Kiyinish qoidalariga (dress-kodga) rioya etilmaganda ishdan boʻshatish mumkinmi?

preview

«Kompaniya xodimasi ishga lozim darajada kiyinib kelmaydi, bu holat muntazam davom etmoqda. Kiyinish odobini buzganligi uchun unga qanday choralarni qoʻllashimiz mumkin? Rahbar uni ishdan boʻshatishni talab qilyapti».

Mehnat toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari nuqtai nazaridan ushbu muammoni hal etishning bunday variantini qoʻllash mumkinmi, bu haqda buxgalter.uz iltimosiga binoan «Norma» kompaniyasi eksperti Lenara XIKMATOVA soʻzlab berdi:

– Bunda hammasi tashkilotingizda xodimlarning tashqi koʻrinishiga nisbatan talablar belgilanganligiga bogʻliq boʻladi. Ya’ni, avvalo, kompaniya hujjatlarida kiyinish qoidalarini toʻgʻri belgilash lozim. Buning uchun kiyinish qoidalariga rioya etishi majburiy boʻlgan xodimlar roʻyxatini tuzing (masalan, doimiy ravishda mijozlar bilan muomalada boʻladigan xodimlarni tanlab oling). Lokal hujjatlarda bunday talablarni aniq-ravshan belgilang.

Xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasiga, jamoa shartnomasiga, ichki mehnat tartibi qoidalariga (IMTQ) kiyinish qoidalari toʻgʻrisidagi nizom hamda unga rioya etilishi lozimligi kiritiladi. Yirik kompaniyalar alohida lokal hujjatni – Xodimlarning tashqi koʻrinishi toʻgʻrisidagi nizom, Korporativ kodeks, Axloh-odob qoidalarini ishlab chiqishi maqsadga muvofiq boʻladi. Hujjat ish beruvchi tomonidan tasdiqlanadi, va imkoniyat darajasida xodimlarning vakillik organlari (ular mavjud boʻlgan taqdirda) bilan kelishiladi.

MKning 176-moddasida aytilishicha, xodim oʻz mehnat vazifalarini halol, vijdonan bajarishi, mehnat intizomiga rioya qilishi, ish beruvchining qonuniy farmoyishlarini oʻz vaqtida va aniq bajarishi, texnologiya intizomiga, mehnat muhofazasi, texnika xavfsizligi va ishlab chiqarish sanitariyasi talablariga rioya qilishi, ish beruvchining mol-mulkini avaylab-asrashi shart. Xodimning mehnat vazifalari ichki tartib qoidalarida, intizom toʻgʻrisidagi ustav va nizomlarda, korxonada qabul qilinadigan lokal hujjatlarda (jamoa shartnomalarida, yoʻriqnomalar va hokazolarda), mehnat shartnomasida aniq belgilab qoʻyiladi. MKning 178-moddasida esa har bir xodim oʻziga yuklatiladigan mehnat vazifalari doirasi bilan oldindan tanishtirilishi lozimligi belgilangan. Shu bois, agar kompaniyada kiyinish qoidalarini qoʻllash toʻgʻrisida tasdiqlangan hujjat mavjud va xodimlar ushbu hujjat bilan tanishtirilgan boʻlsa, unga majburiy tartibda rioya etilishi shart. Shuningdek xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasida qayd etilgan tashqi koʻrinish qoidalariga rioya etilishi toʻgʻrisidagi shartni bajarish ham majburiy hisoblanadi.

Tegishli ravishda, xodimga mehnat intizomini buzganligi, ayniqsa belgilangan kiyinish qoidalariga (dress-kod) rioya etmaganligi uchun ish beruvchi quyidagi intizomiy jazo choralarini qoʻllashga haqli: hayfsan, jarima, mehnat shartnomasini bekor qilish . Intizomiy jazo choralarining qoʻllanilishi MKning 182-moddasi qoidalariga binoan rasmiylashtiriladi.

Rahbar xodimni ishdan boʻshatishni talab qilganda, buni tartib-taomillarga toʻgʻri rioya etgan holda amalga oshirish lozim.

MKning 100-moddasi 2-qismi 3 va 4-bandlaridan kelib chiqqan holda, tegishincha xodimning oʻz mehnat vazifalarini bir marta qoʻpol ravishda buzganligi hamda muntazam ravishda buzganligi uchun u bilan tuzilgan mehnat shartnomasini bekor qilish mumkin.

MKning 100-moddasi 2-qismi 3-bandi boʻyicha (mehnat vazifalarini muntazam ravishda buzganlik uchun) xodimni soʻndirilmagan yoki hali olib tashlanmagan intizomiy undiruvlari mavjud boʻla turib kiyinish odobiga rioya etmaganligi uchun ishdan boʻshatish mumkin. Ya’ni kiyinish odobini buzganligi uchun intizomiy jazoga tortilgan kundan e’tiboran bir yil davomida xuddi shunday holat takrorlangan taqdirda xodim ishdan boʻshatiladi.

Masalan, oʻtgan oyda xodimaga nisbatan birinchi marta intizomiy jazo qoʻllanilgan, kiyinish qoidalarini buzganligi uchun jarimaga tortilgan. Bir oy oʻtgach u yana kiyinish qoidalarini buzib, tashqi koʻrinishi kiyinish qoidalari talablariga muvofiq boʻlmagan holatda ishga kelgan. Bu bilan u oʻz mehnat majburiyatlarini muntazam ravishda buzgan hisoblanadi va oqibatda MKning 100-moddasi 2-qismi 3-bandiga koʻra ishdan boʻshatilishi mumkin.

MKning 100-moddasi 2-qismi 4-bandi boʻyicha (mehnat vazifalarini bir marta qoʻpol ravishda buzganligi uchun) xodimni faqat quyidagi shartlarga rioya etilgan holatlarda ishdan boʻshatishingiz mumkin:

  • kompaniyangizda tasdiqlangan va xodimlarning vakillik organi tomonidan kelishilgan IMTQ mavjud boʻlsa;
  • IMTQda kiyinish qoidalariga rioya etmaslik mehnat majburiyatlarini bir marta qoʻpol ravishda buzish holatlari roʻyxatida keltirilgan va buning oqibatida mehnat shartnomasi bekor qilinishi mumkinligi koʻrsatilgan boʻlsa.

Ushbu asoslarga koʻra ishdan boʻshatiladigan xodim bu haqda 3 kun oldin ogohlantirilishi yoki unga mutanosib ravishda pullik kompensatsiya toʻlanishi lozim . Bundan tashqari mehnat shartnomasini bekor qilishda, agar jamoa kelishuvi yoki jamoa shartnomasida xodimlar vakillik organining oldindan roziligini olish nazarda tutilgan boʻlsa, bu holatni ular bilan kelishib olish lozim .

Yuqorida aytib oʻtilgan ishdan boʻshatish holatlarini qoʻllashning imkoni boʻlmasa (masalan, kompaniyada IMTQ mavjud boʻlmasa; birinchi marta qoidabuzarlik uchun ogʻzaki ogohlantirish berilgan – intizomiy jazo buyruq bilan rasmiylashtirilmagan boʻlsa va h.k.) xodimni jarimaga tortish yoki unga hayfsan e’lon qilish mumkin.

Tushuntirishlar material e’lon qilingan paytda amalda boʻlgan normalarni hisobga olgan holda tayyorlangan va ekspertlar fikrini aks ettiradi. Yakuniy qarorni foydalanuvchi aniq vaziyatlarni hisobga olgan holda mustaqil ravishda qabul qiladi
Oʻzbekistonda mehnat shartnomasini bekor qilish - mehnat shartnomasini bekor qilish uchun asoslar va mehnat shartnomasini bekor qilish jarayoni mehnat shartnomasini bekor qilish, oʻzbekistonda mehnat shartnomasini bekor qilish, oʻzbekistonda mehnat shartnomasini bekor qilish, mehnat shartnomasini bekor qilish Oʻzbekistonda mehnat shartnomasini bekor qilish. Oʻzbekistonda mehnat shartnomasini bekor qilish uchun asoslar. Mehnat shartnomasini bekor qilish jarayoni. Bu erda mehnat shartnomasini bekor qilish toʻgʻrisidagi ma’lumotlar, shuningdek, mehnat shartnomasini bekor qilish sabablari /oz/publish/doc/text175467_kiyinish_qoidalariga_dress-kodga_rioya_etilmaganda_ishdan_bushatish_mumkinmi1