Ish beruvchi xodimni 3 oylik sinov muddati bilan ishg

preview

Ish beruvchi xodimni 3 oylik sinov muddati bilan ishga qabul qildi. 1 oy ishlagach, xodim bu haqida 3 kun oldin ogohlantirib, ishdan boʻshashga qaror qildi. Biroq ish beruvchi undan 2 hafta ishlab berishini talab qildi. Xodim sinov davrida boʻlgani uchun bu qarordan norozi. Ish beruvchi mehnat munosabatlarini oldinroq bekor qilishi mumkinmi?

 

Ha, mumkin.

Mehnat kodeksining 84-moddasiga muvofiq mehnat shartnomasi quyidagi maqsadda dastlabki sinov sharti bilan tuzilishi mumkin:

- xodimning topshirilayotgan ishga layoqatliligini tekshirib koʻrish;

- xodim mehnat shartnomasida shartlashilgan ishni davom ettirishning maqsadga muvofiqligi haqida bir qarorga kelishi.

Dastlabki sinovni oʻtash haqida mehnat shartnomasida shartlashilgan boʻlishi lozim. Bunday shartlashuv boʻlmagan taqdirda xodim dastlabki sinovsiz ishga qabul qilingan deb hisoblanadi.

Dastlabki sinovning muddati 3 oydan ortiq boʻlmasligi kerak.

Dastlabki sinov muddati tugaguncha har bir taraf ikkinchi tarafni 3 kun oldin yozma ravishda ogohlantirib, mehnat shartnomasini bekor qilishga haqlidir. Ish beruvchi mehnat shartnomasini sinov natijasi qoniqarsiz boʻlgandagina bekor qilishi mumkin (Mehnat kodeksining 87-moddasi birinchi qismi). 3 kunlik ogohlantirish muddatini qisqartirishga faqat mehnat shartnomasining taraflar oʻrtasidagi kelishuvga koʻra yoʻl qoʻyiladi.

Mehnat shartnomasini bekor qilishga xodimning yozma arizasi asos boʻlib, u uning mehnat munosabatlarini bekor qilish toʻgʻrisidagi xohish-istagini namoyon etishi lozim. Bunda xodimning mehnat shartnomasini bekor qilish toʻgʻrisida qaror qabul qilishiga turtki boʻlgan sabablar ahamiyatga ega emas. Sinov muddati davomida oʻz xohishiga koʻra ishdan boʻshash toʻgʻrisidagi qonunga yoki taraflar kelishuviga koʻra belgilangan ogohlantirish muddati tugagach, xodim ishga chiqmaslik huquqiga ega. Bunda ish beruvchi tomonidan mehnat shartnomasini bekor qilishni kechiktirishga yoʻl qoʻyilmaydi (Oliy sud Plenumining 1998-yil 17-apreldagi 12-son "Sudlar tomonidan mehnat shartnomasi (kontrakti)ni bekor qilishni tartibga soluvchi qonunlarning qoʻllanishi haqida"gi Qarorining 10, 11-bandlari).

Shu tariqa, agar mehnat munosabatlari dastlabki sinov davrida tugatilganda ish beruvchi 2 hafta ishlab berishni soʻrasa, bu xodimning mehnat huquqlarining qoʻpol ravishda buzilishi hisoblandi.

Tekshiruvlar chogʻida bunday holatlar aniqlanganda ish beruvchi mehnat toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun ma’muriy javobgarlikka tortilishi mumkin.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Dastlabki sinov davriga oid ma’lumotlar bazasi Dastlabki sinov davriga oid ma’lumotlar bazasi Dastlabki sinov davriga oid ma’lumotlar bazasi /oz/publish/doc/text176339_ish_beruvchi_hodimni_3_oylik_sinov_muddati_bilan_ishg