Dastlabki sinov belgilashda ish beruvchining TOP-5 xatolari

preview

Ishga qabul qilishda dastlabki sinov ish beruvchiga xodim oʻziga topshirilgan ishga layoqatliligini tekshirish imkonini beradi. Shuningdek - natija qoniqarsiz boʻlganda uni soddalashtirilgan tartibda ishdan boʻshatish . Bunda dastlabki sinov nafaqat shartlashilishi, balki u toʻgʻri rasmiylashtirilishi lozim.

Dastlabki sinov belgilashda ish beruvchining eng keng tarqalgan xatolari haqida buxgalter.uz ga «Norma»ning mehnat huquqi boʻyicha eksperti Lenara XIKMATOVA gapirib berdi:


1-xato. Ish beruvchi shaxsni dastlabki sinovga mehnat shartnomasi tuzmagan holda qabul qiladi

MKning 84-moddasi 2-qismiga asosan dastlabki sinov toʻgʻrisidagi shart mehnat shartnomasida shartlashilishi kerak. Biroq hatto shaxs ishga tegishli rasmiylashtirishsiz qabul qilingan taqdirda ham bu ish beruvchini hech qanday tarzda “qutqarmaydi” . Axir ishga qabul qilish huquqiga ega boʻlgan mansabdor shaxs tomonidan yoki uning ijozati bilan xodimga haqiqatda ishlashga ruxsat etilgan boʻlsa, ish boshlangan kundan e’tiboran mehnat shartnomasi tuzilgan hisoblanadi. Va haqiqatda ishlashga ruxsat etilgan xodim oqibatda dastlabki sinov sharti bilan mehnat shartnomasini imzolashni rad etishga haqli. Bu holda ish beruvchi dastlabki sinov toʻgʻrisida shartlashilmagan holda mehnat shartnomasini tuzishi shart boʻladi.


2-xato.
Dastlabki sinov toʻgʻrisida shart faqat buyruqda yoziladi

Dastlabki sinov mavjudligini tasdiqlovchi asosiy hujjat bu - mehnat shartnomasi. Aynan u ishga qabul qilish toʻgʻrisida buyruq chiqarish uchun asos hisoblanadi . Buyruq tuzilgan mehnat shartnomasining mazmuniga toʻla muvofiq ravishda chiqariladi . Shu bois, agar dastlabki sinov toʻgʻrisidagi shart faqat buyruqda mavjud boʻlsa va mehnat shartnomasida mavjud boʻlmasa, xodim sinovsiz qabul qilingan hisoblanadi .


3-xato. Xodimni dastlabki sinovga ish haqisiz va ragʻbatlantirish xususiyatiga ega qoʻshimcha toʻlovlarsiz qabul qiladilar

Dastlabki sinov davrida xodimlarga mehnat toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari va korxonada oʻrnatilgan mehnat shartlari toʻliq tatbiq etiladi . MKning 154-moddasiga asosan esa ish beruvchi xodimga bajargan ishi uchun haqni toʻlashi shart .

Sinov muddatida mehnatga haq toʻlash mazkur lavozim, kasb, mutaxassislik boʻyicha xodimlar uchun belgilangan shartlarga muvofiq amalga oshiriladi. Bundan tashqari, kompaniyaning mehnatga haq toʻlash tizimi bilan belgilangan ish haqi, mukofotlar, ustamalar darajasini pasaytirish mumkin emas.


4-xato. Dastlabki sinov belgilash taqiqlangan xodimlar toifasi hisobga olinmaydi
 

Dastlabki sinovni barchaga qatorasiga belgilash mumkin emas. Aytish mumkinki, xodimlarning quyidagi toifalarining omadi kelgan, ular sinovsiz ishga qabul qilinadilar :

  • homilador ayollar;
  • 3 yoshga toʻlmagan bolasi bor ayollar;
  • korxona uchun belgilangan minimal ish joylari hisobidan ishga yuborilgan shaxslar;
  • oʻrta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarining hamda oliy oʻquv yurtlarining tegishli ta’lim muassasasini tamomlagan kundan e’tiboran 3 yil ichida birinchi bor ishga kirayotgan bitiruvchilari ishga qabul qilinganda;
  • 6 oygacha muddatga mehnat shartnomasi tuziladigan xodimlar.


5-xato. Boshqa ishga oʻtkazishda sinov muddati belgilaydilar

Dastlabki sinov faqat mehnat shartnomasi tuzishda belgilanadi. Mehnat shartnomasini oʻzgartirishda, hatto xodim bunga rozi boʻlgan taqdirda ham sinovni rasmiylashtirish mumkin emas:

  • boshqa ishga oʻtkazishda;
  • mehnat shartlari oʻzgartirilganda;
  • ish joyi oʻzgartirilganda.

Tegishincha, sinov muddati, masalan, unga layoqatliligini tekshirish uchun ancha yuqori lavozimga yoki ancha yuqori haq toʻlanadigan ishga oʻtkazilayotgan xodimga belgilanishi mumkin emas.

E’tibor bering!
Qanday qilib dastlabki sinov bilan ishga qabul qilishni hujjat bilan rasmiylashtirish va mehnat shartnomasini sinov natijasi qoniqarsiz boʻlganligi munosabati bilan soddalashtirilgan tartibda qanday bekor qilish haqida Mehnat vazirligining yetakchi mutaxassislari va “Norma” ekspertlarining qoʻshma tavsiyalarida oʻqing.


Tushuntirishlar material e’lon qilingan paytda amalda boʻlgan normalarni hisobga olgan holda tayyorlangan va ekspertlar fikrini aks ettiradi. Yakuniy qarorni foydalanuvchi aniq vaziyatlarni hisobga olgan holda mustaqil ravishda qabul qiladi
Oʻzbekistonda ishga qabul qilish - ishga joylashish shartlari, ishga joylashishni roʻyxatdan oʻtkazish ishga qabul qilish, ishga joylashtirish, ishga qabul qilish tartibi, ishga qabul qilish uchun hujjatlar, oʻzbekistonda ishga qabul qilish Oʻzbekistonda ishga qabul qilish. Oʻzbekistonda ishga yollash haqida koʻproq bilib oling. Ishga qabul qilish shartlari, ishga qabul qilish tartibi, ishga kirishda talab qilinadigan hujjatlar /oz/publish/doc/text175495_dastlabki_sinov_belgilashda_ish_beruvchining_top-5_hatolari1