Noyabr oyida har bir kadrovikka asqotadi:
Direktorning oylik maoshiga ustama toʻlash
Jamiyatning jamoa shartnomasida ish haqini har yili oshirish nazarda tutilgan boʻlib, bu ish 2014-yildan beri amalga oshiriladi. Jamoa shartnomasida uning amal qilishi barcha xodimlarga tadbiq etilishi begilangan. Jamiyatning barcha xodimlarining mehnatiga haq oshirilgan taqdirda direktorning maoshini oshirish qonuniy boʻladimi? Xuddi shunday tartibda jamiyat direktoriga koʻp yillik xizmati uchun maoshiga jamoa shartnomasida belgilangan ustamalar toʻlangan. Mazkur toʻlovlar qonuniymi?
Ha, agar tashkilot nodavlat tashkilot hisoblansa, davlat byudjeti hisobidan moliyalashtirilmasa hamda jamiyat direktori bilan tuzilgan mehnat shartnomasida unga qonun hujjatlari, jamoa shartnomasi va jamiyatning boshqa normativ hujjatlarida jamiyat xodimlari uchun belgilangan imtiyoz va kafolatlar toʻliq tadbiq etilishi nazarda tutilgan boʻlsa, qonuniy sanaladi.