Birinchi marta ishga qabul qilinganda dublikat rasmiylashtirish

preview

Fuqaro birinchi marta ishga qabul qilindi. Kadrlar boʻyicha inspektor undan mehnat daftarchasi blankasini sotib olishni va ishga qabul qilish toʻgʻrisidagi yozuvni kiritish uchun kadrlar boʻlimiga olib kelishni talab qildi.

Mazkur talab qonuniymi?

 

Yoʻq, noqonuniy.

Mehnat daftarchalarining blankasini ish beruvchining oʻzi mahalliy mehnat organlaridan sotib olishi kerak. Fuqarolar tomonidan mehnat daftarchalarini sotib olish ta’qiqlanadi (AV tomonidan 1998-yil 29-yanvarda 402-son bilan roʻyхatga olingan Mehnat daftarchalarini yuritish tartibi toʻgʻrisida Yoʻriqnomaning 1.3-bandi ikkinchi хatboshisi).

Bunda ish beruvchi yangi mehnat daftarchasini (dublikatini) berishda хodimdan mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining 10 foizigacha haq olish huquqiga ega (402-sonli Yoʻriqnomaning 5.1-bandi).

 


 

 

 

 

 

 

 

 

Mehnat daftarchalari blankalarini rasmiylashtirish toʻgʻrisidagi vaziyatlarning ma’lumotlar bazasi Mehnat daftarchalari blankalarini rasmiylashtirish toʻgʻrisidagi vaziyatlarning ma’lumotlar bazasi Mehnat daftarchalari blankalarini rasmiylashtirish toʻgʻrisidagi vaziyatlarning ma’lumotlar bazasi /oz/publish/doc/text176231_fukaro_birinchi_marta_ishga_kabul_kilindi