Noyabr oyida har bir kadrovikka asqotadi:
Ish beruvchining xodimga yetkazilgan zararni qoplab berish majburiyati
Ishlab chiqarish korxonasining montaj sexiga yangi xodim ishga qabul qilindi. Mehnat shartnomasini tuzishda u korxonadagi xavfsizlik qoidalari bilan tanishtirilmadi. Xodim qoidalarga rioya qilinmaganligi sababli ishlab chiqarishda yuz bergan baxtsiz hodisa natijasida jarohat oldi. Ish beruvchi xodimga yetkazilgan zararni qoplab berishi kerakmi?
Ha, Mehnat kodeksining 189-moddasi birinchi qismiga asosan qoplashi kerak. Bunga qoʻshimcha ravishda ish beruvchining majburiyatiga xodimlarni xavfsizlik texnikasi qoidalari bilan tanishtirishni ta’minlash kiruvchi mansabdor shaxsi Oʻzbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 49-moddasiga koʻra ma’muriy javobgarlikka yoki jinoyat tarkibi boʻlgan taqdirda Jinoyat kodeksining 207-moddasiga koʻra jinoiy javobgarlikka tortilishi mumkin.