Bosh buxgalter boʻlishni istamayman. Majbur qilishlari mumkinmi?

preview

«Buxgalter boʻlib ishlayman. Direktor meni bosh buxgalter lavozimiga oʻtkazishini aytdi. Boshqa ishga oʻtishni istamayman. Direktor mening roziligimsiz boshqa ishga oʻtkazishi mumkinmi?».

Oʻquvchining savoliga mehnat huquqi boʻyicha «Norma» eksperti Lenara XIKMATOVA javob beradi:


– Dastlab direktor doimiy yoki vaqtincha boshqa ishga oʻtkazmoqchiligini aniqlash lozim.

Boshqa doimiy ishga oʻtkazishga (xodimning mehnat vazifalarini oʻzgartirishga) – unga boshqa mutaxassislik, malaka, lavozimga oid ishni topshirishga faqat uning roziligi bilan yoʻl qoʻyilishi mumkin . 

Bu holda ish beruvchi xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasiga tegishli oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida qoʻshimcha kelishuv tuzishi kerak. Ushbu oʻzgartirishlar boshqa doimiy ishga oʻtkazish toʻgʻrisida buyruq chiqarish uchun asos hisoblanadi . 

 

Diqqat
Xodim qoʻshimcha kelishuv va buyruqni imzolamasa, hatto koʻproq ish haqi toʻlanadigan yuqoriroq lavozim haqida soʻz borayotgan boʻlsa ham, ish beruvchi uni boshqa doimiy ishga oʻtkazishga haqli emas.

 


Boshqa ishga oʻtkazish ish beruvchining majburiyati boʻlsa

Muayyan holatlarda ish beruvchi oʻz xohishidan qat’i nazar xodimga mutaxassisligi va malakasiga muvofiq keladigan ishni (xodim bajarayotgan ishiga yoki egallab turgan lavozimiga nomuvofiq boʻlsa, mutaxassisligi boʻyicha birmuncha kam malaka talab etiladigan boshqa ishni), bunday ish boʻlmagan taqdirda esa, – korxonada mavjud boʻlgan boshqa ishni taklif etishi shart .

Unga quyidagi holatlar kiradi :

1) texnologiyadagi, ishlab chiqarish va mehnatni tashkil etishdagi oʻzgarishlar, xodimlar soni (shtati) yoki ish xususiyatining oʻzgarishiga olib kelgan ishlar hajmining qisqarganligi yoxud korxonaning tugatilganligi;

2) xodimning malakasi yetarli boʻlmaganligi yoki sogʻligʻi holatiga koʻra bajarayotgan ishiga noloyiq boʻlib qolishi;

3) korxona rahbari, uning oʻrinbosarlari, bosh buxgalter bilan, korxonada bosh buxgalter lavozimi boʻlmagan taqdirda esa, bosh buxgalter vazifasini amalga oshiruvchi xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasi mulkdorning almashishi sababli bekor qilinganligi;

4) shu ishni ilgari bajarib kelgan xodim ishga tiklanganligi, shuningdek Oliy Majlisning Qonunchilik palatasi deputati va Senatida doimiy asosda ishlagan Senat a’zosi vakolatlari muddati tugaganligi yoki Oliy Majlisning Qonunchilik palatasi hamda Senati tarqatib yuborilganligi munosabati bilan avvalgi lavozimiga (ishiga) qaytganligi.

Xodim taklif etilayotgan ishga oʻtishdan bosh tortgan yoki korxonada muvofiq keladigan ish boʻlmagan taqdirda, mehnat shartnomasi umumiy asoslarda bekor qilinishi mumkin .


Qanday shartlarda vaqtincha boshqa ishga oʻtkazishlari mumkin

Umumiy qoidaga koʻra faqat xodim bilan ish beruvchi oʻrtasidagi kelishuv boʻyicha vaqtincha boshqa ishga oʻtkazishga yoʻl qoʻyiladi.

Boshqa doimiy ishga oʻtkazishdan farqli ravishda bunda mehnat shartnomasiga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida qoʻshimcha kelishuv tuzish kerak emas . Xodimning arizasi va buyruqning oʻzi kifoya . Biroq istisnosiz qoidalar boʻlmaydi.

Mehnat kodeksida xodimni uning roziligisiz vaqtincha boshqa ishga oʻtkazishga yoʻl qoʻyiladigan holatlar koʻrsatilgan. MK 95-moddasiga muvofiq, ularga quyidagilar kiradi:

  • ishlab chiqarish zaruriyati – ya’ni ishlab chiqarish jarayonidagi istisnoli, kutilmagan holat.

Vaqtincha boshqa ishga oʻtkazishga yoʻl qoʻyilishiga sababchi boʻlgan, ishlab chiqarish zaruriyati deb hisoblanadigan holatlar jamoa shartnomasida koʻrsatiladi, agar u tuzilmagan boʻlsa, – ish beruvchi tomonidan xodimlarning vakillik organi bilan kelishib belgilanadi.

Odatda, jamoa shartnomasida: ishga kelmagan xodimning oʻrniga ishlash, halokat, ishlab chiqarishdagi avariya holatlari, tabiiy ofatning oldini olish yoki ularning oqibatlarini bartaraf etish; baxtsiz hodisalar, bekor turib qolish, mol-mulk yoʻq qilinishi yoki buzilishining oldini olish kabi holatlar koʻrsatiladi;

  • bekor turib qolish – iqtisodiy, texnologik, tashkiliy, boshqa ishlab chiqarish yoki tabiiy tusga ega boʻlgan sabablarga koʻra vaqtincha ishni toʻxtatish.

Biroq hatto yuqorida koʻrsatilgan holatlarda ham xodim sogʻligʻiga toʻgʻri kelmaydigan boshqa ishga oʻtkazilishi mumkin emas .

Xodim vaqtincha boshqa ishga oʻtkazilgan davrda unga bajarayotgan ishiga qarab, lekin avvalgi oʻrtacha ish haqidan kam boʻlmagan miqdorda ish haqi toʻlanishi kerak .

Ishlab chiqarish zaruriyati yoki bekor turib qolish dalilining mavjudligi ish beruvchining tashabbusi bilan vaqtincha boshqa ishga oʻtkazishda buyruq chiqarish uchun asos boʻladi .

Boshqa ishga oʻtkazish muddatining chegarasi va mehnatga toʻlanadigan haqning aniq miqdorlari jamoa shartnomasida belgilanadi, u mavjud boʻlmaganda esa, – ish beruvchi tomonidan xodimlarning vakillik organi bilan kelishib belgilanadi .

Masalan, jamoa shartnomasida ishlab chiqarish zaruriyatini yuzaga keltirgan holatlarni bartaraf etish vaqtida, bekor turib qolish munosabati bilan esa – butun bekor turib qolish vaqtida xodimning roziligisiz uni vaqtincha boshqa ishga oʻtkazishga yoʻl qoʻyilishini koʻrsatish mumkin. Biroq ikkala holatda ham bunday boshqa ishga oʻtkazishning jami muddati yil davomida 60 kundan oshishi mumkin emas. Kasaba uyushmasi qoʻmitalari federatsiyasi 2020 yilda ishlab chiqqan jamoa shartnomasining tavsiya etiladigan maketida ana shu muddat koʻrsatilgan.

 

Xulosa chiqaramiz

Quyidagi sharoitlar mavjud boʻlgan taqdirdagina xodimning roziligisiz uni vaqtincha boshqa ishga oʻtkazish mumkin:

  • tashkilotda ma’qullangan va imzolangan jamoa shartnomasi mavjud boʻlib , unda boshqa ishga oʻtkazishga yoʻl qoʻyiladigan ishlab chiqarish zaruriyati deb hisoblanadigan holatlar roʻyxati koʻrsatilgan boʻlsa;
  • tashkilotda jamoa shartnomasi mavjud boʻlmasa, masala faqat xodimlarning vakillik organi bilan kelishib hal etiladi.  

Vaqtincha boshqa ishga oʻtkazish buyruq bilan – vaqtincha boshqa ishga oʻtkazish muddatini koʻrsatgan holda rasmiylashtiriladi.

Ishlab chiqarish zaruriyati va bekor turib qolish munosabati bilan vaqtincha boshqa ishga oʻtkazishda xodimning roziligi talab etilmaydi, u tashkilot rahbarining buyrugʻiga boʻysunishi shart. Biroq buyruqda boshqa ishga oʻtkazish muddati albatta qayd etilishi kerak. Usiz vaqtincha emas, balki doimiy boshqa ishga oʻtkazilgan boʻladi. Boshqa doimiy ishga oʻtkazish uchun esa xodimning roziligi zarur.

Buyruqda boshqa ishga oʻtkazish muddati koʻrsatilmasa, nima boʻladi? Bu holda xodim yangi vaqtincha ishiga chiqmasa, ishlab chiqarish zaruriyatiga koʻra boshqa ishga oʻtkazish qoidalari buzilgani uchun buni progul deb hisoblab boʻlmaydi.

Qonunga rioya etgan holda vaqtincha boshqa ishga oʻtkazilgan boʻlsa, xodimning ishni bajarishdan bosh tortishini mehnat intizomini buzish, ishga chiqmasligini esa progul deb tan olish mumkin boʻladi.

 

Diqqat
Boshqa ishga oʻtkazish muddati tugagach, ish beruvchi xodimga uning avvalgi ishini berishi shart. Aks holda boshqa ishga oʻtkazish noqonuniy ravishda amalga oshirilgan deb kvalifikatsiyalanadi.

 

Tushuntirishlar material e’lon qilingan paytda amalda boʻlgan normalarni hisobga olgan holda tayyorlangan va ekspertlar fikrini aks ettiradi. Yakuniy qarorni foydalanuvchi aniq vaziyatlarni hisobga olgan holda mustaqil ravishda qabul qiladi
Oʻzbekistonda boshqa ishga oʻtish - boshqa ishga oʻtkazish shartlari, boshqa ishga oʻtkazish boʻyicha koʻrsatmalar boshqa ishga oʻtish, boshqa ishga oʻtish qanday sodir boʻladi, boshqa ishga oʻtish jarayoni, oʻzbekistonda boshqa ishga oʻtish Oʻzbekistonda boshqa ishga oʻtish. Oʻzbekistonda boshqa ishga oʻtish qanday amalga oshiriladi? Bu erda siz boshqa ishga oʻtish tartibi haqida maqolalar topasiz. Hammasi boshqa ishga oʻtish haqida. Boshqa ishga oʻtkazish qoidalari va tartibi /oz/publish/doc/text175568_bosh_buhgalter_bulishni_istamayman_majbur_qilishlari_mumkinmi1