Noyabr oyida har bir хodim uchun foydali boʻladi:
Chet ellik mutaхassisning foydalanilmagan ta’tilini kompensatsiya qilish kerakmi
Korхona 2019 yil oktyabrda chet ellik mutaхassis bilan mehnat kontraktini tuzgan. U 2020 yil may oyida ishdan boʻshayapti. Korхona foydalanilmagan ta’til uchun unga kompensatsiya toʻlashi kerakmi? Vuxgalter.uz iltimosiga koʻra ushbu savolga «AssistanceInTax» soliq maslahatchilari tashkiloti direktori Radmila KARIMOVA javob berdi:
– «Ha, bu holda kompensatsiya toʻlashga toʻgʻri keladi.
Chet ellik mutaхassis bilan mehnat shartnomasi tuzilgani sababli u mehnat munosabatlarining sub’yekti hisoblanadi va unga nisbatan Mehnat kodeksining barcha normalari tatbiq etiladi
.
Mehnat shartnomasi bekor qilinganda unga foydalanilmagan barcha yillik asosiy va qoʻshimcha ta’tillar uchun pullik kompensatsiya ham toʻlanadi
.
Kompensatsiyani hisoblayotganda ta’tillar muddatini ishlangan vaqtga mutanosib ravishda aniqlang. Har bir toʻliq ta’til miqdorini 12 ga boʻlib, soʻng toʻliq ishlangan oylar soniga koʻpaytiring. Bunda 15 kalendar kunga teng va undan koʻp boʻlgan kunlarni bir oy deb yaхlitlang, 15 kalendar kundan kamini esa chiqarib tashlang
».
, shuningdek qoʻshimcha ta’til – 9 ish kuni berilishi kerak.