Qachon toʻliq moddiy javobgarlik haqida shartnoma tuzish mumkin emas

preview

FHX shartnoma boʻyicha ishlayotgan xodim bilan bunday shartnoma tuzish mumkinmi? Agar, masalan, kassir ishga qabul qilingan boʻlsa, lekin bunday shartnomani imzolashni xohlamasa, nima qilish zarur? Uni shu asosda ishdan boʻshatish mumkinmi? Agar korxonada kasaba uyushmasi qoʻmitasi mavjud boʻlmasa yoki jamoa shartnomasi tuzilmagan boʻlsa, toʻliq moddiy javobgarlik haqida shartnomalar tuzish mumkinmi?

Buxgalter.uz iltimosiga binoan savollarga «Norma»ning mehnat huquqi boʻyicha eksperti Lenara XIKMATOVA javob berdi:

- Bunday shartnomalarni quyidagi xodimlar bilan tuzish mumkin:

  • birinchidan, 18 yoshga toʻlgan;
  • ikkinchidan, bevosita tashkilotning pul va tovar qimmatliklari bilan muomala qiladi;
  • uchinchidan, shunga oʻxshash shartnomalar tuzilishiga yoʻl qoʻyiladigan lavozimlar (ishlar) roʻyxati ostiga tushadigan.

Yozma ravishda toʻliq moddiy javobgarlik haqida shartnoma tuzish mumkin boʻlgan lavozimlar va ishlar roʻyxatini korxonaning jamoa shartnomasida belgilang, agar u tuzilmagan boʻlsa - ish beruvchining kasaba uyushmasi qoʻmitasi yoki xodimlarning boshqa vakillik organi (masalan, mehnat jamoasi kengashi bilan) bilan kelishilgan buyrugʻi bilan tasdiqlang .

Siz hatto xodimning roziligi bilan ham toʻliq moddiy javobgarlik haqida shartnoma tuzishingiz mumkin emas (tuzilgan shartnomalar haqiqiy boʻlmaydi), basharti:

  • toʻliq moddiy javobgarlik haqida shartnoma tuzilishi mumkin boʻlgan xodimlarning toifalari roʻyxati sizning jamoa shartnomangizda mavjud boʻlmasa;
  • tashkilotda jamoa shartnomasi tuzilmagan va kasaba uyushmasi qoʻmitasi yoki xodimlarning boshqa vakillik organi mavjud boʻlmasa.

 

E’tibor bering
Agar boʻlgʻusi ish (lavozim) toʻliq moddiy javobgarlik haqida shartnoma tuzilishini talab etsa, buning uchun barcha shartlarga rioya qilingan boʻlsa, biroq nomzod uni tuzishni istamasa, siz uni ishga qabul qilishni rad etishga haqlisiz.

 

- Xodim ishga qabul qilinganidan keyin moddiy javobgarlik toʻgʻrisidagi shartnomani tuzishni rad etmoqda. Uni shu asosda ishdan boʻshatish mumkinmi?

- Agar ish bevosita pul yoki tovar qimmatliklari bilan muomala qilish bilan bogʻliq boʻlsa, xodim keyinchalik moddiy javobgarlik haqida shartnoma tuzishni rad etishga haqli emasdir. Rad etilgan taqdirda mehnat shartnomasini mehnat vazifalarini buzganlik uchun bekor qilish mumkin .

Toʻliq moddiy javobgarlik haqida shartnoma tuzilishi mumkin boʻlgan lavozimlar va ishlarning taxminiy roʻyxatini bu yerda koʻrish mumkin.

Toʻliq moddiy javobgarlik haqida shartnomani yoki darhol ishga qabul qilish paytida yoxud keyinchalik, bunday zarurat yuzaga kelganda tuzing . Namunaga qarang.

 

Buxgalter.uz tavsiya qiladi
Moddiy qimmatliklar bilan muomala qiluvchi xodim bilan mehnat shartnomasida u tegishli shartnoma asosida toʻliq moddiy javobgar boʻlishi toʻgʻrisidagi shartni kelishib oling. Bu keyinchalik xodim moddiy javobgarlik haqida shartnomani imzolashni rad etgan taqdirda koʻngilsizliklarni oldini olishga yordam beradi. Agar u ishga qabul qilish paytida bunday shartga rozi boʻlgan boʻlsa, u shartnomaning oʻzini ham imzolashi shart. Keyinchalik rad etishni bu holda – ishdan boʻshatishga qadar intizomiy jazo qoʻllagan holda, mehnat vazifalarini bajarmaslik deb hisoblash mumkin . Biroq mehnat shartnomasidagi toʻliq moddiy javobgarlik haqidagi shart moddiy javobgarlik haqida shartnoma rasmiylashtirilmaguncha oʻzicha yuridik kuchga ega boʻlmaydi. Usiz xodim yetkazilgan zarar uchun umumiy asoslarda – oʻzining oʻrtacha oylik ish haqi doirasida javobgar boʻladi .

 

- Buxgalter bilan toʻliq moddiy javobgarlik haqida shartnoma tuzish mumkinmi?

- Buxgalterlar moddiy javobgar shaxs hisoblanishi mumkin emas. Qoidaga koʻra, ular toʻgʻridan-toʻgʻri pullar yoki tovarlar bilan ishlashmaydi. Biroq buxgalterga kassa operatsiyalarini yuritishni, masalan, kassir vaqtincha boʻlmaganda yoki kassir shtat birligi mavjud boʻlmaganda yuklash mumkin. Bu hollarda tashkilot buxgalter bilan toʻliq moddiy javobgarlik haqida shartnoma tuzishga haqli. Biroq buxgalter lavozimi boʻyicha emas, balki faqat kassir lavozimi boʻyicha majburiyatlarni bajargan holda keltirgan zarar uchun toʻliq javobgar boʻladi.

- Tashkilotga tegishli avtomobil haydovchisi bilan toʻliq moddiy javobgarlik haqida shartnoma tuzish mumkinmi?

-  Oʻylaymanki, mumkin emas.

Masalan, haydovchiga yukni kuzatib boruvchi ekspeditor funksiyalari yuklatilgan taqdirda, u bilan toʻliq moddiy javobgarlik haqida shartnoma tuzing.  

Shu bilan birga, agar haydovchi YTH sodir etilishida aybdor deb topilsa, tashkilotga yetkazilgan moddiy zararni u – moddiy javobgarlik shartnomasi mavjud yoki mavjud emasligidan qat’i nazar, toʻliq qoplashi kerak .

- Fuqarolik-huquqiy xususiyatdagi shartnoma asosida ishlayotgan xodim bilan toʻliq moddiy javobgarlik haqida shartnoma tuzish mumkinmi?

- Yoʻq, mumkin emas.

Mehnat qonunchiligining moddiy javobgarlik toʻgʻrisidagi qoidalari faqat mehnatga oid munosabatlarga tatbiq etiladi. FHX shartnoma asosida ishlarni bajarish (xizmatlar koʻrsatish) fuqarolik qonunchiligi normalari bilan tartibga solinadi.

FHX shartnoma boʻyicha xodim keltirilgan zararni u bilan tuzilgan fuqarolik-huquqiy xususiyatdagi shartnomaga muvofiq qoplaydi. Buning uchun qoʻshimcha  shartnoma tuzish shart emas.

Tushuntirishlar material e’lon qilingan paytda amalda boʻlgan normalarni hisobga olgan holda tayyorlangan va ekspertlar fikrini aks ettiradi. Yakuniy qarorni foydalanuvchi aniq vaziyatlarni hisobga olgan holda mustaqil ravishda qabul qiladi
Oʻzbekistonda moliyaviy javobgarlik boʻyicha maslahatlar – moliyaviy javobgarlik holatlari boʻyicha maslahatlar, moliyaviy javobgarlikni roʻyxatdan oʻtkazish oʻzbekistonda moliyaviy javobgarlik, moliyaviy javobgarlik shartlari, moliyaviy javobgarlik boʻyicha maslahatlar Oʻzbekistonda moliyaviy javobgarlik. Bu yerda siz javobgarlik shartlari haqida ma’lumot topasiz. Moliyaviy javobgarlik masalalari boʻyicha maslahatlar va tavsiyalar oling /oz/publish/doc/text175578_qachon_tuliq_moddiy_javobgarlik_haqida_shartnoma_tuzish_mumkin_emas1