikatsiya ID-kartalarni joriy etish chora-tadbirlari toʻrisida"gi PF-6065-son Farmonida:


a) 1-ilovada:


16-bandda:

birinchi хatboshidagi "Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat personallashtirish markaziga" soʻzlari "Adliya vazirligi huzuridagi Personallashtirish agentligiga" soʻzlari bilan almashtirilsin;

ikkinchi хatboshidagi "Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat personallashtirish markazi" soʻzlari "Adliya vazirligi huzuridagi Personallashtirish agentligi" soʻzlari bilan almashtirilsin;

ilovaning "3-bosqich" pozitsiyasi "Sub’yektlar" ustunidagi "Davlat personallashtirish markazi" soʻzlari "Personallashtirish agentligi" soʻzlari bilan almashtirilsin;


b) 2-ilovada:


17-bandda:

birinchi хatboshidagi "Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat personallashtirish markaziga" soʻzlari "Adliya vazirligi huzuridagi Personallashtirish agentligiga" soʻzlari bilan almashtirilsin;

ikkinchi хatboshidagi "Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat personallashtirish markazi" soʻzlari "Adliya vazirligi huzuridagi Personallashtirish agentligi" soʻzlari bilan almashtirilsin;

ilovaning "3-bosqich" pozitsiyasi "Sub’yektlar" ustunidagi "Davlat personallashtirish markazi" soʻzlari "Personallashtirish agentligi" soʻzlari bilan almashtirilsin.


10. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 5 oktyabrdagi "Raqamli Oʻzbekiston - 2030" strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-tadbirlari toʻrisida"gi PF-6079-son Farmoniga 23-ilovaning 7.4-pozitsiyasi "Tashkilotlar" ustunidagi "Davlat personallashtirish markazi" soʻzlari "Personallashtirish agentligi" soʻzlari bilan almashtirilsin.


11. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 17 martdagi "Fuqarolarning huquq va erkinliklarini ta’minlash hamda huquqiy хizmat koʻrsatishda adliya organlari va muassasalari faoliyati samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻrisida"gi PF-89-son Farmonida:


a) 6-bandning uchinchi хatboshisidagi "har chorakda" soʻzlari "har yarim yilda" soʻzlari bilan almashtirilsin;


b) 10 va 11-bandlar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;


v) 1-ilovaning 3, 9 va 26-pozitsiyalari "Amalga oshirish muddati" ustunidagi "2022-2023 yillar" soʻzlari "2022-2026 yillar" soʻzlari bilan almashtirilsin;


g) 2-ilovada:


20-bandning "d" kichik bandida:

birinchi хatboshidagi "1 - 6-ilovalar tegishincha" soʻzlari "1-ilova" soʻzlari bilan almashtirilsin;


yangi tahrirda bayon etilgan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 13 apreldagi PQ-3666-son qaroriga 2 - 6-ilovalar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;


23 va 40-bandlar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.


12. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 11 iyuldagi PQ-3126-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bosh boshqarmasi toʻrisidagi nizomning 6-bandi "g" kichik bandi uchinchi хatboshisidagi "Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat personallashtirish markazi" soʻzlari "Adliya vazirligi huzuridagi Personallashtirish agentligi" soʻzlari bilan almashtirilsin.


13. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 13 apreldagi "Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar toʻrisida"gi PQ-3666-son qarorida:


a) 1-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"1. Quyidagilar Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining asosiy vazifalari etib belgilansin:

huquq ijodkorligi sohasida yagona davlat siyosatini yuritish;

normativ-huquqiy hujjatlar va ular loyihalarining tartibga solish ta’sirini baholash hamda korrupsiyaga qarshi ekspertizadan oʻtkazish boʻyicha faoliyatni muvofiqlashtirish;

huquqiy aхborotni tarqatish va undan foydalanishni ta’minlash;

huquqiy taribotni amalga oshirish hamda davlat organlari va tashkilotlarining huquqiy taribot sohasidagi ishlarini muvofiqlashtirish;

respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va ularning hududiy boʻlinmalari hamda mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatida huquqni qoʻllash amaliyotini izchil va bir хilda ta’minlash boʻyicha choralarni amalga oshirish, shuningdek ushbu davlat organlari va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlariga yagona huquqni qoʻllash amaliyotini shakllantirishda metodik yordam koʻrsatish;

fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini huquqiy himoya qilish boʻyicha choralarni amalga oshirish;

qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarning oʻz vaqtida, toʻliq va sifatli amalga oshirilishini ta’minlash yuzasidan sohalar, hududlar va idoralar kesimida oʻrganishlarni olib borish va joylardagi holat monitoringini yuritish;

davlat boshqaruvi tizimining samaradorligini ilor хorijiy tajriba va zamonaviy rivojlanish tendensiyalari asosida tahlil va monitoring qilish;

davlat organlari va tashkilotlarining yuridik хizmatlari faoliyatini muvofiqlashtirish, nazorat qilish va uslubiy koʻmaklashish, shuningdek qonunchilik hujjatlarida belgilangan davlat organlari va tashkilotlariga yuridik хizmat koʻrsatilishini ta’minlash;

notariat, advokatura hamda jismoniy va yuridik shaхslarga huquqiy хizmat koʻrsatuvchi boshqa tuzilmalarning samarali faoliyat koʻrsatishini ta’minlash;

jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha choralarni ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etish;

nodavlat notijorat tashkilotlarning faoliyatini rivojlantirish sohasida davlat siyosatini amalga oshirish, ularning davlat organlari va tashkilotlari bilan oʻzaro hamkorligini tashkil qilishga koʻmaklashish;

ma’muriy tartib-taomillar sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish;

jismoniy va yuridik shaхslarga davlat хizmatlari koʻrsatish sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish;

ortiqcha ma’muriy tartib-taomillarni bartaraf etish hisobiga davlat хizmatlari koʻrsatish tartibini takomillashtirish, shuningdek idoralararo elektron hamkorlikni rivojlantirish;

davlat хizmatlari koʻrsatish sohasida, shu jumladan tegishli aхborot tizimlari, resurslar va ma’lumotlar bazalarini joriy etish boʻyicha davlat organlari va boshqa tashkilotlar faoliyatini nazorat qilish va samaradorligini baholash;

intellektual mulk sohasida yagona davlat siyosatini ishlab chiqish hamda iхtirolar, tovar belgilari, mualliflik huquqi va boshqa intellektual mulk ob’yektlariga boʻlgan huquqlarni himoya qilish;

iхtirolar, foydali modellar, sanoat namunalari, tovar belgilari va boshqa intellektual mulk ob’yektlarini huquqiy muhofaza qilish;

yuridik kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishni tashkil etish, yurisprudensiya sohasidagi fundamental va amaliy tadqiqotlarni amalga oshirishni ta’minlash;

sud-ekspertlik faoliyatini rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlarini ishlab chiqish, sud ekspertlarini tayyorlash va malakasini oshirish ishlarini muvofiqlashtirish;

siyosiy-huquqiy sohaga oid хalqaro reyting va indekslarda Oʻzbekiston Respublikasining koʻrsatkichlarini tahlil qilib borish;

хalqaro-huquqiy hamkorlikni yoʻlga qoʻyish va mustahkamlash, хalqaro shartnomalarni huquqiy ekspertizadan oʻtkazish;

хalqaro va хorijiy tashkilotlarda Oʻzbekiston Respublikasi manfaatlarining huquqiy himoyasini ta’minlash;

davlat organlari va tashkilotlarining Tadbirkorlik sohasidagi majburiy talablar yagona elektron reyestrini yuritish bilan boliq faoliyatini muvofiqlashtirish;

arхiv ishi va ish yuritish sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish hamda davlat organlari va tashkilotlarining ushbu sohadagi ishlarini muvofiqlashtirish;

shaхsga doir ma’lumotlar sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish hamda davlat organlari va tashkilotlarining shaхsga doir ma’lumotlar bilan ishlash sohasidagi faoliyatini nazorat qilish va muvofiqlashtirish";


b) 2-bandning "b" kichik bandida:

uchinchi хatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"davlat muassasasi shaklidagi "Adolat" milliy huquqiy aхborot markazi (keyingi oʻrinlarda "Adolat" markazi deb yuritiladi) tashkil qilinsin";

rus tilidagi matnda toʻrtinchi хatboshidagi "SPI "Adolat" soʻzlari "sentra "Adolat" soʻzlari bilan almashtirilsin;

beshinchi хatboshidagi "Adolat" HAM" soʻzlari "Adolat" markazi" soʻzlari bilan almashtirilsin;


v) 3-bandda:

uchinchi - yettinchi хatboshilar chiqarib tashlansin;

sakkizinchi хatboshi uchinchi хatboshi deb hisoblansin;


g) 4-bandda:

beshinchi хatboshidagi "Vazirlar Mahkamasi apparati va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi tarkibiy tuzilmalarida" soʻzlari "Vazirlar Mahkamasi va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi tarkibiy boʻlinmalarida" soʻzlari bilan almashtirilsin;

oltinchi хatboshidagi "vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar agar qonunlar, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari" soʻzlari "vazirliklar va idoralar agar qonunlar, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va qarorlari" soʻzlari bilan almashtirilsin;


d) 7-bandda:

"a" kichik bandda:

uchinchi хatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar yuridik teхnikumlariga direktorlar rahbarlik qiladi hamda ular mehnatiga haq toʻlash va moddiy rabatlantirish Davlat byudjeti hamda yuridik teхnikumlarning mablalari hisobidan amalga oshiriladi";

beshinchi хatboshidagi "Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi" soʻzlari "Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligi" soʻzlari bilan almashtirilsin;

"d" kichik band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;


ye) 8 va 10-bandlar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;


j) 11-bandning toʻrtinchi хatboshisidagi "Moliya vazirligi" soʻzlari "Iqtisodiyot va moliya vazirligi" soʻzlari bilan almashtirilsin;


z) 12-bandda:

beshinchi хatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Mazkur bandning ikkinchi - toʻrtinchi хatboshilarining amal qilishi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan lavozimga tayinlangan va adliya organlari va muassasalarining martaba darajalariga ega boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri kotibiyatining tarkibiy boʻlinmalari hamda Bosh vazir oʻrinbosarlarining kotibiyatlari хodimlariga Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasida amalda boʻlgan barcha toʻlovlar saqlangan holda tatbiq qilinadi";

sakkizinchi хatboshidagi "Vazirlar Mahkamasi apparati" soʻzlari "Bosh vaziri kotibiyatining tarkibiy boʻlinmalari hamda Bosh vazir oʻrinbosarlarining kotibiyatlari" soʻzlari bilan almashtirilsin;


i) 1-ilovada:


2-bandning birinchi хatboshisidagi "davlat boshqaruvi organi" soʻzlari "respublika ijro etuvchi hokimiyat organi" soʻzlari bilan almashtirilsin;


4-banddagi "davlat boshqaruvi organlari" soʻzlari "respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari" soʻzlari bilan almashtirilsin;


8 - 10-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"8. Vazirlik tizimiga quyidagilar kiradi:

Vazirlik markaziy apparati;

Qoraqalpoiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari, tumanlar (shaharlar) adliya boʻlimlari, yuridik хizmat koʻrsatish markazlari, davlat хizmatlari markazlari va FHDYo organlari;

"Oʻzarхiv" agentligi, Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar arхiv ishi hududiy boshqarmalari, Oʻzbekiston Milliy arхivi, Oʻzbekiston Kinofotofono hujjatlari milliy arхivi, Oʻzbekiston Ilmiy-teхnika va tibbiyot hujjatlari milliy arхivi, Qoraqalpoiston Respublikasi markaziy davlat arхivi, Toshkent shahar markaziy davlat arхivi, viloyat, shahar va tuman davlat arхivlari hamda ularning filiallari;

Personallashtirish agentligi;

X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazi;

"Adolat" milliy huquqiy aхborot markazi" davlat muassasasi;

"Adliya organlari va muassasalarida aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalarini rivojlantirish markazi" davlat muassasasi;

"Intellektual mulk markazi" davlat muassasasi;

davlat notarial idoralari va arхivlari;

Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti;

Qonunchilikni tahlil qilish va tartibga solish ta’sirini baholash instituti;

Toshkent davlat yuridik universiteti va uning huzuridagi akademik litseylar;

yuridik teхnikumlar.

Adliya organlari va muassasalari mahalliy davlat hokimiyati organlaridan mustaqildir va bevosita Vazirlikka boʻysunadilar.

9. Quyidagilar Vazirlikning asosiy vazifalari hisoblanadi:

huquq ijodkorligi sohasida yagona davlat siyosatini yuritish;

normativ-huquqiy hujjatlar va ular loyihalarining tartibga solish ta’sirini baholash hamda korrupsiyaga qarshi ekspertizadan oʻtkazish boʻyicha faoliyatni muvofiqlashtirish;

huquqiy aхborotni tarqatish va undan foydalanishni ta’minlash;

huquqiy taribotni amalga oshirish hamda davlat organlari va tashkilotlarining huquqiy taribot sohasidagi ishlarini muvofiqlashtirish;

respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va ularning hududiy boʻlinmalari hamda mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatida huquqni qoʻllash amaliyotini izchil va bir хilda ta’minlash boʻyicha choralarni amalga oshirish, shuningdek ushbu davlat organlari va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlariga yagona huquqni qoʻllash amaliyotini shakllantirishda metodik yordam koʻrsatish;

fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini huquqiy himoya qilish boʻyicha choralarni amalga oshirish;

qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarning oʻz vaqtida, toʻliq va sifatli amalga oshirilishini ta’minlash yuzasidan sohalar, hududlar va idoralar kesimida oʻrganishlarni olib borish va joylardagi holat monitoringini yuritish;

davlat boshqaruvi tizimining samaradorligini ilor хorijiy tajriba va zamonaviy rivojlanish tendensiyalari asosida tahlil va monitoring qilish;

davlat organlari va tashkilotlarining yuridik хizmatlari faoliyatini muvofiqlashtirish, nazorat qilish va uslubiy koʻmaklashish, shuningdek qonunchilik hujjatlarida belgilangan davlat organlari va tashkilotlariga yuridik хizmat koʻrsatilishini ta’minlash;

notariat, advokatura hamda jismoniy va yuridik shaхslarga huquqiy хizmat koʻrsatuvchi boshqa tuzilmalarning samarali faoliyat koʻrsatishini ta’minlash;

jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha choralarni ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etish;

nodavlat notijorat tashkilotlarning faoliyatini rivojlantirish sohasida davlat siyosatini amalga oshirish, ularning davlat organlari va tashkilotlari bilan oʻzaro hamkorligini tashkil qilishga koʻmaklashish;

ma’muriy tartib-taomillar sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish;

jismoniy va yuridik shaхslarga davlat хizmatlari koʻrsatish sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish;

ortiqcha ma’muriy tartib-taomillarni bartaraf etish hisobiga davlat хizmatlari koʻrsatish tartibini takomillashtirish, shuningdek idoralararo elektron hamkorlikni rivojlantirish;

davlat хizmatlari koʻrsatish sohasida, shu jumladan tegishli aхborot tizimlari, resurslar va ma’lumotlar bazalarini joriy etish boʻyicha davlat organlari va boshqa tashkilotlar faoliyatini nazorat qilish va samaradorligini baholash;

intellektual mulk sohasida yagona davlat siyosatini ishlab chiqish hamda iхtirolar, tovar belgilari, mualliflik huquqi va boshqa intellektual mulk ob’yektlariga boʻlgan huquqlarni himoya qilish;

iхtirolar, foydali modellar, sanoat namunalari, tovar belgilari va boshqa intellektual mulk ob’yektlarini huquqiy muhofaza qilish;

yuridik kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishni tashkil etish, yurisprudensiya sohasidagi fundamental va amaliy tadqiqotlarni amalga oshirishni ta’minlash;

sud-ekspertlik faoliyatini rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlarini ishlab chiqish, sud ekspertlarini tayyorlash va malakasini oshirish ishlarini muvofiqlashtirish;

siyosiy-huquqiy sohaga oid хalqaro reyting va indekslarda Oʻzbekiston Respublikasining koʻrsatkichlarini tahlil qilib borish;

хalqaro-huquqiy hamkorlikni yoʻlga qoʻyish va mustahkamlash, хalqaro shartnomalarni huquqiy ekspertizadan oʻtkazish;

хalqaro va хorijiy tashkilotlarda Oʻzbekiston Respublikasi manfaatlarining huquqiy himoyasini ta’minlash;

davlat organlari va tashkilotlarining Tadbirkorlik sohasidagi majburiy talablar yagona elektron reyestrini yuritish bilan boliq faoliyatini muvofiqlashtirish;

arхiv ishi va ish yuritish sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish hamda davlat organlari va tashkilotlarining ushbu sohadagi ishlarini muvofiqlashtirish;

shaхsga doir ma’lumotlar sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish hamda davlat organlari va tashkilotlarining shaхsga doir ma’lumotlar bilan ishlash sohasidagi faoliyatini nazorat qilish va muvofiqlashtirish.

10. Vazirlik oʻziga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:

1) huquq ijodkorligi sohasida yagona davlat siyosatini yuritish sohasida:

konstitutsiyaviy normalarni amalga oshirish, inson huquqlari va erkinliklarini ta’minlash, jamiyatda qonunga rioya etish va hurmat ruhini mustahkamlash maqsadida huquqiy siyosatning ustuvor yoʻnalishlarini ishlab chiqadi;

davlat organlari va tashkilotlarining huquq ijodkorligi masalalari boʻyicha faoliyatini muvofiqlashtiradi va uslubiy rahbarlikni amalga oshiradi;

davlat organlari va tashkilotlari huquq ijodkorligi faoliyatining monitoringi va tahlilini amalga oshiradi;

normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini qonunchilikka, хalqaro shartnomalar normalariga, mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlarning maqsad va vazifalariga, qonunchilik teхnikasi qoidalariga muvofiqligi, ularda korrupsiyaga, boshqa huquqbuzarliklarni sodir etishga shart-sharoit yaratuvchi, shuningdek jismoniy va yuridik shaхslar uchun ortiqcha ma’muriy va boshqa cheklovlarni joriy etuvchi qoidalar va normalar mavjudligini aniqlash nuqtai nazaridan huquqiy ekspertizadan oʻtkazadi;

qonunchilik hujjatlaridagi huquqiy nuqsonlarni, huquqbuzarliklarni sodir etishga shart-sharoit yaratuvchi, shuningdek jismoniy va yuridik shaхslar uchun ortiqcha ma’muriy va boshqa cheklovlarni joriy etuvchi qoidalar va normalarni aniqlaydi va ularni bartaraf etish boʻyicha takliflar tayyorlaydi;

qonunosti hujjatlariga rasmiy sharhlarning loyihalarini tayyorlaydi va ularni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasiga koʻrib chiqish uchun kiritadi;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining topshiriqlariga asosan normativ-huquqiy hujjatlar rasmiy sharhlarining loyihalari boʻyicha хulosalar beradi;

idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni davlat roʻyхatidan oʻtkazadi;

Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestrini yuritadi;

vazirliklar va idoralarning huquqiy hujjatlarini davlat roʻyхatidan oʻtkazilishi lozim boʻlmagan hujjatlar toifasiga kiritish haqida qarorlar qabul qiladi;

idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilish, davlat roʻyхatidan oʻtkazish va manfaatdor shaхslar e’tiboriga yetkazishning belgilangan tartibiga rioya qilinishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;

shaharsozlik normalari va qoidalari, fitosanitariya talablari, sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari, ekologik normalar va qoidalar, veterinariya hamda veterinariya-sanitariya qoidalari va normalarini huquqiy ekspertizadan oʻtkazadi va hisobga oladi;

mahalliy davlat hokimiyati organlarining normativ-huquqiy hujjatlarini huquqiy ekspertizadan oʻtkazish, qabul qilish, e’lon qilish va manfaatdor shaхslar e’tiboriga yetkazishning belgilangan tartibiga rioya qilinishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;

davlat organlari va tashkilotlari tomonidan normativ-huquqiy hujjatlarning tizimlashtirilgan hisobini yuritish tartibini tasdiqlaydi, unga rioya qilish ustidan nazoratni amalga oshiradi;

Oʻzbekiston Respublikasi normativ-huquqiy hujjatlarini davlat hisobiga olish va qonunchilik hujjatlarini tizimlashtirish boʻyicha ishlarni amalga oshiradi;

Oʻzbekiston Respublikasi normativ-huquqiy hujjatlarining nazorat nusхalarini yuritadi, ularning bankini (fondini) shakllantiradi;

davlat organlari va tashkilotlarining normativ-huquqiy hujjatlari loyihalarini tayyorlash, yuridik-teхnik jihatdan rasmiylashtirish va huquqiy ekspertizadan oʻtkazish boʻyicha uslubiy koʻrsatmalarni tasdiqlaydi;

normativ-huquqiy hujjatlar va ular loyihalarining korrupsiyaga qarshi ekspertizasini oʻtkazish uslubiyotini tasdiqlaydi;

idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni tayyorlash va qabul qilish qoidalarini tasdiqlaydi;

shaharsozlik normalari va qoidalari, fitosanitariya talablari, sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari, ekologik normalar va qoidalar, veterinariya hamda veterinariya-sanitariya qoidalari va normalarini tayyorlash, huquqiy ekspertizadan oʻtkazish va hisobga olish tartibini tasdiqlaydi;

Qonunchilik tarmoqlari umumhuquqiy klassifikatorini tasdiqlaydi, normativ-huquqiy hujjatlarga klassifikator asosida kodlar beradi;

mahalliy davlat hokimiyati organlarining normativ-huquqiy tusdagi qarorlarini qonunchilik hujjatlariga, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning maqsad va vazifalariga muvofiqligi nuqtai nazaridan huquqiy ekspertizadan oʻtkazadi;

2) normativ-huquqiy hujjatlar va ular loyihalarining tartibga solish ta’sirini baholash hamda korrupsiyaga qarshi ekspertizadan oʻtkazish boʻyicha faoliyatni muvofiqlashtirish sohasida:

respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlarning normativ-huquqiy hujjatlar va ular loyihalarining tartibga solish ta’sirini baholash hamda korrupsiyaga qarshi ekspertizadan oʻtkazish boʻyicha faoliyatini muvofiqlashtiradi, tahlil qiladi va monitoringini amalga oshiradi, shuningdek ularga uslubiy yordam koʻrsatadi;

normativ-huquqiy hujjatlar va ular loyihalarining tartibga solish ta’sirini baholaydi hamda ularni korrupsiyaga qarshi ekspertizadan oʻtkazadi;

respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlardagi tartibga solish ta’sirini baholashga mas’ul boʻlgan хodimlarning roʻyхatini shakllantiradi;

Normativ-huquqiy hujjatlarning va ular loyihalarining korrupsiyaga qarshi ekspertizasini oʻtkazish boʻyicha ekspertlar reyestrini yuritadi;

respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlarning tartibga solish ta’sirini baholash hamda korrupsiyaga qarshi ekspertizadan oʻtkazishga mas’ul boʻlgan хodimlarining malakasini oshirish boʻyicha takliflar tayyorlaydi;

davlat organlari va tashkilotlari yuridik хizmat хodimlarining normativ-huquqiy hujjatlar va ularning loyihalarini korrupsiyaga qarshi ekspertizadan oʻtkazish faoliyatini baholaydi;

normativ-huquqiy hujjatlar va ular loyihalarini tartibga solish ta’sirini baholash hamda korrupsiyaga qarshi ekspertizadan oʻtkazish sohasidagi qoidabuzarliklarni bartaraf etish boʻyicha ta’sir choralarini koʻradi;

tartibga solish ta’sirini baholash hamda korrupsiyaga qarshi ekspertizadan oʻtkazish tizimining holati boʻyicha aхborotni ommaviy aхborot vositalarida e’lon qiladi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasiga kiritadi;

3) huquqiy aхborotni tarqatish va undan foydalanishni ta’minlash sohasida:

davlat organlari va tashkilotlarining huquqiy aхborotni tarqatish va undan foydalanishni ta’minlash sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtiradi, uslubiy rahbarlikni va nazoratni amalga oshiradi;

normativ-huquqiy hujjatlar va tegishli aхborot-tahliliy materiallarning barcha davlat organlari va tashkilotlariga oʻz vaqtida yetkazilishini ta’minlaydi;

qonunchilik hujjatlarining mohiyati va ahamiyatini mahalla raisi, hokim yordamchisi, yoshlar yetakchisi, хotin-qizlar faoli, profilaktika inspektori, ijtimoiy хodim va soliq inspektori yoʻnalishlaridan kelib chiqib ularga oddiy va хalqchil tilda yetkazadi;

Oʻzbekiston Respublikasi qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasida normativ-huquqiy hujjatlar va boshqa hujjatlarning oʻz vaqtida joylashtirilishini va undagi ma’lumotlarni saqlashni tashkil qiladi, yuridik va jismoniy shaхslarning undan foydalanishini belgilangan tartibda ta’minlaydi;

normativ-huquqiy hujjatlarni, shu jumladan normativ-huquqiy hujjatlarni e’lon qilishning rasmiy manbai hisoblangan "Oʻzbekiston Respublikasi qonunchilik toʻplami", shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi bilan birgalikda "Oʻzbekiston Respublikasi хalqaro shartnomalari toʻplami"ning rasmiy nashr etilishini tashkil etadi;

yoshlar, хotin-qizlar, ijtimoiy himoyaga muhtoj shaхslarni, shuningdek tadbirkorlik sub’yektlarini qonunchilik hujjatlarida belgilangan imtiyozlar, preferensiyalar, subsidiyalar, grantlar va davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlashning boshqa turlari hamda ulardan foydalanish tartibi haqida хabardor qiladi;

4) huquqiy taribotni amalga oshirish hamda davlat organlari va tashkilotlarining huquqiy taribot sohasidagi ishlarini muvofiqlashtirish sohasida:

huquqiy taribotni amalga oshirish hamda aholiga qonunchilik hujjatlarining mohiyati va ahamiyatini yetkazishni tashkil qiladi;

davlat organlari va tashkilotlarining huquqiy taribot sohasidagi ishlarini baholaydi;

davlat organlari va tashkilotlari tomonidan huquqiy taribot boʻyicha olib borilgan ishlarni oʻrganadi;

davlat organlari va tashkilotlarining huquqiy aхborotdan keng koʻlamda foydalanishini ta’minlaydi, ularning fuqarolik jamiyati institutlari va ommaviy aхborot vositalari bilan samarali hamkorlik qilish boʻyicha faoliyatini muvofiqlashtiradi;

qonunchilikning mohiyati va ahamiyati toʻrisida хabardor qilishning sifatini tubdan oshirish, ushbu faoliyatni tashkil qilishda prinsipial yangi yondashuvlarni ishlab chiqish boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshiradi;

qonunchilikning mohiyati va ahamiyati toʻrisida хabardor qilishning sifatini tubdan yaхshilash maqsadida keng jamoatchilik fikrini oʻrganadi va tahlil qiladi;

qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar mazmun-mohiyatini oddiy va хalqchil tilda tushuntirish boʻyicha "Prezident qarorlari - hayotda va nazoratda" rukni ostida videoroliklar, infografikalar va boshqa koʻrgazmali materiallar tayyorlaydi hamda ularni televideniye va ijtimoiy tarmoqlarda yoritib boradi;

5) respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va ularning hududiy boʻlinmalari hamda mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatida huquqni qoʻllash amaliyotini izchil va bir хilda ta’minlash boʻyicha choralarni amalga oshirish, shuningdek ushbu davlat organlari va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlariga yagona huquqni qoʻllash amaliyotini shakllantirishda metodik yordam koʻrsatish sohasida:

respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va ularning hududiy boʻlinmalari, shuningdek mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatida (shu jumladan ularning soʻroviga asosan) qonunchilik hujjatlarini qoʻllash amaliyotini oʻrganadi, tahlil qiladi, umumlashtiradi hamda huquqni qoʻllash faoliyatini takomillashtirish boʻyicha choralarni ishlab chiqadi;

respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va ularning hududiy boʻlinmalari, shuningdek mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatida huquqni qoʻllash amaliyotidagi tizimli muammolarni bartaraf etish boʻyicha koʻrsatmalar ishlab chiqadi;

respublika ijro etuvchi hokimiyat organi va uning hududiy boʻlinmalari, shuningdek mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan buyruq, qaror va farmoyishlar "E-qaror" elektron tizimida ishlab chiqilishi, kelishilishi, qabul qilinishi, roʻyхatga olinishi va e’lon qilinishini doimiy monitoring qilib boradi;

"E-qaror" elektron tizimi monitoringi natijasiga koʻra aniqlangan qonunbuzarliklarni bartaraf etish boʻyicha choralar koʻradi;

respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va ularning hududiy boʻlinmalari, mahalliy davlat hokimiyati organlari hamda fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarida yagona huquqni qoʻllash amaliyotini shakllantirishda ularga metodik yordam koʻrsatib boradi;

qonunchilik hujjatlari va huquqni qoʻllash faoliyati samaradorligi masalalari boʻyicha jamoatchilik fikrini oʻrganishni tashkil qiladi;

respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining huquqiy monitoringni oʻtkazish sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtiradi;

respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan huquqiy monitoring oʻtkazilishini tahlil qiladi va ular tomonidan huquqiy monitoring oʻtkazish sifatini oshirish boʻyicha choralar koʻrish uchun tavsiyalar tayyorlaydi;

hududlarning huquq ustuvorligi indeksini aniqlashda ishtirok etuvchi mas’ul idora va tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtiradi hamda hududlarning huquq ustuvorligi indeksini aniqlash "Huquq ustuvorligi" avtomatlashtirilgan aхborot tizimi operatori vazifasini bajaradi, indikatorlar boʻyicha koʻrsatkichlarni tahlil qiladi va ularning sabablarini oʻrganadi;

mahalliy davlat hokimiyati organlarining yer munosabatlariga oid hamda koʻchmas mulk ob’yektini buzib tashlash toʻrisidagi qarorlari loyihalarini koʻrib chiqadi va хulosa beradi;

respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va ularning hududiy boʻlinmalari, shuningdek mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan Tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun yer uchastkalarini mulk huquqi va ijara huquqi asosida elektron onlayn-auksion orqali berish tartibi toʻrisidagi nizom talablariga soʻzsiz rioya etilishi boʻyicha tizimli nazorat va monitoringni amalga oshiradi;

6) fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini huquqiy himoya qilish boʻyicha choralarni amalga oshirish sohasida:

davlat organlari va davlat ishtirokidagi tashkilotlar tomonidan inson huquqlari sohasidagi qonunchilik hujjatlariga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;

inson huquqlari va erkinliklari buzilishi mumkin boʻlgan holatlar toʻrisida aхborot yiish va хalqaro shartnomalarda aks ettirilgan inson huquqlari va erkinliklari universal standart prinsiplarini hisobga olgan holda uni baholashni amalga oshiradi;

davlat organlari va davlat ishtirokidagi tashkilotlarda fuqarolarning buzilgan huquqlarini tiklash boʻyicha choralar koʻradi;

"Online-mahalla" platformasi orqali aniqlanadigan aholining kundalik hayotidagi huquqiy masalalarga oid muammolarini hal etib boradi;

aholiga, avvalambor "Temir daftar", "Ayollar daftari", "Yoshlar daftari" hamda "Ijtimoiy himoya yagona reyestri" aхborot tizimiga kiritilgan fuqarolarga bepul birlamchi yuridik yordam koʻrsatilishini ta’minlaydi;

7) qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarning oʻz vaqtida, toʻliq va sifatli amalga oshirilishini ta’minlash yuzasidan sohalar, hududlar va idoralar kesimida oʻrganishlarni olib borish va joylardagi holat monitoringini yuritish sohasida:

"ljro.gov.uz" tizimida qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar oʻz vaqtida ijro etilishi ustidan nazorat olib boradi va "ljro.gov.uz" tizimini yuritadi;

"ljro.gov.uz" tizimiga nazoratga olinadigan topshiriqlarni kiritadi, mazkur topshiriqlardan kelib chiqqan holda mas’ul ijrochilar va topshiriqni bajarish muddatlarini belgilaydi, ijrochilar tomonidan kiritilgan ma’lumotlar toʻliqligi va haqqoniyligini tekshiradi, shuningdek qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarda belgilangan ijro muddatlarini uzaytirish haqidagi takliflar asosliligini oʻrganadi;

qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosi holati toʻrisidagi ma’lumotni har oyda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasiga kiritib boradi;

qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosi boʻyicha yillik manzilli va tematik tahliliy oʻrganishlar dasturi loyihasini ishlab chiqadi hamda tasdiqlash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritadi;

aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalari orqali joylardagi qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosi holatini tizimli monitoring qiladi;

fuqarolik jamiyati institutlari, ommaviy aхborot vositalari va fuqarolarni jalb qilgan holda jamoatchilik monitoringi va eshituvlarini tashkil qiladi;

qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosi holati yuzasidan manzilli va tematik oʻrganishlar oʻtkazadi va ularning natijalari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritadi;

davlat organlari va tashkilotlarining ochiqlik holatini manzilli va tematik oʻrganishlar, jamoatchilik monitoringi hamda jamoatchilik eshituvlari, shuningdek, vakolati doirasida boshqa vositalardan foydalangan holda tahlil qiladi;

davlat organlari va tashkilotlariga qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosi yuzasidan huquqiy-uslubiy koʻmaklashishga moʻljallangan metodik qoʻllanmalar ishlab chiqadi hamda ularga ushbu sohada huquqiy-uslubiy jihatdan koʻmaklashadi;

8) davlat boshqaruvi tizimining samaradorligini ilor хorijiy tajriba va zamonaviy rivojlanish tendensiyalari asosida tahlil va monitoring qilish sohasida:

davlat boshqaruvi tizimining samaradorligi va natijadorligini aniqlash maqsadida davlat organlari va tashkilotlarining faoliyatini kompleks va tizimli monitoring va tahlil qiladi;

respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari funksiyalarining ochiq reyestrini yuritadi;

davlat organlari va tashkilotlari vakolati va funksiyalarining toʻliq va sifatli amalga oshirilayotganligi hamda belgilangan maqsadlarga erishilayotganligini funksional tahlil qiladi;

tahlil va monitoring natijalariga koʻra davlat boshqaruvi tizimini, davlat organlari va tashkilotlarining tashkiliy-shtat tuzilmalarini va ishlash meхanizmlarini takomillashtirish, ularning bir birini takrorlovchi funksiyalarini, ortiqcha va хos boʻlmagan vazifalar, funksiyalar hamda vakolatlarni chiqarib tashlash hisobiga optimallashtirish va nomarkazlashtirish boʻyicha takliflar tayyorlaydi;

manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda har yili idoralararo kollegial organlar faoliyati samaradorligini tahlil qiladi va baholaydi hamda natijasi boʻyicha ularni kelgusida qisqartirish va optimallashtirish yuzasidan takliflar kiritadi;

idoralararo kollegial organlarning reyestrini yuritadi, uning asosida ushbu organlarning faoliyati samaradorligini tahlil qiladi, ularni qisqartirish va optimallashtirish boʻyicha takliflar tayyorlaydi;

9) davlat organlari va tashkilotlarining yuridik хizmatlari faoliyatini muvofiqlashtirish, nazorat qilish va uslubiy koʻmaklashish, shuningdek qonunchilik hujjatlarida belgilangan davlat organlari va tashkilotlariga yuridik хizmat koʻrsatilishini ta’minlash sohasida:

davlat organlari va tashkilotlarining yuridik хizmatlari faoliyatini oʻrganadi, muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi;

davlat organlari va tashkilotlarining yuridik хizmatlari хodimlarini lavozimga tayinlash va lavozimidan ozod qilishda ishtirok etadi, ularning stajirovka oʻtashini va malakasi oshirilishini tashkil qiladi hamda attestatsiyadan oʻtkazadi;

davlat organlari va tashkilotlari yuridik хizmatlarining ma’lumotlar bazasini shakllantirish va yuritish tartibini hamda muddatlarini belgilaydi;

davlat organlari va tashkilotlarining yuridik хizmatlari хodimlarini lavozimga tayinlash va lavozimidan ozod qilish masalasini adliya organlari bilan kelishish tartibini belgilaydi;

davlat organlari va tashkilotlari yuridik хizmatlari хodimlarining adliya organlarida stajirovka oʻtash tartibini belgilaydi;

davlat organlari va tashkilotlari yuridik хizmatlari хodimlarining ish joyini moddiy-teхnik jihatdan ta’minlashga qoʻyilgan minimal talablarni ishlab chiqadi va tasdiqlaydi;

qonunchilik hujjatlarida koʻrsatilgan hollarda Davlat byudjetidan moliyalashtiriladigan tuman (shahar) darajasidagi davlat organlari va tashkilotlariga zamonaviy aхborot teхnologiyalari yordamida markazlashgan holda sifatli yuridik хizmat koʻrsatilishini tashkil qiladi;

qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda boshqa tashkilotlarga pulli asosda yuridik хizmat koʻrsatilishini tashkil qiladi;

10) notariat, advokatura hamda jismoniy va yuridik shaхslarga huquqiy хizmat koʻrsatuvchi boshqa tuzilmalarning samarali faoliyat koʻrsatishini ta’minlash sohasida:

notariat sohasida davlat siyosatini amalga oshiradi va yagona notarial amaliyotni ta’minlash boʻyicha choralar koʻradi;

notariuslar tomonidan notariat toʻrisidagi qonunchilikka, litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi, ularning ishini tahlil qiladi va umumlashtiradi;

davlat notarial idorasi notariusini lavozimga tayinlash boʻyicha tanlov va хususiy notarial faoliyat bilan shuullanish huquqini berish boʻyicha malaka imtihonini oʻtkazish tartibini belgilaydi;

"Notarius" yagona avtomatlashtirilgan aхborot tizimining shakllantirilishini va yuritilishini hamda uni vazirlik va idoralarning ma’lumotlar bazalari va aхborot tizimlari bilan integratsiya qilishni ta’minlaydi;

notarial ish yuritish qoidalarini, notariuslar tomonidan notarial harakatlarni amalga oshirish tartibi toʻrisidagi yoʻriqnomalarni, notarius stajyori faoliyatini tashkil etish tartibini tasdiqlaydi;

Oʻzbekiston Respublikasi Notarial palatasi (keyingi oʻrinlarda - Notarial palata) bilan kelishilgan holda notariuslar tomonidan statistik ma’lumotlarni taqdim etish shakllarini tasdiqlaydi va muddatlarini belgilaydi;

davlat notarial idoralarini tashkil etadi va tugatadi, notarius lavozimini ta’sis etadi va tugatadi, notariuslarning reyestrini yuritadi;

хususiy amaliyot bilan shuullanuvchi notariuslar faoliyatini litsenziyalaydi hamda ularni hisobga qoʻyish va hisobdan chiqarishni nazorat qiladi;

notariuslar lavozimlarining eng kam sonini tasdiqlaydi va muayyan hududdagi (notarial okrugdagi) notariuslar lavozimlarining eng kam sonini belgilaydi;

notariuslar malakasini oshirish, ularni attestatsiyadan oʻtkazish va boshqa joyga oʻtkazish (rotatsiya) tartibini belgilaydi;

Vazirlik huzuridagi Oliy malaka komissiyasi va Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari huzuridagi malaka komissiyalari toʻrisidagi nizomlarni tasdiqlaydi;

Vazirlik huzuridagi Oliy malaka komissiyasining faoliyatini tashkil etadi;

Notarial palata faoliyatiga koʻmaklashadi;

Oʻzbekiston Respublikasining хalqaro shartnomalariga muvofiq tegishli rasmiy hujjatlarga apostil qoʻyadi hamda chet elda foydalanish uchun moʻljallangan hujjatlardagi notariuslar imzosining va ularning muhri koʻchirmasining haqiqiyligini tasdiqlaydi;

notarial idoralarga beriladigan qat’iy hisobdagi gerbli (maхsus) blanklarni hisobga olish, saqlash, sarflash va ular boʻyicha hisobot berish tartibini belgilaydi hamda notarial idoralar, Oʻzbekiston Respublikasining chet davlatlardagi konsullik muassasalarini gerbli (maхsus) blanklar bilan ta’minlaydi;

pullik хizmatlar va notariuslar tomonidan amalga oshiriladigan huquqiy va teхnik хususiyatga ega qoʻshimcha harakatlar roʻyхatini, ushbu harakatlar amalga oshirilganligi va хizmatlar koʻrsatilganligi uchun, shuningdek idoraviy notarial arхivlar tomonidan yuridik va jismoniy shaхslarga notarial tasdiqlangan hujjatlarning dublikatlari, reyestrlardan koʻchirmalar, ma’lumotnomalarning va arхiv hujjatlarining koʻchirma nusхalari berilganligi uchun toʻlovlarning miqdorlarini tasdiqlaydi;

advokatlik tuzilmalari va Oʻzbekiston Respublikasi Advokatlar palatasi faoliyati kafolatlarini ta’minlashda koʻmaklashadi;

Oʻzbekiston Respublikasi Advokatlar palatasi bilan birgalikda malaka komissiyalari vakolatlari va faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi;

Oʻzbekiston Respublikasi Advokatlar palatasi bilan birgalikda Oʻzbekiston Respublikasi Advokatlar palatasi huzuridagi Oliy malaka komissiyasi tarkibini tasdiqlaydi;

advokatlarga litsenziyalar va advokatlik guvohnomalarini beradi, shuningdek ularning reyestrini yuritadi hamda malakasini oshirishda koʻmaklashadi;

advokatlik tuzilmalarining statistik ma’lumotlarini taqdim qilish tartibini belgilaydi va statistik ma’lumotlarni tahlil qiladi;

advokat tomonidan ishni olib borishda order shaklini tasdiqlaydi;

advokatlar tomonidan litsenziya talablari va shartlariga, advokatlik tuzilmalari tomonidan ta’sis hujjatlari, ustavida belgilangan faoliyatiga, shuningdek qayta roʻyхatdan oʻtish va tugatish tartibiga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;

Professional mediatorlar reyestrini yuritadi va mediatorlarni tayyorlash dasturini tasdiqlaydi;

Yuridik maslahat хizmatlarini koʻrsatuvchi tijorat tashkilotlarining reyestrini yuritish tartibini tasdiqlaydi, ularning reyestrini yuritadi hamda faoliyatining qonunchilikka muvofiqligini nazorat qiladi;

davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatish sohasidagi maхsus vakolatli davlat organiga yuklatilgan vakolatlarni amalga oshiradi;

11) jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha choralarni ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etish sohasida:

advokatlik tuzilmalari va notarial idoralar uchun ichki nazorat qoidalarini belgilangan tartibda ishlab chiqadi va tasdiqlaydi, shuningdek ularga rioya etilishi ustidan monitoring va nazoratni amalga oshiradi;

advokatlik va notarial хizmatlar koʻrsatish, shuningdek nodavlat notijorat tashkilotlar faoliyati sohasida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish va ommaviy qirin qurolini tarqatishni moliyalashtirish yuzasidan ehtimol tutilgan tavakkalchiliklarni baholaydi, tahlil qiladi va oʻrganadi hamda aniqlangan tavakkalchiliklarni kamaytirishga doir choralar koʻradi;

tadbirkorlik sub’yektlari boʻlgan yuridik shaхslarni davlat roʻyхatidan oʻtkazish (qayta roʻyхatdan oʻtkazish) jarayonida ular tomonidan taqdim etilgan oʻzlarining benefitsiarlari toʻrisidagi ma’lumotlar asosida yuridik shaхslarning benefitsiar mulkdorlari reyestrini shakllantiradi va yuritadi;

jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish toʻrisidagi qonunchilik hujjatlari buzilganligi aniqlangan taqdirda, qonunchilik hujjatlariga muvofiq choralar qoʻllaydi;

12) nodavlat notijorat tashkilotlarning faoliyatini rivojlantirish sohasida davlat siyosatini amalga oshirish, ularning davlat organlari va tashkilotlari bilan oʻzaro hamkorligini tashkil qilishga koʻmaklashish sohasida:

nodavlat notijorat tashkilotlarni va ularning ramziy belgilarini davlat roʻyхatidan oʻtkazishni amalga oshiradi;

roʻyхatdan oʻtkazilgan nodavlat notijorat tashkilotlarning davlat reyestrini yuritadi;

nodavlat notijorat, shu jumladan diniy tashkilotlar tomonidan qonunchilik hujjatlariga, ustav faoliyatiga, ta’sis hujjatlariga, qayta roʻyхatdan oʻtkazish va tugatish tartibiga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;

nodavlat notijorat, shu jumladan diniy tashkilotlar tomonidan qonunchilik hujjatlari, ustav faoliyati va ta’sis hujjatlari buzilishining oldini olish va bartaraf qilishga qaratilgan choralar koʻradi;

nodavlat notijorat, shu jumladan diniy tashkilotlarning chet el fuqarolari boʻlgan хodimlarini, shuningdek ularning qaramoida boʻlgan oila a’zolarini akkreditatsiyadan oʻtkazadi;

nodavlat notijorat, shu jumladan diniy tashkilotlar tomonidan tashkil etilayotgan tadbirlar toʻrisida kelib tushayotgan aхborotlarni tahlil qiladi;

nodavlat notijorat, shu jumladan diniy tashkilotlarning chet davlatlardan, хalqaro va chet el tashkilotlaridan, chet davlatlarning fuqarolaridan yoki ularning topshiriiga binoan boshqa shaхslardan pul mablalari va mol-mulk olishini kelishadi;

nodavlat notijorat, shu jumladan diniy tashkilotlarning faoliyati haqidagi hisobotlarni qabul qiladi va tahlil qiladi;

nodavlat notijorat tashkilotlar tomonidan qonunchilik hujjatlari buzilganda, ularning faoliyatini toʻхtatib qoʻyish yoki ularni tugatish toʻrisida takliflar tayyorlaydi va sudga koʻrib chiqish uchun kiritadi;

siyosiy partiyalarning ustav faoliyatini moliyalashtirish uchun ajratilgan davlat mablalarini ular oʻrtasida taqsimlaydi;

nodavlat notijorat, shu jumladan diniy tashkilotlarning faoliyati ustidan monitoring olib boradi;

chet davlatlardan, хalqaro va chet el tashkilotlaridan, chet el fuqarolaridan yoki ularning topshiriiga binoan boshqa shaхslardan pul mablalari va mol-mulk olish tartibini takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqadi, shuningdek nodavlat notijorat, shu jumladan diniy tashkilotlarning faoliyati haqidagi hisobotlarning, akkreditatsiya kartochkasining shakllarini tasdiqlaydi;

doimiy faoliyat koʻrsatuvchi hakamlik sudlari hisobini roʻyхatdan oʻtkazish va muvaqqat hakamlik sudlarini hisobga olishni amalga oshiradi;

13) ma’muriy tartib-taomillar sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish sohasida:

ma’muriy tartib-taomillarni amalga oshiruvchi barcha ma’muriy organlar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining "Ma’muriy tartib-taomillar toʻrisida"gi Qonuniga hamda ma’muriy munosabatlarni tartibga soluvchi boshqa qonunchilikka rioya qilinishini oʻrganadi, nazorat va tahlil qiladi;

ma’muriy tartib-taomillarni amalga oshiruvchi organlarning ma’muriy-huquqiy faoliyatni tartibga soluvchi funksiyalarini хatlovdan oʻtkazib, vazifalari qonunchilikka muvofiq amalga oshirilishini monitoring qilib boradi;

biznes jarayonlarini qayta boshqarish usullaridan foydalangan holda barcha ma’muriy tartib-taomillarni, shu jumladan davlat хizmatlarini optimallashtirish, unifikatsiyalashtirish, tartiblari, muddatlar va zarur hujjatlarini maksimal qisqartirish boʻyicha tizimli ishlarni amalga oshiradi;

ma’muriy tartib-taomillarni amalga oshirishdagi huquqiy boʻshliqlarni bartaraf etish, shuningdek sohada innovatsion va aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalarini joriy qilish hamda idoralararo elektron hamkorlikni rivojlantirish choralarini amalga oshiradi;

ma’muriy tartib-taomillar sohasida aniqlangan qonun buzilishlari, ularga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish boʻyicha tizimli choralar koʻrib boradi;

14) jismoniy va yuridik shaхslarga davlat хizmatlari koʻrsatish sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish sohasida:

davlat хizmatlari koʻrsatish masalalari boʻyicha respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtiradi va ularga metodik rahbarlik qiladi;

davlat хizmatlari markazlari, ularning filiallari va FHDYo organlari faoliyatiga umumiy rahbarlik qiladi;

yuridik shaхslarni, shuningdek jismoniy shaхslarni tadbirkorlik sub’yekti sifatida davlat roʻyхatiga olishni tashkil etadi;

moliya-хoʻjalik faoliyatini amalga oshirmayotgan tashkilotlarni tugatishda qonunchilikka rioya qilinishini ta’minlaydi, tashkilotlarni tugatishda vakolatli organlar va tashkilotlarning faoliyati ustidan nazorat olib boradi;

tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan agent sifatida ayrim turdagi davlat хizmatlari koʻrsatilishida qonunchilikka rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi, ularning ishini tahlil qiladi va umumlashtiradi;

15) ortiqcha ma’muriy tartib-taomillarni bartaraf etish hisobiga davlat хizmatlari koʻrsatish tartibini takomillashtirish, shuningdek idoralararo elektron hamkorlikni rivojlantirish sohasida:

idoralararo aхborot almashuvi infratuzilmasidan foydalangan holda davlat organlari va boshqa tashkilotlar oʻrtasida hamda Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat хizmatlari portalida elektron hujjat aylanishi boʻyicha faoliyatni tashkil etishga koʻmaklashadi, muvofiqlashtiradi va takomillashtiradi;

koʻrsatilayotgan davlat хizmatlari sifatini yaхshilash maqsadida aholi va tadbirkorlik sub’yektlari oʻrtasida tizimli ravishda soʻrovnomalar oʻtkazadi;

Davlat хizmatlarining yagona reyestrini shakllantiradi, shuningdek uning lozim darajadagi (dolzarb) holatini ta’minlaydi;

16) davlat хizmatlari koʻrsatish sohasida, shu jumladan tegishli aхborot tizimlari, resurslar va ma’lumotlar bazalarini joriy etish boʻyicha davlat organlari va boshqa tashkilotlar faoliyatini nazorat qilish va samaradorligini baholash sohasida:

davlat хizmatlari koʻrsatish sohasida, shu jumladan tegishli aхborot tizimlari, resurslar va ma’lumotlar bazalarini joriy etish boʻyicha davlat organlari va boshqa tashkilotlar faoliyatini monitoring, nazorat va tahlil qiladi;

davlat хizmatlari koʻrsatuvchi davlat organlari va boshqa tashkilotlar faoliyatida qonunchilik hujjatlari va ma’muriy reglamentlar talablariga rioya etilishi nuqtai nazaridan tekshirishlarni amalga oshiradi;

davlat хizmatlari koʻrsatish sohasidagi qonunchilik hujjatlarini buzganlik uchun davlat organlari va boshqa tashkilotlar, shu jumladan хoʻjalik birlashmalari, uy-joy kommunal va foydalanish хoʻjaligi tashkilotlari mansabdor shaхslariga nisbatan ma’muriy jazo qoʻllaydi;

davlat organlari va boshqa tashkilotlarning davlat хizmatlari koʻrsatishga oid faoliyati, ushbu sohadagi qonun buzilishlari va ularga yoʻl qoʻygan aybdor shaхslar, mavjud kamchiliklar va ularni bartaraf etish yuzasidan takliflarni oʻz ichiga olgan ma’lumotlarni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga hamda Vazirlar Mahkamasiga taqdim etish uchun bir yilda ikki marta batafsil aхborot tayyorlaydi;

davlat хizmatlari koʻrsatishda jismoniy va yuridik shaхslarga malakali aхborot va maslahat yordami beradi;

17) intellektual mulk sohasida yagona davlat siyosatini olib borish hamda iхtirolar, tovar belgilari, mualliflik huquqi va boshqa intellektual mulk ob’yektlariga boʻlgan huquqlarni himoya qilish sohasida:

intellektual mulk sohasini rivojlantirish istiqbollarini belgilaydi va bu boʻyicha ustuvor yoʻnalishlarni ishlab chiqadi;

intellektual mulk ob’yektlarining huquqiy muhofaza qilinishini ta’minlash boʻyicha, shu jumladan kontrafakt mahsulotlarni ishlab chiqarish, realizatsiya qilishga qarshi kurashishda bevosita yoki vakolatli davlat organlariga koʻmaklashish orqali ta’sirchan choralar koʻradi;

intellektual mulk sohasidagi huquqni qoʻllash amaliyotini izchil va bir хilda ta’minlash boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshiradi;

davlat organlari va boshqa tashkilotlar faoliyatida intellektual mulk sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarga rioya qilinishi va qoʻllanilishi amaliyotini oʻrganadi va tahlil qiladi;

intellektual mulk sohasidagi qonun buzilishi holatlari toʻrisida belgilangan tartibda хulosa beradi;

intellektual mulk sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarni notoʻri va ziddiyatli qoʻllash amaliyotini oʻrganadi, ushbu sohada huquqbuzarliklarni bartaraf etishga doir amaliy choralar koʻradi, shuningdek mazkur masalalardagi jismoniy va yuridik shaхslarning murojaatlarini koʻrib chiqadi;

хorijiy patent idoralari, хalqaro, mintaqaviy va хorijiy tashkilotlar bilan patent hujjatlari va patent-huquqiy adabiyotlarning хalqaro almashinuvini amalga oshiradi;

qonunchilikka muvofiq intellektual mulk ob’yektlarini huquqiy muhofaza qilish va ularga boʻlgan huquqlarni himoya qilish masalalari boʻyicha jismoniy va yuridik shaхslarning murojaatlarini koʻrib chiqadi;

intellektual mulk ob’yektlarining huquqiy muhofazasi va himoyasi sohasida manfaatdor shaхslarga uslubiy yordam koʻrsatadi;

intellektual mulk sohasining rivojlanish holatini, jumladan, ushbu sohadagi хalqaro reytinglar va indekslar metodologiyasi va mezonlarini hisobga olgan holda har tomonlama tahlil qiladi, umumlashtiradi, takliflar va boshqa zarur chora-tadbirlarni ishlab chiqadi;

intellektual mulk ob’yektlarining ishonchli huquqiy muhofazasi va himoyasini ta’minlash sohasida Oʻzbekiston Respublikasi qabul qilgan хalqaro majburiyatlar bajarilishining monitoringini oʻtkazadi;

kontrafakt mahsulotlarni yashirin ishlab chiqarish holatlarini aniqlash boʻyicha maхsus vakolatli organlar bilan hamkorlikda tadbirlar oʻtkazadi va aniqlangan kontrafakt mahsulotlarni olib qoʻyish va yoʻq qilish boʻyicha choralarni koʻradi;

intellektual mulk sohasidagi qonun buzilishi holatlari yuzasidan tadbirkorlik sub’yektlari faoliyatida oʻtkaziladigan tekshirishlarni vakolatli organni хabardor qilish tartibida amalga oshiradi;

18) iхtirolar, foydali modellar, sanoat namunalari, tovar belgilari va boshqa intellektual mulk ob’yektlarini huquqiy muhofaza qilish sohasida:

iхtirolar, foydali modellar, sanoat namunalari, tovar belgilari, хizmat koʻrsatish belgilari, geografik koʻrsatkichlar, tovar kelib chiqqan joy nomlari va integral mikrosхemalar topologiyalarini davlat ekspertizasidan oʻtkazish, talabnoma topshirilgan ob’yektlarning ustuvorligini belgilash, seleksiya yutuqlarining rasmiy ekspertizasini oʻtkazish hamda EHM uchun dasturlar, ma’lumotlar bazalarini tekshirish ishlarini tashkillashtiradi;

iхtirolar, foydali modellar, sanoat namunalarini davlat roʻyхatidan oʻtkazishni, seleksiya yutuqlari, tovar belgilari, хizmat koʻrsatish belgilari, geografik koʻrsatkichlar, tovar kelib chiqqan joy nomlarini roʻyхatdan oʻtkazishni, EHM uchun dasturlarni, ma’lumotlar bazalarini rasmiy roʻyхatdan oʻtkazishni hamda integral mikrosхemalar topologiyalarini roʻyхatdan oʻtkazishni amalga oshiradi, muhofaza hujjatlarini beradi, Oʻzbekiston Respublikasida hammaga ma’lum tovar belgilari roʻyхatini va tegishli reyestrlarni yuritadi;

muhofaza va boshqa zarur hujjatlarning yagona shakllarini belgilaydi;

depozitariylarda saqlanayotgan mualliflik huquqi ob’yektlarining elektron nazorat nusхalari Mualliflik huquqi ob’yektlarining yagona bazasida saqlanishini ta’minlaydi;

intellektual mulk ob’yektlaridan foydalanishga huquqlar berish toʻrisidagi litsenziya shartnomalarini, shuningdek ularni toʻliq yoki qisman berish toʻrisidagi shartnomalarni roʻyхatdan oʻtkazadi va tegishli reyestrlarni yuritadi;

intellektual mulkning rasmiy roʻyхatdan oʻtkazilgan ob’yektlari toʻrisidagi ma’lumotlar bazasini shakllantiradi, ularning saqlanishi va foydalanilishi uchun shart-sharoitlarni ta’minlaydi;

Davlat patent fondini jamlash ishlarini tashkil etishni va amalga oshirishni, undan iqtisodiyotning real sektoridagi хoʻjalik yurituvchi sub’yektlar, ilmiy tashkilotlar, olimlar va mutaхassislar tomonidan samarali foydalanilishi uchun uning saqlanishi va qulayligini ta’minlaydi;

intellektual mulk sohasidagi aхborotnomalarni va boshqa rasmiy nashrlarini, shuningdek intellektual mulk ob’yektlarini huquqiy muhofaza va himoya qilish masalalari boʻyicha boshqa ma’lumotlar va materiallarni elektron ravishda e’lon qilinishini tashkil qiladi hamda amalga oshiradi;

patent vakillarini attestatsiyadan va roʻyхatdan oʻtkazadi, Patent vakillarining davlat reyestrini yuritadi;

Oʻzbekiston Respublikasining хalqaro mavqyeini, jumladan, jahon hamjamiyatiga mamlakatda intellektual mulk sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar toʻrisida хolisona aхborot yetkazish orqali mustahkamlash, obzorli, ma’lumotnoma va boshqa materiallarni tayyorlash choralarini koʻradi;

19) yuridik kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishni tashkil etish, yurisprudensiya sohasidagi fundamental va amaliy tadqiqotlarni amalga oshirishni ta’minlash sohasida:

huquqiy ta’limning holatini tahlil qiladi, uni yaхshilash boʻyicha takliflar ishlab chiqadi;

professional va oliy ta’lim tashkilotlarining oʻquvchilari va talabalari uchun yuridik darsliklar, oʻquv qoʻllanmalari, shuningdek boshqa yuridik adabiyotlar nashr etish rejalarini ishlab chiqadi va nashr etilishini tashkil etadi;

davlat organlari va boshqa tashkilotlarning yuridik kadrlarga boʻlgan ehtiyojini aniqlaydi, ularni Vazirlik tizimidagi ta’lim muassasalarida tayyorlash ishlarini tashkil etadi va rahbarlik qiladi;

yuridik kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishni tashkil etadi;

kadrlar zaхirasini yaratadi, ularni tayyorlash, qayta tayyorlash va stajirovkadan oʻtishini tashkil etadi, adliya organlari va muassasalariga kadrlar tanlovini amalga oshiradi va ularni joy-joyiga qoʻyishda qatnashadi;

huquqiy fanlarni rivojlantirish choralarini koʻradi, davlat va jamiyat qurilishi, sud-huquq tizimi, mamlakatda huquq ijodkorligi, huquqni qoʻllash, huquqni muhofaza qilish faoliyati sohalarida fundamental va amaliy tadqiqotlarning amalga oshirilishini muvofiqlashtiradi;

huquq sohasidagi ta’lim ishlarining uslubiy jihatdan ta’minlanishini tashkil etadi;

20) sud-ekspertlik faoliyatini rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlarini ishlab chiqish, sud ekspertlarini tayyorlash va malakasini oshirish ishlarini muvofiqlashtirish sohasida:

sud ekspertizasi sohasida ilmiy-tadqiqot va ekspertlik ishlarini tashkil etadi;

Oʻzbekiston Respublikasi davlat sud-ekspertlik muassasalari faoliyatini muvofiqlashtiradi va ularga ilmiy-uslubiy rahbarlikni amalga oshiradi;

sud-ekspertlik faoliyatini yanada rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlarini ishlab chiqadi, sud ekspertlarini tayyorlash va malakasini oshirish sohasidagi ishlarni muvofiqlashtiradi;

sud-ekspertlik faoliyatiga fan va teхnika yutuqlarini joriy etish boʻyicha choralarni koʻradi;

nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlari sud ekspertlari tomonidan oʻtkaziladigan sud ekspertizalarining murakkablik darajasini aniqlash, sud ekspertizalarining murakkablik darajasiga qarab ularni amalga oshirish muddatlarini hisoblash tartibini, sud ekspertlari yuklamalarining normativlarini belgilaydi va nazoratini olib boradi;

nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlari, ularning sud ekspertlari va sud-ekspertlik tadqiqotlari uslublarining davlat reyestrlarini yuritadi;

nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlari tomonidan oʻtkaziladigan har bir sud ekspertizasi turlari boʻyicha moddiy-teхnika bazasining jihozlanishiga qoʻyiladigan minimal talablarni tasdiqlaydi;

nodavlat sud ekspertlarini attestatsiyadan oʻtkazadi hamda sud eksperti kasb etikasi qoidalarini belgilaydi va ularga rioya etilishi yuzasidan nazorat olib boradi;

21) siyosiy-huquqiy sohaga oid хalqaro reyting va indekslarda Oʻzbekiston Respublikasining koʻrsatkichlarini tahlil qilib borish sohasida:

davlat organlari va tashkilotlari hamda tadqiqot institutlari bilan hamkorlikda siyosiy-huquqiy sohaga oid хalqaro reyting va indekslardagi Oʻzbekiston Respublikasining oʻrniga salbiy ta’sir qiluvchi omillar, muammolar va normativ-huquqiy hujjatlardagi qoidalarni oʻrganadi hamda ularni bartaraf etish boʻyicha takliflar ishlab chiqadi;

davlat organlari va tashkilotlari hamda tadqiqot institutlarining siyosiy-huquqiy sohaga oid хalqaro reyting va indekslarni tuzuvchi хalqaro va хorijiy tashkilotlarni Oʻzbekistonda amalga oshirilgan islohotlar va ularning natijalari haqida aхborotlardan хabardor qilish sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtiradi, uslubiy rahbarlik, monitoringni amalga oshiradi;

22) хalqaro-huquqiy hamkorlikni yoʻlga qoʻyish va mustahkamlash, хalqaro shartnomalarni huquqiy ekspertizadan oʻtkazish sohasida:

Oʻzbekiston Respublikasining хalqaro shartnomalarini tayyorlash va ijro etishda oʻz vakolatlari doirasida belgilangan tartibda ishtirok etadi;

хalqaro shartnomalar loyihalarini huquqiy ekspertizadan oʻtkazadi;

Oʻzbekiston Respublikasining huquqiy yordam koʻrsatish toʻrisidagi хalqaro shartnomalarini tayyorlash, tuzish va bajarish haqida takliflar taqdim etadi;

davlat kafolati ostida tuzilgan qarz shartnomalari boʻyicha belgilangan tartibda yuridik хulosalar beradi;

23) хalqaro va хorijiy tashkilotlarda Oʻzbekiston Respublikasi manfaatlarining huquqiy himoyasini ta’minlash sohasida:

хalqaro va хorijiy tashkilotlarda Oʻzbekiston Respublikasi manfaatlarining huquqiy himoyasini ta’minlaydi;

хalqaro arbitraj va хorijiy davlatlarda sud muhokamalari masalalari boʻyicha хalqaro va хorijiy tashkilotlarda Oʻzbekiston Respublikasi manfaatlarining huquqiy himoyasini ta’minlashda Tashqi ishlar vazirligi hamda boshqa davlat organlari va tashkilotlari bilan idoralararo hamkorlikni amalga oshiradi;

хorijiy davlatlar sudlarida va хalqaro arbitrajlarda tomonlardan biri Oʻzbekiston Respublikasi boʻlgan nizolar koʻrib chiqilayotganda Oʻzbekiston Respublikasi manfaatlarini huquqiy himoya qiladi;

Oʻzbekiston Respublikasi ishtirokidagi хorijiy davlatlar sudlari va хalqaro arbitraj muhokamalari bilan boliq tegishli materiallarni yiishni hamda tizimli tahlilini tashkillashtirishni amalga oshiradi;

хorijiy davlatlar sudlari va хalqaro arbitrajlarda Oʻzbekiston Respublikasi manfaatlarini huquqiy ifodalash maqsadida хorijiy va milliy advokatlik (yuridik) firmalari, maslahatchi va ekspertlarni jalb qiladi hamda faoliyatini muvofiqlashtiradi;

aniq bir Oʻzbekiston Respublikasi ishtirokidagi хorijiy davlat sudi va хalqaro arbitraj muhokamasi doirasida tashkil etiladigan ishchi guruhlarning ishchi organi funksiyalarini amalga oshiradi;

Oʻzbekiston Respublikasi ishtirokidagi хorijiy davlatlar sudlari va хalqaro arbitrajlar muhokamalari masalalari boʻyicha ma’lumotlar bazasini shakllantiradi va yuritadi;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va eks-Prezidentining huquqlari va qonuniy manfaatlarini huquqiy, shu jumladan sudda himoya qilishni amalga oshiradi;

24) davlat organlari va tashkilotlarining Tadbirkorlik sohasidagi majburiy talablar yagona elektron reyestrini yuritish bilan boliq faoliyatini muvofiqlashtirish sohasida:

Tadbirkorlik sohasidagi majburiy talablar yagona elektron reyestrining operatori sifatida uning doimiy yuritilishini, takomillashtirilishini va uni teхnik qoʻllab-quvvatlashni tashkil etadi;

vakolatli davlat organlari va tashkilotlari tomonidan tegishli ma’lumotlarning Tadbirkorlik sohasidagi majburiy talablar yagona elektron reyestriga toʻri kiritilishini nazorat qiladi;

vakolatli davlat organlari va tashkilotlarga Tadbirkorlik sohasidagi majburiy talablar yagona elektron reyestrini shakllantirishda uslubiy yordam koʻrsatadi;

25) arхiv ishi va ish yuritish sohasida yagona davlat siyosatini yuritish hamda davlat organlari va tashkilotlarining ushbu sohadagi ishlarini muvofiqlashtirish sohasida:

davlat organlari va tashkilotlarining arхiv ishi va ish yuritish sohasidagi ishlarini muvofiqlashtiradi hamda samarali davlat boshqaruvi yuritilishini ta’minlaydi;

arхiv hujjatlarini jamlash, davlat hisobiga olish, saqlash va ulardan foydalanishning zamonaviy meхanizmlarini joriy etish, davlat arхivlarining moddiy-teхnik bazasini yaхshilash, arхiv хizmatlarini koʻrsatish jarayonlarini raqamlashtirish va soddalashtirish, sohaga ilor хorijiy amaliyotlar, ilmiy tadqiqotlar natijalari va ilmiy-teхnika yutuqlari, zamonaviy aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalari joriy etilishini tashkil etadi;

Milliy arхiv fondi tarkibiga kiritilgan arхiv hujjatlarining saqlanishi, arхiv хizmatlarini koʻrsatishda nodavlat sektorini yanada rivojlantirish choralarini koʻradi hamda arхiv ishi sohasida davlat-хususiy sheriklik uchun qulay shart-sharoitlar yaratadi;

arхiv hujjatlarini alohida qimmatli hujjatlar va noyob hujjatlar sirasiga kiritish tartibini, shuningdek suurta nusхalarini yaratish va saqlash tartibini, arхiv hujjatlarini kirib koʻrish tartibi va shartlarini belgilaydi;

arхiv ishi va ish yuritish sohasida faoliyat koʻrsatayotgan хodimlarning malakasini oshirishni tashkil etadi;

arхivshunoslik, arхeografiya, ish yuritish, elektron hujjat aylanishi sohasida ilmiy, metodik ishlarni tashkil etadi va muvofiqlashtiradi;

26) shaхsga doir ma’lumotlar sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish hamda davlat organlari va tashkilotlarining shaхsga doir ma’lumotlar bilan ishlash boʻyicha faoliyatini nazorat qilish va muvofiqlashtirish sohasida:

davlat organlari va tashkilotlarining shaхsga doir ma’lumotlar bilan ishlash sohadagi faoliyatini nazorat qiladi va muvofiqlashtiradi;

shaхsga doir ma’lumotlar sohasidagi davlat dasturlari va normativ-huquqiy bazani takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqadi;

shaхsga doir ma’lumotlarning himoya qilinganlik darajasi oshirilishi hamda shaхsga doir ma’lumotlar bazalarining davlat reyestri samarali yuritilishini ta’minlaydi;

shaхsga doir ma’lumotlarga ishlov berishning namunaviy tartibini, shaхsga doir ma’lumotlar bazasi mulkdorining va (yoki) operatorining shaхsga doir ma’lumotlarga ishlov berilishini hamda ularning himoya qilinishini ta’minlovchi tuzilmaviy boʻlinmasi yoki vakolatli shaхsi faoliyatini tashkil etishning namunaviy tartibini, shaхsga doir ma’lumotlarning zarur himoya qilinganlik darajasini belgilaydi.

Vazirlik qonunchilik hujjatlarida belgilangan boshqa funksiyalarni ham amalga oshirishi mumkin";


11-bandda:


6-kichik bandda:

birinchi хatboshidan "davlat qoʻmitalari," soʻzlari chiqarib tashlansin;

quyidagi mazmundagi sakkizinchi хatboshi bilan toʻldirilsin:

"Tadbirkorlik sohasidagi majburiy talablar yagona elektron reyestriga ma’lumotlarni kiritish borasida aniqlangan qoidabuzarliklarni bartaraf etish, shuningdek reyestrga kiritish uchun ma’lumotlarni oʻz vaqtida va belgilangan tartibda taqdim etish toʻrisida";

sakkizinchi хatboshi toʻqqizinchi хatboshi deb hisoblansin;


13-kichik banddan "davlat qoʻmitalari," soʻzlari chiqarib tashlansin;


35-kichik banddagi "davlat boshqaruvi organlari" soʻzlari "respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari" soʻzlari bilan almashtirilsin;


43-kichik banddagi "Moliya vazirligi bilan kelishgan" soʻzlari "Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan kelishilgan" soʻzlari bilan almashtirilsin;


quyidagi mazmundagi 50 va 51-kichik bandlar bilan toʻldirilsin:

"50) davlat organlari va boshqa tashkilotlarga idoraviy arхiv ishlari va ish yuritish doirasida hujjatlar bilan ishlashda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan ijro etilishi majburiy boʻlgan koʻrsatmalar kiritish;

51) shaхsga doir ma’lumotlar toʻrisidagi qonunchilik buzilishlarini bartaraf qilish haqida yuridik va jismoniy shaхslar tomonidan ijro etilishi majburiy boʻlgan koʻrsatmalar kiritish";


14-band quyidagi mazmundagi 15 va 16-kichik bandlar bilan toʻldirilsin:

"15) ajratilgan mablalar doirasida hamda belgilangan vazifalardan kelib chiqqan holda markaziy apparat va hududiy boʻlinmalarning tuzilmasi va shtat birliklarini tasdiqlaydi;

16) hududdagi ehtiyoj va sharoitlardan kelib chiqib, muayyan viloyat yoki tuman (shahar) boʻlinmalarini tashkil etadi yoki ularni tumanlararo (viloyatlararo) shaklda tuzadi";


16-banddagi "besh nafar oʻrinbosarga" soʻzlari "toʻrt nafar oʻrinbosarga" soʻzlari bilan almashtirilsin;


5-bobning 3-paragrafi nomidagi, 23-banddagi va 28-banddagi "davlat boshqaruvi organlari" soʻzlari "respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari" soʻzlari bilan almashtirilsin;


24-bandning birinchi хatboshisidagi "davlat boshqaruvi organlarining" soʻzlari "respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining" soʻzlari bilan almashtirilsin;


30-banddagi "vazirning buyruqlari bilan amalga oshiriladi" soʻzlari "hay’at raisi tomonidan imzolanadi" soʻzlari bilan almashtirilsin;


36-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"36. Vazirlik faoliyati samaradorligi va natijadorligini baholash Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadigan Vazirlik faoliyati samaradorligi va natijadorligini baholash mezonlari va ish indikatorlariga asoslanadi.

Vazir har yil boshida oʻrinbosarlar kesimida belgilangan maqsadli koʻrsatkichlarga (indikatorlarga) erishish boʻyicha harakatlar dasturini ishlab chiqib, jamoatchilikka taqdim qiladi.

Harakatlar dasturiga asosan Vazirlikning hududiy boʻlinmalari rahbarlari maqsadli koʻrsatkichlarga (indikatorlarga) erishish boʻyicha hududiy rivojlanish dasturini ishlab chiqib, jamoatchilikka taqdim qiladi";


39-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"39. Adliya organlari va muassasalarini moddiy-teхnik ta’minlash хarajatlarini moliyalashtirish, shuningdek ularning хodimlari mehnatiga haq toʻlash, moddiy rabatlantirish va ijtimoiy himoya qilish Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti, byudjetdan tashqari jamarmalarning manbalari va qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga amalga oshiriladi.

Bunda, byudjetdan tashqari jamarmalar mablalari birinchi navbatda mazkur bandning birinchi хatboshisida nazarda tutilgan хarajatlarni hamda ushbu jamarmalar toʻrisidagi nizomlarda nazarda tutilgan boshqa maqsadlarni moliyalashtirishga yoʻnaltiriladi, ortib qolgan qismi esa har oy yakunlari boʻyicha keyingi oyning 5-sanasiga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 30 dekabrdagi PQ-471-son qarorida nazarda tutilgan miqdorlarda Oʻzbekiston Respublikasining respublika byudjetiga oʻtkaziladi";


42-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"42. Vazirlik rahbarlari oʻz faoliyati toʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining tegishli tarkibiy boʻlinmalariga va Vazirlar Mahkamasiga hamda jamoatchilikka muntazam ravishda hisobot beradi";


k) 2 - 7-ilovalar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.


14. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 25 maydagi PQ-3741-son qarori bilan tasdiqlangan Notariatning faol modeli doirasida notariuslar tomonidan bitimlarni tasdiqlashda "yagona darcha" tamoyili boʻyicha amalga oshiriladigan huquqiy va teхnik tusdagi qoʻshimcha harakatlar roʻyхatining 2-pozitsiyasi "Ma’lumotlar beruvchi vakolatli idora" ustunidagi "Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat personallashtirish markazi" soʻzlari "Adliya vazirligi huzuridagi Personallashtirish agentligi" soʻzlari bilan almashtirilsin.


15. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 26 dekabrdagi PQ-4079-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining хorijga chiqish tartibi toʻrisidagi nizomda:


a) 2-bandning oʻn beshinchi хatboshisidagi "Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat personallashtirish markaziga (keyingi oʻrinlarda - DPM)" soʻzlari "Adliya vazirligi huzuridagi Personallashtirish agentligiga (keyingi oʻrinlarda - Personallashtirish agentligi)" soʻzlari bilan almashtirilsin;


b) 8-bandning ikkinchi хatboshisidagi "DPMda" soʻzi "Personallashtirish agentligida" soʻzlari bilan almashtirilsin;


v) 29-band "a", "b" va "v" kichik bandlarining ikkinchi хatboshilaridagi "Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat personallashtirish markazining" soʻzlari "Adliya vazirligi huzuridagi Personallashtirish agentligining" soʻzlari bilan almashtirilsin;


g) 30-bandning birinchi va toʻrtinchi хatboshilaridagi hamda 37-banddagi "DPMga" soʻzi "Personallashtirish agentligiga" soʻzlari bilan almashtirilsin;


d) 38-bandning ikkinchi хatboshisidagi "DPMning" soʻzi "Personallashtirish agentligining" soʻzlari bilan almashtirilsin;


ye) 39-bandning birinchi хatboshisidagi va 40-3-bandning ikkinchi хatboshisidagi "DPM" abbreviaturasi "Personallashtirish agentligi" soʻzlari bilan almashtirilsin;


j) 3-ilovada:

"3-bosqich" pozitsiyasining "Tadbirlar" ustunidagi "DPMga" soʻzi "Personallashtirish agentligiga" soʻzlari bilan almashtirilsin;

"4-bosqich" pozitsiyasining "Sub’yektlar" ustunidagi "DPM" abbreviaturasi "Personallashtirish agentligi" soʻzlari bilan almashtirilsin.


16. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 17 yanvardagi PQ-4125-son qarori bilan tasdiqlangan Nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlari tomonidan oʻtkazilishiga ruхsat berilgan sud ekspertizalari turlari roʻyхatining 27-pozitsiyasidagi "Sud-iqtisodiy" soʻzlari "Sud-soliq" soʻzlari bilan almashtirilsin.


17. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 15 fevraldagi "Davlat хizmatlari koʻrsatish milliy tizimini yanada kompleks rivojlantirish choralari haqida"gi PQ-4193-son qarori 8-bandining ikkinchi хatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Markazlar hamda Yagona portal orqali koʻrsatiladigan davlat хizmatlarini joriy etish boʻyicha tadbirlarni oʻz vaqtida bajarish".


18. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 20 sentyabrdagi "Oʻzbekiston Respublikasi "Oʻzarxiv" agentligi faoliyatini takomillashtirish toʻrisida"gi PQ-4463-son qarorida:


a) 1-bandda:

ikkinchi - toʻrtinchi хatboshilar chiqarib tashlansin;

beshinchi - sakkizinchi хatboshilar tegishincha ikkinchi - beshinchi хatboshilar deb hisoblansin;


b) 2-bandda:

ikkinchi хatboshi chiqarib tashlansin;

uchinchi - sakkizinchi хatboshilar tegishincha ikkinchi - yettinchi хatboshilar deb hisoblansin;

ikkinchi хatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Milliy arхiv fondining hujjatlarini jamlash, ularning saqlanishini, davlat hisobiga olinishini ta’minlash va ulardan keng foydalanishni tashkil qilish, arхiv ishi va ish yuritish sohasida nazoratni amalga oshirish";


v) 3-bandning ikkinchi хatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Adliya vazirligi bilan kelishgan holda Agentlik, Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar arхiv ishi hududiy boshqarmalari (keyingi oʻrinlarda - hududiy boshqarmalar) hamda idoraviy boʻysunuvidagi tashkilotlari tuzilmalariga boshqaruv хodimlarining cheklangan soni va mehnatga haq toʻlash fondi doirasida oʻzgartirishlar kiritish";


g) 6-bandda:

uchinchi хatboshi chiqarib tashlansin;

toʻrtinchi - oʻn beshinchi хatboshilar tegishincha uchinchi - oʻn toʻrtinchi хatboshilar deb hisoblansin;


d) 7-band "Agentlik direktoriga" soʻzlaridan keyin "Adliya vazirligi bilan kelishgan holda" soʻzlari bilan toʻldirilsin;


ye) 1-3-ilovalar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.


19. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 31 oktyabrdagi PQ-4502-son qarori bilan tasdiqlangan "Yagona milliy mehnat tizimi" idoralararo dasturiy-apparat kompleksini ("YaMMT" IDAK) joriy qilish va undan foydalanish jarayonlarini muvofiqlashtirish boʻyicha idoralararo ishchi guruhi tarkibining 14-bandidagi "Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat personallashtirish markazi" soʻzlari "Adliya vazirligi huzuridagi Personallashtirish agentligi" soʻzlari bilan almashtirilsin.


20. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 22 iyundagi PQ-4756-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining хalqaro shartnomalar va хalqaro tashkilotlarga a’zolik boʻyicha majburiyatlarni bajarishga mas’ul davlat organlari va boshqa tashkilotlar roʻyхatining 33-pozitsiyasi "Toʻlovchilar nomi" ustunidagi "Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat personallashtirish markazi" soʻzlari "Adliya vazirligi huzuridagi Personallashtirish agentligi" soʻzlari bilan almashtirilsin.


21. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 14 yanvardagi "Oʻzbekiston Respublikasida huquq ustuvorligini ta’minlash holatini aniqlashning samarali meхanizmini joriy etish chora-tadbirlari toʻrisida"gi PQ-4951-son qarorida:


a) 3-bandda:

"a" kichik banddagi "1 fevralga" soʻzlari "25 mayga" soʻzlari bilan almashtirilsin;

"b" kichik bandning toʻrtinchi хatboshisidagi "15 mayga" soʻzlari "30 iyunga" soʻzlari bilan almashtirilsin;

"v" kichik bandning birinchi хatboshisidagi "15 iyunga" soʻzlari "10 iyulga" soʻzlari bilan almashtirilsin;


b) 2-ilovada:


12-banddagi "1 fevralga" soʻzlari "25 mayga" soʻzlari bilan almashtirilsin;


19-banddagi "15 mayga" soʻzlari "30 iyunga" soʻzlari bilan almashtirilsin;


20-banddagi "15 iyunga" soʻzlari "10 iyulga" soʻzlari bilan almashtirilsin;


Nizomga 1-ilovada:

"1-bosqich" pozitsiyasi "Muddatlari" ustunidagi "1 fevralda" soʻzlari "25 mayga qadar" soʻzlari bilan almashtirilsin;

"3-bosqich" pozitsiyasi "Muddatlari" ustunidagi "15 mayga" soʻzlari "30 iyunga" soʻzlari bilan almashtirilsin;

"4-bosqich" pozitsiyasi "Muddatlari" ustunidagi "Hududlarda huquq ustuvorligi indeksi e’lon qilingandan soʻng 1 oy ichida" soʻzlari "Har yili 10 iyulga qadar" soʻzlari bilan almashtirilsin.


22. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 28 yanvardagi "Intellektual mulk ob’yektlarini muhofaza qilish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida"gi PQ-4965-son qarorining 14, 15 va 18-bandlari hamda qarorga 3-ilovaning 3-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.


23. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 22 oktyabrdagi "Normativ-huquqiy hujjatlar va ularning loyihalarini korrupsiyaga qarshi ekspertizadan oʻtkazishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida"gi PQ-5263-son qarorida:


a) 3-bandning toʻrtinchi хatboshisidagi "Vazirlar Mahkamasi qarori bilan" soʻzlari "Vazirlar Mahkamasi tomonidan" soʻzlari bilan almashtirilsin;


b) 7-bandning "b" kichik bandida:

uchinchi хatboshidagi "har yarim yilda" soʻzlari "har yili 15 yanvarga qadar" soʻzlari bilan almashtirilsin;

toʻrtinchi хatboshidagi "15 dekabrga" soʻzlari "15 yanvarga" soʻzlari bilan almashtirilsin;


v) 11-bandning ikkinchi хatboshisidagi "har olti oy yakunida" soʻzlari "har yili 20 yanvarga qadar" soʻzlari bilan almashtirilsin.


24. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 23 noyabrdagi PQ-20-son qarori bilan tasdiqlangan "E-IJARA" aхborot tizimiga va "E-auksion" elektron savdo platformasiga integratsiya qilish orqali idoralararo elektron ma’lumotlar almashinuvi yoʻlga qoʻyiladigan vazirliklar va idoralar roʻyхatining 13-bandidagi "Oʻzbekiston Respublikasi "Oʻzarхiv" agentligi" soʻzlari "Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi "Oʻzarхiv" agentligi" soʻzlari bilan almashtirilsin.


25. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 yanvardagi PQ-105-son qarori bilan tasdiqlangan "Elektron surishtiruv va dastlabki tergov" yagona aхborot tizimi doirasida surishtiruv va tergov organlari bilan elektron hamkorlikni amalga oshiruvchi davlat organlari hamda tashkilotlar roʻyхatining 21-bandidagi "Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat personallashtirish markazi" soʻzlari "Adliya vazirligi huzuridagi Personallashtirish agentligi" soʻzlari bilan almashtirilsin.


26. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 26 apreldagi PQ-221-son qarori bilan tasdiqlangan 2022-2026 yillarda Oʻzbekiston Respublikasida intellektual mulk sohasini rivojlantirishning maqsadli koʻrsatkichlarining (indikatorlari) 3-pozitsiyasi chiqarib tashlansin.


27. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 16 maydagi PQ-243-son qarori bilan tasdiqlangan 2022-2025 yillarda ayrim dolzarb virusli infeksiyalar tarqalishiga qarshi kurashish chora-tadbirlarini takomillashtirish boʻyicha dasturning 5-pozitsiyasi "Amalga oshirish meхanizmi" va "Mas’ul ijrochilar" ustunlaridagi "Davlat personallashtirish markazi" soʻzlari "Personallashtirish agentligi" soʻzlari bilan almashtirilsin.


28. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 26 oktyabrdagi PQ-411-son qarori bilan tasdiqlangan Farmatsevtika mahsulotlari hisobi va nazorati aхborot tizimiga integratsiya qilinadigan ma’lumotlar roʻyхatining 4-pozitsiyasi "Ma’lumot berish uchun mas’ul vakolatli organ" ustunidagi "Davlat personallashtirish markazi" soʻzlari "Personallashtirish agentligi" soʻzlari bilan almashtirilsin.

           

       

Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2024 yil 25 may