Oktyabr oyida har bir хodim uchun foydali boʻladi:
31 avgust ish vaqti hisob-kitobiga qanday ta’sir koʻrsatadi
Fuqarolar joriy yilda Mustaqillik kunini nishonlay olishlari uchun dam olish kuni 2020 yil 29 avgustdan 31 avgustga koʻchirildi . Ish haftasi turi – 5-kunlik yoki 6-kunlik ish haftasidan qat’i nazar, 31 avgust – barcha tashkilotlar uchun ishlanmaydigan kun. Byudjet tashkilotlarida ushbu qoʻshimcha ishlanmaydigan kun хodimlarning yillik mehnat ta’tili muddatini bir kunga qisqartirish hisobiga kompensatsiya qilinadi. Boshqa mulkchilik shaklidagi tashkilotlarda – moliyaviy ahvoli va jamoa shartnomasi yoki kasaba uyushmasi qoʻmitasi bilan kelishilgan holda qabul qilinadigan boshqa lokal hujjatlar bilan belgilanadi.
Bularning barchasini qanday qilib ish vaqti hisob-kitobida aks ettirish haqida kadrlar masalalari boʻyicha “Norma” eksperti Valeriya LYaNDRES gapirib berdi:
- 5-kunlik ish haftasi uchun ta’til kunlari hisob-kitobiga 2020 yil 29 va 31 avgust kiradi, sababi ular – oʻzaro almashiniladigan va tegishincha, shanba va dushanba hisoblanadi .
6-kunlik ish haftasi uchun 31 avgust ta’tilni qisqartirish hisobiga kompensatsiya qilingan taqdirda ta’til hisob-kitobiga kiradi va tegishincha, agar qoʻshimcha dam olish kuni boʻlsa, kirmaydi.
Eslatib oʻtamiz: qoʻshimcha dam olish kunlari munosabati bilan ta’til kunlarini qisqartirishda ta’til muddati 15 ish kunidan kam boʻlishi mumkin emas.
Oyning oхirgi ish kuni – 29 avgust – qisqartirilgan ish kuni hisoblanmaydi.
Mehnat vazirligi tomonidan 2020 yil uchun tasdiqlangan ish vaqti taqvimiga asosan:
1. Ish kunlari soni:
- 5-kunlik ish haftasida – 21 kun;
- 6-kunlik ish haftasida – 25kun.
2. Ish vaqti hisob-kitobi (soatda):
- 5 kunlik (40 soatli) ish haftasida - 168 soat;
- 6 kunlik (40 soatli) ish haftasida - 165 soat;
- 36-soatli ish haftasida – 150 soat.
Ishlab chiqarish uzluksiz boʻlgan tashkilotlarda 30 avgustdan 1 sentyabrga qadar davrdagi ishlar dam olish kunlari va bayram kunlaridagi ishlar hisoblanadi va kamida ikki hissa miqdorida haq toʻlanishi kerak.