Noyabr oyida har bir kadrovikka asqotadi:
Agar homilador ayol yengilroq ishga oʻtishdan bosh tortsa
Zararli ishlab chiqarishda band boʻlgan homilador xodimaga yengilroq mehnat tayinlangan. Bu haqda tibbiy xulosada aytilgan. Bunday ish korxonada faqat omborda mavjud. Biroq xodima uning roziligisiz oʻtkazish imkonsizligini bayon etgan holda, u yerga oʻtishni rad etdi. Uning soʻzlariga koʻra, “dekretgacha” u uyda oʻtiradi, ish beruvchi esa unga oʻrtacha ish haqini toʻlashi shart. Shundaymi?
Vaziyatni “Norma”ning mehnat huquqi boʻyicha eksperti, yurist Lenara XIKMATOVA tushuntirdi:
- Haqiqatan, homilador ayollarga tibbiy xulosaga muvofiq ishlab chiqarish normalari, xizmat koʻrsatish normalari qisqartiriladi yoki ular noqulay ishlab chiqarish omillari ta’sirini istisno qiladigan yengilroq ishga oʻtkaziladi. Bunda ularga avvalgi ishlaridagi oʻrtacha oylik ish haqi saqlanadi
.
Bunday oʻtkazish - ish beruvchi uchun majburiy, sababi qonunchilikda nazarda tutilgan holatlar roʻy berishi munosabati bilan amalga oshiriladi. Koʻrib chiqilayotgan holda xodima sogʻligʻining holati shunday holat hisoblanadi. Ya’ni ish beruvchi taqdim etilgan tibbiy xulosani bajarishi va xodimani boshqa ishga oʻtkazishi shart, agar korxonada bunday ish mavjud boʻlsa.
Korxonada toʻgʻri keladigan ish yoki boʻsh ish joyi mavjud boʻlmasachi? Bu holda ayolga yengilroq ish berish masalasi hal etilgunga qadar, u ana shu sababdan ishga chiqmagan barcha ish kunlari uchun u oʻrtacha oylik ish haqi saqlangan holda ishdan ozod etilishi lozim
. Agar toʻgʻri keladigan ish paydo boʻlmasa, xodima homiladorlik va tugʻish ta’tiliga qadar uyda boʻlish (u kasallik varaqasi asosida homiladorlikning 30-haftasidan beriladi) va bunda ish haqi olish huquqiga ega.
- Agar tibbiy xulosaga asosan homilador uchun toʻgʻri keladigan ish mavjud boʻlsa, masalan - xuddi shu ombor, biroq u oʻtkazishga rozi boʻlmasachi? Bu holda oʻrtacha ish haqi saqlanadimi?
- Bu savolga amaldagi qonunchilik aniq javob bermaydi. Bir tomondan, xodim uchun MKning 226-moddasiga muvofiq yengilroq ishga oʻtkazishni rad etish nazarda tutilmagan. Boshqa tomondan - boshqa mutaxassislik, malaka, lavozimga oid ishni topshirish faqat uning roziligi bilan mumkin
. Faqat jamoa shartnomasi yoki xodimlarning vakillik organi bilan kelishilgan holda belgilangan ishlab chiqarish zaruriyati munosabati bilan xodimni uning roziligisiz vaqtincha boshqa ishga oʻtkazish mumkin
. Ushbu variantni bizning holda qoʻllab boʻlmaydi.
Shu bois, MKning 226-moddasi mazmunidan kelib chiqish zarur, deb hisoblayman: xodimni oʻrtacha ish haqi saqlangan holda ishdan ozod etish majburiyati ish beruvchida faqat korxonada yengilroq ish mavjud boʻlmaganda yoki bunday ish taqdim etilgunga qadar yuzaga keladi. Agar toʻgʻri keladigan ish - mavjud boʻlsa va ish beruvchi uni homilador ayolga taklif etgan boʻlsa, haq toʻlanadigan ozod etish uchun asoslar - yoʻq.
Shu tariqa, homiladorni yangi joyda ishlashga majburlash mumkin emas. U oʻtkazishni rad etishi mumkin, biroq oʻrtacha ish haqi saqlanishini endi - talab qila olmaydi. Shu bilan birga homiladorlar mehnat shartnomasining ish beruvchining tashabbusi bilan bekor qilinishidan himoyalangan
. Shu bois hatto xodima unga taklif qilingan yengilroq ishga chiqishni rad etgan taqdirda ham uni progullar uchun ishdan boʻshatish mumkin emas. Biroq bu ish beruvchiga tabelda “0” qoʻyish va homiladorga ish haqi hisoblamaslikka xalaqit bermaydi.
Hammasi qonuniy boʻlishi uchun, ish beruvchi xodima yengilroq ishga oʻtkazilishini rad etganligi holatini hujjat bilan qayd etishi zarur. Buning uchun xodimaga tibbiy xulosaga asosan oʻtkazish zarurati toʻgʻrisida yozma xabarnoma topshiring - yangi lavozim (kasb)ni koʻrsatgan holda. Agar xodima xabarnoma bilan tanishish va uni olishni rad etsa, bir necha nafar guvohlar hozirligida uni ovoz chiqarib oʻqib bering, u toʻgʻrisida dalolatnoma tuzing. Xodimadan oʻtkazishni yozma ravishda rad etishini yozib berishini soʻrang, bunga rozi boʻlmagan taqdirda esa - yana dalolatnoma tuzing. Dalolatnomada xodima unga tibbiy xulosada tavsiya qilingan taklif qilingan yengilroq ishni rad etganligini koʻrsating.
Boshqa tomondan, ish beruvchi, albatta, homiladorning “istagini hisobga olishi” - hatto oʻtkazishni rad etgan taqdirda - oʻrtacha ish haqi saqlangan holda uni ishdan ozod qilishi mumkin, agar bunga korxonaning moliyaviy holati imkon bersa.