Korxonada IMTQning mavjud emasligi nimaga sabab boʻladi

preview

Korxonada ichki mehnat tartibi qoidalarining mavjud emasligi nimalarni keltirib chiqarishi mumkin? Buning uchun yuridik shaxsni jazolashlari mumkinmi? Nima mavjud IMTQning haqiqiy emasliligiga olib keladi? Buxgalter.uz iltimosiga binoan savollarga mehnat huquqi boʻyicha “Norma” eksperti Lenara XIKMATOVA javob berdi:

- Ichki mehnat tartibi qoidalari – korxonada xodimlarni ishga qabul qilish va boʻshatish tartibi, mehnat tartibi, qoʻllaniladigan ragʻbatlantirish va jazolash choralarini, shuningdek mulkchilik shaklidan qat’i nazar tashkilotlarda mehnat munosabatlarini tartibga solishning boshqa masalalarini tartibga soluvchi lokal (ichki) normativ hujjatdir.

IMTQ majburiy lokal hujjatlar jumlasiga kiradi va bu tekshiruv chogʻida mehnat inspeksiyasi tomonidan soʻraladigan hujjatlardan biridir. Bunda, nafaqat hujjatning mavjudligi, balki u qanday rasmiylashtirilganligi, u bilan xodimlar tanishtirilganligi ham tekshiriladi.

IMTQni qoʻllash bilan bogʻliq bitta oʻziga xos jihat mavjud: agar kompaniyada bu hujjat mavjud boʻlmasa, xodimning oʻz mehnat vazifalarini bir marta qoʻpol ravishda buzganligi uchun ishdan boʻshatish mumkin emas . Masalan - alkogolli ichimlikdan mastlik holatida ishda boʻlish, progul va h.k.

Xodimni ishdan boʻshatish mumkin boʻlgan mehnat vazifalarini bir marta qoʻpol ravishda buzishlarning roʻyxati aynan IMTQda boʻlishi kerak. Agar tashkilot bunday roʻyxatni, masalan, jamoa shartnomasiga kiritsa, MKning 100-moddasi 2-qismi 4-bandiga binoan mehnat shartnomasini bekor qilish qonunga xilof boʻladi. Ularni mazkur asos boʻyicha ishdan boʻshatish  boshqa hujjatlar: intizom toʻgʻrisidagi nizom va ustavlar (masalan, huquqni muhofaza qiluvchi organlarda), korxona mulkdori va korxona rahbari oʻrtasida tuzilgan mehnat shartnomasini qoʻllagan holda amalga oshiriladigan ayrim toifadagi xodimlar bundan mustasno hisoblanadi.

Mehnat shartnomasining MKning 100-moddasi 2-qismi 4-bandiga binoan bekor qilinishining qonuniyligi IMTQning lozim darajada rasmiylashtirilganligiga ham bogʻliq.

IMTQning tasdiqlanishidan oldin ularni kasaba uyushmasi qoʻmitasi yoki xodimlarning boshqa vakillik organi bilan kelishib oling . Agar tashkilotda vakillik organi mavjud boʻlmasa va IMTQni kelishib olmasdan tasdiqlagan boʻlsangiz, ular haqiqiy emas hisoblanadi.

Xuddi shunday, vakillik organi - mavjud boʻlsa, biroq kelishib olish tartib-taomilining oʻzi buzilgan boʻlsa ham IMTQ haqiqiy emas hisoblanadi. Tegishincha, xodim bilan oʻz mehnat vazifalarini bir marta qoʻpol ravishda buzganligi uchun mehnat shartnomasi bekor qilinganligini ham qonunga xilof deb e’tirof etishlari mumkin, sababi IMTQni rasmiylashtirish tartibi buzilgan. Bu ishdan boʻshatish toʻgʻrisidagi buyruqni bekor qilish va xodimning ilgarigi ishiga tiklanishiga sabab boʻladi.

IMTQni tuzish va rasmiylashtirishning boshqa oʻziga xos jihatlari, shuningdek – korxonaning boshqa lokal hujjatlari haqida Lenara XIKMATOVAning kadrlar ishini yuritish boʻyicha mualliflik onlayn-kursiga joriy yilning 29 sentyabriga qadar yozilgan holda bilib olishingiz mumkin. Shoshiling, vaqt oʻzingiz sezmagan holda oʻtib ketmoqda!

Tushuntirishlar material e’lon qilingan paytda amalda boʻlgan normalarni hisobga olgan holda tayyorlangan va ekspertlar fikrini aks ettiradi. Yakuniy qarorni foydalanuvchi aniq vaziyatlarni hisobga olgan holda mustaqil ravishda qabul qiladi
Kadrlarga doir hujjatlar Kadrlarga doir hujjatlar Kadrlarga doir hujjatlar /oz/publish/doc/text175566_korhonada_imtqning_mavjud_emasligi_nimaga_sabab_buladi1