Agar xodim donor boʻlsa

preview

“Xodim hech kimni ogohlantirmasdan ishga chiqmadi. Bir kundan keyin paydo boʻlib, donor qonini topshirganini aytdi. Xodim bu haqda ish beruvchini oldindan xabardor qilishi shartmi? Qanday tasdiqlovchi hujjatni keltirishi darkor?”

Vaziyatni “Norma”ning mehnat huquqi boʻyicha eksperti Lenara XIKMATOVA tushuntirdi:

- Quyish uchun qon topshirish xodim tomonidan jamiyat manfaatlari yoʻlida qilinadigan harakatlarga kiradi .

Qon topshirishdan oldin xodim tibbiy tekshiruvdan oʻtishi shart. Tibbiy tekshiruvdan oʻtadigan kuni  (qon topshiradigan kuni  singari) xodimlarga sogʻliqni saqlash muassasalariga borishlariga ish beruvchi moneliksiz ruxsat berishi shart.

Donorlik qiluvchi xodimlarga har safar qon topshirgan kunning albatta ertasiga dam olish uchun bir kun beriladi, xodimning xohishiga koʻra bu kun ta’tilga qoʻshib berish mumkin.

Tekshiruvdan oʻtadigan va quyish uchun qon topshiradigan kuni ishdan ozod etilgan davr uchun, shuningdek dam olish kunlari xodimning oʻrtacha ish haqi saqlanadi .

Tibbiy tekshiruv dasturi va qonni laborator tekshiruvlarini oʻtkazish ancha keng va bir necha bosqichni oʻz ichiga oladi. Shu bois tibbiy tekshiruvdan oʻtish va qon topshirish bir kun bilan cheklanmasligi mumkin.

Bundan tashqari, tibbiy tekshiruv va laborator tekshiruvlar oʻtkazish natijalari boʻyicha ayrim hollarda shaxsni qon topshirishdan vaqtincha chetlatishlari mumkin. Masalan, alkogol qabul qilganda – 48 soatga. Shuningdek, shaxsni mutlaq qarshilik qiluvchi koʻrsatmalar mavjud boʻlganda qon topshirishga butunlay qoʻymasliklari mumkin (misol uchun, onkologik kasalliklar) .

Har qanday holda tibbiyot muassasasida quyish uchun qon topshirish maqsadida boʻlish holatini xodim tegishli hujjatlar bilan tasdiqlashi kerak.

 

E’tibor bering
“Qon va uning tarkibiy qismlari donorligi toʻgʻrisida”gi Qonunga asosan donor qoni va uning tarkibiy qismlarini toʻplash, tayyorlash, qayta ishlash va davlat saqlashni sogʻliqni saqlash tizimining ixtisoslashtirilgan tibbiyot muassasalari amalga oshiradi. Shu bois qon topshirish toʻgʻrisidagi hujjat xususiy tibbiyot muassasalari tomonidan taqdim etilishi mumkin emas.

 

Tasdiqlovchi hujjatlar

Tibbiy tekshiruv yoki donordan qon olingandan keyin unga quyidagilar beriladi:

1. Tibbiy tekshiruv toʻgʻrisida ma’lumotnoma

Tibbiy tekshiruv natijalariga binoan, shuningdek texnik sabablarga koʻra muolaja oʻtkazish imkoniyati boʻlmaganda ham donor jalb qilingan vaqti koʻrsatilgan holda u tekshiruvdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisida ma’lumotnoma oladi.

Bunday ma’lumotnoma xodimni hatto pirovardida qandaydir sabab bilan qon topshirish amalga oshirilmagan  taqdirda ham tibbiy tekshiruvdan oʻtish kuni oʻrtacha ish haqi saqlangan holda ishdan ozod etish uchun asos hisoblanadi. Biroq bu holda qoʻshimcha dam olish kuni taqdim etilmaydi, sababi MKning 167-moddasi ish beruvchiga faqat qon topshirish kunidan keyin dam olish kuni taqdim etish majburiyatini yuklaydi.

2. Qon topshirish toʻgʻrisida ma’lumotnoma -  Sogʻliqni saqlash vazirligining 26.06.2006 yildagi 287-son buyrugʻi bilan tasdiqlangan shakl boʻyicha.

- Xodim ish beruvchini boʻlgʻusi donorlik haqida xabardor qilishi kerakmi?

- Ha, kerak. “Qon va uning tarkibiy qismlari donorligi toʻgʻrisida”gi Qonunning 15-moddasiga asosan xodim tibbiy tekshiruvdan oʻtish va qon topshirish niyati haqida ish beruvchini ariza berish yoʻli bilan xabardor qiladi. Qanday shaklda ekanligi – aniqlashtirilmaydi, shu bois ogʻzaki kabi yozma yoki elektron shakldan foydalanish mumkin.

Ish beruvchi bunday ariza asosida tegishli kunda xodimni ishdan moneliksiz qoʻyib yuborishi shart. Biroq istisnolar ham mavjud...

Xodimning ish joyida boʻlmasligi quyidagilarga olib kelishi mumkin boʻlgan hollarda xodimning iltimosini rad etish mumkin:

  • odamlar hayoti yoki sogʻligʻiga xavf tugʻdirishiga;
  • davlat mudofaasi, xavfsizligi va jamoat tartibini ta’minlash bilan bogʻliq vazifalar bajarilmasligiga;
  • boshqa ogʻir oqibatlarga olib kelishi mumkin boʻlgan hollar.

Xodimni ishdan ozod etish uchun buyruq chiqaring.

"NAVRO’Z" mas’uliyati cheklangan jamiyati

("NAVRO’Z" MChJ)

 

Toshkent sh. 17-k-son 26.11.2020 y.

BUYRUQ

 

"Ishdan ozod etish toʻgʻrisida "

 

OʻzR MKning 167-moddasiga muvofiq

 

BUYuRAMAN:

 

Qon quyish uchun qon topshirishga tibbiy tekshiruvdan oʻtishi munosabati bilan mehnatni muhofaza qilish boʻlimi mutaxassisi I.A. Nigʻmatova 27.11.2020 yilda - oʻrtacha ish haqi saqlangan holda ishdan ozod etilsin.

 

Asos: I.A. Nigʻmatovaning 26.11.2020 yildagi arizasi.

 

Bosh direktor ______________ V. I. Antonov

 

Buyruq bilan tanishtirilgan: ________________ I.A. Nigʻmatova

 

Tushuntirishlar material e’lon qilingan paytda amalda boʻlgan normalarni hisobga olgan holda tayyorlangan va ekspertlar fikrini aks ettiradi. Yakuniy qarorni foydalanuvchi aniq vaziyatlarni hisobga olgan holda mustaqil ravishda qabul qiladi
Oʻzbekistonda ish vaqti - ish vaqti me’yorlari, ish vaqti turlari ish vaqti, oʻzbekistonda ish vaqti, ish vaqtini hisobga olish, ish vaqtini hisoblash, ish vaqti me’yorlari Oʻzbekistonda ish vaqti. Oʻzbekistondagi ish vaqti me’yorlari bilan kadrovik.uz saytida tanishishingiz mumkin. Bu erda ish soatlarining turlari mavjud. 2024 yilda ish vaqtini hisoblash, shuningdek, ish vaqtini qanday qilib toʻgʻri yozishni bilib olishingiz mumkin /oz/publish/doc/text175483_agar_hodim_donor_bulsa1