Ta’tilga dam olish kunidan boshlab chiqish

preview

Jamoa shartnomasiga xodimlar navbatdagi ta’tilga faqat dam olish kunidan boshlab chiqishi haqida shart kiritildi. Natijada xodimlar ta’tilning kamida bir (agar ta’til yilda bir marta berilsa) va undan koʻproq (agar ta’til qismlarga boʻlinsa) kunini yoʻqotmoqda. Jamoa shartnomasining mazkur sharti qonuniymi?

 

Yoʻq, mazkur qoida noqonuniy sanaladi. Mehnat kodeksining 129-moddasi birinchi va ikkinchi qismiga asosan barcha xodimlarga dam olish kunlari (har haftalik uzluksiz dam olish) beriladi. Besh kunlik ish haftasida xodimlarga haftasiga ikki kun, olti kunlik ish haftasida esa bir kunlik dam olish kuni beriladi.

Shunday qilib, xodimlarni ta’tilga dam olish kunidan boshlab chiqishga majbur qilib tashkilot amaldagi mehnat qonun hujjatlarini buzmoqda va xodimlarning har haftalik dam olish vaqtini qisqartirmoqda.   Buning uchun mansabdor shaxslar Oʻzbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 49-moddasiga binoan jarimaga tortilishi mumkin.

 

 

 

 

 

 

 

 

Oʻzbekistonda jamoa shartnomalari (bitimlari) – jamoa shartnomalarining shartlari, jamoa kelishuvlarini rasmiylashtirish qoidalari jamoa shartnomalari, jamoa kelishuvlari, jamoa shartnomalarini rasmiylashtirish, jamoa kelishuvlarini rasmiylashtirish, oʻzbekistonda jamoa shartnomalari, oʻzbekistonda jamoa kelishuvlari Oʻzbekistonda jamoa shartnomalari (bitimlari). Jamoa shartnomalari va kelishuvlarini tuzish tartibi. kadrovik.uz saytida jamoa shartnomalarini rasmiylashtirish qoidalari, jamoa kelishuvlari shartlari ham taqdim etilgan /oz/publish/doc/text176341_jamoa_shartnomasini_imzolash_vaqtida_unga_shunday