Qachon xodimning sogʻligʻiga yetkazilgan zararni toʻlamasa ham boʻladi

preview

Shikastlangan xodim ish beruvchidan unga yetkazilgan zararni moddiy tarzda qoplashni talab qilmoqda. Toʻlovni amalga oshirishdan oldin, tashkilot xodim qayerda va qanday shikastganlanligini va bunda ish beruvchi aybdorligini aniqlashtirib olishi kerak.

Bunday vaziyatda mehnat qonunchiligi normalarini qanday qoʻllashni buxgalter.uz iltimosiga binoan “Norma” eksperti Lyenara XIKMATOVA tushuntirdi:

- Haqiqatan, xodimning sogʻligʻiga mehnatda mayib boʻlishi, kasb kasalligiga chalinishi yoki u oʻz mehnat vazifalarini bajarish bilan bogʻliq holda sogʻligʻining boshqacha tarzda shikastlanishi sababli yetkazilgan zararni ish beruvchi toʻlashi shart . Bunda ish beruvchi:

  • xodimning ish beruvchining hududida ham, uning tashqarisida ham (masalan, xizmat vazifasini bajarish chogʻida);
  • ish beruvchi tomonidan ajratilgan transportda ish joyiga kelayotgan yoki ishdan qaytayotgan vaqtda shikastlanishi natijasida sogʻligʻiga yetkazilgan zarar uchun moddiy javobgar boʻladi .

Xodimga quyidagi hollarda sogʻligʻiga shikast yetganda zarar toʻlanmaydi:

1) Mehnat vazifalarini bajarmaganda yetkazilganda.

Misol uchun, xodim oʻzining uyini ta’mirlash chogʻida qoʻlini shikastladi. Ish beruvchiga u mehnatga layoqatsizlik varaqasini taqdim etdi va uning sogʻligʻiga yetkazilgan zararni toʻlashni soʻradi. Ish beruvchi kasallik varaqasi uchun haq toʻlashi kerak, biroq zararni toʻlashni rad etish huquqiga ega .

2) Xodim lozim darajada tanishtirilgan mehnatni muhofaza qilish, texnika xavfsizligi, sanoat sanitariyasi qoidalariga rioya qilinmagan yoki ular buzilgan taqdirda .

Moddiy javobgarlikning oldini olish uchun sizning tashkilotingizning aybi yoʻqligini hujjat bilan tasdiqlang .

3) Agar zarar yengib boʻlmas kuch yoki jabrlanuvchining gʻarazli niyati tufayli (yuqori xavf manbai bilan zarar yetkazilganda ) yuzaga kelganligini isbotlasangiz.

Misol uchun, xodim xizmat avtomobilini boshqargan holda ofisga kelish yoʻlida svetoforning taqiqlovchi qizil rangida oʻtib ketdi. Natijada – avariyaga uchrab, miyasi chayqaldi. Sud YHQ qasddan buzilganligini oʻrnatdi. Kasalxonadan chiqqach, xodim kadrlar boʻlimiga mehnatga layoqatsizlik varaqasini va sogʻliqqa yetkazilgan zararni toʻlash toʻgʻrisida arizani taqdim etdi. Bunday vaziyatda ish beruvchi uni qanoatlantirishni rad etish huquqiga ega.

Tushuntirishlar material e’lon qilingan paytda amalda boʻlgan normalarni hisobga olgan holda tayyorlangan va ekspertlar fikrini aks ettiradi. Yakuniy qarorni foydalanuvchi aniq vaziyatlarni hisobga olgan holda mustaqil ravishda qabul qiladi
Oʻzbekistonda ish beruvchining moliyaviy javobgarligi-ish beruvchining moliyaviy javobgarligi turlari, ish beruvchining moliyaviy javobgarligining Qonunchilik normalari oʻzbekistonda ish beruvchining moliyaviy javobgarligi, ish beruvchining moliyaviy javobgarligi, ish beruvchining moliyaviy javobgarligini roʻyxatdan oʻtkazish Oʻzbekistonda ish beruvchining moliyaviy javobgarligi. Bu yerda siz ish beruvchining moliyaviy javobgarligini roʻyxatdan oʻtkazish uchun ma’lumot topishingiz mumkin. Ish beruvchining moliyaviy javobgarligini roʻyxatdan oʻtkazish boʻyicha koʻrsatmalar. Ish beruvchining moliyaviy javobgarligi haqida kadrovik.uz /oz/publish/doc/text175583_qachon_hodimning_sogligiga_etkazilgan_zararni_tulamasa_ham_buladi1