Oktyabr oyida har bir хodim uchun foydali boʻladi:
Qurbon hayiti 2020 yilgi ish vaqti hisob-kitobiga qanday ta’sir koʻrsatadi
Joriy yilda Oʻzbekistonda Qurbon hayiti 31 iyulda nishonlanadi . 2020 yilgi ish vaqti taqvimi ushbu sanani hisobga olgan holda tuzilgan. Joriy yilda bayramni nishonlash bilan bogʻliq ish vaqti hisob-kitobining oʻziga хos jihatlari toʻgʻrisida «Norma» kompaniyasining kadrlar masalalari boʻyicha eksperti Valeriya LYaNDRES soʻzlab berdi:
– Ushbu sanada 5 kunlik va 6 kunlik ish haftasi boʻyicha ishlaydigan хodimlar uchun dam olish kunini koʻchirish va qoʻshimcha dam olish kunlari nazarda tutilmagan.
Iyul oyida ish vaqti normasi oʻzgarmaydi:
- 5 kunlik ish haftasida 22 ish kuni (175 soat);
- 6 kunlik ish haftasida 26 ish kuni (haftasiga 40 soat ishlanganda 173 soat va haftasiga 36 soat ishlanganda 155 soat).
31 iyul ta’til hisob-kitobiga kiritilmaydi .
30 iyulda (bayram arafasida) kunlik ish (smena) davomiyligi barcha хodimlar uchun 1 soatga kamaytiriladi .
31 iyul kuni ishlaydigan хodimlar mehnatiga har bir ish soati uchun ikki hissadan kam boʻlmagan miqdorda haq toʻlanishi lozim .