Mehnat daftarchasining dublikatini rasmiylashtirish talab etiladigan holat

preview

Ishga yangi qabul qilingan xodim kadrlar boʻlimiga mehnat daftarchasi oʻrniga oldingi ish davri toʻgʻrisidagi ma’lumot kiritilgan qoʻshimcha varaqni taqdim etdi. U mehnat daftarchasining mavjudligi toʻgʻrisidagi savolga unga mehnat daftarchasi rasmiylashtirilmaganligini, qoʻshimcha varaq esa oldingi ish joyidagi barcha ma’lumotlar kiritiladigan hujjat sifatida qoʻllanilganini tushuntirib oʻtdi. Kadrlar boʻlimi ishga qabul qilish toʻgʻrisidagi yozuvni qoʻshimcha varaqqa kiritishi mumkinmi yoki yangi mehnat daftarchasini rasmiylashtirish kerakmi?

 

Qoʻshimcha varaqqa ishga qabul qilish toʻgʻrisida yozuv kiritish mumkin emas, chunki qoʻshimcha varaq mehnat daftarchasisiz xaqiqiy hisoblanmaydi (Mehnat daftarchalarini yuritish tartibi toʻgʻrisida Yoʻriqnomaning (MV va ITV tomonidan tasdiqlangan, AV tomonidan 1998-yil 29-yanvarda 402-son bilan roʻyxatga olingan) 2.23-bandi ikkinchi xatboshisi).

Mehnat daftarchasi oldingi ish beruvchilar tomonidan rasmiylashtirilmaganligini hisobga olib, xodimdan mehnat daftarchasini rasmiylashtirish toʻgʻrisida yozma shaklda ariza olish tavsiya qilinadi, shunga asosan “Dublikat” deb yozgan holda mehnat daftarchasi rasmiylashtiriladi va 402-sonli Yoʻriqnomada oʻrnatilgan qoidalar boʻyicha toʻldiriladi.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Mehnat daftarchalari blankalarini rasmiylashtirish toʻgʻrisidagi vaziyatlarning ma’lumotlar bazasi Mehnat daftarchalari blankalarini rasmiylashtirish toʻgʻrisidagi vaziyatlarning ma’lumotlar bazasi Mehnat daftarchalari blankalarini rasmiylashtirish toʻgʻrisidagi vaziyatlarning ma’lumotlar bazasi /oz/publish/doc/text176229_ishga_yangi_kabul_kilingan_hodim_kadrlar_bulimiga