Noyabr oyida har bir kadrovikka asqotadi:
Yangi xodim sizni aldamayotganligini qanday tekshirish mumkin
Ishga qabul qilinayotgan yangi xodim qandaydir shaxsiy sabablarga koʻra oldin qayerdadir ishlagani haqida indamay qoʻyishi mumkin. Mehnat daftarchasi mavjudligini qanday tekshirish haqida «Norma»ning kadrlar masalalari boʻyicha eksperti Lenara XIKMATOVA gapirib berdi.
Ma’lumotnoma talab qilish mumkin emas
- Mehnat kodeksiga asosan ishga qabul qilish vaqtida xodim (birinchi marotaba ishga kirayotgan shaxslar bundan mustasno) mehnat daftarchasini taqdim etishi shart
. U xodimning 2020 yilga qadar amalga oshirilgan mehnat faoliyati boʻyicha stajini tasdiqlaydi.
2020 yil 1 yanvardan boshlab "Yagona milliy mehnat tizimi"da (YaMMT) roʻyxatdan oʻtkaziladigan mehnat shartnomalari ma’lumotlari asosida shakllantiriladigan elektron mehnat daftarchalari yuritiladi
. Shuningdek eslatib oʻtamiz, amaldagi mehnat shartnomalari YaMMTda 2020 yil 1 sentyabrga qadar roʻyxatdan oʻtkazilishi zarur.
Tegishincha, agar xodim 2020 yilda ishga kirgan va YaMMTda roʻyxatdan oʻtkazilgan boʻlsa, yangi ish beruvchi tomonidan uning shaxsga doir ma’lumotlari (pasport raqami, JShShIR) kiritilganda, uning mehnat faoliyati toʻgʻrisidagi ma’lumotlar avtomatik tarzda paydo boʻladi.
Agarda YaMMTda xodim toʻgʻrisidagi ma’lumotlar mavjud boʻlmasa, u ilgari ishlagani va unga mehnat daftarchasi ochilganini bilish dargumon boʻladi.
Agar qabul qilinayotgan ilgari hech qayerda ishlamaganligini aytsa, undan buni tasdiqlovchi ma’lumotnomalarni talab qilish mumkin emas. Buning ustiga hech bir organ bunday ma’lumotnomani bera olmaydi.
ShJBPH, qoidaga koʻra, inson ishlaganligi haqida dalolat qiladi
Agar xodim ishga joylashtirilgan boʻlsa, bu keyinroq oydinlashishi mumkin. Jamgʻarib boriladigan pensiya tizimida shaxsiy hisobda turgan (ShJBPH va jamgʻarib boriladigan pensiya daftarchasiga ega boʻlgan) fuqarolar ish beruvchi bilan mehnat shartnomasi yoki fuqarolik-huquqiy shartnomasini tuzish chogʻida oʻz ShJBPHlari
toʻgʻrisida ma’lumotlarni taqdim etadilar. Agar xodim bunday ma’lumotlarni taqdim etsa, aftidan, u mehnat shartnomasi boʻyicha ishlagan yoki fuqarolik-huquqiy shartnomalari (pudrat, xizmatlar koʻrsatish va h.z.) boʻyicha ishlarni bajargan. Agarda u unda mehnat daftarchasi ham, ShJBPH ham mavjud emasligini ta’kidlasa, ish beruvchi uni jamgʻarib boriladigan pensiya tizimida hisobga olishi darkor.
ShJBPH doimiy shaxsiy tartib raqami Xalq bankining filiali tomonidan fuqaroning identifikatsiya raqami (shaxsiy kodi) asosida beriladi. Xalq bankida sizga ushbu xodimda ShJBPH mavjud deyishsa, bu yana bir bor qabul qilinayotgan mehnat faoliyatini amalga oshirgani va unda mehnat daftarchasi mavjudligi yoki u fuqarolik-huquqiy shartnomalar tuzganligi haqida dalolat qiladi.
Har qanday holatda, agar sizda xodimda mehnat daftarchasi borligi yuzasidan shubha boʻlsa, undan ilgari hech qayerda ishlamaganligi toʻgʻrisida ariza yozib berishini va ShJBPH mavjudligini tushuntirib berishini soʻrang.