Oktyabr oyida har bir хodim uchun foydali boʻladi:
2021 yil uchun ish vaqti me’yorining ishlab chiqarish taqvimi tasdiqlandi
3 dekabr kuni Prezidentning “2021 yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qoʻshimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini koʻchirish toʻgʻrisida” PF-6122-son Farmoni qabul qilindi. Unga muvofiq 4 dekabrda Mehnat vazirligi 2021 yil uchun ish vaqti me’yorining ishlab chiqarish taqvimini tayyorladi. Asli – bu yerda. Buxgalter.uz siz uchun topgan suratlar.
Oʻtgan yillar bilan solishtirganda 2021 yilda oʻzbekistonliklarda faqat bitta koʻchirilgan dam olish kuni boʻladi, (haftada 5 kun ishlaydiganlar uchun) – 22 mart. U 27 mart shanba kuni ishlab berilishi lozim.
Sanalari yaqin kalendar dam olish kunlariga toʻgʻri keladigan bayramlar uchun qoʻshimcha dam olish kunlari nazarda tutilgan, ularni ishlab berishga toʻgʻri kelmaydi. Va e’tiborli jihati shundaki – “olti kunlik” rejimda ishlaydiganlar uchun ham ular ishlanmaydigan (dam olish) kunlari boʻladi. “Olti kunlik”lar uchun yaqin shanba ham qoʻshimcha dam olish kuni boʻladi.
Shu tariqa, oʻzbekistonliklarga bayram kunlari oila davrasida asosli dam olish uchun imkoniyat taqdim etildi:
- Yangi yil - 1 yanvardan 3 yanvarga qadar ish haftasi rejimidan qat’i nazar dam olamiz;
- Navroʻz bayrami – 20 martdan 22 martga qadar dam olamiz (“besh kunlik”lar bitta ish shanbasini ishlab berishlariga toʻgʻri keladi- 27 mart);
- Mustaqillik kuni - 1 sentyabrdan 5 sentyabrga qadar ish haftasi rejimidan qat’i nazar dam olamiz;
- Xotin-qizlar kuni, 8 mart – kalendar boʻyicha oʻzgarishlariz dam olamiz (“besh kunlik”lar – 6 martdan 8 martga qadar; “olti kunlik”lar – 7 va 8 martda);
- Xotira va qadrlash kuni – 9 may 2021 yilda yakshanbaga toʻgʻri keladi;
- Roʻza hayitining birinchi kuni, taхminan 13 may payshanbaga toʻgʻri keladi. Qoʻshimcha dam olish kunlari va koʻchirishlar nazarda tutilmagan;
- Qurbon hayitining birinchi kuni, taхminan 20 iyul seshanbaga toʻgʻri keladi. Qoʻshimcha dam olish kunlari va koʻchirishlar nazarda tutilmagan;
- Oʻqituvchi va murabbiylar kuni, 1 oktyabr juma kuniga toʻgʻri keladi. Qoʻshimcha dam olish kunlari va koʻchirishlar nazarda tutilmagan. Mazkur holda “besh kunlik”lar 1 oktyabrdan 3 oktyabrga qadar dam olishadi, “olti kunlik”lar 2 oktyabrni ishlab berishadi;
- Konstitutsiya kuni - 8 dekabr chorshanbaga toʻgʻri keladi. Qoʻshimcha dam olish kunlari va koʻchirishlar nazarda tutilmagan.
Shuningdek, taqvim barcha turdagi ish haftasiga ega muassasalar, tashkilotlar va korхonalar uchun kelgusi yilga ish vaqti balansini belgilaydi, unga ish grafiklarini tuzishda va ish haqi boʻyicha hisob-kitoblarda, ish vaqtidan tashqari ishlarga haq toʻlashda rioya qilish zarur.
PF-6122-son Farmon tashkilotlarda 2021 yil uchun ta’tillar grafigini rejalashtirish va tasdiqlashga yordam beradi, bunda ish beruvchi va хodimlar ularning eng maqbul va qulay muddatlarini oʻylab koʻrishlari mumkin.
Byudjet tashkilotlarida qoʻshimcha dam olish kunlari har yilgi mehnat ta’tilining davomiyligini 2 ish kuniga qisqartirish hisobiga qoplanadi. “Ta’til puli”ni aniqlashda har yillik mehnat ta’tilining amaldagi davomiyligi hisobga olinadi, unga qoʻshimcha dam olish kunlari qoʻshiladi. Har yillik mehnat ta’tilining davomiyligi qisqartirish hisobga olingan holda 15 ish kunidan kam boʻlmasligi kerak.
Xususiy tashkilotlarda Farmonda nazarda tutilgan qoʻshimcha dam olish kunlari mehnat ta’tiliga qoʻshimcha boshqa kunlar bilan bir qatorda moliyaviy imkoniyatlardan kelib chiqqan holda, jamoa shartnomalari yoki ish beruvchilar tomonidan kasaba uyushmasi qoʻmitalari bilan kelishib qabul qilinadigan boshqa lokal hujjatlarda belgilanadi.
Valeriya LYaNDRES,
«Norma»ning kadrlar masalalari boʻyicha eksperti