Oktyabr oyida har bir хodim uchun foydali boʻladi:
Jamoa shartnomasini imzolash uchun belgilangan muddatlar
Firma direktori хodimlarga jamoa shartnomasi tuzishni taklif qildi. Uning shartlarini kelishib olish muddati qayd etilmagandi. Xodimlar shartnomani imzolashdi, direktor esa uni tuzish fikridan qaytdi.
U shartnomani imzolashdan bosh tortishga haqlimi? Buning uchun direktorga javobgarlik nazarda tutilganmi? Jamoa shartnomasini imzolash uchun qanday muddatlar belgilangan?
Direktor хodimlar bilan kelishib boʻlingan jamoa shartnomasining loyihasini imzolamaslikka haqli. Bunday holda u nima sababdan uni tuzishdan bosh tortayotganini asoslab berishi kerak. Agar хolisona sabab boʻlmasa, u holda mehnat organi Oʻzbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 49-moddasiga koʻra rahbarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishi mumkin. Rahbarga jamoa muzokaralarida ishtirok etishdan bosh tortganligi uchun ham yuqorida koʻrsatilgan jarima solinadi.
Taraflar tomonidan jamoa shartnomasi shartlarini kelishib olishning eng koʻp va eng kam muddati amaldagi mehnat qonun hujjatlarida belgilanmagan. Huquqni qoʻllash amaliyotida bu davr qoida tariqasida uch oydan koʻp boʻlmaydi.