Taraflar kelishuviga koʻra ishdan boʻshatish

preview

Xodim mehnat shartnomasini bekor qilmoqchi va ish beruvchi u bilan tegishli kelishuv tuzdi. Mehnat shartnomasini bekor qilish uchun asos sifatida Mehnat kodeksining 97-moddasi 1-bandi koʻrsatildi. Taraflar mehnat shartnomasini yetti kundan keyin bekor qilishga kelishib oldi. 5 kundan soʻng хodim kelishuvni bajarishdan bosh tortdi. Ish beruvchi esa kelishuv shartlaridan bosh tortmoqchi emas. Mazkur holatda kelishuv oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblanadimi? Ish beruvchi ushbu хodim bilan mehnat shartnomasini mazkur kelishuvga asosan bekor qilishi mumkinmi?

 

Mazkur holatda mehnat shartnomasini bekor qilish uchun asos sifatida MKning 99-moddasi (хodimning tashabbusi bilan) emas, balki MKning 97-moddasi 1-bandi (taraflarning kelishuviga koʻra) tanlanganligini e’tiborga olish kerak. Shunga koʻra MKning 99-moddasi uchinchi qismi qoʻllanilmaydi. Xodimning kelishuvni bajarishdan bir taraflama tartibda bosh tortishi ish beruvchiga mehnat shartnomasini MKning 97-moddasi 1-bandiga koʻra bekor qilish uchun toʻsiq boʻla olmaydi. Kelishuv – bu ikki tarafning irodasini ifoda etadigan ikki taraflama hujjatdir. Uning amal qilishini oʻzgartirish yoki bekor qilish faqat ikki taraf birgalikda хohlaganda qonuniy boʻladi. Shunga koʻra, agar ish beruvchi хodimning mehnat shartnomasini bekor qilmaslik хohishiga rozilik bildirsa, u holda u MKning 97-moddasi 1-bandiga asosan bekor qilinishi mumkin emas. Mazkur holatda ish beruvchi va хodim ilgari tuzilgan kelishuvni bekor qilish uchun boshqa kelishuv imzolashi lozim. Agar ish beruvchi dastlabki kelishuvning shartlarini bajarishdan bosh tortmasa, хodimning pozitsiyasi oʻzgarganligidan qat’i nazar koʻrsatilgan kelishuv shartlariga muvofiq mehnat shartnomasini bekor qilish toʻgʻrisida buyruq chiqarishga haqli. Biroq, kelishuv matnida har qaysi taraf bir taraflama tartibda uni bajarishdan bosh tortish huquqiga ega ekanligi nazarda tutilgan va mazkur rad etish uning amal qilishining tugashiga olib kelishi belgilangan boʻlsa, ish beruvchi shunga asosan mehnat shartnomasini bekor qilishi mumkin emas.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Xizmatchilarning asosiy lavozimlari va ishchilar kasblari klassifikatorini qoʻllash toʻgʻrisidagi vaziyatlarning ma’lumotlar bazasi Xizmatchilarning asosiy lavozimlari va ishchilar kasblari klassifikatorini qoʻllash toʻgʻrisidagi vaziyatlarning ma’lumotlar bazasi Xizmatchilarning asosiy lavozimlari va ishchilar kasblari klassifikatorini qoʻllash toʻgʻrisidagi vaziyatlarning ma’lumotlar bazasi /oz/publish/doc/text176310_hodim_mehnat_shartnomasini_bekor_kilmokchi_va_ish