Ta’tillar jadvaliga rioya qilish

preview

Korxonada ta’tillar jadvali belgilab qoʻyilgan. Ish beruvchiga bogʻliq boʻlmagan sabablarga koʻra xodimlardan biriga belgilangan davrda ta’til berilmadi. Xodimalardan biri homilador boʻlib, homiladorlik va tugʻish ta’tilidan oldin unga asosiy ta’til berish toʻgʻrisida ariza berdi. Direktor bir vaqtning oʻzida jadval boʻyicha navbati kelgan boshqa xodimga ta’til berishni rad qilgan holda ayolga navbatdan tashqari ta’til berishga majbur boʻldi. Mazkur holatda ish beruvchi qonunni buzdimi?  

 

Ha, buzdi.

Mehnat kodeksining 144-moddasi birinchi qismiga muvofiq, yillik ta’tillarni berish navbati kalendar yil boshlangunga qadar ish beruvchi tomonidan kasaba uyushmasi qoʻmitasi yoki xodimlarning boshqa vakillik organi bilan tasdiqlanadigan jadvalga muvofiq belgilanadi.

Homilador ayolga homiladorlik va tugʻish ta’tili oldidan navbatdan tashqari ta’til berish MKning 143-moddasi uchinchi qismida nazarda tutilgan. Ish beruvchi ayol-xodimning xohishiga koʻra buni qilishga majbur. Biroq mazkur fakt qolgan xodimlarga nisbatan jadvalga rioya qilishning majburiyligiga ta’sir koʻrsatmaydi.

Ta’tildan foydalanishga toʻsqinlik qiluvchi sabablar kelib chiqqanda xodim bilan ish beruvchi oʻrtasidagi kelishuvga binoan undan foydalanishning yangi muddati belgilanishi kerak (MKning 145-moddasi ikkinchi qismi).

Mazkur masala yuzasidan bir tomonlama qabul qilingan qaror direktorning Oʻzbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 49-moddasiga koʻra javobgarlikka tortilishi uchun sabab boʻlishi mumkin.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Ta’tillar jadvalini qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi vaziyatlarning ma’lumotlar bazasi Ta’tillar jadvalini qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi vaziyatlarning ma’lumotlar bazasi Ta’tillar jadvalini qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi vaziyatlarning ma’lumotlar bazasi /oz/publish/doc/text176246_korhonada_tatillar_jadvali_belgilab_kuyilgan