Oktyabr oyida har bir хodim uchun foydali boʻladi:
Ayrim hollarda mehnat shartnomasini bekor qilishni rasmiylashtirish
Xodim mehnat shartnomasining muddati tugashi bilan ishdan boʻshatildi. Mehnat daftarchasiga ishdan boʻshatilganligi toʻgʻrisida tegishli yozuv kiritildi. Keyinroq tuman sudining qaroriga koʻra u majburiy progul vaqti uchun ish haqi toʻlash bilan avvalgi ish joyiga tiklandi. Apellyasiya instansiyasiga murojaat qilish muddati oʻtkazib yuborildi. Sudning hal qiluv qarori ish beruvchi tomonidan bajarildi: ishga tiklash toʻgʻrisida buyruq chiqarildi, mehnat daftarchasiga ishdan boʻshatish toʻgʻrisidagi yozuvning haqiqiy emasligi toʻgʻrisida va avvalgi ishiga tiklanganligi toʻgʻrisida yozuv kiritildi. Kassatsiya instansiyasi sudining ajrimi bilan tuman sudining qarori bekor qilindi va ish yangidan koʻrib chiqish uchun yuborildi. Ish yangidan koʻrib chiqilganda хodimning ishga tiklash toʻgʻrisidagi da’vosi rad etildi, qaror qonuniy kuchga kirdi. Ish beruvchi mehnat shartnomasini bekor qilishni qanday rasmiylashtirishi kerak?
Sudning ishga tiklash haqidagi da’voni rad etish toʻgʻrisida ikkinchi qarori qonuniy kuchga kirgach, хodimni ishdan boʻshatish toʻgʻrisida yangi buyruq chiqarish va mehnat daftarchasiga tegishli yozuvni kiritish lozim.