Noyabr oyida har bir kadrovikka asqotadi:
Korxonada ish beruvchining tashabbusi bilan tibbiy koʻrish oʻtkazilishi
Ish beruvchining tashabbusi bilan xodimlar har yarim yilda majburiy tibbiy koʻrikdan oʻtkaziladi. Barcha xarajatlarni ish beruvchi xodimlarning ish haqidan chegirib qoladi. Ish beruvchining harakatlari qonuniymi? Bu uning uchun qanday oqibatlarga sabab boʻlishi mumkin?
Yoʻq, ish beruvchining harakatlari noqonuniy. Mehnat kodeksining 214-moddasi oltinchi qismida tibbiy koʻrikdan oʻtish munosabati bilan xodimlar chiqimdor boʻlmasligi belgilab qoʻyilgan. Ish beruvchi xodimlarga gʻayriqonuniy ravishda ushlab qolingan summalarni qaytarishi kerak. Uning rahbariga xodimlarning ish haqidan ularning roziligisiz tibbiy koʻriklarga haq toʻlash boʻyicha xarajatlar summasini ushlab qolganlik uchun Oʻzbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 49-moddasiga koʻra bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan oʻn baravarigacha jarima solinishi mumkin.