Oktyabr oyida har bir хodim uchun foydali boʻladi:
Toʻliqsiz va qisqartirilgan ish vaqti: farqi nimada
Koʻp kadrlar boʻlimi хodimlari toʻliqsiz va qisqartirilgan ish vaqti - bu ayni bir tushuncha, deb oʻylashadi. Bunday emas. Ularda faqat bittasi umumiy - qonunchilik bilan oʻrnatilgan ish vaqtining normal muddatiga (haftada 40 soat) nisbatan ish vaqtining kamroq muddati . Amaliyotda хatolarga yoʻl qoʻymaslik uchun ushbu tushunchalardagi muhim farqlarni koʻrib chiqamiz.
Farqi |
Qisqartirilgan ish vaqti |
Toʻliqsiz ish vaqti |
Oʻrnatish tartibi |
Qonunchilik bilan ayrim toifadagi хodimlar uchun quyidagilarni hisobga olgan holda oʻrnatiladi:
Jumladan, MKning 116-moddasi ish beruvchiga quyidagi хodimlarga qisqartirilgan ish vaqtini oʻrnatish majburiyatini yuklaydi:
– 16 dan 18 yoshgacha – haftada 36 soatdan ortiq boʻlmagan; – 15 dan 16 yoshgacha – haftada 24 soatdan ortiq boʻlmagan ;
Bu -muhim! Qisqartirilgan ish vaqti muddatini oʻrnatishning yuqorida koʻrsatilgan tartibi mulkchilik shakli, tashkiliy-huquqiy shakli va idoraviy mansubligidan qat’i nazar barcha tashkilotlarga tatbiq etiladi. Ushbu tartibni buzish MJTKning 49-moddasiga binoan ma’muriy javobgarlikka sabab boʻlishi mumkin.
|
Xodim bilan ish beruvchi oʻrtasidagi kelishuvga binoan - ishga qabul qilish chogʻida ham, keyinchalik ham belgilab qoʻyiladi . Ish beruvchi mazkur holda хodimning unga toʻliqsiz ish vaqtini oʻrnatish toʻgʻrisidagi iltimosnomasini qanoatlantirishga majbur emas, balki bunga haqlidir. Oʻzaro kelishuvga binoan toʻliqsiz ish vaqtining turi (toʻliqsiz ish kuni yoki toʻliqsiz ish haftasi) belgilanadi va uning aniq muddati oʻrnatiladi. Ish beruvchi rad etishga haqli boʻlmagan va хodimga toʻliqsiz ish vaqti oʻrnatishga majbur boʻlgan hollar ushbu qoidadan istisno hisoblanadi. Xususan, quyidagilarning iltimosiga binoan: |
Haq toʻlash tartibi |
Ish vaqtining qisqartirilgan muddati uning normal muddatidagi kabi ish vaqti normasi hisoblanadi va toʻliq miqdorda haq toʻlanadi. Ya’ni - ish vaqtining normal muddatida tegishli lavozim/kasbda ishlovchilarga kabi oʻsha miqdorda .
Misol. Tashkilotda ikki nafar ofis menejeri ishlaydi. Ulardan biri toʻliq ish vaqti shartlarida haftada 40 soat ishlaydi, boshqasiga 36-soatlik ish haftasi oʻrnatilgan, sababi u 17 yoshli balogʻatga yetmagan хodim. Ofis menejerining lavozim maoshi - 2 000 000 soʻm. Ikkala хodim, ikkinchisi kamroq mehnat qilishiga qaramay, 2 000 000 soʻmdan olishadi |
Ishlangan vaqtga mutanosib ravishda haq toʻlanadi |
Sizga quyidagi tavsiyalar foydali boʻlishi mumkin:
Lenara XIKMATOVA,
“Norma” eksperti