Mulkdor-direktor bilan mehnat shartnomasi tuzish kerakmi?

preview

“MChJda – yagona ta’sischi, uning oʻzi – direktor. U bilan bilan mehnat shartnomasi tuzish kerakmi? U kim bilan shartnoma tuzadi – oʻzi bilanmi?”.

Savolga mehnat huquqi boʻyicha «Norma» eksperti Lenara XIKMATOVA javob berdi:

- Direktor tashkilotning yagona ta’sischisi boʻlgan taqdirda u bilan mehnat shartnomasi tuzish zarurati (imkoniyati) toʻgʻrisidagi masala boʻyicha anchadan buyon munozara olib borilmoqda.

Agar MKning 82-moddasiga murojaat qilinsa, ishga qabul qilish ish beruvchining  buyrugʻi bilan rasmiylashtiriladi. Buyruq chiqarish uchun asos esa – xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasi.

Korxona rahbarini ishga qabul qilish -korxona mulki egasining huquqi. Va ushbu huquqini u bevosita, shuningdek oʻzi vakil qilgan organlar orqali yoki korxonani boshqarish huquqi berilgan korxona kengashi, boshqaruvi yoxud boshqa organlar orqali amalga oshiradi .

Buyruq xodimga ma’lum qilinib, tilxat olinadi .

Agar rahbar – tashkilotning yagona rahbari boʻlmasa, u bilan mehnat shartnomasi tuzish soʻzsiz hisoblanadi, mehnat shartnomasini albatta rasmiylashtirish lozim. Bu MKning 82-moddasi va kodeksning boshqa moddalari ma’nosidan kelib chiqadi. Jumladan, MKning 100-moddasida xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasini bekor qilishga olib kelishi mumkin boʻlgan mehnat vazifalarini bir marta qoʻpol ravishda buzishlarning roʻyxati, boshqalar qatorida, korxona mulkdori bilan korxona rahbari oʻrtasida tuzilgan mehnat shartnomasi bilan belgilanishi koʻrsatilgan. MKning 208-moddasida esa mehnat shartnomasi boʻyicha ishlayotgan korxona rahbari tomonidan korxonaga yetkazilgan zararni qoplash tartibi toʻgʻrisida aytilgan.

Shu tariqa, Mehnat kodeksida rahbar va korxona mulkdori oʻrtasida tuzilgan mehnat shartnomasi toʻgʻrisida bir necha marta zikr qilingan.

Shuningdek, "Mas’uliyati cheklangan hamda qoʻshimcha mas’uliyatli jamiyatlar toʻgʻrisida"gi Qonunning 39-moddasida ham jamiyatning yakkaboshchilik asosidagi ijro etuvchi organi vazifasini amalga oshiruvchi shaxs bilan mehnat shartnomasi tuzish zarurati toʻgʻrisida aytiladi.

Inson – bir nafar, shaxslar esa – ikkita!

Rahbar (direktor) va yagona ta’sischi – aynan bitta shaxs boʻlsa, mehnat shartnomasi tuzish zarurmi? Agar inson oʻzi bilan oʻzi mehnat shartnomasi tuzsa, biroz gʻalati eshitiladi. Biroq, bu qanchalik be’mani koʻrinmasin, biz baribir buni bajarishni maslahat beramiz. Mana nima uchun:

1. Aytganlaridek, “nur ustiga nur”. Shu bois, agar mehnat shartnomasi boʻlsa, yaxshiroq boʻladi. Mehnat kodeksi direktor-yagona ta’sischi bilan mehnat shartnomasi tuzishga taqiqni oʻz ichiga olmagan.

2. Bu faqat bir qarashda aynan bitta shaxs ishtirokida mehnat shartnomasi tuzilayotgandek tuyuladi. Biroq yuridik nuqtai nazardan aslida shaxslar – ikkita: jismoniy shaxs (direktor) va yuridik shaxs (tashkilot).

Yuridik shaxs oʻzining huquqqa ega boʻlish qobiliyatiga ega va huquqiy munosabatlarda ta’sischilar nomidan emas, balki oʻz nomidan harakat qiladi. Ish beruvchi mazkur holda – jismoniy shaxs sifatida direktor ham, ta’sischi ham emas,balki tashkilotdir.

3. Yagona ta’sischi tomonidan oʻzi bilan oʻzi mehnat shartnomasi tuzilganligi uchun javobgarlik mavjud emas.

4. Agar bayon qilinayotgan vaziyatda mehnat shartnomasi tuzilmasa, davlat mehnat inspeksiyasi buni ma’muriy huquqbuzarlik deb hisoblashi va mehnat toʻgʻrisidagi qonunchilikning buzilishi uchun javobgarlikka tortishi mumkin .

Agar shartnoma boʻlmasa

Agarda baribir MChJning yagona ta’sischisi va direktori bitta shaxs timsolida mehnat shartnomasi tuzmagan boʻlsa? Demak, u – direktor emas va u imzolagan hujjatlar haqiqiy emasmi?

Yoʻq, unday emas. U bilan mehnat shartnomasi tuzilgan yoki tuzilmaganligidan qat’i nazar u har qanday holatda ham rahbar hisoblanadi va tashkilot tashkil etilgan paytdan e’tiboran unga rahbarlik qiladi. MKning 82-moddasi 6-qismiga asosan esa ishga qabul qilish huquqiga ega boʻlgan mansabdor shaxs tomonidan yoki uning ijozati bilan xodimga haqiqatda ishlashga ruxsat etilgan boʻlsa, ishga qabul qilish tegishli ravishda rasmiylashtirilgan yoki rasmiylashtirilmaganligidan qat’i nazar, ish boshlangan kundan e’tiboran mehnat shartnomasi tuzilgan deb hisoblanadi. Ya’ni tashkilot rahbarligiga haqiqatda kirishgan paytdan e’tiboran yagona ta’sischi direktor sifatida oʻz vakolatlariga ega boʻladi.

Shuningdek ta’kidlab oʻtamizki, MChJ oʻz faoliyatini rahbarsiz amalga oshira olmaydi, sababi davlat roʻyxatidan oʻtkazish chogʻida yagona ta’sischi vakolatli organga tashkilot rahbari kim boʻlishini ma’lum qiladi. Axir roʻyxatdan oʻtkazuvchi organlar shaxs roʻyxatdan oʻtkazilgan joydagi soliq organiga, boshqalar qatorida, rahbar (rahbar vazifalarini bajaruvchi shaxs) toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni berishlari shart .

Korxona rahbari bilan mehnat shartnomasini qanday tuzish toʻgʻrisida bu yerda batafsil oʻqing”.

Tushuntirishlar material e’lon qilingan paytda amalda boʻlgan normalarni hisobga olgan holda tayyorlangan va ekspertlar fikrini aks ettiradi. Yakuniy qarorni foydalanuvchi aniq vaziyatlarni hisobga olgan holda mustaqil ravishda qabul qiladi
Oʻzbekistonda ishga qabul qilish - ishga joylashish shartlari, ishga joylashishni roʻyxatdan oʻtkazish ishga qabul qilish, ishga joylashtirish, ishga qabul qilish tartibi, ishga qabul qilish uchun hujjatlar, oʻzbekistonda ishga qabul qilish Oʻzbekistonda ishga qabul qilish. Oʻzbekistonda ishga yollash haqida koʻproq bilib oling. Ishga qabul qilish shartlari, ishga qabul qilish tartibi, ishga kirishda talab qilinadigan hujjatlar /oz/publish/doc/text175491_mulkdor-direktor_bilan_mehnat_shartnomasi_tuzish_kerakmi1