2021 yil uchun ish vaqti taqvimi qanday oʻzgardi

preview

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi 2021 yil uchun ish vaqti taqvimiga ilgari qabul qilingan 03.12.2020 yildagi PF-6122-son Farmon, 10.05.2021 yildagi PF-6222-son Farmonga muvofiq tuzatishlar kiritdi. Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi boshqarma boshligʻi Aleksandr NAVOTNIY oʻzgartirishlarni tushuntirdi:


2021 yilda qoʻshimcha ishlanmaydigan kunlar:

  • barcha хodimlar uchun 14 may (juma), 2 sentyabr (payshanba), 3 sentyabr (juma) va 31 dekabr (juma);
  • 6-kunlik ish haftasi shartlarida band boʻlgan хodimlar uchun: 2 yanvar (shanba), 20 mart (shanba), 22 mart (dushanba), 15 may (shanba), 21 iyul (chorshanba), 22 iyul (payshanba) va 4 sentyabr (shanba).

Quyidagilar 5-kunlik va 6-kunlik ish haftalarida ish kunlari hisoblanadi: 27 mart (shanba), 17 iyul (shanba), 24 iyul (shanba).


2021 yilda ish vaqtining yillik balansi:

  • 5-kunlik ish haftasi shartlarida band boʻlganlar uchun: 250 kun, 1995 soat;
  • 6-kunlik ish haftasi shartlarida band boʻlganlar uchun: 295 kun, 1963 soat;
  • 6-kunlik ish haftasida qisqartirilgan (36 soat) ish vaqti shartlarida band boʻlganlar uchun: 295 kun, 1764 soat.


2021 yil mayda ish kunlari va soatlari soni:

  • 5-kunlik ish haftasi uchun - 19 ish kuni, 151 ish soati;
  • 6-kunlik ish haftasi uchun (40 soat) - 23 ish kuni, 151 ish soati;
  •  6-kunlik ish haftasi uchun (36 soat) - 23 ish kuni, 136 ish soati.


2021 yil iyulda ish kunlari va soatlari soni:

  • olti kunlik ish haftasi (40 soat) uchun: 24 kun, 157 soat;
  • olti kunlik ish haftasi (36 soat) uchun: 24 kun, 143 soat;
  • 5-kunlik ish haftasi uchun iyulda ish vaqti balansi oʻzgarmaydi: 21 kun, 167 soat.


2021 yil dekabrda ish kunlari va soatlari soni:

  • 5-kunlik ish haftasi uchun - 21 ish kuni, 167 ish soati;
  • 6-kunlik ish haftasi uchun (40 soat) - 25 ish kuni, 166 ish soati;
  •  6-kunlik ish haftasi uchun (36 soat) - 25 ish kuni, 149 ish soati.
Buxgalter.uz tavsiya qiladi
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tushuntirish хatining rus tiliga tarjima qilingan qismini bu yerda koʻring.
E’tibor bering!
2021 yil may, iyul va dekabr uchun ish vaqti hisobi tabellariga oʻzgartirishlar kiritishni unutmang.


Oʻzbekistonda ish vaqti - ish vaqti me’yorlari, ish vaqti turlari ish vaqti, oʻzbekistonda ish vaqti, ish vaqtini hisobga olish, ish vaqtini hisoblash, ish vaqti me’yorlari Oʻzbekistonda ish vaqti. Oʻzbekistondagi ish vaqti me’yorlari bilan kadrovik.uz saytida tanishishingiz mumkin. Bu erda ish soatlarining turlari mavjud. 2024 yilda ish vaqtini hisoblash, shuningdek, ish vaqtini qanday qilib toʻgʻri yozishni bilib olishingiz mumkin /oz/publish/doc/text175487_2021_yil_uchun_ish_vaqti_taqvimi_qanday_uzgardi1