Noyabr oyida har bir kadrovikka asqotadi:
Boʻlim tugatilayotganda xodimlar boshqa boʻlinmaga qay tartibda oʻtkaziladi
Kompaniyada boʻlimlardan biri tugatilyapti. Direktor xodimlarni, ularning lavozimi, mehnat vazifalari va mehnat sharoitlarini saqlagan holda, boshqa boʻlinmalarga oʻtkazishga qaror qildi. Mazkur tartib-taomilni qanday qilib toʻgʻri tashkil etish mumkin, bunda xodimlarning roziligi qanchalik muhimligi borasida “Norma” eksperti Lenara XIKMATOVA batafsil ma’lumot berdi.
– Boʻlim ish beruvchining shtat jadvalini oʻzgartirish toʻgʻrisidagi buyrugʻiga asosida tugatilmoqda.
Agar barcha qisqartirilayotgan lavozimlar boshqa boʻlinmaga avvalgi sharoitlarda oʻtkazilayotgan boʻlsa, ushbu holatdagi “oʻtkazish” xodimlarning bir boʻlimdan boshqa boʻlimga koʻchirilishini anglatadi, biroq boshqa doimiy ish joyiga oʻtkazilishi bilan bogʻliq emas.
Boshqa doimiy ishga oʻtkazish – bu xodimning mehnat vazifalarini oʻzgartirish, boshqa mutaxassislik, malaka va lavozim boʻyicha topshiriq berishdir. Keltirilgan misolda esa xodimlarning mehnat vazifalari saqlab qolinadi. Faqat ish oʻrni oʻzgaradi. Demak, ish beruvchi MKning 91-moddasi “Ish joyini oʻzgartirish”ni qoʻllashi lozim, chunki:
- yangi boʻlimda xodimlar avvalgi tugatilgan boʻlimda ishlagan oʻsha mutaxassislik, malaka, lavozim boʻyicha ishlaydilar;
- xodimlarning avvalgi funksional majburiyatlari va avvalgi mehnat sharoitlari saqlab qolinadi (mehnatga haq toʻlash, ish va dam olish tartibi va boshqalar).
Ish joyi oʻzgarishini rasmiylashtirish uchun, eng avvalo, xodimlarning mehnat shartnomalarini “koʻtaring”. Shartnomada aniq ish joyi koʻrsatilganmi yoki yoʻqmi, aniqlashtirish zarur.
Mehnat shartnomasida shartlashilmagan ish joyi oʻzgargan taqdirda
“Ish joyi” bilan “ish oʻrni” tushunchalarini chalkashtirmang. Ish joyi – bu xodim ishga qabul qilinadigan korxona yoki uning boʻlinmasi. Ish oʻrni – bu xodim oʻz mehnat vazifalarini amalga oshiradigan muayyan oʻrin (xona, sex, boshqariladigan transport vositasi va boshqalar).
Ish joyi mehnat shartnomasida koʻrsatilishi shart
aniq ish oʻrnini koʻrsatish masalasi esa tomonlar kelishuvi asosida belgilanadi.
Qoida tariqasida, amaliyotda ish beruvchi mehnat shartnomasida odatda xodim tashkilotga ma’lum bir lavozimga ishga qabul qilinishi qayd etiladi, aniq ish oʻrni koʻrsatilmaydi. Bunday holatda xodimning uning roziligisiz shu joyda joylashgan boshqa ixtiyoriy ish oʻrniga oʻtkazish mumkin
Ya’ni shartnomada shartlashilgan mutaxassislik, malaka yoki lavozim boʻyicha ish topshirish, bunda mehnat vazifalari va muayyan mehnat sharoitlari saqlab qolinadi. Bunday topshiriq boshqa ishga oʻtkazish hisoblanmaydi, xodim yangi ish oʻrnidagi majburiyatlarini bajarishdan bosh tortishi mehnat intizomi buzilishi hisoblanadi. Uni MK 181-moddasiga muvofiq intizomiy javobgarlikka tortish mumkin.
Xodim haydovchi sifatida ishga olindi, ammo unga ma’lum avtomashina biriktirilmagan.
Shuning uchun xodim ish beruvchining topshirigʻiga koʻra haydovchilik vazifasini tashkilotning yengil avtomashinasida bajarishi lozim
Mehnat kodeksi MShda kelishilmagan ish joyiga oʻzgartirishni rasmiylashtirish tartibini belgilamaydi. Shu sababli amalda ish beruvchilar xodimning ish joyini oʻzgartirish toʻgʻrisida ogʻzaki topshiriq beradi yoki buni alohida buyruq bilan rasmiylashtiradi hamda xodimni tilxat asosida tanishtirib chiqadi
Shu tariqa, boʻlimlardan biri tugatilganda, agar mehnat shartnomasida koʻrsatilmagan boʻlsa, ish beruvchi shunchaki xodimlarning ish joyini oʻzgartirish toʻgʻrisida topshiriq beradi.
Mehnat shartnomasida koʻrsatilgan ish joyi oʻzgargan taqdirda
MShga muvofiq agar xodim aniq bir boʻlimga qabul qilinsa, uning ish joyini oʻzgartirish uchun xodimning roziligi talab etiladi MK 91-m.
Buning uchun xodim bilan mehnat shartnomasiga oʻzgartirish kiritish toʻgʻrisida kelishuv tuziladi. Unga asosan, yangi ish joyini belgilash toʻgʻrisida buyruq chiqariladi. MK 96-m. 7-q. Xodim buyruq bilan tilxat asosida tanishtiriladi. Ish joyining oʻzgarishi toʻgʻrisidagi qayd qogʻoz shaklidagi mehnat daftarchasiga kiritilmaydi.
Xodim rozi boʻlmagan taqdirda
Xodim mehnat sharoitlari yomonlashishidan (oylik maoshi pasayishi, har yilgi asosiy ta’til davomiyligi qisqarishi, ish vaqti tartibi oʻzgarishi va boshqalar) xavotirga tushishi mumkin.
MShda qayd etilgan ish joyining oʻzgarishi mehnat sharoitlarining oʻzgarishi hisoblanadi.
. Demak, ish beruvchi xodimning roziligisiz mehnat sharoitlarini oʻzgartirish tartibini belgilab beruvchi MKning 89- moddasi talablariga asosan ish koʻradi. Xususan, ish beruvchi boʻladigan oʻzgarishlar toʻgʻrisida xodimni kamida 2 oy oldin tilxat asosida ogohlantirishi shart. Xodim yangi mehnat sharoitlarida ishlashdan bosh tortgan taqdirda, u bilan mehnat shartnomasi MKning 89-m. 4-qismiga muvofiq, oʻrtacha oylik ish haqi miqdorida ishdan boʻshatish nafaqasi toʻlash orqali tugatilishi mumkin.
.
YaMMTda qanday rasmiylashtiriladi
Boʻlinmaning tugatilishi va xodimlarning boshqa boʻlimga oʻtkazilishi yuzasidan ma’lumotni Yagona milliy mehnat tizimida qayd etish yodingizdan koʻtarilmasin. Buni qanday amalga oshirish haqida esa “bu yerda” oʻqing.