Chet ellik ta’sischi uchun ruxsat beruvchi hujjatlar

preview

Korxona chet ellik ta’sischini shtatga qabul qilmoqchi. Buning uchun qanday ruxsat beruvchi hujjatlar olish zarur va buni har doim amalga oshirish lozimmi? Buxgalter.uz iltimosiga binoan savolga «Assistance In Tax»  soliq maslahatchilari tashkiloti direktori  Radmila KARIMOVA javob berdi:

- “Oʻzbekistonga xorijdan ishchi kuchini jalb qilish va undan foydalanish tartibi maxsus Nizom bilan tartibga solinadi.

Chet ellik mutaxassisni yollash uchun quyidagilarni olish zarur:

  • ish beruvchi - xorijdan ishchi kuchini jalb qilish uchun ruxsatnomani;
  • chet el fuqarosi - mehnat faoliyati huquqini beradigan tasdiqnomani.

Ushbu hujjatlarsiz siz chet ellikni yollashga haqli emassiz .

Biroq, qachonki ruxsatnoma va tasdiqnoma olish talab etilmaganda bu qoidadan istisno mavjud. Masalan - Oʻzbekiston hududida faoliyat koʻrsatadigan yoki tashkil etiladigan xorijiy va qoʻshma korxonalar ta’sischilarini 3 oygacha boʻlgan muddatga jalb qilishda .

Shuningdek, Oʻzbekistonda xoʻjalik jamiyatlarining aksiyalari va ulushlarini sotib oladigan, shuningdek, xorijiy korxona tashkil etadigan xorijiy investorlar  kiritish paytida BHMning 8 500 baravaridan kam boʻlmagan miqdorda investitsiya kiritish sharti bilan ruxsatnoma olmasdan mazkur tashkilotning istalgan lavozimida ishlashga haqli ”.

Tushuntirishlar material e’lon qilingan paytda amalda boʻlgan normalarni hisobga olgan holda tayyorlangan va ekspertlar fikrini aks ettiradi. Yakuniy qarorni foydalanuvchi aniq vaziyatlarni hisobga olgan holda mustaqil ravishda qabul qiladi
Kadrlarga doir hujjatlar Kadrlarga doir hujjatlar Kadrlarga doir hujjatlar /oz/publish/doc/text175563_chet_ellik_tasischi_uchun_ruhsat_beruvchi_hujjatlar1