Qaysi tashkilotlar YaMMT tizimiga shtat jadvali toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni kiritishi kerak

preview

Yangi yildan boshlab YaMMTda “Shtat jadvalini roʻyxatga olish” yangi funksiyasi paydo boʻldi, u haqda hali “YaMMT" IDAKda mehnat shartnomalarini roʻyxatdan oʻtkazish, elektron mehnat daftarchalarini shakllantirish va yuritish tartibi toʻgʻrisida nizomda hech narsa aytilmagan. Dastur ushbu tartib-taomilni kechiktirish imkonini beradi, biroq "Keyinroq” tugmasiga bir necha marta bosgandan keyin - ishlamay qolayapti.

Yangiliklar bilan ishlashni qanday uddalashni buxgalter.uz iltimosiga binoan “YaMMT" IDAKni boshqarish direksiyasi boʻlim boshligʻi Zarnigor ABDURAHMONOVA gapirib berdi:

– “Shtat jadvalini roʻyxatga olish” funksionali YaMMTda mavjud boʻlgan axborotni tashkilot toʻgʻrisida ma’lumot bilan toʻldirish uchun ishga tushirildi.

Shtat jadvali toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni tegishli xabarnoma paydo boʻlgandan keyin darhol kiritish zarur, aks holda tizimda ishlash avtomatik tarzda cheklanishi mumkin. Bunday xabarnomani yil boshidan boshlab YaMMT tizimida ishlaydigan barcha tashkilotlar olishgan. Ular uni tizimga kirgandan keyin - soʻralayotgan  ma’lumotlar kiritilgunga qadar koʻradilar.


Qanday axborotni kiritish zarur?

1. Tasdiqlangan shtat jadvaliga asosan ish oʻrinlari sonini. Ma’lumotlar amaldagi jadvalga asosan kiritiladi. Agar u oʻzgarsa, oʻzgarishlarni YaMMT tizimiga - tashkilot rahbari tegishli buyruqni har gal tasdiqlaganda kiritish zarur.

2. Shtat jadvalini tasdiqlash sanasini.

3. Uni tasdiqlash uchun asosni. Bu yerda shtat jadvali tasdiqlangan buyruq (hujjat) raqamini koʻrsatish zarur.

Ma’lumotlar kiritilgandan keyin, ular “Tashkilot ma’lumotlari” boʻlimining oxirgi uchta satrida aks ettiriladi”.

“Tashkilot ma’lumotlari” ostida “Tahrirlash” tugmasi mavjud. Uning yordamida keyinchalik tashkilotning shtat jadvali toʻgʻrisida axborotga oʻzgartirish kiritish mumkin.

Oleg GAYeVOY tayyorladi

Tushuntirishlar material e’lon qilingan paytda amalda boʻlgan normalarni hisobga olgan holda tayyorlangan va ekspertlar fikrini aks ettiradi. Yakuniy qarorni foydalanuvchi aniq vaziyatlarni hisobga olgan holda mustaqil ravishda qabul qiladi
YaMMT YaMMT YaMMT /oz/publish/doc/text175533_qaysi_tashkilotlar_yammt_tizimiga_shtat_jadvali_tugrisidagi_malumotlarni_kiritishi_kerak1