Elektron mehnat daftarchasidan koʻchirmani chop etish mumkin

preview

1 sentyabrga qadar kadrlar boʻlimi xodimlari xodimlar toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni YaMMT tizimiga kiritishga ulgurishlari lozim. Shu bilan birga "Yagona milliy mehnat tizimi" idoralararo dasturiy-apparat kompleksini boshqarish direksiyasi tizimdagi oʻzgarishlar haqida ma’lum qildi. Buxgalter.uz iltimosiga binoan direksiyaning bosh konsultanti Otabek YuNUSOV yangiliklar haqida batafsil soʻzlab berdi:

- Birinchidan, mehnat daftarchasidan koʻchirmani va xodimning ish joyidan ma’lumotnomani chop etish imkoniyati paydo boʻldi.

Ikkinchidan, xodimlarning ijtimoiy ta’tillarini rasmiylashtirish chogʻidagi nomuvofiqliklar qayta koʻrib chiqildi va bartaraf etildi. Endi tizimda hammasi texnik toʻsqinliklarsiz ishlaydi.

 

E’tibor bering
Faqat xodimlarning joriy ta’tillari roʻyxatdan oʻtkazilishi lozim.

 

Ijtimoiy ta’tilni roʻyxatdan oʻtkazish uchun:

  • tizimning bosh sahifasida, kerakli xodimning ma’lumotlari boʻlgan satrda “Koʻrib chiqish” tugmasiga bosish;
  • ochilgan oynada “Ta’tilni roʻyxatdan oʻtkazish”ga bosish;
  • shundan keyin ta’til turini tanlash (homiladorlik va tugʻish, oʻquv, bolani parvarishlar, ijodiy ta’til, SChR xizmati);
  • ochilgan oynada ta’tilning boshlanish sanasini koʻrsatish lozim.

Ta’tilga chiqarilgan xodimda “Lavozim/kasb” grafasida ta’til turi koʻrsatilgan holda – “Xodim ta’tilga chiqarilgan” yozuvi aks etadi. Bunday pozitsiya xodimning ta’tilda boʻlishining butun vaqti mobaynida boshqa xodim bilan muddatli mehnat shartnomasi tuzish imkonini beradi. Buning uchun ta’tilga chiqarilgan xodim toʻgʻrisida yozuv joylashgan satrda “Xodimni rasmiylashtirish” tugmasiga bosish zarur.

Xodim ta’tildan qaytgach, uning ma’lumotlarida “Xodimni qaytarish” tugmasiga bosish zarur. Bu harakat ta’tilning tugashi va xodimning mehnat vazifalariga qaytishini qayd etadi.

Oleg GAYeVOY

Tushuntirishlar material e’lon qilingan paytda amalda boʻlgan normalarni hisobga olgan holda tayyorlangan va ekspertlar fikrini aks ettiradi. Yakuniy qarorni foydalanuvchi aniq vaziyatlarni hisobga olgan holda mustaqil ravishda qabul qiladi
YaMMT YaMMT YaMMT /oz/publish/doc/text175524_elektron_mehnat_daftarchasidan_kuchirmani_chop_etish_mumkin1