IFJMS shartnomasini tuzdingizmi – elektron hisobvaraq-faktura olasiz

preview

2021 yil uchun shartnomalarni tuzgan holda, boshqalar qatorida ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish shartnomasini unutmaslik muhim. Uni rasmiylashtirishdagi yangiliklar, shuningdek – sugʻurta kompaniyalari bilan boshqa shartnomalar haqida buxgalter.uz iltimosiga binoan soliq maslahatchisi Gulnora ERGAShEVA gapirib berdi:

- Yangiliklar elektron hisobvaraq-fakturalarni rasmiylashtirish zarurati bilan bogʻliq.

2007 yil tahriridagi Soliq kodeksi vaqtida topshiriq shartnomasi va (yoki) sugʻurta polisi hisobvaraq-fakturani oʻrnini bosuvchi hujjat maqomiga ega boʻlgan . Shu bois sugʻurta kompaniyalari oʻz mijozlariga hech qachon hisobvaraq-fakturalar taqdim etishmagan.

Biroq vaqt oʻzgardi. 2020 yilgi Soliq kodeksida kassa apparati cheki yoki belgilangan shakldagi boshqa hujjat hisobvaraq-fakturani oʻrnini bosuvchi boʻlib хizmat qilishi mumkinligi aytilgan . Hisobvaraq-fakturalar oʻrnini bosuvchi hujjat deb e’tirof etiladigan hujjatlar Hisobvaraq-fakturalarning shakllari hamda ularni toʻldirish, taqdim etish va qabul qilish tartibi toʻgʻrisida nizomning 3-bandida keltirilgan. Ularning orasida topshiriq shartnomasi ham, sugʻurta polisi ham – mavjud emas. Binobarin, ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish shartnomasini tuzish chogʻida hisobvaraq-faktura rasmiylashtirish – majburiy. Sugʻurta kompaniyasi sizga uni elektron shaklda taqdim etishi kerak.

Qoidaga binoan, sugʻurta kompaniyalari mijozga topshiriq shartnomasi yoki sugʻurta polisini berganlaridan keyin hisobvaraq-faktura taqdim etadilar. Mijoz bunday hisobvaraq-fakturani uni olgan paytdan e’tiboran 10 kun ichida koʻrib chiqishi yoki rad etishi shart”.

Mavzu boʻyicha bizning materiallarimizni bu yerda va bu yerda koʻrishingizni tavsiya qilamiz.

Oleg GAYeVOY tayyorladi

Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini sugʻurta qilish Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini sugʻurta qilish Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini sugʻurta qilish /oz/publish/doc/text175554_ifjms_shartnomasini_tuzdingizmi_-_elektron_hisobvaraq-faktura_olasiz1